KINOPORTRET YARATISHDA REJISSYOR MAHORATI: KECHA VA BUGUN

Annotasiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston kinematografiyasida portret janrining ahamiyati, tarixiy va zamonaviy qahramon obrazlarini yaratish masalasi tahlil qilinadi. Muallif tarixni bilish va uni san’at orqali yosh avlodga yetkazish milliy o‘zlikni anglashning muhim omili ekanini ta’kidlaydi. Maqolada “Buddani izlab” hamda “Sharqdan taralgan nur” nomli portret filmlar tahlil qilinadi. “Buddani izlab” filmi yapon arxeologi Kato Keydze faoliyati orqali o‘zbek zaminining qadimiy tarixini yoritadi, madaniyatlararo aloqani ifodalaydi. “Sharqdan taralgan nur” filmi esa buyuk alloma Abu Ali ibn Sinoning hayoti va ilmiy merosini badiiy-hujjatli uslubda aks ettiradi. Har ikkala filmda rejissyorlarning estetik izlanishlari, zamonaviy qahramon obrazini yaratishdagi yondashuvlari tahlil etilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Raxmatullayeva, I. (2025). KINOPORTRET YARATISHDA REJISSYOR MAHORATI: KECHA VA BUGUN. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(11), 116–120. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/138914
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston kinematografiyasida portret janrining ahamiyati, tarixiy va zamonaviy qahramon obrazlarini yaratish masalasi tahlil qilinadi. Muallif tarixni bilish va uni san’at orqali yosh avlodga yetkazish milliy o‘zlikni anglashning muhim omili ekanini ta’kidlaydi. Maqolada “Buddani izlab” hamda “Sharqdan taralgan nur” nomli portret filmlar tahlil qilinadi. “Buddani izlab” filmi yapon arxeologi Kato Keydze faoliyati orqali o‘zbek zaminining qadimiy tarixini yoritadi, madaniyatlararo aloqani ifodalaydi. “Sharqdan taralgan nur” filmi esa buyuk alloma Abu Ali ibn Sinoning hayoti va ilmiy merosini badiiy-hujjatli uslubda aks ettiradi. Har ikkala filmda rejissyorlarning estetik izlanishlari, zamonaviy qahramon obrazini yaratishdagi yondashuvlari tahlil etilgan.


background image

116

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

KINOPORTRET YARATISHDA REJISSYOR MAHORATI: KECHA VA BUGUN

Raxmatullayeva Iymona Erkin qizi

https://doi.org/10.5281/zenodo.17529910

Annotasiya.

Mazkur maqolada O‘zbekiston kinematografiyasida portret janrining

ahamiyati, tarixiy va zamonaviy qahramon obrazlarini yaratish masalasi tahlil qilinadi. Muallif
tarixni bilish va uni san’at orqali yosh avlodga yetkazish milliy o‘zlikni anglashning muhim
omili ekanini ta’kidlaydi.

Maqolada “Buddani izlab” hamda “Sharqdan taralgan nur” nomli portret filmlar tahlil

qilinadi. “Buddani izlab” filmi yapon arxeologi Kato Keydze faoliyati orqali o‘zbek zaminining
qadimiy tarixini yoritadi, madaniyatlararo aloqani ifodalaydi. “Sharqdan taralgan nur” filmi
esa buyuk alloma Abu Ali ibn Sinoning hayoti va ilmiy merosini badiiy-hujjatli uslubda aks
ettiradi. Har ikkala filmda rejissyorlarning estetik izlanishlari, zamonaviy qahramon obrazini
yaratishdagi yondashuvlari tahlil etilgan.

Kalit so‘zlar:

O‘zbek kinosi, portret janri, hujjatli film, zamonaviy qahramon, tarix va

madaniyat, estetik izlanish, rejissyor mahorati, “Buddani izlab”, “Sharqdan taralgan nur”,
Kato Keydze, Ibn Sino, milliy qadriyatlar, kino san’ati, badiiy ifoda, ma’naviyat, tarixiy xotira.

