ARTISTIC DETAILS IN THE STORIES OF SHUKUR KHOLMIRZAYEV

Abstract

The article analyzed artistic details and their place in the story on the basis of the stories of Shukur Kholmirzayev.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge

Downloads

Download data is not yet available.
To share
O’rolova, M., & Hafizova, F. (2023). ARTISTIC DETAILS IN THE STORIES OF SHUKUR KHOLMIRZAYEV. Modern Science and Research, 2(7), 13–17. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21724
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

The article analyzed artistic details and their place in the story on the basis of the stories of Shukur Kholmirzayev.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

13

SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA BADIIY DETALLAR

O'rolova Mohichehra

Termez davlat universiteti 2- bosqich talabasi

Hafizova Feruza

Ilmiy rahbar

https://doi.org/10.5281/zenodo.8105557

Annotatsiya.

Maqolada badiiy detallar va ularning hikoyadagi o'rni Shukur Xolmirzayev

hikoyalari asosida tahlil qilindi.

Kalit so'zlar:

detal, shakl, mavzu, psixologik, tasvir, hikoya, mazmun, nutq, portret.

ARTISTIC DETAILS IN THE STORIES OF SHUKUR KHOLMIRZAYEV

Abstract.

The article analyzed artistic details and their place in the story on the basis of

the stories of Shukur Kholmirzayev.

Key words:

detail, form, subject, psychological, image, story, content, speech, portrait.

ХУДОЖЕСТВЕННЫЕ ДЕТАЛИ В РАССКАЗАХ ШУКУРА ХОЛМИРЗАЕВА

Аннотация.

В статье были проанализированы художественные детали и их место

в рассказе на основе рассказов Шукура Холмирзаева.

Ключевые слова:

деталь, форма, тема, психологический, образ, рассказ,

содержание, речь, портрет.

Badiiy asarlarda detallar turli xil shakllarda qo‘llaniladi. Detalning predmet detal, ruhiy

detal, nutqiy va portretik kabi turlaridan ko‘p foydalaniladi. Badiiy asarda eng bir kichik detal ham
voqea rivojini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. Qahramon nutqining o‘ziga xos qilib
ko‘rsatishi asarda obrazlar xarakterini ochib berishda tub burilish yasaydi. Portretik detallar esa
qahramonning tashqi qiyofasini ko‘rsatadi. Shukur Xolmirzayevning “Olam tortishish qonuni”
hikoyasida Husan akani to‘lachadan kelgan, o‘zidan katta kishini ( mansabi katta ) ko‘rganda
qisilib turadigan, qo‘li ko‘ksida bir odam sifatida tasvirlaydi.

Uning o‘z olami bor edi, hattoki farzandi vafot etganda ham uyiga keladigan nozik

mehmonlar haqida o‘ylaydi. Vafot etar chog‘ida esa o‘g‘ining ruhiga u dunyoda sen yolg‘iz
eding,bu dunyoda men yozg‘iz edim- deb shivirlaydi. U doim o‘zligini, insonlar orasida qadrini
topishga intiladi. Aynan birgina qimtinib turish orqali yaratilgan portret detalining o‘ziyoq
kitobxon berajak ming bir savolga javobni o‘zida jamlagandek go‘yo.Asardagi predmet detali
Husan aka feldsher bo‘lib ishlaydi. Hikoyachiga Husan aka ukol qiladi, ammo ukol unga yomon
ta’sir qilib butun badaniga toshma toshib ketadi.

Aynan ukol detali ham obraz xarakterini ochib beradi. U butun jamiyat tomiriga o‘z

dunyosining ineksiyasini quymoqchi bo‘ldi ammo bunga jamiyat aks ta’sir ko‘rsatdi. Nutqiy
detal: “Barcha mehmonlar kelishdi..Jamoa xo‘jaligi direktori…Vrachlar..Brigadirlar...Bo‘lim
mudirlari faqat siz yo‘qsiz. Shunday bo‘lmaptida”. Husan aka tomonidan aytilgan bu so‘zlar
qahramon xarakteridagi o‘ziga xoslikni namoyon qiladi. U doim bor budini sarflab o‘z tabiri bilan
aytganda ‘nozik odamlarni uyiga mehmonga chaqiradi, dabdabali dasturxon yozadi, keyin esa bir
necha oy yeyishga nonga puli ham qolmay, ko‘chada ko‘rinmay yuradi.

