ИССЛЕДОВАНИЕ ТЕХНИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ФУТБОЛИСТОВ 10-12 ЛЕТ

Аннотация

Данная статья посвящена исследованию технической подготовки футболистов 10-12 лет. Обоснованные мнения и комментарии представлены на протяжении всей статьи.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Юсупов N., & Тошпулатов A. . (2023). ИССЛЕДОВАНИЕ ТЕХНИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ФУТБОЛИСТОВ 10-12 ЛЕТ. Современная наука и исследования, 2(5), 67–70. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19784
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Ключевые слова:

Аннотация

Данная статья посвящена исследованию технической подготовки футболистов 10-12 лет. Обоснованные мнения и комментарии представлены на протяжении всей статьи.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

67

10-12 YOSHLI FUTBOLCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGINI TADQIQ

QILISH

N.M.Yusupov

O‘zDJTSU dotsenti

Toshpulatov Abbos Saidmurodovich

O‘zDJTSU 2-bosqich, M 56-21 guruh magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7902091

Annotatsiya.

Mazkur maqolada 10-12 yoshli futbolchilarning texnik tayyorgarligini tadqiq

qilish haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli fikr va mulohazalar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

yosh futbolchilar, texnik tayyorgarlik, asosiy mezon.

RESEARCH OF TECHNICAL TRAINING OF 10-12-YEAR-OLD FOOTBALL

PLAYERS

Abstract.

This article is about researching the technical training of 10-12-year-old football

players. Reasonable opinions and comments are presented throughout the article.

Key words:

young players, technical training, main criteria.

ИССЛЕДОВАНИЕ ТЕХНИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ФУТБОЛИСТОВ 10-12

ЛЕТ

Аннотация.

Данная статья посвящена исследованию технической подготовки

футболистов 10-12 лет. Обоснованные мнения и комментарии представлены на
протяжении всей статьи.

Ключевые слова:

юные игроки, техническая подготовка, главный критерий.


Bolalar-o‘smirlar sport sohasidagi zamonaviy tadqiqotlar olimlar diqqatining dasturiy-

usuliy hujjatlarda asosiy bo‘limlar mazmunini takomillashtirishga qaratilayotganligi bilan
tavsiflanadi. Olimlar bugungi kunda mamlakatimiz futbolchilari to‘pni boshqarish texnikasi
bobida eng kuchli chet el o‘yinchilaridan orta qolayotganliklarini qayd etmoqdalar, bu esa
amaliyotga ko‘p yillik tayyorgarlikning dastlabki bosqichlaridanoq mashg‘ulotlarni tashkil
etishning yangicha asoslangan usularini tatbiq etishni talab qilmoqda.

Mamlakatimizdagi qator futbol mutaxasislarining ta’kidlashicha, o‘zbek futbolchilarining

eng yaxshi chet ellik futbolchilardan ortda qolayotganligini, eng avvalo yosh futbolchilarning
tayyorgarligida eng dastlabki bosqichlardanoq nuqsonlar mavjudligi bilan izohlash mumkin. Yosh
futbolchilarni tayyorlash – ilmiy - tadqiqot ma’lumotlariga hamda mamlakatimiz va horij
mutaxassislarining ilg‘or tajribalariga tayanadigan uzoq muddatli, serqirra jarayondir. Biroq
hozirgi paytgacha yosh futbolchilarning musobaqa faoliyatiga xos yosh xususiyatlari muammosi
deyarli o‘rganilmagan. Afsuski, BO‘SM va OZIBO‘SM uchun amaldagi o‘quv dasturlarida o‘z
aksini topgan ushbu holat futbolchilarning texnik tayyorgarligi samaradorligini oshirish
imkoniyatlarini kengaytirishga yordam bermaydi.

Yosh futbolchilar musobaqa faoliyati tuzilishining yosh dinamikasi xususidagi ilmiy

ma’lumotlarning yo‘qligi, ayniqsa, to‘pni boshqarish texnikasini o‘rgatishning dastlabki
bosqichida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Oqibatda, boshlang‘ich bosqich usuliyatidagi bir qator
masalalar, xususan, o‘yin texnikasining alohida elementlarini o‘rgatish izchilligi to‘g‘risidagi
masala ochiq qolmoqda, bu esa keyinchalik, ma’lum ma’noda umuman texnik mahorat darajasini


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

68

chegaralab qo‘yadigan omilga aylanishi mumkin. Shuning uchun ham futbolchilarning texnik
takomillashuviga yangi usuliy yondashuv yo‘llarini izlash muammosi dolzarb hisoblanadi.

