306
ARALASH QO’ZG’ATISHLI O’ZGARMAS TOK GENERATORNING YUKLAMA
HARAKTERISTIKASINI QURISH METODIKASINI YARATISH
Hoshimov Ural Hoshimovich
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti
elektor mashinalari kafedrasi Dotsenti
Abdalimov Sarvar Mirzaxmat o‘g‘li
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti
elektor mashinalari yo‘nalishi magistri
Xudoyorov Jahongir Zokir o‘g‘li
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti
elektor mashinalari yo‘nalishi magistri
+998908090646
Hoshimovu83@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.10070665
Annotatsiya.
O‘zgarmas tok mashinalari ko‘pchilik hollarda elektr motorlari sifatida
aylanish chastotasi keng ko‘lamda o‘zgartirilishi talab qilinadigan elektr yuritma qurilmalarida
foydalaniladi. Avtomatik rostlash sistemalarida esa ijrochi motorlar va taxogeneratorlar sifatida
keng ishlatiladi. Bundan aralash qo’zg’atishli generator qutblarida ikkita qo’zg’atuvchi chulg’am
o’rnatilsa, ulardan biri yakor chulg’amiga parallel, ikkinchisi esa ketma-ket ulangandagi holatlar
metodikada keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
magnit, motor, generator, sxema, avtomatik rostlash.
CREATION OF THE METHODOLOGY OF CONSTRUCTING THE LOAD
CHARACTERISTICS OF A MIXED-EXCITED DIRECT CURRENT GENERATOR
Abstract.
In most cases, DC machines are used as electric motors in electric drive devices
that require a large change in the frequency of rotation. In automatic adjustment systems, they are
widely used as executive motors and tachogenerators. If two excitation coils are installed on the
poles of a mixed-excitation generator, one of them is connected parallel to the armature coil, and
the other is connected in series.
Key words:
magnet, motor, generator, scheme, automatic adjustment.
СОЗДАНИЕ МЕТОДИКИ ПОСТРОЕНИЯ НАГРУЗОЧНЫХ ХАРАКТЕРИСТИК
ГЕНЕРАТОРА ПОСТОЯННОГО ТОКА СМЕШАННОГО ВОЗБУЖДЕНИЯ
Аннотация.
В большинстве случаев машины постоянного тока используются в
качестве электродвигателей в электроприводных устройствах, где требуется изменение
частоты вращения в больших масштабах. В системах автоматического регулирования
307
они широко используются в качестве исполнительных двигателей и тахогенераторов.
Если на полюсах генератора смешанного возбуждения установлены две катушки
возбуждения, то одна из них расположена параллельно катушке якоря, а другая включена
последовательно.
Ключевые слова:
магнит, двигатель, генератор, схема, автоматическая
регулировка.
O‘zgarmas tok mashinalari ko‘pchilik hollarda elektr motorlari sifatida aylanish chastotasi
keng ko‘lamda o‘zgartirilishi talab qilinadigan elektr yuritma
qurilmalarida ishlatilib, avtomatik rostlash sistemalarida esa
ijrochi
motorlar
va
taxogeneratorlar
sifatida
keng
foydalaniladi. Aralash qo’zg’atishli generator qutblarida
ikkita qo’zg’atuvchi chulg’am o’rnatilgan bo’lib, ulardan biri
yakor chulg’amiga parallel, ikkinchisi esa ketma-ket
ulanadi(1-rasm). Bu qo’zg’atuvchi chulg’amlardagi tokdan
mashina qutblarida hosil bo’lgan
n
Ф
va
c
Ф
magnit oqimlar
bir xil yoki qarama-qarshi tomonlarga yo’nalishi mumkin.
Yuqoridagi rasmda aralash qo’zg’atishli generator parallel va
ketma-ket qo’zg’atuvchi chulg’amlarining mos, ya’ni
с
n
Ф
Ф
Ф
bo’lib ulanish sxemasi ko’rsatilgan. Bunday
generator ning qo’zg’atuvchi chulg’amlari mos sxemada
ulanadi. Generatorning salt ish rejimidagi nominal
kuchlanishi uning parallel qo’zg’atuvchi chulg’amidagi
o’ramlar bilan aniqlab, yuklama sababli kuchlanishning
pasaygan qisminigina kompensatsiyalash ketma-ket chulg’amdagi o’ramlar bilan aniqlanadi.
