PEDAGOGIK TA’LIMDA XALQARO PROJECT-BASED LEARNING (PBL) TAJRIBALARINING INTEGRATSIYASI VA MAHALLIY SHAROITGA MOSLASHTIRILGAN ADAPTATSIYASI

Аннотация

В данной статье анализируется интеграция международного опыта Project-Based Learning (PBL) в педагогическое образование и его адаптация к условиям Узбекистана. Рассматривается роль передовых моделей PBL в таких странах, как США, Финляндия и Сингапур, обсуждаются проблемы и пути их решения при внедрении PBL в национальную систему образования. Результаты исследования подтверждают эффективность метода PBL в формировании компетенций студентов и содержат рекомендации по его внедрению в педагогических вузах.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Исмоилова D. (2025). PEDAGOGIK TA’LIMDA XALQARO PROJECT-BASED LEARNING (PBL) TAJRIBALARINING INTEGRATSIYASI VA MAHALLIY SHAROITGA MOSLASHTIRILGAN ADAPTATSIYASI. Современная наука и исследования, 4(10), 310–313. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/138928
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье анализируется интеграция международного опыта Project-Based Learning (PBL) в педагогическое образование и его адаптация к условиям Узбекистана. Рассматривается роль передовых моделей PBL в таких странах, как США, Финляндия и Сингапур, обсуждаются проблемы и пути их решения при внедрении PBL в национальную систему образования. Результаты исследования подтверждают эффективность метода PBL в формировании компетенций студентов и содержат рекомендации по его внедрению в педагогических вузах.


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

310

PEDAGOGIK TA’LIMDA XALQARO PROJECT-BASED LEARNING (PBL)

TAJRIBALARINING INTEGRATSIYASI VA MAHALLIY SHAROITGA

MOSLASHTIRILGAN ADAPTATSIYASI

Ismoilova Dlobar Samadullayevna

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti 2-kurs magistranti.

E-mail:

dlobarismoilova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17497203

Annotatsiya.

Ushbu maqolada pedagogik ta’limda xalqaro Project-Based Learning (PBL)

tajribalarining integratsiyasi va O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan adaptatsiyasi tahlil
qilinadi. AQSh, Finlyandiya va Singapur kabi davlatlardagi ilg‘or PBL modellarining pedagogik
ta’limdagi roli ko‘rib chiqilib, mahalliy sharoitda yuzaga keladigan muammolar va ularni hal
qilish yo‘llari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari PBL metodining talabalar
kompetensiyalarini shakllantirishdagi samaradorligini tasdiqlaydi hamda pedagogik ta’lim
muassasalarida uning joriy etilishi bo‘yicha tavsiyalarni beradi.

Kalit so‘zlar:

Project-Based Learning, pedagogik ta’lim, xalqaro tajribalar, adaptatsiya,

kompetensiyalar.

Abstract.

This article analyzes the integration of international Project-Based Learning

(PBL) experiences into pedagogical education and their adaptation to the conditions of
Uzbekistan. The role of advanced PBL models in countries such as the USA, Finland, and
Singapore is examined, along with the challenges and solutions for implementing PBL in the
national education system. The research results confirm the effectiveness of the PBL method in
developing student competencies and provide recommendations for its implementation in
pedagogical higher education institutions.

Keywords:

Project-Based Learning, pedagogical education, international experience,

adaptation, competencies.

Аннотация.

В данной статье анализируется интеграция международного опыта

Project-Based Learning (PBL) в педагогическое образование и его адаптация к условиям
Узбекистана. Рассматривается роль передовых моделей PBL в таких странах, как США,
Финляндия и Сингапур, обсуждаются проблемы и пути их решения при внедрении PBL в
национальную систему образования. Результаты исследования подтверждают
эффективность метода PBL в формировании компетенций студентов и содержат
рекомендации по его внедрению в педагогических вузах.

Ключевые

слова:

Project-Based

Learning,

педагогическое

образование,

международный опыт, адаптация, компетенции.

Kirish

XXI asrda globallashuv, raqamli texnologiyalar va axborot oqimining keskin ortishi

natijasida ta’lim tizimiga bo‘lgan talablar tubdan o‘zgarib bormoqda. Endilikda ta’lim jarayoni
nafaqat bilim berish, balki tanqidiy fikrlash, muammoni hal qilish, hamkorlikda ishlash, raqamli
savodxonlik kabi muhim kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilishi lozim. Shu nuqtai
nazardan, loyihalarga asoslangan o‘qitish ya’ni Project-Based Learning (PBL) metodikasi-
zamonaviy ta’limning muhim yondashuvlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