Tarixsiz kelajakni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Tarixni, o‘z o‘tmishini bilmagan

insondan kelajakda yaxshi kadr chikmasligi tabiiy. Zero, inson o‘z ajdodlarini bilmog‘i, uning
qanday shaxs bo‘lib еtishishiga sababchi bo‘ladi. Ana shu o‘tmish bilan bugungi kunni
birlashtirgan nuktalar mavjud. Bu nuqtalarni birlashtira olishni esa hamma ham eplayvermaydi.
Tarix va bugunni jamiyatga mohir so‘z, zalvorli kadr, estetik ruh bilan еtkazishni esa faqat
tajribali, izlanuvchan ijodkorlar amalga oshiradi. Biz quyida tahlil qilayotgan ijodkorlarning
filmlarida portret janriga alohida to‘xtalgani, film qahramonlari yangidan-yangi ijodiy topilmalar
orqali boyitib borilgani, ijodkorlarning topilmalaridandir. Shuningdek, zamon talablaridan kelib
chiqib, zamonamizga, jamiyatimizga o‘rnak bo‘la oladigan shaxslarni obrazlashtirish, ularni
kishilarga zamon qahramoni qiyofasida gavdalantirish ijodkorlarning vazifalaridandir.
“....O‘zbek tomoshabini faqat chet el teleseriallari ta’siriga tushib qolmasligi, aksincha, tariximiz,
san’atimiz, adabiyotimiz, qadriyatlarimizni yaxshi bilishi, shu ruhda tarbiya topishi kerak, kino -
tarbiyaning zamini. Bu ijodning maktabini ochishimiz kerak. Hozir mukammal filmlar
yaratishga havasimiz bor, lekin sifatlisi kam. Yurtimiz tarixi va allomalari haqida albatta film
bo‘lishi kerak. Bunga vaqt keldi...”

1

- deya ta’kidlagan edi davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev

“O‘zbekino” studiyasidagi tashrifi cho‘g‘ida. Ijodkorlarimiz zamonaviy qahramon obrazini
yaratish ustida izlanish, ijod qilish bilan band. Biz quyida tahlil qiladigan portret filmlar ham
zamon va o‘tmishning zamonaviy kadrlardagi talqinidir.

Buddani izlab;

Jamiyatda kommunikatsiyaning yangi turlari kino va televidenie

axborotni bir yo‘la millionlarga еtkazish imkoniga ega bo‘lganida yuksak saviyadagi asarlarni
ekranga olib chiqish uchun sharoit yaratildi. Endilikda axborot, publitsistika va badiiy
janrlarning xilma xilligi, mavzuni yoritishda unga yondashuv masalasi jurnalist mahoratiga,
rejissuraga, ssenariyga bog‘liq bo‘lib qoldi. Valeri Xellerdan: “Tasavvur qiling, har bir yangilik
tabiiy olmos, unga turlicha shakl va jilo berish mumkin. Uzuk ko‘zidagi olmosni turlicha
ag‘darsangiz, yorug‘lik jilosi o‘zgarganidek, shu olmosning o‘zi endi mutlaqo boshqacha bo‘lib
ko‘rinishi mumkin”

2

- deganida mana shularni ko‘zda tutgan bo‘lsa ajabmas. So‘nggi paytlarda

1

https://kun.uz/news

2

Erik Fixtileus. Jurnalistikaning 10 qoidasi. –T: Sharq, 2002, 122-bet


background image

117

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

yaxshi o‘ylab topilgan publitsistik asarlarning anchagina qismi janr jihatidan aniq belgilab
olinmaganligi sababli ular ekranda uzoq saqlanib qolayotgani yo‘q. Shuning uchun ham,
davrning asosiy talabi ekranning yangidan yangi talqinlarini topish, davr va zamon cheklamagan
mavzularni ekran asari sifatida jonlantirish, ekranning estetik va boshqa zavq beruvchi
unsurlarini topishdan iborat.

