ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
451
MAHALLIY BYUDJET DAROMADLARINI BARQARORLASHTIRISHDA
SOLIQLARNING ROLINI OSHIRISH HAQIDA
Turayeva Xusnobod Xolmurod qizi
Toshkent Moliya Instituti Magistratura kechki ta’lim Iqtisodiyot kafedra
I -5"k" 1-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7942222
Annotatsiya.
Ushbu maqolada
mahalliy byudjet daromadlarini barqarorlashtirishda
soliqlarning rolini oshirish, davlat soliq siyosati orqali respublika iqtisodiyotini
barqarorlashtirish va rivojlanishiga har tomonlama faol ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Kalit so‘zlar:
bozor iqtisodiyoti sharoiti, moliyaviy munosabatlarni rivojlantirish, soliq
siyosatining o‘rni, soliqlarning obyektiv zarurligi, O‘zbekiston soliq siyosatining mazmuni,
strategiya va taktikasi, O‘zbekiston soliq tizimi, uning tartibi, vazifalari, soliqlarning tasnifi.
ABOUT INCREASING THE ROLE OF TAXES IN STABILIZING LOCAL
BUDGET REVENUES
Abstract.
This article discusses the possibility of increasing the role of taxes in stabilizing
local budget revenues, providing a comprehensive active impact on the stabilization and
development of the republic's economy through State tax policy.
Keywords:
conditions of market economy, development of financial relations, role of tax
policy, objective necessity of taxes, content, strategy and tactics of tax policy of Uzbekistan, tax
system of Uzbekistan, its order, tasks, classification of taxes.
О ПОВЫШЕНИИ РОЛИ НАЛОГОВ В СТАБИЛИЗАЦИИ ДОХОДОВ
МЕСТНЫХ БЮДЖЕТОВ
Аннотация.
В данной статье рассматривается возможность повышения роли
налогов в стабилизации доходов местного бюджета, оказания всестороннего активного
воздействия на стабилизацию и развитие экономики республики посредством
Государственной налоговой политики.
Ключевые слова:
условия рыночной экономики, развитие финансовых отношений,
роль налоговой политики, объективная необходимость налогов, содержание, стратегия и
тактика налоговой политики Узбекистана, налоговая система Узбекистана, ее порядок,
задачи, классификация налогов.
Mamlakatimiz moliya-byudjet tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar hududlardagi
moliyaviy muammolarining keskinlashuvi sharoitida hamda bugungi kundagi jahon moliyaviy
iqtisodiy inqirozi sharoitida mahalliy byudjetlar imkoniyatlarini yanada oshirish zaruriyatini
ko’rsatmoqda. Mahalliy byudjetlar - davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul
mablagʻlari jamgʻarmasini tashkil etuvchi bir qismi. Mahalliy byudjetlarda daromadlar manbalari
va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun
ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Mahalliy byudjetlarning
daromadlari mahalliy soliqlar va yigʻimlar hamda toʻlovlardan tashkil topadi. Mahalliy
byudjetlarning mablagʻlari hududiy rivojlanishning moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi.
Mahalliy byudjetlar har bir mamlakat davlat byudjetining ajralmas qismidir.
Vazirlar Mahkamasining e’lon qilingan 29.06.2017 yildagi 445-son qarorida mahalliy
byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish rezervlarini aniqlashning batafsil meхanizmlari
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
452
mustahkamlangan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev «Yangi O‘zbekiston» gazetasiga bergan
intervyusida ko‘plab insonlarning bandligi va daromadi masalasi bevosita tadbirkorlik tuzilmalari
bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlab o‘tdi. «Agar biz tadbirkorlarni qo‘llabquvvatlamasak, ularga
sharoit yaratib bermasak, shahar va tumanlarning mahalliy byudjeti nochor ahvolda qolaveradi»,
— dedi u. Davlat rahbarining qayd etishicha, so‘nggi yillarda respublikada kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik subyektlari soni ikki barobar ortgan. Sohada faoliyat yuritayotgan
korxonalarning 50 foizdan ortig‘i so‘nggi uch yillikda tashkil etilgan. Sohada amalga oshirilgan
bu kabi ishlar jamiyatda o‘rta sinfning kuchayishi uchun zamin yaratadi. «Tadbirkorlar ularni
qo‘llab-quvvatlash haqidagi chiroyli so‘zlarni ko‘p eshitgan, endi bu gaplarning amaliy ta’siri va
natijasini o‘z kundalik faoliyatida his etishi kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Soliq siyosati davlatning soliq munosabatlarini tashkil qilishdagi choratadbirlari,
faoliyatlar yig‘indisidir. Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o‘z mustaqil soliq siyosatiga ega
bo‘la oladi.