Futbolchilar sport mahoratining asosi texnik tayyorgarlik bo‘lib, uning darajasini ko‘p

jihatdan o‘yinning samaradorligi va tomoshabopligi Bilan belgilaydi. Boshqa tomondan, futbol
mutaxassislari o‘zbek futbolchilarining to‘pni boshqarish texnikasi borasida eng kuchli chet el
futbolchilaridan muayyan darajada ortda qolayotganliklarini qayd etmoqdalar. Yaqin vaqtgacha
bu yuqori malakali jamoalarning muammosi edi, endilikda u yosh futbolchilarga ham taalluqli.
Ortda qolishning alohida tarkibiy qismlaridan biri sifatida, xususan, to‘pni qabul qilish va uning
nazorati bilan bog‘liq harakatlarni tezkor faoliyatlarda samarali bajarish qobiliyati ko‘rsatiladi.
Birinchi navbatda, bu sport maktablarida o‘rgatish jarayoni va mashg‘ulotlarning uncha yuqori
bo‘lmagan darajasi, texnik tayyorgarlik usuliyatidagi xatolar, murabbiylarning ma’lum bir
qismida bolalar va o‘smirlar bilan ishlashga ijodiy yondashuvning yo‘qligi tufaylidir. O‘zbek
futbolida ijrochilarning cheklangan imkoniyatlari – zahira tayyorlashda ko‘p yillar davomida
atletizmning ustuvor bo‘lganligi natijasi. Futbol taraqqiyotining hozirgi bosqichida o‘yin shiddati
o‘sib boryapti, bu o‘yinchidan, eng avvalo, kutilmaganda o‘zgaradigan vaziyat, chegaralangan
vaqt va makon sharoitida texnik-taktik usullarni tez va samarali bajara bilishni talab etadi.

Bugungi kunda muvaffaqiyatlarga erishishni istagan jamoa tez o‘ynashi, ya’ni oqilona

texnikaga ega bo‘lgan va uni tezkor harakatlar bilan uyg‘unlashtira oladigan o‘yinchilardan iborat
bo‘lishi lozim. Shunga ko‘ra ayrim futbol mutaxassislari “tezkor texnika” degan atamani
qo‘llaydilar. Hujum va himoya orasidagi kurashlar o‘z zaminida fintlar, dribling va tez hamda aniq
yashirin uzatishlar yotadigan o‘tkir texnika yordamidagina hujum foydasiga hal bo‘lishi mumkin.
Mamlakatimiz va chet el mutaxassislarining fikricha, ommaviy mudofa chog‘ida golli holatlar
faqat to‘pni oqilona, tez va aniq qabul qilish orqali yuzaga keltiriladi. Bunday sharoitda, odatda,
to‘pli o‘yinchi yoki uning sheriklari ikki-uch raqibni ishonch bilan aylanib o‘tish ko‘magidagina
zarba berish mumkin bo‘lgan vaziyatga chiqa oladilar. Biroq bu, ayniqsa, fintlar, aldab o‘tishlar
bobidagi alohida mahorati g‘ayri-oddiy darajada yuksak bo‘lgan futbolchilarninggina qo‘lidan
keladi.

Texnik ko‘nikmalar oddiy, tezkor va maqsadga muvofiq bo‘lishi kerak. Ilgari juda muhim

sanalgan texnik usullar, masalan, to‘pni butunlay to‘xtatish o‘yinda juda kam qo‘llanadigan bo‘ldi,
zero, zamonaviy oqilona o‘yinda to‘pni to‘xtovsiz ravishda harakatga uzatishga o‘tib borilyapti.
Ikkinchi tomondan, ayrim texnik usullar katta ahamiyatga ega bo‘lib qoldi. Bu yerda gap fintlar,
aylanib o‘tish, yashirin uzatish ustida ketyapti. Ammo aylanib o‘tishni o‘yinchilar juda yaxshi
o‘zlashtirib olganlaridagina u muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Shuning uchun texnik tayyorgarlik
ko‘p yillik jarayonning mantiqiy bir halqasi hisoblanadi va uning har bir bosqichi o‘z muayyan
maqsadlari, vazifalariga ega. Axir, dastlabki o‘rgatish bosqichida o‘yin usullarini o‘zlashtirib
olishdagi qayd etilgan orqada qolishlar futbolchilarning keyingi tayyorgarligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.

Texnik tayyorgarlik turli mashg‘ulot vositalarining tasodifiy yig‘indisi bo‘la olmaydi.