311

Pedagogik ta’limda PBL modeli o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tadqiqot olib borish,

amaliyotga yo‘naltirilgan bilim olish va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishida katta
imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, bo‘lajak pedagoglarni tayyorlashda bu yondashuv ularda real hayotiy
vaziyatlarda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, innovatsion yechimlarni topish va ta’limda
kreativ yondashuvlarni shakllantirish imkonini beradi.Bugungi kunda AQSh, Finlyandiya,
Singapur, Kanada kabi ilg‘or davlatlar ta’lim tizimida PBL keng qo‘llanilib, muhim natijalarni
bermoqda. O‘zbekiston ta’lim tizimida ham so‘nggi yillarda innovatsion metodikalarni joriy etish,
jumladan PBL modelini qo‘llashga e’tibor kuchaymoqda. Biroq xalqaro tajribalarni to‘liq
o‘zlashtirish va mahalliy sharoitga moslashtirish jarayonida muayyan qiyinchiliklar mavjud: bu -
madaniy farqlar, resurs yetishmovchiligi, metodik qo‘llanmalar tanqisligi kabi omillar bilan
bog‘liq.Mazkur maqolada xalqaro PBL tajribalari tahlil qilinadi, ularning pedagogik ta’lim
tizimiga integratsiyasi o‘rganiladi va O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan adaptatsion model
ishlab chiqiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi -PBLning mahalliy tizimga samarali joriy etish
yo‘llarini aniqlash va bo‘lajak pedagoglar kompetensiyalarini shakllantirishda bu yondashuvning
imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODOLOGIYASI

(RESEARCH METODOLOGIY /LITERATURE)

Project-Based Learning (PBL) kontseptsiyasi ta’limda faol va mustaqil o‘rganishni

rag‘batlantirishga qaratilgan metodik yondashuv hisoblanadi. Uning nazariy asoslari XX asrning
ta’lim falsafachilari, jumladan John Dewey, Seymour Papert, Larmer va Mergendoller, Bell kabi
olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. John Dewey ta’lim jarayonini amaliy tajriba va faoliyatga
asoslangan shaklda tashkil etish tarafdori bo‘lgan bo‘lsa, Seymour Papert konstruktivistik
yondashuv asosida o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlikda bilim yaratishiga urg‘u bergan. Larmer va
Mergendoller PBLning zamonaviy konsepsiyasini ishlab chiqib, uni loyihalar orqali o‘quv
jarayonini faol qilish vositasi sifatida ko‘rsatgan.

Xalqaro miqyosda, AQSh, Finlyandiya va Singapur kabi ilg‘or ta’lim tizimlari PBLni o‘z

dasturlariga samarali integratsiya qilgan. AQShda PBL o‘quvchilarni real dunyo muammolariga
yechim topishga yo‘naltiradi, Finlyandiya esa pedagoglarning o‘quvchilar bilan hamkorlikdagi
faoliyatini ta’kidlaydi, Singapurda esa raqamli texnologiyalar yordamida PBL jarayonlarini
rivojlantirishga e’tibor qaratilgan.O‘zbekiston ta’lim tizimida loyiha asosida o‘qitish nisbatan
yangi yondashuv bo‘lib, milliy tadqiqotlar ko‘proq metodik asoslar va pedagogik amaliyotning
samaradorligini o‘rganishga qaratilgan. Shu bilan birga, xalqaro PBL modellarining o‘xshash va
farqli jihatlari, shuningdek, ularni mahalliy sharoitga moslashtirishdagi imkoniyatlar ham
tadqiqotlarda ko‘rilmoqda.Ushbu tadqiqotda ob’ekt sifatida pedagogik oliygohlar tanlandi.

Tadqiqot predmeti xalqaro Project-Based Learning tajribalarini pedagogik ta’lim tizimiga

integratsiya qilish jarayonidir.Tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi.Taqqoslash -xalqaro
PBL modellarini va ularning mahalliy adaptatsiyasini tahlil qilishda.Kuzatuv

-

PBL metodini

pedagogik jarayonda qo‘llashning amaliy holatlarini o‘rganishda.So‘rovnoma - talabalar va
o‘qituvchilar orasida PBL yondashuvining samaradorligi bo‘yicha fikrlarni yig‘ishda.Tajriba-
sinov- mahalliy sharoitga moslashtirilgan PBL modelini sinovdan o‘tkazishda.Tadqiqot bazasi
sifatida O‘zbekistonning 2-3 oliy ta’lim muassasasi tanlangan bo‘lib, u yerda PBL metodini tatbiq
etish tajribasi mavjud.


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

312

Xalqaro PBL modellarini tahlil qilish natijasida AQSh, Finlyandiya va Singapur ta’lim

tizimlarida loyiha asosida o‘qitishning samarali yondashuvlari aniqlandi. AQShda PBL
o‘quvchilarga muammolarni real kontekstda yechish imkonini beradi, bu esa ularning tanqidiy
fikrlash va ijodiy yondashuvini rivojlantiradi. Finlyandiya modeli esa pedagoglarning
hamkorlikdagi faoliyatiga katta e’tibor qaratib, o‘quv jarayonini talabalar markazida tashkil qiladi.