Hikoyachida Husan akaning bu xatti-harakatlariga nisbatan achinish hissi paydo bo‘ladi.

U vafot ertar chog‘ida o‘sha insonlar uning yonida lekin endi unga buning qizig‘i yo‘q. Endi u
o‘z dunyosi eshiklari kalitini ochilishini kutib turar edi. Shukur Xolmirzayev hikoyalarida


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

14

qo‘llanilgan har bir so‘z hikoya mazmuni, unda yuritilajak fikr tizgini, g‘oya sermazmunligini
ochib berishga hizmat qiladi. Surxon elining farzandi bo‘lgan bu ijodkor o‘sha yurt ruhini, obi
havosini asarlariga singdiradi. Badiiy adabiyotda detallar nishonga tegishi aniq bo‘lgan miltiq
vazifasini bajarishi lozim. Detallarning turlari ko‘p bazi yozuvchi o‘z asarida qahramonini
gapirtirib qo‘yib, bazilari esa ma’lum predmet orqali hikoyalar umuman olganda asar haqida aytar
so‘zini aytadi.

Shukur Xolmirzayevning “Zov ostida adashuv” hikoyasini olaylik yeti yoshli bola,

otasi,onasi,singlisi. Otasi cho‘pon, onasi sigir sog‘uvchi predmet detalining o‘ziyoq bolaning
yaqinlari chorvachilik bilan shug‘ullanishiga ishora qilmoqda. Hikoyada o‘tovimiz Zovboshidan
besh-olti chaqirim narida kungay betida edi. Ko‘chlarmiz aravaga ortilga men ,singlim va onam
arava ustida o‘tirar edik deyiladi .Arava detalining o‘ziyoq uzoq qishloq joylarda tog‘- yon
bag‘irlarida yuz berayotgsn voqea hodisa haqida hikoya qilinayotganini sezish mumkin.

Hikoya qahramoni agar Zovboshiga biror echkimi tushib ketadigan bo‘lsa uni qidirishni

to‘xtatishlari, chunki Zovboshi juda chuqur va bo‘rilar ko‘p bo‘lishini eshitganini aytadi.Inson
har qanday sharoit va mashaqqatlarga qaramasdan hayotni sevishi, Xudo yaratgan barcha
yaratiqlarni muqaddas bilishi lozim. Bu hikoyada ham o‘tov qurib yozlik uyda yashagan tog‘lik
aholi hayoti, ular boshidan o‘tgan turli xil voqaealardan biri haqidadir. Ular bu o‘tovda yozda
yashashadi . Har bir narsaning o‘z nihoyasi, o‘z yakuni bor deganlaridek, yoz nihoyasiga yetadi .
Kunlar soviydi, butun oila o‘z uyiga yo‘l oladi. Otam o‘ta kamgap edi- deydi bola. Bu xarakter
detalining o‘ziyoq bola atrof- muhit bilan o‘z bilganicha tanishgan, ota o‘z dunyosi bilan ovvora.
G‘oyo u boshqa dunyo odamidek.

Tuman ostida qolgan tog‘ yon- bag‘ridan o‘z qishloqlariga ketayotgan oila havo o‘ta

namligidan aravamiz yurmay qoldi. Birinchi aravadan onam, keyin men, undan so‘ng singlim
tushdik. Otam esa aravani haydash bilan band edi deyiladi. Bola o‘ziga notanish bo‘lgan tumanli
olamda onasining ogohlantirishiga qaramasdan otasi yoniga bormoqchi bo‘ladi. Hayotga kelgan
chog‘imizda bizni bu dunyodagi farishtadek kutib olishib, turli so‘qmoqlada biz bilan, bizni hech
bir yerimizga shikast yetkazmasdan voyaga yetkazishadi. Biz esa ulg‘ayamiz oppoq bo‘lib
ko‘ringan tumanlar ostida ( orzu, maqsad , do‘st , sevgi va hokazolar) g‘arq bo‘lamiz. Bola
adashib yurgan chog‘da kimsasiz bir uyga duch keladi. Uy suvoqdan qilingan. Suvoq uyning
devoli o‘rtasida bir gul ochilib turibdi.Gul detali-bu detalning o‘ziyoq kelajakka umid bilan
qarashga, uni yorug‘ kelajak kutib turganligiga ishora.