Muhimi, shunday vositalarni tanlab olish kerakki, ular ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonining har
bir bosqichida o‘yin texnikasini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga zarur ijobiy ta’sir o‘tkazsin. Yosh
futbolchilarning texnik tayyorgarligida tizimli yondashuv tasodifiy hol emas. Uni texnik
tayyorgarlikning yetilgan muammosini hal etish va muayyan usuliyat yordamida boshqariladigan
o‘rgatish jarayonini yaratish zarurati taqozo etadi. Tizimli yondashuv tayyorgarlikning barcha


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

69

elementlarini yagona dinamik tuzilmaga birlashtirish va hisobga olishni nazarda tutadiki, bunda
har bir element u yoki bu texnik usulning dinamikasi va mukammalligi darajasini ajratishga imkon
beradigan tizimli sifatga ega.

Ma’lumki, texnik mahorat futbolchi biladigan texnik usullarning hajmi va serqirraligi,

shuningdek, ularni o‘yin sharoitida samarali qo‘llash malakasi bilan tavsiflanadi. Futbol texnikasi
to‘p bilan muomala qilish uslublari va usullarlarining katta guruhi yig‘indisidan iborat ekan, uni
o‘rganish murakkab va uzoq jarayonga aylanadi.

Kam vaqt va kuch sarflab o‘rgatish masalalarini hal etishda o‘rganilayotgan materialni

tizimlashtirish va texnikaga o‘rgatishning oqilona izchilligini aniqlash katta ahamiyatga ega.

REFERENCES

1.

Абидов Ш. У. Ёш футболчиларни техник-тактик ҳаракатларини мусобақа
шароитида баҳолаш ва самаладорлигини аниқлаш //Fan-Sportga. – 2020. – №. 6. – С.
17-19.

2.

Абидов, Ш. У. "Ёш футболчиларни техник-тактик ҳаракатларини мусобақа
шароитида баҳолаш ва самаладорлигини аниқлаш."

Fan-Sportga

6 (2020): 17-19.

3.

Абидов, Шавкат. "Футбол ўргатишда дастлабки тайёрлов гуруҳларида техник-
тактик кўникмаларни ривожлантириш."

O ‘zbekiston milliy universiteti xabarlari

1.7

(2022).

4.

Абидов Ш. У., Уматқулов Ж. А. Соғлом турмуш тарзи–машғулотларни асосий
мақсади сифатида //Академические исследования в современной науке. – 2022. – Т.
1. – №. 18. – С. 4-8.

5.

Abidov Sh. U., Igamberdiev O. R., Bozorov S. R. Yosh futbolchilar mashg ‘ulotlaridagi
yuklamalari hajmini yoshga qarab o ‘zgarishining maxsus harakat sifatlariga ta’sir etishi
//Eurasian Journal of Academic Research. – 2022. – Т. 2. – №. 10. – С. 229-236.

6.

Артиқов А. А. Футбол спорт турида дарвозага зарба бериш аниқлигини баҳолаш
услубияти //Fan-Sportga. – 2022. – №. 1. – С. 48-51.

7.

Артиқов А. А. Ёш футболчиларни дарвозага зарба бериш аниқлигини ўрганиш
//Fan-Sportga. – 2021. – №. 3. – С. 79-81.

8.

Артиқов,

AА.

"Футболчиларнинг

техник

усуллари

аниқлигини

такомиллаштиришга

йўналтирилган

махсус

машқлардан

фойдаланиш

самарадорлигининг таҳлили." Ф

ан-cпортга

3 (2020): 16-18.

9.

Артиқов

Футболчиларнинг,

техник

усуллари

аниқлигини.

"такомиллаштиришга

йўналтирилган

махсус

машқлардан

фойдаланиш

самарадорлигининг таҳлили."

Фан-Cпортга.–2020

3 (2020): 16-18.

10.

Бозоров С. Р., Олимжонов Б. Дастлабки тайёрлов гуруҳи босқичида шуғулланувчи
болларни машғулотларини ташкил этиш //Академические исследования в
современной науке. – 2022. – Т. 1. – №. 18. – С. 13-17.

11.

Бозоров, Сирожиддин Рустам Ўғли. "Спортчиларни шуғулланганлик даражасини
аниқлашнинг

замонавий

усулларини

таҳлили

(футбол

спорт

тури


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

70

мисолида)."

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)

2.2

(2022): 410-419.

12.

Igamberdiyev, Obidjon. "YOSH FUTBOLCHILARNI TANLAB OLISH VA
SELEKSIYALASHDA

YANGI

TADQIQ

QILISH

USLUBIYATLARI."

Академические исследования в современной науке

1.17 (2022):

159-165.

13.