Buddani izlab: film 2009 yilda “Lona studiyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekkino” milliy

agentligi tomonidan suratga olingan. Film yaponiyalik arxeolog Kato Keydze haqida hikoya
qiladi. Bu nuqtai nazardan filmni film-portret, deyish mumkin. Unda qahramonning qilgan
ishlari o‘zi tomonidan hikoya qilinadi, reportaj shaklida tadqiqot qazishma ishlarini olib
ko‘rsatadi. Film 35 daqiqani tashkil qiladi. Filmda dastlab Yaponiya manzaralari, shovqin suron
shahar ko‘rsatiladi va kadr ish joyi bilan ya’ni O‘zbekistonning buddizm markazi bo‘lgan I-asrga
tegishli Qoratepa yodgorligi qazishma ishlari borayotgan kadrlar bilan almashinadi. Shuni
alohida ta’kidlash kerakki, bizning uzoq o‘tmishimizga oid qazilma yodgorliklariga bo‘lgan
qiziqish yapon arxeologini bizning zamin sari еtaklagani, kishida ham iftixor, ham ajablanish
tuyg‘usini vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Zamonaviy qahramon qiyofasi oramizda yurgan,
oramizda bugun hayot kechirayotgan yosh yigit-qizlarning ibrati orqali ko‘rsatiladi, mana
shunday murakkab hayot, murakkab turmush qahramonlarni tug‘diradi. Bizga afsonaviy emas,
zamonaviy qahramon kerak. Yaponiya kunchiqar mamlakat shu bilan birga aholisi buddizmga
sig‘inadi. Shundanmi, arxeolog Kato Keydze tarixga qiziqishi ustun kelib bizning zaminimizga
yangilik izlash uchun tashrif buyurgan. Yana shuni aytishimiz mumkinki, film davomida
qahramonimiz Yaponiya milliy etnografik muzeyiga tashrif buyuradi. Bu muzeyda o‘zbek milliy
liboslari, paranji, chakmon, o‘tov, ot arava, atlas va adras matolari, o‘zbek uy maketlari
muzeydan joy olgan. Yaponiyaliklar bizning madaniyatimiz, urf-odatlarimizga befarq emasligi
kishini quvontiradi. Bizning o‘lkamizdagi qazishma ishlarida faoliyat olib borgani, umrini ana
shu yodgorliklarni o‘rganishga bag‘ishlagani uchun, o‘lkamizga qilgan ishlari uchun “Do‘stlik”
ordeni bilan taqdirlangan. Filmda tasviriy ifoda vositalaridan foydalanilgan. Ssenariyning o‘ziga
xosligi muallifning boshqa filmlariga nisbatan ushbu kartinasiga boshqacha pozitsiyada
yondashganini ko‘rishimiz mumkin.

Musiqa Otaki Nabutaka tomonidan bastalangan va qahramonimiz tomonidan kuylangan.

Musiqada yaponiya urf-odatlari, manzaralari ruhi sezilib turadi. Shuningdek, qahramonning
ichki kechinmalarini shu musika yordamida ochishga harakat qilingan. Musiqa, tasvir montaj
hamohangligi filmda uyg‘unlashgan. Filmda yangi uslubiy izlanishlar ko‘zga tashlanadi. Hech
qanday diktor matnisiz ham ko‘zlangan natijaga erishish mumkinligini rejissyor ushbu kartinasi
orqali yana bir bor isbotladi. Shuningdek, film -portretda uslubiy, estetik izlanishlarning yangi
ko‘rinishlarini ko‘rish mumkin. Rejissyorning qahramonga yangicha yondashuvi alohida
ahamiyatga ega. Demak, rejissyor bizga zamonaviy qahramonni ekranning jamiki unsurlarini
o‘zida birlashtirish orqali tomoshabinga ko‘rsatishga harakat qilgan.

Свем с востоком “Sharqdan taralgan nur”

Kelajak avlod uchun o‘tmishni

jonlantirish qiyin, shu bilan birga, mas’uliyatli vazifa hisoblanadi. Ayniqsa, tarixiy
shaxslar haqida hujjatli film yaratish rejisyordan tajriba, intellekt talab etadi. Shaxslarning
hayot yollari haqida hikoya qiluvchi film bu portret filmdir.

