526
YOSH OILALARNI TADBIRKORLIKKA PSIXOLOGIK JIHATDAN
TAYYORLASHDA OILAVIY BIZNESNING RO’LI
Jumabekov Ziyovuddin Xazratqul o’g’li
GulDPi “Pedagogika” kafedrasi stajyor o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.10608290
Annotatsiya.
Barcha xalqlar uchun yosh oila muammolarining ijtimoiy-psixologik
xususiyatlarini tadqiq etish hozirgi psixologiya fanining dolzarb masalalaridan biri bo‘lib
qolmoqda.Ijtimoiy psixologiyada oilaviy hayot muammolariga doir ilmiy tadqiqot ishlari
qanchalik keng miqyosda olib borilmasin, uning hali yetarli darajada o‘rganilmagan tomonlari
ham yuzaga kelmoqda.
Kalit so’zlar:
Oila, ta’lim-tarbiya, tadbirkorlik, biznes, oilaviy hamkorlik, psixologik
muhit va ijtimoiy psixalogik yondashuvlar.
THE ROLE OF FAMILY BUSINESS IN PSYCHOLOGICAL PREPARATION OF
YOUNG FAMILIES FOR ENTREPRENEURSHIP
Abstract.
Researching the socio-psychological features of the problems of young families
for all peoples remains one of the current issues of psychology. No matter how large-scale
scientific research on the problems of family life is carried out in social psychology, there are still
insufficiently studied aspects of it.
Key words:
Family, education, entrepreneurship, business, family cooperation,
psychological environment and social psychological approaches.
РОЛЬ СЕМЕЙНОГО БИЗНЕСА В ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКЕ
МОЛОДЫХ СЕМЕЙ К ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВУ
Аннотация.
Исследование социально-психологических особенностей проблем
молодой семьи у всех народов остается одним из актуальных вопросов психологии.Как бы
широкомасштабные научные исследования проблем семейной жизни ни проводились в
социальной психологии, существуют еще недостаточно изученные аспекты этого.
Ключевые слова:
Семья, образование, предпринимательство, бизнес, семейное
сотрудничество, психологическая среда и социально-психологические подходы.
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasida
biz o’z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo
etishdek ulug’ maqsadni qo’ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn
527
Sinolar, Ulug’beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni
yaratishimiz kerak
.
Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog’lom turmush tarzini qaror
toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g’oyamizning asosiy ustunlari bo’lib
xizmat qilishi lozim.
Mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli, zamonaviy
fikrlaydigan, o‘z sohasining ustalari bo‘lgan insonlarga bog‘liq. Shu bois mamlakatimizda aynan
ta’lim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda .
Agar oilada shaxslararo munosabatlar madaniyati shakllangan bo‘lsa, oila a’zolarining
jamiyatda o‘z o‘rnini, qadrini topishga o‘z istak va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat
yaratadi. Agar unda oilaviy munosabatlar yetarli darajada shakllanmagan bo‘lsa yoki
shakllanmasa unda turli muammolar va nizolar shakllanadi. Oilada totuvlik yo‘qoladi va unda
noxush psixologik muhit hosil bo‘ladi. Oila a’zolari jamiyatda ham o‘z o‘rinlarini topa olmaydilar.
Eng muhimi, bunday holat farzandlar kamolotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. G.Roland esa o‘z
izlanishlarida yosh er-xotinar oilasidagi shaxslararo munosabatdan qoniqishlari uchun zarur
kommunikativ sifatlarni ajratib ko‘rsatgan:
1. Muloqotchanlik.
2. Oilada yuqori darajadagi o‘zaro tushunish.
3. Er-xotinlarning jinsiy qoniqqanligi.
4.Emotsional qo‘llab-quvvatlashning mavjudligi va ishonch.
5. "Uy"ni oiladagi hamjihatlikni belgilovchi maskan deb qarash.
Yuqoridagi fikrlarimizga doir dalillarni uzoq chet el psixologlari olib borgan tadqiqotlar
natijalaridan ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Amerika Qo‘shma Shtatlarida so‘rov davrida 266
ta oilaviy muammolar bo‘yicha shug‘ullanadigan maslahatchilar (mutaxassislar) o‘rganib
ko‘rilganda, ularning e’tirof etishicha, ulardan yordam so‘rab murojaat qilgan har 10 ta oilaning 9
tasida o‘zaro munosabatlarda anchagina qiyinchiliklar sodir bo‘layotganligini aytib berganlar.
