2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
40
YER - MILLIY BOYLIK: UNDAN OQILONA FOYDALANISH VA MUHOFAZA
QILISHDA DAVLAT BOSHQARUVIGA OID QONUN HUJJATLARINING
AHAMIYATI
Absalomova Dilnura Xusniddin qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti
Magistratura bosqichi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17526744
Annotatsiya
: Ushbu tezisda yerning milliy boylik sifatidagi o’rni va ahamiyatli jihatlari,
undan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi faoliyati, amalga
oshirilayotgan islohotlar yoritib beriladi. Tahlil jarayonida O’zbekiston Respublikasining Yer
kodeksi, O’zbekiston Respublikasining Davlat kadastrlari to’g’risidagi qonuni va boshqa qonun
hujjatlarining tizimi o’rganilib, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishda davlat
boshqaruv organlarining vazifalari, yerni asrash va undan maqsadli foydalanish bo’yicha
normativ-huquqiy mexanizmlar muhokama qilinadi. Shuningdek, tezis oddiy odamlar uchun
tushunarli bo’lib, yerdan foydalanish va muhofaza qilishda davlat boshqaruviga oid qonun
hujjatlarining qo’llanilishi bo’yicha tushuntirishlar beradi.
Kalit so‘zlar
: yer, milliy boylik, davlat boshqaruvi, yer resurslari, yerni muhofaza qilish,
yerdan oqilona foydalanish, huquqiy reglamentatsiya, davlat kadastri, ekologik xavfsizlik.
ЗЕМЛЯ — НАЦИОНАЛЬНОЕ БОГАТСТВО: ЗНАЧЕНИЕ ЗАКОНОДАТЕЛЬНЫХ
АКТОВ, РЕГУЛИРУЮЩИХ ГОСУДАРСТВЕННОЕ УПРАВЛЕНИЕ В
РАЦИОНАЛЬНОМ ИСПОЛЬЗОВАНИИ И ОХРАНЕ ЗЕМЕЛЬНЫХ РЕСУРСОВ
Аннотация:
В данной тезисной работе рассматриваются значение и роль земли
как национального богатства, а также деятельность государственных органов в сфере
рационального использования и охраны земельных ресурсов. В процессе анализа изучаются
Земельный кодекс Республики Узбекистан, Закон Республики Узбекистан «О
государственных кадастрах» и другие нормативно - правовые акты, регулирующие
земельные отношения. Обсуждаются задачи государственных органов управления по
рациональному использованию и защите земель, а также нормативно -правовые
механизмы, обеспечивающие целевое использование и сохранение земельных ресурсов.
Кроме того, тезис изложен в доступной форме для широкой аудитории и содержит
разъяснения по применению законодательных актов, связанных с государственным
управлением в сфере использования и охраны земель.
Ключевые слова:
земля, национальное богатство, государственное управление,
земельные ресурсы, охрана земель, рациональное использование земель, правовое
регулирование, государственный кадастр, экологическая безопасность.
LAND AS A NATIONAL WEALTH: THE IMPORTANCE OF LEGISLATIVE ACTS
REGULATING STATE GOVERNANCE IN THE RATIONAL USE AND PROTECTION
OF LAND RESOURCES
Annotation:
This thesis examines the importance and role of land as a national wealth, as
well as the activities of state authorities in the field of rational land use and protection. During the
analysis, the Land Code of the Republic of Uzbekistan, the Law of the Republic of Uzbekistan “On
2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
41
State Cadastres,” and other legislative documents regulating land relations are studied. The
paper discusses the functions of state management bodies in ensuring the effective use and
protection of land resources, as well as the legal and regulatory mechanisms for their targeted
utilization and preservation. In addition, the thesis is presented in a form understandable to the
general public and provides explanations on the application of legal acts related to state
administration in the field of land use and protection.
Keywords:
land, national wealth, public administration, land resources, land protection,
rational land use, legal regulation, state cadastre, environmental safety.
Kirish
Yer – davlat, jamiyat va har bir fuqaroning umummilliy boyligi sifatida e’tirof etilib,
ularning farovonligi uchun muhim tabiiy resurs sifatida tan olinadi. Zero, yerga nisbatan har bir
qatlamning o’ziga xos qarashlari mavjud: yer deganda - davlat umummiylik boylik sifatida
boshqarishni, fuqarolar kundalik hayotda foydalanishni, dehqonlar esa samarali ekin
yetishtiriladigan va barqaror hosil olinadigan joyni nazarda tutadi. Ya’ni, yer har bir qatlam uchun
alohida ma’noga va ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, yer - barcha foydalanuvchilar uchun
mas’uliyat maydoni ham hisoblanadi.