Rejissyor Sh.Mahmudov va ssenarist R.Merginbayevalar ozaro ijodiy hamkorlikda

ishlashgan “Sharqdan taralgan nur” filimi ham navbatdagi kinoportretdir. Film ‘Sen
yolg’iz emassan’ hayriya fondi bilan hamkorlikda hamda homiyligida suratga olingan. 52
minut 09 daqiqani tashkil qiladi.


background image

118

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Film portret janrida suratga olingan bolib, rejissyor bizga qahramonining umr yollarini

badiiy tarzda korsatishga harakat qilgan. Albatta, bunda, hujjatlilik unsurlaridan chetga
chiqmagan holda badiiy boyoqdan foydalanilgan. Filmda Ibn Sinoning yoshligidan to umrining
oxirigacha qilgan amallari, tibbiyotdagi izlanishlari haqida hikoya qilinadi.

Taniqli adabiyotshunos Suvon Meli bir maqolasida insoniyat tarixida 400 ga yaqin daho

borligi haqidagi faktlar keltirib o‘tadi. O‘ylab qaraydigan bo‘lsak, juda katta davr uchun juda
kam ko‘rsatkich. Ana shu daholarning ichida bizning bobokalonlarimiz, allomalarimiz
ko‘pchilikni tashkil etishi esa kishini quvontiradi. Ha, haqiqatdan ham, bobokalonlarimiz, buyuk
allomalarimiz qancha faxrlansak shuncha oz, qancha maqtasak shuncha kamdek tuyilaveradi.
To‘grida, tibbiyot bilim yurtlarida haligacha “Tib qonunlari” ni darslik sifatida o‘tilishi bizning
allomalarimiz haqiqatda daho bo‘lganidan nishona emasmi?

Yana bir allomalarimizdan biri Xorazmiy bo‘lib u onlik pozitsion tizimini, shuningdek,

nolni yaratib sharq allomalari ichida munosib o‘rinini egallagan. Aytish joizki u o‘nlik sanoq
sistemasini joriy qildi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Qadimiy va navqiron
Samarqand shahrida dunyo tammadduniga o‘zining munosib o‘rnini qoldirib ketgan Sharq
allomalariga bag‘ishlangan “O‘rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarning tarixiy merosi,
uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusida xalqaro konferensiyalar
bo‘lib o‘tadi. Unda siyosiy arboblarimizdan biri bo‘lgan I.Karimov nutq so‘zlar ekan, asosan,
dunyo tamadduni rivojiga ilm fan orqali o‘zining munosib hissasini qoldirib ketgan
allomalarimiz haqida fahr va iftixor bilan e’tirof etdilar. Shuningdek, har bir alloma haqida
alohida to‘xtalib o‘tar ekan, ilm fan tamadduni ayni yurtimizda ilk kurtaklarini ochganini, Tib
qonunlari, suv sathini o‘lchaydigan nilometr asbobini yaratilishi, Amerika kashf qilinishi haqida
bashoratlar ayni yurtimiz zaminida tug‘ilgan barkamol insonlarning mehnatidir.

Ahmad Farg‘oniy tomonidan IX asrda yaratilgan “Astronomiya asoslari” fundamental

asarida olamning tuzilishi, Yerning o‘lchovi haqidagi dastlabki ma’lumotlar, sayyoramizning
sharsimon ko‘rinishiga ega ekani xususidagi dalillar mavjud bo‘lib, mazkur kitob XVII asrga
qadar Yevropa universitetlarida astranomiya bo‘yicha asosiy darslik sifatida o‘qitib kelingan,
hamda, buyuk geografik kashfiyotlar davrida Kolumb, Magellan va boshqa sayohatchilarning
kashfiyotlari uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan. Ahmad Farg‘oniyning amaliy yutuqlaridan
biri uning o‘rta asrlardagi asosiy astronomik asbob-usturlob nazariyasini ishlab chiqqani va
shuningdek, Nil daryosida “nilometr” degan, ko‘p asrlar suv sathini o‘lchaydigan asosiy vosita
sifatida xizmat qilib kelgan mashhur inshootni yaratgani bo‘ldi.