Muvafaqqiyatga erishishda bizga ko‘makchi kerak bo‘ladi.Ko‘mak beruvchilar doimo

hayotimizning yozi-yu,qishida soyabon bo‘ladi.Bir zamonlar kelganda bizga ko‘mak bo‘lgan
tirgaklarni unutamiz go‘yo. Bu yerda psixologik detal yetakchilik qiladi. Bola tumanlar ichida
adashib qoladi. Ovoz kelgan tarafga qarab yuradi, ammo bu sarob edi. Insonlar ko‘magi va
bolaning zakiyli uni hech kim chiqa olmagan zov boshidan omon olib chiqadi. Tumanlarda
adashsa adashsin ammo hech kim hayot yo‘llarida adashmasin.

Adibning “Qush tili” hikoyasi. Inson to‘rt unsurdan yaratilgan. Tabiatning bir qismi. Biz

doim unga intilib yashaymiz. Shamolning yelishi, qushlarning chug‘ur - chug‘uri, suvlarning
shildirashi inson tabiatiga tanish holat. Hikoyaning aynan mana shunday tabiat detali bilan
boshlanishi ham insonning tabiatga bo‘lgan cheksiz muhabbati aks ettiradi. Hikoya qahramoni
dala hovlida ilimiy ishini o‘z nihoyasiga yetkazish uchun kelgan tarix fani professori Qamariddin
aka. Ilmiy maqolalarida Kushon podsholigining markazi Toshkent bo‘lganini isbotlovchi dalillar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

15

mavjud ekanligi haqida yozadi. O‘g‘li Jahongir ariq boshida yaralangan qushni topib oladi.
Darxol otasini chaqirib qush haqida aytadi. Ota bola qushni olishmoqchi bo‘lganda butun qushlar
to‘dasini unib olib ketmang degandek chinqirib aylanishadi. Mana shu singan qanot -predmet
detaliga e’tibor beradi.

Ziyrak kitobxon hikoya yakuniga yozuvchi sizni tayyorlaganiga, hikoya yakunida

qandaydir ayanchli yakun mavjud ekanligiga ishora mavjudligini fahmlashadi. Jahon
adabiyotining durdona asari “Anna Karenina” asar boshida poyezd yo‘liga o‘zini tashlagan obraz
mavjud. Asar yakunida esa Anna ham aynan shu tarzda joniga qasd qiladi.

Badiiy asarda ham lisoniy psixologiya, uning on ostiga aynan shu hodisa o‘rnashgan.

Yakun ham shunga yetaklaydi. Bu hikoyada ham ota-bola qushni uyga olib ketishadi. Yaralangan
qanotlarini tuzatishadi. Mayna haqida shunday rivoyat mavjud. U butun qush va jonivorlarni
ovozini o‘xshata oladigan qush. Shuning uchun ham ularning barchasini mayna qilar ekan. Nomi
o‘ziga mos bu qush ta’rifini eshitgan o‘g‘il butun hayrati oshadi.

Qushga mehr qo‘yadi. Go‘shtsevar qush bo‘lganligi bois unga turli chigirtka va

chuvalchanglarni terib olib kelib berishadi. Bola qo‘shnisi Olovuddin akani hech narsa demasada
yomon ko‘radi. Bu yerda psixologik detal yetakchilik qiladi.Voqea rivojida aynan shu inson
qushni qo‘yib yuborib, mushukka yem bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Inson bazida o‘zida bor
narsalarga shukur qilmaydi, o‘sha narsa yo‘qolsagina uning qadr -qiymati oshganini sezishadi.
Shukur qilishdek buyuk bir baxtdan mosuvo bo‘lishadi. Qamariddin va uning oilasi tabiat
ne’matlariga xiyonat qilishmadi, yaratuvchi mavjud ekanligiga ishonishdi. Bazi battol kimsalar
esa teskarisi. Tabiat bilan urush olib boradi. Yakunida esa mag‘lub bo‘lgan o‘zlari.