Yer munosabatlari har bir insonning hayotida muhim rol o’ynagani sababli davlat
siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Xususan, O’zbekiston sharoitida yer resurslarining
yetarliligi, unumdorligi va xavfsizligining ta’minlanishi iqtisodiy va ekologik barqarorlik uchun
strategik ahamiyatga ega. Shu sababli, yer resurslaridan foydalanish va ularni himoya qilish
bo‘yicha davlat boshqaruvi faoliyati uchun huquqiy baza, boshqaruv organlari tizimi va nazorat
mexanizmlari yaratilgan. Bu tezisda yerdan foydalanish va muhofaza qilish sohasi uchun davlat
boshqaruvi faoliyatiga oid qonun hujjatlari tizimi tahlil qilinadi.
Shuningdek, yer resurslarining o’ziga xos ahamiyatga ega ekanligini yer huquqining asosiy
manbasi hisoblangan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham guvoh bo’lishimiz
mumkin
1
. Konstitutsiyaning 68-moddasi yerdan oqilona foydalanish hamda uni muhofaza qilishda
davlatning yetakchi o’rinni egallashini ifodalaydi. Yer munosabatlarini tartibga soluvchi huquq
manbasi esa - O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi
2
hisoblanadi va unda yerdan foydalanish
hamda boshqarishga oid tartiblar ifoda etilgan. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasining
Davlat yer kadastri to’g’risidagi qonunida
3
davlat kadastrini yuritish, yerni sifat jihatdan baholash,
ma’lumotlarni jamlash yo‘li bilan yerni foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish maqsadlari
belgilangan. O’zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunida
tabiiy resurslar, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning ekologik
huquqiy asoslari bayon qilingan
4
. Yuqorida ko’rsatilgan va shu kabi boshqa qonunchilik hujjatlari
orqali yerning har bir tarmog’idan foydalanishning asosiy me’yorlari belgilanadi. Zero, yerdan
oqilona foydalanish va muhofaza qilishda davlat boshqaruviga oid qonun hujjatlari orqali
1
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi//
Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son
2
O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksi//
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 05.05.2025-y.,
03/25/1062/0410-son
3
O’zbekiston Respublikasi Davlat yer kadastri to’g’risidagi qonun//
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,
05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son
4
O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun//
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Axborotnomasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son
2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
42
quyidagilar ta’minlanadi: yer munosabatlari tartibga solinadi, yer resurslari muhofaza qilinadi,
fuqarolar va boshqa subyektlarning mas’uliyati oshishiga olib keladi. Chunki yerning muhofazasi
uchun faqat davlat emas, fuqarolar ham mas’uldir.
Tahlil
O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksida huquqiy jihatdan yerni boshqarish bo‘yicha
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining,
Mahalliy hokimiyat organlarining, Kadastr agentliklarining vakolatlari berilgan. O’zbekiston
Respublikasining Yer kodeksida ko’rsatilgan organlar o‘zaro integratsiyalashgan boshqaruv
tizimini ta’minlaydi: siyosatni belgilash, hududiy amalga oshirish va nazorat, ma’lumot bazasi
orqali monitoring. Ushbu uch bosqichli mexanizm yerni maqsadli va himoyalangan tarzda
foydalanishga imkon beruvchi institutsional natijadorlikka xizmat qiladi. Ushbu funksiyalar
nafaqat milliy manfaatlarni, balki BMT tomonidan belgilangan Barqaror rivojlanish maqsadlarini
(BRM)
5
amalga oshirishni ham ta’minlaydi. Xususan, yerga egalik qilishning tartibga solinishlari
va undan foydalanish huquqining adolatli taqsimlanishi, yer islohotlarining o’sib borishi, dehqon
xo’jaliklarining qo’llab-quvvatlanishi BRMning 1-maqsadiga; oziq-ovqat xavfsizligining
ta’minlanishi va unumdor yerlarni saqlash yo’lidagi islohotlar BRMning 2-maqsadiga; ekologik
qonunlar orqali yerning ifloslanishini va chiqindilar orqali fuqarolarning zaharlanishini oldini
olish BRMning 3-maqsadiga to’g’ri keladi.