Xususan, tibbiyot sohasining otasi bo‘lmish Ibn Sino dunyo talabalari darslik qilib

foydalanadigan “Tib qonunlari” nomli mashhur kitobi bilan o‘zining munosib o‘rnini qoldirib
ketgan. Aytish mumkinki, hali hanuz Ibn Sinoning tibbiyot sohasida tutgan yo‘li ya’ni kitobida
yozilgan maslahatlar, fikrlar zarracha o‘zgarmay o‘z qiymatini yo‘qotmay kelayapti. “Biz doim
g‘urur va iftixor bilan e’tirof etamiz, tibbiyot tarixida eng mashhur bo‘lgan, “Tib qonunlari” deb
atalgan o‘zining bebaho fundamental asari bilan Ibn Sino keyingi bir necha yuz-yillar uchun
tibbiyot fanlari taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlarini oldindan belgilab berdi, hozirgi kunda ham
o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan amaliy tibbiyot va farmakologiya sohalarining eng muhim
usullariga asos soldi. Bejiz emaski, bu kitob Yevropada XV asrda chop etilgan dastlabki
kitoblardan biri bolgan va Yevropaning yеtakchi unversiterlarida qariyb 500 yil davomida
tibbiyot ilmi ayni shu asar asosida o‘qitib kelingan. Jahon mamlakatlari buyuk bobakalonimizni
Ibn Sino nomi bilan emas balki Avitsenna nomi bilan yaxshi taniydilar. Bu buyuk allomamiz
haqida ko‘plab kitoblar yozilgan, badiiy va hujjatli filmlar yaratilgan. Ana shunday hujjatli


background image

119

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

filmlardan biri rejissyori Shuhrat Mahmudov senaristi R. Merginbaeva xamkorlikda ishlagan
film “Sharqdan taralgan nur” deb nomlanadi.

“Sharqdan taralgan nur” filmi mavzu jihatdan tarixiy, janr jihatdan portret film, uslub

jihatdan ijtimoiy, film yaratish metodiga ko‘ra hujjatli, badiiy tarzda jonlantirib, aktyorlar
ko‘magida suratga olingan bu filmda, aynan, bugungi kundagi avlod o‘tmishida
bobokalonlarimiz qanday bo‘lgani filmning bosh maqsadi hisoblanadi. Filmda Ibn Sinoning
hayot yo‘li badiiy tarzda kinokuzatuvga olinadi. Ekran asari portret film bo‘lgani uchun ham
birinchi planga bosh qahramon ya’ni Avitsenna turadi. O‘z maqsadiga ko‘ra, tarixiy davrning
dolzarb muammosini ilmiy-ijtimoiy tadqiqi qilingan.

Film kino – portret janrida suratga olingan bo‘lib, rejissyor bizga qahramonining umr

yo‘llarini badiiy tarzda ko‘rsatishga harakat qilgan. Albatta,bu hujjatlilik unsurlarinidan chetga
chiqmagan holda, badiiy bo‘yoqdan foydalanilgan. Film Ibn Sinoning yoshligidan to umrining
oxirigacha qilgan amallari tibbiyotdagi izlanishlari haqida hikoya qilinadi.

“Sharqdan taralgan nur” ilmiy ommabop film. rejissyorga bu film olish haqidagi uyi chet

el kinohujjatchilari ishlagan 100 mutafakkirlar haqidagi film turtki bo‘ladi. Rejissyor esa bu
fikrni bildirdi; Internetga murojat qildim, shunda, amerikaliklar 15 minutlik tayyorlagan
filmlarini tomosha qila boshladim, filmlarning soni 100 ta edi. Filmlarning mavzusi esa buyuk
allomalar edi. Tomosha qilib chiqar ekanman, bu yеrda umuman, sharq allomalari yo‘qligiga
amin bo‘ldim. Na Beruniy, na Mirzo Ulug‘bek. Keyin shu mavzuda film olishga kirishdik.
Shuning uchun ham, filmimizni Avetsenna deb nomladik. Albatta, bilamizki, Avetsenna Ibn
Sinodir, u tabobat olamida o‘zining chuqur iz qoldirgani bilan mashhurdir. Bu filmimiz
hujjatlilik unsurlarini o‘zida birlashtirgan holda, aktyorlar ijrosiga ham etibor qaratdik. Va
o‘ylaymizki, o‘zimizning oldimizga qo‘ygan maqsadga erishdik, deya ayta olamiz. Filmning
tarkibida sakkizta interyu bor. To‘rtta kishi chet el mutaxassislari yana to‘rttasi o‘zbek
mutaxassislardir. Filmimiz haqqoniy bo‘lishi uchun chet el mutaxassislarini taklif etdik - deydi
ijodkor. Film juda yuqori sifatli kamerada suratga olingan. Tasvurdan ustamonlik bilan
foydalangan rejissyor operatorlardan ham samarali foydalangan. Tasvirlar sifatli. Film uchun
maxsus musiqa Dmitriy Yanov Yavovskiy bastalagan. Ta’kidlash mumkinki, filmlarni kuzatar
ekanmiz, rejissyor senarist bastakor uchligi paydo bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Demak,
rejissyorning fikri va qarashlarini bastakor tushuna olgan.