Singapurda raqamli texnologiyalardan keng foydalanish orqali PBL jarayoni yanada

interaktiv va samarali amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston sharoitida PBL metodini joriy etishda bir
qator muammolar kuzatildi. Ulardan eng asosiylari - madaniy farqlar, ya’ni an’anaviy ta’lim
usullaridan yangi yondashuvga o‘tishda o‘qituvchilar va talabalar tomonidan qarshiliklar yuzaga
kelishi; resurslarning yetishmasligi, jumladan zamonaviy texnologiyalar va metodik qo‘llanmalar
tanqisligi;

shuningdek,

pedagoglarning

yangi

metodologiyalarni

chuqur

egallashdagi

qiyinchiliklaridir.PBL modeli bo‘yicha olib borilgan sinovlar natijasida talabalar orasida tanqidiy
fikrlash, muammoni hal qilish, hamkorlik va kommunikatsiya ko‘nikmalarining sezilarli darajada
o‘sishi qayd etildi. Bu o‘zgarishlar statistik ravishda so‘rovnoma va kuzatuv natijalari bilan
tasdiqlandi

1-Jadval

Kompetensiya

Sinovdan oldingi

o‘rtacha ball

Sinovdan keyingi

o‘rtacha ball

Tanqidiy fikrlash

3,2

4,5

Muammoni hal qilish

3,0

4,3

Hamkorlik

3,5

4,6

Raqamli savodxonlik

2,8

4,1

Shuningdek, o‘qituvchilar PBL yondashuvining talabalar faolligini oshirishda, o‘quv

jarayonini yanada qiziqarli va interaktiv qilishda samarali ekanligini qayd etdilar. Biroq, metodni
to‘liq joriy etish uchun qo‘shimcha metodik yordam va malaka oshirish kurslari zarurligi
ta’kidlandi.

MUHOKAMA VA XULOSA (DISCUSSIN AND REFERENCE)

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, xalqaro Project-Based Learning (PBL) modellarini

pedagogik ta’lim tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribalar mavjud. AQSh,
Finlyandiya va Singapurning ilg‘or amaliyotlari mahalliy sharoitga moslashtirilgan PBL modelini
yaratishda muhim asos bo‘ldi. Shu bilan birga, mahalliy madaniyat va ta’lim tizimining o‘ziga
xosligi,

mavjud

resurslar

va

metodik

bazaning

cheklovlari

adaptatsiya

jarayonini

murakkablashtirmoqda. PBL yondashuvi pedagogik ta’limda nafaqat bilim berish, balki bo‘lajak
pedagoglarning tanqidiy fikrlash, muammoni hal qilish, hamkorlik va raqamli savodxonlik kabi
muhim kompetensiyalarini shakllantirishda samarali vosita ekanligi tadqiqotda tasdiqlandi. Bu
kompetensiyalar zamonaviy ta’lim talablariga javob beradi va kelajakda pedagoglarning kasbiy
muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Shu bilan birga, adaptatsiya jarayonida pedagoglarning yangi
metodlarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklari, resurslar cheklanganligi va an’anaviy ta’lim
yondashuvlariga bo‘lgan odatlarning kuchliligi kabi muammolar ham mavjud. Bu holatlar
PBLning samaradorligini to‘liq namoyon bo‘lishiga to‘sqinlik qilmoqda. Shu sababli, PBL
modelini mahalliy sharoitga muvaffaqiyatli moslashtirish uchun pedagogik ta’lim muassasalarida


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

313

maxsus metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish, o‘qituvchilarni malakasini oshirish, zamonaviy
texnologiyalar bilan ta’minlash va PBL laboratoriyalarini tashkil etish muhim ahamiyat kasb
etadi.Natijada, xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan va mahalliy sharoitga moslashtirilgan
PBL modeli pedagogik ta’limda innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib,
pedagoglarning professional kompetensiyalarini shakllantirish va sifatli ta’lim berishda
samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Baxronova, M. A. (n.d.).

PBL – Project based yondashuvi orqali 4K ko‘nikmalarini

rivojlantirish

.

A.

Avloniy

nomidagi

Milliy-tadqiqot

instituti.

Retrieved

from

https://tadqiqotlar.uz/03/article/download/1517/1425/2826

2.

Bell, S. (2010). Project-Based Learning for the 21st Century: Skills for the Future.

The

Clearing House

, 83(2), 39–43.

https://doi.org/10.1080/00098650903505415

3.

Dewey, J. (1938).

Experience and Education

. New York: Macmillan.

4.

Finnish National Agency for Education. (2016).

New national core curriculum for basic

education

. Helsinki: Finnish National Board of Education.