Generatorning magnit oqimini, asosan, parallel qo’zg’atish chulg’ami hosil qiladi. Aralash
qo’zg’atishli generatorda ikkala qo’zg’atish chulg’amining magnitlovchi kuchlari qo’shiladigan
qilib, ya’ni to’g’ri ulanib, yuklama qiymati bir xil diapazonda o’zgarganda ham u qiymati deyarli
o’zgarmaydigan kuchlanish olish imkonini beradi. Amalda kuchlanish 2-3 % ga o’zgaradi. Asosan
bunday generatorlarda asosan chiqish kuchlanishini o’zgartirish, o’zgaruvchan qarshilikni
o’zgartirish orqali amalga oshiriladi [1].Biz yuklama harakteristikasini qurish metodikasini MG-
5211 tipli labaratoriya jihozidan foydalanib yaratamiz.
308
MG-5211- bu o’zgarmas tok motori bilan o’zgarmas tok generatori orqali o’zgarmas tokini ishlab
chiqarishga asoslangan labaratoriyadir. Bu labaratoriyada o’zgarmas tok motori va o’zgarmas tok
generatoriga bog’liq bo’lgan turli xil tajribalar olib boorish mumkin. Labaratoriyadagi o’zgarmas
tok motori 2 xil bo’lib, ular: parallel qo’zg’atishli va ketma-ket qo’zg’atishli motorlardir [1].
Asosan tajribalar murakkab chulg’amli o’zgarmas tok motoridan foydalanishga asoslangan. Ko’p
holllarda kuchlanish hamda tok kuchining qiymati o’zgaruvchan bo’ladi. O’zgarmas tok
motorining qabul qiluvchi kuchlanish qiymati: 115 V O’zgarmas tok generatorining chiqishdagi
kuchlanishi 120 V tok kuchining qiymati esa 1A (maximal). Bundan tashqari generatordagi
yuklamaning qiymatini ham o’zgartirish imkoniyati mavjud. Ishchi harakteristikasini olish uchun
ushbu labaratoriyadagi generatorni namuna sifatida ishlatamiz. O’zgarmas tok motorining tezligi
o’zgartirish magnit maydon qarshiligini o’zgartirish orqali amalga oshiriladi. O’zgarmas tok
motorining tezligi taxometr yordamida o’lchanadi. Magnit maydon qarshiligini boshqarish turli
qiymatdagi tezlik, magnit maydoni va aylantiruvchi momentlarni olish imkonini beradi. Bu
qiymatlar kerakli jadvalga yoziladi va grafik va xarakteristikalari chiziladi. Ularning tuzilishi,
ishlash prinsipi, asosiy xossalari va xarakteristikalari amaliyot nuqtai nazaridan yondashilgan
holda bayon etilgan. [2].
Metodikani yaratishda bajarilgan ishlar tartibi:
Motor va generator qismidagi M-1, M-2 va M-3 larni sxemada ko’rsatilga joyiga ulang, M-3 ni 10
Amper oralig’ida bo’lishiga e’tibor bering.
Motor qismidagi RH-1 (parallel qo’zg’atishli chulg’am) ni soat strelkasiga qarama-qarshi
yo’nalishida to’liq burang, RH-2 (yakor chulg’am qarshiligi)ni soat strelkasi yo’nalishida to’liq
burang.
Series/shunt ulagichini shuntga (parallel qo’zg’atishga) to’g’irlang.
Generatordagi (series) ketma-ket qo’zg’atishli chulg’am birinchi klemmasini M-1 ga ulang,
ikkinchi klemmasini M-2 ga ulang.
Generator qismdagi RH-1 (shunt field) qarshiligini o’rta qiymatiga qo’yib, barcha yuklamani
o’chirilgan holatda qo’ying.
309
2-rasm. MG-5211 labaratoriyasi generator qismining sxematik ko’rinishi [3].
Boshlash (start) tugmasini bosib, motorni ishga tushiring. Avtotransformator (LATR)
orqali kuchlanishni oshirib, yakor aylanish tezligini 1800 ayl/min ga yetkazamiz. Olingan o’lchov
qiymat (
kiruvchi kuchlanish, kiruvchi tok
) larini quyidagi 1- jadvalning yuksiz qismiga yozamiz.