Matnni taniqli suhandon Afzal Rafiqov o‘qigan.
Filmda verbal va visual jihatlar to‘la bir biriga mos keladi. Musiqa uyg‘unligi ham

taminlangan. Ifoda vositalari keng qo‘llanilgan. Xususan, montaj ham samarali o‘z o‘rnida
foydalanilgan. Tasviriy ifoda vositalariga rejissyor murojat qilgan. Shuningdek, filmga rejissyor
badiiy jihatdan yondashganligi, qahramonlarga murojat qilganligi bilan ajralib turadi. Ya’ni, film
badiiy kino singari jonlantirib qiyofalarga murojat qilgani bilan ham farqlanadi. Bu film ilmiy
ommabop film. Bu film 2011-yilda Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro musulmonlar
kinofestevalida billur masji bilan taqdirlangan.

Biz ikki portret janridagi filmlarni tahlil etar ekanmiz, tarix va bugunning qahramonlarini

ijodkorlar ikki uslubga tomoshabinga ko‘rsatishga harakat qilishgan. Tarixiy usulni
tomoshabinga jonlantirib ko‘rsatishga tarixiy shaxslarni tipajlashtirishga harakat qilingan.
Ikkinchi film esa zamonaviy arxeologning ijodini so‘zsiz kadrlar orqali ochib berishga
qaratilgan.



background image

120

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

1.

Mirziyoyev Sh.M.

Yangi O‘zbekiston strategiyasi.

– Toshkent: O‘zbekiston, 2021.

2.

Mirziyoyev Sh.M. “O‘zbekkino” milliy agentligiga tashrifi chog‘ida so‘zlagan nutqidan.

– “Xalq so‘zi” gazetasi, 2017-yil 16-avgust.

3.

Xo‘jayev M.

O‘zbek kinosi tarixi.

– Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-

matbaa ijodiy uyi, 2015.

4.

Mahmudov Sh., Merginbayeva R.

Sharqdan taralgan nur

(film ssenariysi va tahlil

materiallari). – Toshkent: O‘zbekkino arxivi, 2009.

5.

“Buddani izlab” hujjatli filmi. – “Lona studiyasi” va “O‘zbekkino” Milliy agentligi

mahsuloti, 2009.

6.

Xeller V.

Publitsistika va vizual ifoda uslublari haqida.

– Moskva: Iskusstvo, 2004.

7.

Meli S. “Insoniyat tarixidagi daholar va ularning o‘rni.” –

O‘zbekiston adabiyoti va

san’ati

gazetasi, 2012-yil, №17.

8.

Karimov N.

Hujjatli kino va badiiy tafakkur.

– Toshkent: Akademnashr, 2018.

Bibliografik manbalar

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.

Mirziyoyev Sh.M. “O‘zbekkino” milliy agentligiga tashrifi chog‘ida so‘zlagan nutqidan. – “Xalq so‘zi” gazetasi, 2017-yil 16-avgust.

Xo‘jayev M. O‘zbek kinosi tarixi. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2015.

Mahmudov Sh., Merginbayeva R. Sharqdan taralgan nur (film ssenariysi va tahlil materiallari). – Toshkent: O‘zbekkino arxivi, 2009.

“Buddani izlab” hujjatli filmi. – “Lona studiyasi” va “O‘zbekkino” Milliy agentligi mahsuloti, 2009.

Xeller V. Publitsistika va vizual ifoda uslublari haqida. – Moskva: Iskusstvo, 2004.

Meli S. “Insoniyat tarixidagi daholar va ularning o‘rni.” – O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi, 2012-yil, №17.

Karimov N. Hujjatli kino va badiiy tafakkur. – Toshkent: Akademnashr, 2018.