5.

Islamova, M. B., & Rahmonova, M. H. (2025).

Tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini

rivojlantirishda

PBL

modeli

[Conference

paper].

Zenodo.

https://zenodo.org/records/15638028

6.

Kokotsaki, D., Menzies, V., & Wiggins, A. (2016). Project-based learning: A review of the
literature.

Improving Schools

, 19(3), 267–277.

https://doi.org/10.1177/1365480216659733

7.

Larmer, J., Mergendoller, J. R., & Boss, S. (2015).

Setting the Standard for Project-Based

Learning: A Proven Approach to Rigorous Classroom Instruction

. Alexandria, VA: ASCD.

8.

Markham, T. (2011). Project Based Learning: A Bridge Just Far Enough.

Teacher Librarian

,

39(2), 38–42.

9.

Ministry of Education of Singapore. (2020).

21st Century Competencies

. Retrieved from

https://www.moe.gov.sg

10.

Papert, S. (1980).

Mindstorms: Children, Computers, and Powerful Ideas

. New York: Basic

Books.

11.

Ravitz, J. (2009). Introduction: Summarizing findings and looking ahead to a new
generation of PBL research.

Interdisciplinary Journal of Problem-Based Learning

, 3(1), 4–

11.

https://doi.org/10.7771/1541-5015.1080

12.

Tasheva, Z. (2025).

Ingliz tili fanini o‘qitishda (PBL) loyiha va muammoga asoslangan

metodika:

O‘zbekiston

tajribasi

va

xalqaro

amaliyot

.

Zenodo.

https://zenodo.org/records/15791532

13.

Thomas, J. W. (2000).

A Review of Research on Project-Based Learning

. San Rafael, CA:

Autodesk

Foundation.

https://www.bie.org/research/study/review_of_project_based_learning_2000

14.

Tursunova, H. B. (2025). Loyiha asoslangan ta’lim (PBL).

Modern Education and

Development

, 24(4), 10-14.

https://scientific-jl.com/mod/article/view/10376

15.

Uzbekistan Research Institute for Pedagogical Innovations. (2022).

PBL modelining

O‘zbekistondagi tajribalari va istiqbollari

. Toshkent: Pedagogika ilmiy jurnali.

Библиографические ссылки

Baxronova, M. A. (n.d.). PBL – Project based yondashuvi orqali 4K ko‘nikmalarini rivojlantirish. A. Avloniy nomidagi Milliy tadqiqot instituti. Retrieved from https://tadqiqotlar.uz/03/article/download/1517/1425/2826

Bell, S. (2010). Project-Based Learning for the 21st Century: Skills for the Future. The Clearing House, 83(2), 39–43. https://doi.org/10.1080/00098650903505415

Dewey, J. (1938). Experience and Education. New York: Macmillan.

Finnish National Agency for Education. (2016). New national core curriculum for basic education. Helsinki: Finnish National Board of Education.

Islamova, M. B., & Rahmonova, M. H. (2025). Tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda PBL modeli [Conference paper]. Zenodo. https://zenodo.org/records/15638028

Kokotsaki, D., Menzies, V., & Wiggins, A. (2016). Project-based learning: A review of the literature. Improving Schools, 19(3), 267–277. https://doi.org/10.1177/1365480216659733

Larmer, J., Mergendoller, J. R., & Boss, S. (2015). Setting the Standard for Project-Based Learning: A Proven Approach to Rigorous Classroom Instruction. Alexandria, VA: ASCD.

Markham, T. (2011). Project Based Learning: A Bridge Just Far Enough. Teacher Librarian, 39(2), 38–42.

Ministry of Education of Singapore. (2020). 21st Century Competencies. Retrieved from https://www.moe.gov.sg

Papert, S. (1980). Mindstorms: Children, Computers, and Powerful Ideas. New York: Basic Books.

Ravitz, J. (2009). Introduction: Summarizing findings and looking ahead to a new generation of PBL research. Interdisciplinary Journal of Problem-Based Learning, 3(1), 4–11. https://doi.org/10.7771/1541-5015.1080

Tasheva, Z. (2025). Ingliz tili fanini o‘qitishda (PBL) loyiha va muammoga asoslangan metodika: O‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot. Zenodo. https://zenodo.org/records/15791532

Thomas, J. W. (2000). A Review of Research on Project-Based Learning. San Rafael, CA: Autodesk Foundation. https://www.bie.org/research/study/review_of_project_based_learning_2000

Tursunova, H. B. (2025). Loyiha asoslangan ta’lim (PBL). Modern Education and Development, 24(4), 10 14. https://scientific-jl.com/mod/article/view/10376

Uzbekistan Research Institute for Pedagogical Innovations. (2022). PBL modelining O‘zbekistondagi tajribalari va istiqbollari. Toshkent: Pedagogika ilmiy jurnali.