Soliq – bu davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini ta’minlash maqsadida davlat
organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar (tashkilotlar)dan yig‘ib olinadigan to‘lov. Davlat
budjetining asosiy qismi soliqlar hisobiga shakllantiriladi. Shuningdek, soliqqa iqtisodiy turkum
jihatidan nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu to‘lov sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish
shakli bo‘lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Ko‘plab
olimlar va mutaxassislar soliqlarning umumiy hamda iqtisodiy
mazmunmohiyatini ochib berish maqsadida o‘zlarining turli fikrlarini bildirib o‘tishgan.
Soliqlarning mohiyatini aniqlashda esa ularning rivojlanish tarixiga nazar tashlash va uni o‘rganish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Soliq majburiyati tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, u yoki bu shakldagi soliqlar hatto
ibtidoiy va qadimgi jamoalarda ham undirilganligi haqidagi ma’lumotlarga duch kelamiz.
Shubhasiz, soliqlarning vujudga kelishi eng dastlabki ijtimoiy ehtiyojlarga zaruratning tug‘ilishi
bilan bog‘liq. Davlat paydo bo‘lib, rivojlanib borishi bilan birga soliq tizimi ham takomillashib
borgan. Soliq tizimi yordamida hukumat mamlakatdagi moliyaviy oqimlarni (tartibga solish,
taqsimlash va qayta taqsimlash), shuningdek, butun milliy iqtisodiyotni boshqarish funksiyalarini
amalga oshiradi. Demak, soliqlar paydo bo‘lgandan buyon jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarning zaruriy butunligiga aylangan deyishimiz mumkin.
Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Davlat
soliq siyosati orqali respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlanishiga har tomonlama
faol ta’sir ko‘rsatish mumkin. Soliqlar pul munosabatlari bo‘lib, iqtisodiy munosabatlarning
tarkibiy qismi ekan, soliq siyosati ham iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir.
Soliq tizimi deganda mohiyati jihatidan bir xil bo‘lgan va markazlashgan pul fondiga
tushadigan soliq turlarining yig‘indisi tushuniladi.
Tizim - bu yig‘ma tushunchadir. Bu tushunchada soliqlarning bir-biri bilan bog‘liqligi ham
ifoda etilgan. Soliq tizimini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
Soliq tizimini soliq obyektiga qarab uch guruhga bo‘lish mumkin: oborotdan, daromaddan
va mulklar qiymatidan olinadigan soliqlar. Oborotdan olinadigan soliqlarga ko‘shilgan qiymat
solig‘i, aksiz solig‘i, konlardan foydalanganligi uchun soliq, bojxona boji kiradi. Daromaddan
olinadigan soliqlarga foyda solig‘i va daromad solig‘lari kiradi. Mulklardan olinadigan soliqlarga
mol-mulk solig‘i va yer soliqlari kiradi. Iqtisodiy moxiyatga qarab to‘g‘ri va egri soliqlarga bo‘lish
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
453
mumkin. To‘g‘ri soliqlar bevosita daromad oluvchi mulk egasining daromadlaridan (foydalaridan)
olinadi. Bunday soliqlar huquqiy va xaqiqiy soliq to‘lovchi bitta shaxs bo‘ladi. Soliq ilgarida aniq
belgilangan bo‘ladi. Uning manbai bo‘lib korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyati natijasida
erishilgan moliyaviy yakun xisoblanadi. Axoli soliqlarida esa soliq manbai bo‘lib to‘g‘ridan-
to‘g‘ri axolining daromadi xisoblanadi. Foyda (daromad) solig‘i, yer solig‘i va daromad solig‘i
to‘g‘ri soliqlarning eng yirik daromaddir.