Yozuvchi tomonidan yozma adabiyotga singdirilgan xalq falsafasi elementlari logik

folklorizmlar bo‘lib, asarning mantiqiy yaxlitligini, badiiy g‘oyasining ifodalanishini ta’minlashga
xizmat qilgan. Xalq badiiy falsafasiy tasavvurlarining yozma adabiyotdagi diffuziyasi juda ko‘p
uchraydigan hodisadir. Zero, mantiqiylik, mantiqiy yaxlitlik va uzviylik har qanday badiiy asarga
qo‘yiladigan talablardan biri bo‘lib, ularning mohiyatan umuminsoniy xarakter kasb etgani ilmiy-
badiiy talqin qilingan. Har bir yozuvchining voqelikni ijodiy o‘zlashtirishi uning ijtimoiy-estetik
ideali, dunyoqarashi, didi, bilim saviyasi bilan bog‘liq zahmattalab, murakkab jarayondir.
Professor B.Sarimsoqov san’atkorning o‘ziga xos estetik olami haqida to‘xtalar ekan: “Agar u
tabiatga uyg‘unlikni yo‘qotmagan holda o‘zining badiiy tabiatini yarata olsa va bu badiiy tabiat
real borliqda yaratilishga imkonsiz bo‘lsa, bunday ijodkorni haqiqiy san’atkor hisoblash mumkin”,
- deb yozadi. Har qanday yozuvchi yaratgan asarini o‘zining bilim saviyasiga, hayotiy falsafasiga,
qanchalik yetuk shaxs imkoniyatlariga egaligiga asoslanib yaratadi.

Yozuvchining yozgan asari hajmiga qarab emas, mazmuniga qarab kitobxonlar orasida

baholanadi. Shukur Xolmirzayev o‘ziga xos xususıy badiiy uslub sohibi sifatida bir xil
fikrlilikda,o‘zgalar fikrini tanqid qilish, voqealarni barchaga xos tarzda ifodalashdan qochadi,
so‘zga xasis bo‘lsada, fikrini o‘quvchiga to‘la va yorqin yetkazishga erishadi. Ammo ba`zi
vaqtalarda uning yozganlari nihoyasiga yetmagandek tasavvur uyg‘otadi. O‘quvchi sekundlarni
sanaydi, qahramonlar hayoti nima bilan yakunlanishini kutadi. Qahramonlar portretini o‘zgacha
yo‘sinda tasvirlay oladi, asosiy e`tiborini qahramonning ichki dunyosini yaratishga qaratgandek
ko‘rinadiki, bu o‘quvchini hayolga tolishga, mulohazakor bo‘lishga undaydi. Asar qahramonlari
hayoti haqida e’lon qilingan hukm o‘quvchi e`tiboriga taqdim etiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

16

Har bir o‘quvchi qanday asar o‘qimasin o‘qigan asar qahramonlarining taqdirini o‘zi

xohlaganidek bo‘lishini istaydi. Adibning “Qorbobo keladi” hikoyasida bola obrazi ruhiyati ifoda
etilgan. U bola bo‘lganda ham juda sodda, ishonuvchan, qalbi pok, orzu qilgan narsalarini o‘zi
xohlaganday tasavvur qiladigan va shunga o‘zi ham ishonadigan obraz sifatida tasvirlangan.