Generatorni ishga tushiring. Generatorning yuklamalarini tarmoqqa ulamasdan, RH-
1(generator)ni o’zgartirish orqali chiqish kuchlanishini 120 V ga yetkazamiz.Olingan o’lchov
qiymat
( yuklama toki, qo’zg’atish toki, chiquvchi kuchlanish
)larini quyidagi 1- jadvalning yuksiz
qismiga yozamiz.
1-jadval
Tajriba natijalaridan olingan qiymatlar
Yuksiz
Yukning ¼
qismi(120)
Yukning ½
qismi(240)
To’liq
yuklama(480)
M
Kiruvchi
kuchlanish(V)
100
98
95
90
Kiruvchi tok(A)
1.3
1.5
1.8
3.4
Aylanish
tezligi
(ayl/min)
1732
1700
1668
1560
G
Chiquvchi
kuchlanish(V)
98
95
93
88
Yuklama toki(A)
0.15
0.25
0.5
1.2
Qo’zg’atish toki (A)
0.2
0.2
0.2
0.2
310
Generator yuklamalarining S-1 qismini ulang,olingan o’lchov qiymatlarini 1-jadvalning
yukning ¼ qismi
ga yozamiz.
Generator yuklamalarining S-1 va S-2 qismini ulang,olingan o’lchov qiymatlarini 1-
jadvalning
yukning ½ qismi
ga yozamiz.
Generator yuklamasining S-1va S-2 ni o’chiring, S-3 ni ulang, olingan o’lchov
ma’lumotlarini 1-jadvalning
to’liq yuklama
qismiga yozamiz.
Yuqoridagi jadval ma’lumotlardan foydalanib, generatorning yuklama harakteristikasi
ya’ni aylanish tezligining yuklamaga bog’liqlik
)
(
yuk
R
f
n
hamda chiqish kuchlanishi yuklama
bog’liqlik
)
(
n
f
U
grafigini quramiz.
3-rasm. Aralash qo’zg’atishli o’zgarmas tok generatorining yuklama harakteristikalari. a)
)
(
n
f
U
va b)
)
(
yuk
R
f
n
.
Xulosa.
3-rasm a) dan ko’rinib turibdiki aralash qo’zg’atishli o’zgarmas tok generatori(umuman
olganda barcha o’zgarmas tok generatorlari)da yakor aylanish tezligining ortishi bilan Eyuk ning
qiymati proporsioanal ravishda ortishi kuzatildi.
3-rasm b) dan esa shunday xulosaga kelamiz, istemoldagi yuklama qarshiliging ortishi
yakor aylanish tezligi teskari ta’sir ko’rsatadi. Yuklama ortishi bilan yakor aylanish tezligining
qiymati kamaya boradi. Yuklama hamda yakor aylanish tezligi bir-biriga teskari proporsional
bo’lishi aniqlandi.
REFERENCES
1.
Кацман M.M. Электрические машины. M: Академия. 2013-496с.
2.
Мажидов С. Электр машиналари ва электр юритма. М: Тошкент ўқитувчи. 2002-114б.
3.
1550
1600
1650
1700
1750
85
90
95
100
105
Kiruvchi kuchlanish(V)
Aylanish tezligi (ayl/min)
0
0,5
1
1,5
1550
1600
1650
1700
1750
Aylanish tezligi (ayl/min)
Yuklama toki(A)
311
4.
Пирматов Н.Б., Мустафакулова Г.Н., Маҳмадиев Ғ.М. «Электр машиналари»
курсидан «Асинхрон машиналарни лойиҳалаш». Методик қўлланма. -Т.: ТошДТУ,
2013. –95 б.
5.
Pirmatov N.B., Yarmuxamedova Z.A., Mustafakulova G.N. Elektr mashinalari fanining
transformatorlar qismi boyicha kurs loyihasini bajarishga oid o’quv-metodik qo’llanma. -T.:
ToshDTU, 2012. –120 b.
6.
Salimov J.S., Pirmatov N.B. Elektr mashinalari.-T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati
nashriyoti, 2011. – 408 b.