Egri soliqlar korxona va tashkilotlar faoliyatining moliyaviy yakuniga bog‘liq bo‘lmaydi.
Ular sotilayotgan tovarlar va xizmatlar oborotiga (baxosiga) ustama tarzda belgilanadi. Ular
so‘zsiz tovar qiymati va xizmat summasini oshiradi va iste’mol ni kamytiriladi. Bu soliqlarni
ba’zan iste’mol soliqlari deb xam ataladi. Bundan qaraganda ularni guyo maxsulot sotuvchi yoki
xizmat ko‘rsatuvchi to‘layotgan bo‘ladi. Aslida esa ularning xaqiqiy to‘lovchisi tovar va
xizmatlarni iste’mol qiluvchilar bo‘ladi. Egri soliqlar guruhiga ko‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz
solig‘i va bojxona bojlari kiradi. Soliq solish tizimining bir qancha elementlari mavjud va bular
quyidagilardan iboratdir: soliq subyekti, obyekti, manbasi, soliq stavkasi, soliq solish birligi,
soliqlardan imtiyozlar va boshqalar kiradi.
Biz avvalo soliq tizimi va soliq solish tizimi tushunchalarni bir-biridan farqini bilishimiz
zarur. Bu yerda nazariy jihatdan soliq tizimi soliqlar yig‘indisi tushuniladi. Soliq solish tizimi esa
tashkiliy jihatdan, tuzilish usullari yig‘indisi tushuniladi. Ya’ni soliq solish tizimi amaliy uslublar
yig‘indisidir. Shunday qilib, soliq solish tizimi deb, Oliy majlis tomonidan belgilangan va ijrochi
idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarni tuzilish usullari va tamoyillari yig‘indisiga aytiladi. Bu
tizimning urni jamiyatning ijtimioy-iqtisodiy tizimi bilan aniqlanadi. Soliq solish tizimining bir
qancha elementlari mavjud va bular quyidagilardan iboratdir: soliq subyekti, obyekti, manbasi,
soliq stavkasi, soliq solish birligi, soliqlardan imtiyozlar va boshqalar kiradi.
Soliq subyekti bu soliq munosabatlarni tashkil qiluvchilar. Bularga asosan soliq
to‘lovchilar:
Yuridik shaxslar korxona, tashkilot, firma va jismoniy shaxslar-axoli kiradi. Ikkinchi
tomondan soliq subyektiga davlat kiradi, ya’ni soliq oluvchi.
Soliq obyekti - bu soliq solinadigan daromad, narsa (buyum), mulk, qiymati, tovar, yer
maydoni, ot kuchi va boshqalar. Ko‘pincha soliq nomi obyekt nomi bilan ataladi. Masalan, yer
solig‘ida yoki daromad solig‘ida.
Byudjetga o‘tkazish nuqtai nazardan soliqlar umumdavlat soliqlari va maxalliy soliqlarga
bo‘linadi.
Soliq qonunchiligida soliqlarning qaysi turlari to‘g‘ri davlat byudjetiga, qaysilari esa
maxalliy byudjetga tushishi aniq ko‘rsatib qo‘yilgan. Ammo shu aniqki davlat byudjetiga tushgan
mablag‘larning bir qismi maxalliy byudjetlarga ajratib beriladi.