Mazkur tezisdan asosiy maqsad - yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda olib
borilayotgan islohotlar, imtiyozlar hamda davlat boshqaruviga oid qonunchilik hujjatlarining
ahamiyatlilik darajasini fuqarolarga yetkazish hisoblanadi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 9-sentabr kuni yerdan samarali foydalanish bo’yicha
takliflarni ko’rib chiqdi
6
, jumladan, yerdan oqilona foydalanishni ta’minlash: davlat nazorati,
kadastr hisobi, bo’sh yoki samarali foydalanilmayotgan yerlarni aniqlash kabi masalalar ham
chetda qolmadi. Shuningdek, ushbu taqdimotda qishloq xo’jaligida ijara munosabatlarini yanada
rivojlantirish va yangi imkoniyatlarni berishga oid ko’rsatmalar davlatimiz rahbari tomonidan
berildi. Shuni yodda tutish kerakki, yerni asrash, oqilona foydalanish, qonunlar orqali muhofaza
qilish nafaqat davlatning balki fuqarolarning ham majburiyati hisoblanadi. Zero, yer resurslaridan
samarali, oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ko’p jihatdan yer egalari va yerdan
foydalanuvchi subyektlarning yerdan foydalanish bo’yicha qonunda belgilangan huquq va
majburiyatlariga qanchalik og’ishmay itoat etishlari, ularni to’la ijro qilishlari yerdan maqsadga
muvofiq foydalanish hamda muhofazasini ta’minlashga xizmat qiladi
7
. Shunday ekan, yerdan
foydalanish va muhofaza etish uchun qabul qilinayotgan qonunlarga nisbatan beparvolik qilish
mumkin emas. Ushbu holatda esa yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda davlat
boshqaruviga oid qonun hujjatlarining qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini bilishimiz
mumkin.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, yerdan noto’g’ri foydalanish davlatimizga ancha katta
iqtisodiy zarar keltirishi mumkin. Shu sababli, yerni muhofaza qilish davlat boshqaruvi faoliyatida
alohida e’tibor talab qiladigan yo‘nalishdir. Shuningdek, yerga oid munosabatlarni davlat
tomonidan tartibga solinishidan asosiy maqsad - O’zbekiston Respublikasi xalqi, xalq xo’jaligi va
5
https://uzbekistan.un.org/uz/sdgs
6
https://president.uz/oz/lists/view/8472
7
Yer huquqi [Matn]: o’quv qo’llanma / Uzakova Go’zal Sharipova. - T.: TDYU nashriyoti, 2024, 59-bet.
2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
43
uning tarmoqlari hamda yerdan foydalanuvchilar manfaatlarida davlatning yerni muhofaza qilish,
undan o’ta samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash hisoblanadi
8
.
Huquqiy jihatdan bu soha yerning unumdorligini tiklash, ekologik barqarorlikni
ta’minlash, shuningdek yerlar ustida noqonuniy foydalanishni to‘xtatishdan iborat. Yerdan
noto‘g‘ri maqsaddan foydalanish, yerni uzoq vaqt ishlatmaslik, unumdorligini pasaytirish,
ekologik zarar yetkazish kabi holatlarga huquqiy hujjatlar tomonidan huquqiy chora-tadbirlar
belgilangan. Shu sababli ham yerdan oqilona foydalanish hamda muhofaza qilish uchun qonunlar
va yerdan foydalanishga oid me’yorlar mavjud. Ammo ushbu normalarga doim ham fuqarolar,
tadbirkorlar yoki boshqa subyektlar tomonidan amal qilinmaydi, shu sababli ham davlat
boshqaruviga oid qonunchilik hujjatlari ham mavjud. Yer boyliklari va tuproqni muhofaza qilish
davlatning qonun-qoidalari asosida olib borilib, uning maxsus tashkilotlari nazoratida bo’ladi
9
.
Shu sababli, ushbu qonun-qoidalar to’g’risida fuqarolar xabardor bo’lishi kerak.
Umuman olganda, yerdan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi
faoliyati uchun O‘zbekistonda huquqiy-institutsional baza shakllangan: Yer kodeksi, Davlat yer
kadastri to’g’risidagi qonuni, O’zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat
monitoringi to’g’risidagi nizom, Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlar va boshqa
qonunchilik hujjatlari. Davlat boshqaruvi organlari tomonidan siyosat belgilash, hududiy amalga
oshirish va monitoring nazorat bosqichlari ham o‘zaro bog‘langan. Biroq, amaliyotda huquqiy
normalar bilan real holatlar orasida tafovutlar mavjud bo‘lib, ma’lumotlar to‘liq emasligi, hududiy
boshqaruvdagi vakolatlar aniq emasligi kabi muammolar paydo bo‘lmoqda. Shu sababli, yerni
maqsadli foydalanish va muhofaza qilish — nafaqat huquqiy, balki institutsional va amaliy
jihatdan ham yanada takomillashtirishni talab qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi//Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi,
01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.
2.
O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksi//Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Axborotnomasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son.
3.
O’zbekiston Respublikasi Davlat yer kadastri to’g’risidagi qonun//Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son.
4.
O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun//Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son.
5.
https://uzbekistan.un.org/uz/sdgs
6.
https://president.uz/oz/lists/view/8472
7.
Yer huquqi [Matn]: o’quv qo’llanma / Uzakova Go’zal Sharipova. - T.: TDYU nashriyoti,
2024, 59-bet.
8.
Yer huquqi [Matn]: o’quv qo’llanma / Uzakova Go’zal Sharipova. - T.: TDYU nashriyoti,
2024, 88-bet.
9.
Yerdan foydalanish ekologiyasi: o’quv qo’llanma / Muqumov Abdug’ani Muratovich,
2022.
8
Yer huquqi [Matn]: o’quv qo’llanma / Uzakova Go’zal Sharipova. - T.: TDYU nashriyoti, 2024, 88-bet.
9
Yerdan foydalanish ekologiyasi: o’quv qo’llanma / Muqumov Abdug’ani Muratovich, 2022.