Yozuvchining “Bahor” hikoyasida esa tog‘li hududlarda yashovchi, qalbida ilk muhabbat

kurtak otayotgan va bu ayni bahor faslida daraxtlar uyg‘onib, barg yozayotgan fasl tasvirlanib
hikoyaga yanada joziba bergan. “Jo‘raboshi” hikoyasi o‘zlarini ko‘chaning “xo‘jayinlari” deb,
biluvchi bir guruh, har xil yoshdagi bolalarning hayotidan olingan haqqoniy lavhadir. “Ko‘cha
xo‘jayinlari” ning boshlig‘i Habibulla ismli bola bo‘lib, u harbiy xizmatga ketish arafasida o‘z
“ishchilari” bilan xayrlashishi, ularga vazifalar tayinlashi arafasida ulardagi ruhiyatning o‘zgarishi
orqali bolalar hayotini tasvirlaydi. Bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik davri va ular bilan xayrlashuv
sifatida ifoda etiladi.

Adibning “Nasib etsa” hikoyasida haqiqatgo‘y bola to‘g‘risida gap boradi. Elyor Bo‘ritosh

opasini juda yaxshi ko‘radi. U ishdan kelgan zahoti bola uning atrofida girdi kapalak bo‘lib o‘ynar,
u bilan sihbatlashar edi. Bo‘ritoshni qishlog‘idan Berdiyor yaqinda olib qochib kelganligi uchun
Elyor unga oilasi, qishlog‘i to‘g‘risida o‘zini qiziqtirgan savollarni beraveradi. Shu orqali bola
ruhiyati asta-sekinlik bilan ochila boradi. Adib bola ruhiyati orqali inson hayotidagi
o‘zgarishlarning ta`sirini ushbu hikoyada tasvrlaydi va buni uddasidan chiqadi.

Shukur Xolmirzayev hikoyalarida bola ruhiyatini ochar ekan ko‘proq ularni qiziqarli

holatlarda aks ettirishga harakat qiladi. Bunday paytda yozuvchi bolalar hayotida yuz berishi
mumkin bo‘lgan voqea-hodisalarga e`tiborini qaratadi. Masalan, maktab tasvirida predmet detalini
berish orqali unda bolalarning maktab yoshiga xos bo‘lgan jihatlarini ochishga harakat qiladi,
qishloq hayotidan lavhalarda peyzaj detali keltirish orqali esa, tabiat va bola ruhiyatidagi
o‘xshashliklar yoritiladi. Bolalar turmush tarzining ko‘p qismini egallab turadigan jarayon bu-
o‘yin. Yozuvchi hikoyalarida o‘yin epizodidan foydalanar ekan, keltirilgan o‘yinning qanday
o‘ynalishi, o‘ynalish qonun-qoidalari haqida ham gapirib o‘tadi. Bundan yozuvchining o‘zbek
milliy o‘yinlari turkumiga kiruvchi o‘yinlaridan anchagina yaxshi xabardor ekanligini bilib
olamiz.Yozuvchi hikoyalarida murg‘ak bolaning ko‘nglidan o‘tayotgan tuyg‘ularni mahorat bilan
ochib bergan. Ko‘ngil oynasi bir sinsa yoki lat yesa qayta tuzatib bo‘lmaydigan shisha misoli.
Ko‘ngil bir ozor yesa o‘z holiga kelishi, avvalgiday bo‘lishi qiyin.

Shukur Xolmirzayev bola obrazini yaratar ekan bu jihatlarni ham yoddan chiqarmaydi va

uni mahorat bilan ko‘rsata oladi. Shukur Xolmirzayev jahonning mashhur yozuvchilari qatorida,
ularga bo‘ylasha oladigan darajada tabiat mavzusida takrorlanmas asarlar yaratdiki, bu yozuvchi
ijodining alohida bo‘rtib ko‘rinib turuvchi bir qirrasidir. Mana shu sababdan ham katga imkoniyati
tufayli tabiat qonunlari, hayvonlarning yashash tarzlari, har bir giyohning o‘ziga xos xususiyatlari
haqida puxta bilimga ega. Bu jihatdan J.London, E.Xeminguey, S.Tompson asarlarining yozuvchi
ijodiga ta'siri ham kattadir. Tanqidchi U.Normatov “Zaminda yashaymiz, zaminni o‘ylaymiz”
maqolasida Sh.Xolmirzayev hikoyalariga xos mazkur xususiyat haqida shunday deydi: “Inson va
tabiat munosabati Sh.Xolmirzayev hikoyalarining yetakchi leytmotiviga aylanib qoldi.