Igamberdiyev, Obidjan. "THE EFFECTIVENESS OF USING TESTS FOR ASSESSING
THEIR MOTOR SKILLS IN THE SELECTION OF YOUNG FOOTBALL
PLAYERS."

International Bulletin of Applied Science and Technology

3.4 (2023): 451-

456.

14.

Игамбердиев, О. Р. "Умумтаълим мактабларидаги 11-12 ёшли ўқувчиларни футбол
билан шуғуллантириш орқали жисмоний тайёргарлигини ошириш."

Автореф.

дисс. п. ф. б. ф. д (PhD)–Чирчиқ

58 (2022).

15.

Игамбердиев О., Бозоров Ф. ОСОБЕННОСТИ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ
ФУТБОЛИСТОВ //Академические исследования в современной науке. – 2022. – Т.
1. – №. 17. – С. 169-173.

Библиографические ссылки

Абидов Ш. У. Ёш футболчиларни техник-тактик ҳаракатларини мусобақа шароитида баҳолаш ва самаладорлигини аниқлаш //Fan-Sportga. – 2020. – №. 6. – С. 17-19.

Абидов, Ш. У. "Ёш футболчиларни техник-тактик ҳаракатларини мусобақа шароитида баҳолаш ва самаладорлигини аниқлаш." Fan-Sportga 6 (2020): 17-19.

Абидов, Шавкат. "Футбол ўргатишда дастлабки тайёрлов гуруҳларида техник-тактик кўникмаларни ривожлантириш." O ‘zbekiston milliy universiteti xabarlari 1.7 (2022).

Абидов Ш. У., Уматқулов Ж. А. Соғлом турмуш тарзи–машғулотларни асосий мақсади сифатида //Академические исследования в современной науке. – 2022. – Т. 1. – №. 18. – С. 4-8.

Abidov Sh. U., Igamberdiev O. R., Bozorov S. R. Yosh futbolchilar mashg ‘ulotlaridagi yuklamalari hajmini yoshga qarab o ‘zgarishining maxsus harakat sifatlariga ta’sir etishi //Eurasian Journal of Academic Research. – 2022. – Т. 2. – №. 10. – С. 229-236.

Артиқов А. А. Футбол спорт турида дарвозага зарба бериш аниқлигини баҳолаш услубияти //Fan-Sportga. – 2022. – №. 1. – С. 48-51.

Артиқов А. А. Ёш футболчиларни дарвозага зарба бериш аниқлигини ўрганиш //Fan-Sportga. – 2021. – №. 3. – С. 79-81.

Артиқов, AА. "Футболчиларнинг техник усуллари аниқлигини такомиллаштиришга йўналтирилган махсус машқлардан фойдаланиш самарадорлигининг таҳлили." Фан-cпортга 3 (2020): 16-18.

Артиқов AА Футболчиларнинг, техник усуллари аниқлигини. "такомиллаштиришга йўналтирилган махсус машқлардан фойдаланиш самарадорлигининг таҳлили." Фан-Cпортга.–2020 3 (2020): 16-18.

Бозоров С. Р., Олимжонов Б. Дастлабки тайёрлов гуруҳи босқичида шуғулланувчи болларни машғулотларини ташкил этиш //Академические исследования в современной науке. – 2022. – Т. 1. – №. 18. – С. 13-17.

Бозоров, Сирожиддин Рустам Ўғли. "Спортчиларни шуғулланганлик даражасини аниқлашнинг замонавий усулларини таҳлили (футбол спорт тури мисолида)." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 410-419.

Igamberdiyev, Obidjon. "YOSH FUTBOLCHILARNI TANLAB OLISH VA SELEKSIYALASHDA YANGI TADQIQ QILISH USLUBIYATLARI." Академические исследования в современной науке 1.17 (2022): 159-165.

Igamberdiyev, Obidjan. "THE EFFECTIVENESS OF USING TESTS FOR ASSESSING THEIR MOTOR SKILLS IN THE SELECTION OF YOUNG FOOTBALL PLAYERS." International Bulletin of Applied Science and Technology 3.4 (2023): 451-456.

Игамбердиев, О. Р. "Умумтаълим мактабларидаги 11-12 ёшли ўқувчиларни футбол билан шуғуллантириш орқали жисмоний тайёргарлигини ошириш." Автореф. дисс. п. ф. б. ф. д (PhD)–Чирчиқ 58 (2022).

Игамбердиев О., Бозоров Ф. ОСОБЕННОСТИ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ФУТБОЛИСТОВ //Академические исследования в современной науке. – 2022. – Т. 1. – №. 17. – С. 169-173.