Mazkur qiyinchiliklardan: fikr va maslaklarning mos kelmasligi - 86,6% ni, bolalar va ularning
tarbiyasi bilan bog‘liq muammolar - 45,7% ni, jinsiy munosabatlarga doir muammolar - 43,7% ni,
moliyaviy yechimsiz muammolar - 37% ni, madaniy muammolar - 37,6% ni, tug‘ishganlar bilan
munosabat - 28,4% ni, er-xotin o‘rtasidagi ishonchsizlik - 26,6% ni, xo‘jalik ishlari bilan bog‘liq
masalalarda - 16,7% ni, ma’naviy-jismoniy haqoratlash- 15,6% ni tashkil etadi. Aynan shu kabi
muammolarga doir, ya’ni er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning me’yorli kechishini
amerikalik tadqiqotchilar V.Metyuza va K.Mixanovichlar o‘rganganlar. Ular baxtli va baxtsiz
oilalar (shartli ravishda) orasidagi o‘ndan ortiq zarur farqlarni ko‘rsatib o‘tganlar. Bulardan oilada
528
er-xotin munosabatlaridagi tengsizlik; bir-birini yaxshi tushunmaslik; jahl bilan gapirish; o‘zini
tahqirlanganligini sezish; e’tiborsizlik; umidsizlik; ishonchsizlik; janjallarni sodir etib turish; bir-
birining fikriga qo‘shilmaslik, e’tibor talablik kabilar oilada baxtsizlik keltiruvchi muhim
omillardir.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida xulosa qilish mumkinki, ko‘pchilik
psixologlarning fikriga ko‘ra, oilaviy baxt bo‘lishi uchun nizoli oilalarda yetarlicha psixologik
shart-sharoitlar mavjud emas. Bu esa yosh oilada sog‘lom psixologik muhitni ta’minlaydigan er-
xotin munosabatlariga xos sifat va fazilatlar yetarli shakllanmaganligidan dalolat beradi.
.
MUHOKAMA
Oilaning ijtimoiy tuzumi haqida gapirganda, u bajarayotgan ulkan vazifalarga to`xtalib
o`tmaslikning iloji yo`q. Shunday qilib, birinchi funktsiya (va eng muhimlaridan biri) tarbiya yoki,
shuningdek, ijtimoiylashuvdir. Ya'ni, oilada ota ona bolalarga xulq-atvor me'yorlarini o'rgatish,
ularni axloqiy qadriyatlar va axloq tushunchalari bilan tanishtirish, o'z shaxsiy pozitsiyasi va
fikrini himoya qilish juda muhimligini tushuntirishga majburdir. Oilada ota ona tushuntirishi,
misollar keltirishi, bolalar bilan gaplashishi kerak - lekin hech qanday holatda ma'lum bir
munosabatni o'rnatishga harakat qilmang.
XULOSA
Ijtimoiy jarayonlarda yani oilaning boshqaruvchanlik qobiliyati, o’zaro bir biriga ta'sir
qiluvchi asosiy psixologik pedagogik omillarni yoritib berish,
oila tizimida barcha oila azolarida
ijtimoiy boshqaruvchanlik qobiliyatini shakllantirish, va barcha shakl, metod va vositalarini
aniqlashtirish asosida ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishiqilishi kerak.
REFERENCES
1.
KarimovI.A.Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent. 1997.
2.
G‘oziev E.G`. ―Pedagogik psixologiya asoslari‖. Toshkent. 1997.
3.
V.Karimova―Psixologiya.Toshkent.2000.
4.
G`oziyevE.G`.Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi) . T. ,O`qituvchi, 1994.
5.
Davletshin M.G.,Do`stmuxamedova Sh.A., To`ychiyeva
6.
S.M., Mavlonov M. ―Yosh davrlari va pedagogik psixologiya. T.: TDPU, 2004 y.
7.
Ilhomovna, M. S. (2021). Eco-friendly environment-the foundation of a healthy
generation. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6),
892-895.
529
8.
Musurmonova, S. I. (2021). THE ROLE OF PARENTS IN ENVIRONMENTAL
EDUCATION FOR SMALL CHILDREN. In НАУКА И СОВРЕМЕННОЕ
ОБРАЗОВАНИЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ
(pp. 104-106).
9.
Мусурмонова, Ш. И. (2021). IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS-INTEGRATIVE
CONTENT OF EDUCATION. Интернаука, (24-3), 84-85.
10.
Ilhomovna,
M.
S.
(2021,
July).
HEALTHY
ENVIRONMENT-HEALTHY
COMMUNITY. In Archive of Conferences (pp. 62-66).
11.
Tovbaevna, M. N., & Hayrinso, O. (2022). Pedagogical fundamentals of developing the
creative professional activity of future primary school teachers.
12.
Mukhammatovna, E. D., Tovboevna, M. N., Kushakovna, A. S., Egambaevich, U. K.,
Shakirovich, Y. S., & Yusufovna, S. D. (2021). Improving the Methodology for Preparing
Future Primary School Teachers for Innovative Professional Activities. Annals of the
Romanian Society for Cell Biology, 5490-5498.
13.
Мисирова, Н. Т., & Ўришова, Х. (2022). БЎЛАЖАК БОШЛАНҒИЧ СИНФ
ЎҚИТУВЧИЛАРНИ
ИЖОДИЙ
КАСБИЙ
ФАОЛИЯТИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ
ПЕДАГОГИК
АСОСЛАРИ. Science
and
innovation, 1(B3), 35-39.
14.
Rozimatov, J. (2023). ENHANCING THE METHODOLOGY FOR UTILIZING
DIGITAL EDUCATIONAL TECHNOLOGIES AMONG FUTURE PRIMARY
SCHOOL
TEACHERS
(USING
NATURAL
SCIENCE
AS
AN
EXAMPLE). Евразийский журнал академических исследований, 3(12 Part 2), 11-13.
15.
Ravshan, A., Sirojiddin, G., Azamat, Z., & Gulizahro, T. (2023). DEVELOPING
EFFECTIVE APPROACHES TO THE USE OF MODERN INFORMATION
TECHNOLOGY IN EDUCATION. Horizon: Journal of Humanity and Artificial
Intelligence, 2(6), 53-55.