Shunisi xarakterliki, yozuvchining so‘nggi-yillarda yaratgan deyarli barcha hikoyalari shu

mavzu atrofida aylansa-da, ular bir-birini takrorlamaydi, har gal avtor masalaning yangi qirrasini
kashf etadi, yangi xarakter yaratadi, xarakter qalbining yangi tomonini ochadi...”. Shu nuqtai
nazardan yozuvchining inson va tabiat mavzuidagi hikoyalarini ko‘zdan kechirsak, inson


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

17

xarakterining qanchalar murakkab ekanligi, bu murakkabliklar, uning hatto, tabiatga
munosabatlarida ham namoyon bo‘lishini kuzatamiz. Chunonchi, “Kulgan bilan kuldirgan” (1972)
hikoyasida Shukur Xolmirzayev vatan go‘zalligi, boyligi, umuman, tabiatga befarq bo‘lmagan,
uni sevuvchi kishilarni tashvishga solayotgan - tabiat boyliklarini asrash masalasini ilgari suradi
va bu masalaning mohiyatini oddiy bir voqea tasviri orqali ko‘rsatadi.

“Kulgan bilan kuldirgan ”hikoyasida bosh qahramon tog‘dagi kakliklar haqida qayg‘uradi,

birikki qushni emas, umuman, hududdagi barcha qushlarni qahraton ayozdan omon chiqarib olish
g‘amini yeydi. “Jarga uchgan odam”da esa o‘zi tabiat va uni asrash xususida film yaratmoqchi
bo‘lgan kinorejissyor butun boshli ayiqni o‘ldirib ikki bolasini yetim qilgani uchun tegishli
tashkilotlar tomonidan emas, oddiy bir tabiat jonkuyari qo‘lidai ayovsiz jazolanadi.

Yozuvchining bu kabi asarlarida aks etgan o‘zboshimchalik oqibatida yuzlab

tog‘ qishloqlari aholisi vohalarga ko‘chirilib, yashnagan go‘shalar vayronagaaylangani, ming-
yillik tarixiy obidalarning qarovsiz qolib ketgani, xalq kelajagini ta'min qiladigan yer-suvning isrof
bo‘layotgani haqidagi fikrlar va tashvishli mulohazalar ijodkor izhor qilayotgan xalq dardining
in'ikosidir.

REFERENCES

1.

Boboyev T. “Adabiyotshunoslik asoslari”. - Toshkent: O‘zbekiston, 2002.

2.

N. Erkayeva. " Shukur Xolmirzayev haqida" Toshkent. Ma'naviyat nashriyoti

3.

Xolmirzayev Sh. Saylanma./ “Boychechak ochildi”.I J. - Toshkent: “Sharq”, 2005. -
B.72.

4.

Xolmirzayev Sh. “Olis yulduzlar ostida”. - Toshkent: Yosh gvardiya,1971.

5.

Xolmirzayev Sh Kimsasiz xovli- Toshkent Sharq 1992

6.

Xolmirzayev SH., Yunus T. Insonni kashf etish baxti // Sharq yulduzi. 1993. № 9. - B.
120.

References

Boboyev T. “Adabiyotshunoslik asoslari”. - Toshkent: O‘zbekiston, 2002.

N. Erkayeva. " Shukur Xolmirzayev haqida" Toshkent. Ma'naviyat nashriyoti

Xolmirzayev Sh. Saylanma./ “Boychechak ochildi”.I J. - Toshkent: “Sharq”, 2005. - B.72.

Xolmirzayev Sh. “Olis yulduzlar ostida”. - Toshkent: Yosh gvardiya,1971.

Xolmirzayev Sh Kimsasiz xovli- Toshkent Sharq 1992

Xolmirzayev SH., Yunus T. Insonni kashf etish baxti // Sharq yulduzi. 1993. № 9. - B. 120.