2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
63
RAQAMLI KRIMINALISTIK TEXNIKA NIMA?
Tulanboyeva Adiba Alijon qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti Kriminalistika va sud ekspertizasi kafedrasi
assistent o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17530442
Annotatsiya.
Ushbu tezisda raqamli kriminalistik texnika tushunchasi, uning asosiy
komponentlari shuningdek, raqamli kriminalistik texnika tushunchasiga chet el olimlarining
ta’riflari tahlil qilinadi. Dalillarni aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy usullar yoritilgan. Raqamli
kriminalistik texnikaning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
raqamli kriminalistik texnika, IoT, shifrlash, raqamli imzo, hash qiymat.
So‘ngi yillarda, raqamli kriminalistik texnika bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar tezkor sur’atlar
bilan rivojlanmoqda, bu esa kiberjinoyatlar va elektron dalillarni samarali aniqlash hamda yangi
metodologiyalarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Raqamli kriminalistik texnika
— bu jinoyatlarni tergov qilish jarayonida raqamli
qurilmalar, tarmoqlar va elektron ma’lumotlardan olingan dalillarni aniqlash, to‘plash, saqlash,
tahlil qilish va huquqiy jihatdan baholashni o‘z ichiga olgan ilmiy va amaliy soha. U nafaqat
zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni, hamda ekspertlar malakasi, qonunchilikni qo‘llashni
ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, raqamli kriminalistik texnika ko‘plab yangi yo‘nalishlarni
qamrab oladi: bulutli forensika, mobil qurilmalar forensikasi, IoT (Internet of Things) qurilmalari
tahlili va sun’iy intellekt asosida dalillarni tahlil qilish.
• Raqamli kriminalistika bo‘yicha tadqiqot seminari (Digital Forensic Research Workshop)
xalqaro ilmiy platforma tomonidan “Raqamli raqamli kriminalistika — dalillarni saqlash, to‘plash,
tasdiqlash, identifikatsiya qilish, tahlil qilish va taqdim etishda ilmiy asoslangan va isbotlangan
usullardan foydalanishdir” deb ta’rif berilgan.
• AQSh Milliy Standartlar va Texnologiyalar Instituti (NIST National Institute of
Standards and Technology) “Raqamli qurilmalar kriminalistikasi — qabul qilingan usullar asosida
kriminalistik jihatdan toza sharoitda mobil qurilmadan raqamli dalillarni tiklash fanidir” deb ta’rif
bergan.
• Amerikalik Eogan Kaseyning “Digital Evidence and Computer Crime” kitobida
“Raqamli kriminalistika — raqamli dalillarni aniqlash va sudda qo‘llash bo‘yicha tizimli
yondashuvni asoslaydi. Dalillarni aniqlash jarayoni jinoyat sodir bo‘lgan hudud va unga bog‘liq
barcha qurilmalarda ma’lumotlarni aniqlash, nusxalash va huquqiy jihatdan to‘g‘ri saqlashdan
iborat bo‘ladi. Ushbu jarayon tergovning bosh va asosiy bosqichlaridan biri bo‘lib, uning
muvaffaqiyati to‘plangan dalillarning ishonchliligi va sud jarayonida qabul qilinishiga bevosita
ta’sir qiladi.
Dalillarni aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy usullar quyidagilardan iborat:
Kompyuter tizimlari va serverlar tahlili — jismoniy va virtual disklarning forensik
tasvirlari olinadi; tizim log-fayllari, vaqt tamg‘alari (timestamp), o‘zgartirilgan yoki o‘chirilgan
fayllar aniqlanadi. Forensik imaging usuli orqali asl qurilmaga ta’sir qilmasdan ishlash tamoyili
saqlanadi.
2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
64
Mobil qurilmalar tahlili — SMS, qo‘ng‘iroq jurnali, ilovalar tarixiyati, kontaktlar va GPS
ma’lumotlari forensik vositalar yordamida tiklanadi va tekshiriladi.
Bulutli xizmatlardan ma’lumot olish — Google Drive, Dropbox, elektron pochta va boshqa
onlayn platformalardan ma’lumotlar provayder orqali rasmiy so‘rov (MLA yoki provayderga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat) orqali olinadi; bulutda saqlangan zaxira nusxalar va loglar tahlil
qilinadi.
Yopiq videokuzatuv tizmi ( CCTV - Closed-Circuit Television) tahlili — aqlli uy
qurilmalari, kameralar va boshqa sensorlardan olingan yozuvlar vaqt va holat ma’lumotlarini
taqdim etadi hamda hodisa zanjirini tasdiqlashda qo‘l keladi.
Elektron dalillarni xavfsiz saqlash muhim bosqich hisoblanadi. Dalillar quyidagi tarzda
muhofaza qilinadi:
Raqamli imzolar va hash qiymati
yordamida ma’lumotning o‘zgarmasligi
tekshiriladi.
Shifrlash
orqali dalillarning ruxsatsiz foydalanilishining oldi olinadi.
Zaxira nusxalar
yaratiladi, bu esa dalillarni yo‘qolish yoki zarar yetish ehtimolini
kamaytiradi.
So‘nggi tadqiqotlar bulutli muhitlarda ham dalillarni xavfsiz saqlash va tahlil qilish
bo‘yicha yangi metodlarni tavsiya qiladi. Shu bilan birga, IoT va smart qurilmalardan olingan
ma’lumotlar an’anaviy muhofaza usullaridan farq qiladi, chunki ular real vaqtda yangilanadi va
ko‘plab tarmoqlarga ulanishi mumkin.
Dalillarni tahlil qilish jarayoni raqamli kriminalistik texnikaning eng murakkab bosqichi
hisoblanadi. Bu bosqichda ma’lumotlar o‘rganiladi, kerakli izlar aniqlanadi va tergov uchun
ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar ajratiladi.
Tahlil natijalari sud yoki tergov organlariga huquqiy jihatdan to‘g‘ri shaklda taqdim etilishi
shart. Bu bosqich quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Dalilning ishonchliligini tekshirish
Tahlil jarayoni va natijalarni hujjatlashtirish
Sudda ekspert sifatida tushuntirish va dalillarni taqdim etish
Natijalar huquqiy jihatdan to‘g‘ri taqdim qilinsa, jinoyatlarni aniqlash va tergov jarayoni
samaradorligi oshadi.
Raqamli kriminalistik texnika sohasida so‘nggi yillarda sezilarli rivojlanishlar
kuzatilmoqda. Raqamli qurilmalar, tarmoqlar va bulutli xizmatlardan olingan dalillar jinoyatlarni
tergov qilish jarayonida muhim manba sifatida qaraladi.
Kelajakda raqamli kriminalistik texnika sohasida yangi metodlar, standartlar va
texnologiyalarni joriy etish orqali jinoyatlarni aniqlash va tergov jarayonining samaradorligini
yanada oshirish mumkin. Shu bois, bu soha dolzarb va ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega
hisoblanadi.
2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
65
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Palmer, G. (2001, August). A road map for digital forensic research. In First digital
forensic research workshop, utica, new york (pp. 27-30).
2.
ISO/IEC 27037:2012. Guidelines for identification, collection, acquisition and preservation
of digital evidence.
3.
NIST SP 800-101 Rev.1 (Ayers, R., va boshq.). Guidelines on Mobile Device Forensics.
2014.
4.
Casey, E. (2011). Digital evidence and computer crime: Forensic science, computers, and
the internet. Academic press.