Soliq turlariga qarab bevosita va bilvosita soliqlarga bo‘linadi. Bunday guruxlanish Soliqqa
tortish oboektiga, to‘lovchi bilan davlatning o‘zaro munosabatlariga bog‘liq buladi. Bevosita
soliqlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromadga va molmulkka belgilanadi. Tovarning baxosida to‘lanadigan
yoki taxrifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar bilvosita soliqlarga kiradi.
Bevosita soliqlar real va shaxsiy soliqlarga bo‘linadi. Real soliqlar soliq to‘lovchining mol-
mulkining ayrim turlaridan kadastr asosida undiriladi.
Xar qanday tadbir, ish va faoliyat ilgaridan belgilanib, aniqlanib ishlab chiqilgan siyosat
bilan amalga oshiriladi. Siyosat deganda davlatning ilgaridan belgilab, aniqlab qo‘ygan chora-
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
454
tadbirlari yig‘indisi tushuniladi. Soliq ishlarini tashkil qilishda xam shu siyosat bilan ish yuritiladi.
Soliq siyosati davlatning moliya siyosatini eng muhim, tarkibiy ajralmas qismidir.
Nazorat funksiyalari mavjuddir. Ayrim iqtisodchilar fikrlari bo‘yicha taqsimlash va
iqtisodiyotni tartibga solishlarni xam ko‘shadilar. Lyokin bizni fikrimizga kura soliqlar asosan 3
ta funksiyani bajaradi, taqsimlash va iqtisodiyotni tartibga solish asosan uchta funksiyani ichiga
kirib ketadi. Xazina (fiskal) funksiyasi. Fiskal (lotincha Fiscus so‘zidan olingan bo‘lib, g’azna
degan mahnoni anglatadi) xususiyatiga ega ekanligidir.
Soliqlarning nazorat funksiyasiga kelsak, bu funksiya orqali soliqlar ijtimioy maxsulot
qiymatini qanchaga tushganligi, milliy daromadning salmogini nazorat qilib bilib olgandan so‘ng
undan qancha qismini soliqlar orqali byudjetga tuplash zarurligi, ularning obyektlarini, soliq
to‘lovchilarini, soliq stavkalarini to‘g‘ri belgalish hamda soliqlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri xisoblab
byudjetga o‘tkazish jarayonini nazorat qilib boradi. Bu nazorat doimo taqsimlash funksiyasi bilan
yonma-yon olib boriladi. Soliqlarning nazorat funksiyasi ba’zan taqsimlash funksiyasidan ham
kengayib ketadi. Chunki taqsimlashda faqat pul munosabatlari bilan chegaralanib qolinsa,
soliqlarning nazorat funksiyasi pul munosabatlari orqali taqsimlashdan tashqari soliq obyektilarini
buyum shaklida xam to‘liqligi, mahsulotlar qoldiqlari xomashyo va yoqilg’ilardan boshqa
manbalardan foydalanish ustidan ham nazoratga aylanadi. Demak, soliqlarning nazorat funksiyasi
soliq idoralarini xodimlarining kundalik olib boradigan umumiqtisodiy nazoratining nazariy
asosini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq idoralarining nazorati asosan yagona
iqtisodiy qonunlar talabiga javob beradigan nazoratga aylanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, soliq ma’muriyatchiligini izchil takomillashtirish, soliq
yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish sohasida islohotlarni davom ettirish
uzoq muddatli davrda O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlash, tadbirkorlik
faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish va davlat byudjeti daromadlarini oshirish
uchun keng imkoniyatlarni yaratadi
REFERENCES
1.
Алиев Б.Х. Налоги и налогообложение. Учебник. –М.: “Финансы и статистика”, 2018
2.
Alimardonov M., Kuziyeva N. “Soliqlar va soliqqa tortish” o‘quv-uslubiy qo‘llanma
Toshkent “Iqtisod-Moliya” 2007
3.
Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya Darslik. –T.: “Noshir”, 2011
4.
Jo‘raevT.Soliqsiyosatinitakomillashtirishningasosiyyo‘nalishlarivatamoyillari.
//Soliqlarvabojxonaxabarlari. – 2018
