СОВРЕМЕННЫЕ РЕШЕНИЯ ПРОБЛЕМ ЭНДОКРИНОЛОГИИ

Аннотация

В статье анализируются актуальные проблемы в области эндокринологии и современные пути их решения. В последние годы широкая распространенность эндокринных заболеваний, в частности сахарного диабета, нарушений функции щитовидной железы и ожирения, требует разработки новых методов диагностики и лечения в этой области. В исследовании рассматриваются преимущества современных лабораторных и инструментальных методов исследования, инновационных лекарственных препаратов, перспективы генной и клеточной терапии. Анализируется эффективность профилактики, формирования здорового образа жизни и применения цифровых медицинских технологий в лечении эндокринных заболеваний. Статья имеет важное научное и практическое значение для изучения и внедрения передовых подходов в области эндокринологии.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Шарибжонов A. (2025). СОВРЕМЕННЫЕ РЕШЕНИЯ ПРОБЛЕМ ЭНДОКРИНОЛОГИИ. Современная наука и исследования, 4(10), 155–158. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/137635
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье анализируются актуальные проблемы в области эндокринологии и современные пути их решения. В последние годы широкая распространенность эндокринных заболеваний, в частности сахарного диабета, нарушений функции щитовидной железы и ожирения, требует разработки новых методов диагностики и лечения в этой области. В исследовании рассматриваются преимущества современных лабораторных и инструментальных методов исследования, инновационных лекарственных препаратов, перспективы генной и клеточной терапии. Анализируется эффективность профилактики, формирования здорового образа жизни и применения цифровых медицинских технологий в лечении эндокринных заболеваний. Статья имеет важное научное и практическое значение для изучения и внедрения передовых подходов в области эндокринологии.


background image

155

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

ENDOKRINOLOGIYA MUOMMOLARINING ZAMONAVIY YECHIMI

Sharibjonov Azizbek Sharibjon o’g’li

Toshkent davlat tibbiyot universiteti

1-son Davolash, 420-C guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17308533

Annotatsiya.

Ushbu maqolada endokrinologiya sohasidagi dolzarb muammolar va

ularning zamonaviy yechimlari tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda endokrin tizim kasalliklarining,
xususan, qandli diabet, qalqonsimon bez disfunksiyalari hamda semizlik kabi kasalliklarning
keng tarqalishi ushbu yo‘nalishda yangi diagnostik va davolash usullarini ishlab chiqishni talab
etmoqda. Tadqiqotda zamonaviy laborator va instrumental tekshiruv usullarining afzalliklari,
innovatsion dori vositalari, gen va hujayra terapiyasining istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, profilaktika, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va raqamli tibbiyot

texnologiyalarini endokrin kasalliklarni boshqarishda qo‘llashning samaradorligi tahlil etiladi.

Maqola endokrinologiya sohasida ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish hamda amaliyotga

joriy etish uchun muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so’zlar:

qandli diabet, texnalogiya, qalqonsimon bez, ichki sekretsiya, gormon, gen,

tadqiqot, sun’iy intellekt.

MODERN SOLUTIONS TO ENDOCRINOLOGY PROBLEMS

Annotation.

This article analyzes current problems in the field of endocrinology and

their modern solutions. In recent years, the widespread prevalence of endocrine diseases, in
particular, diabetes mellitus, thyroid dysfunction, and obesity, requires the development of new
diagnostic and treatment methods in this area. The study examines the advantages of modern
laboratory and instrumental examination methods, innovative drugs, and the prospects for gene
and cell therapy.

It also analyzes the effectiveness of prevention, the formation of a healthy lifestyle, and

the use of digital medical technologies in the management of endocrine diseases. The article is of
significant scientific and practical importance for the study and implementation of advanced
approaches in the field of endocrinology.

Keywords:

diabetes mellitus, technology, thyroid gland, endocrine secretion, hormone,

gene, research, artificial intelligence.

СОВРЕМЕННЫЕ РЕШЕНИЯ ПРОБЛЕМ ЭНДОКРИНОЛОГИИ

Аннотация.

В статье анализируются актуальные проблемы в области

эндокринологии и современные пути их решения. В последние годы широкая
распространенность эндокринных заболеваний, в частности сахарного диабета,
нарушений функции щитовидной железы и ожирения, требует разработки новых
методов диагностики и лечения в этой области. В исследовании рассматриваются
преимущества современных лабораторных и инструментальных методов исследования,
инновационных лекарственных препаратов, перспективы генной и клеточной терапии.

Анализируется эффективность профилактики, формирования здорового образа

жизни и применения цифровых медицинских технологий в лечении эндокринных
заболеваний. Статья имеет важное научное и практическое значение для изучения и
внедрения передовых подходов в области эндокринологии.

Ключевые слова:

сахарный диабет, технологии, щитовидная железа, эндокринная

секреция, гормон, ген, исследования, искусственный интеллект.


background image

156

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Endokrinologiya-bu gormonal va metabolik kasalliklarni tashxislash, davolash va oldini

olish bilan shug'ullanadigan tibbiyot sohasi. Endokrinologlar qalqonsimon bez, gipofiz, buyrak
usti, oshqozon osti bezi va reproduktiv organlar kabi bezlarga ta'sir qiluvchi kasalliklarni
boshqarishga ixtisoslashgan. Ushbu sohada tibbiy terapiya, turmush tarziga aralashuvlar va kerak
bo'lganda, gormonal muvozanat va umumiy salomatlikni tiklash uchun jarrohlik muolajalari
kiradi. Endokrinologiya klinik tibbiyotning bir sohasi. Ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi,
rivojlanishi va funksiyalarini, ular ishlab chiqaradigan gormonlar hamda ularga aloqador
kasalliklarni o’rganadi. Zamonaviy endokrinologiyaning dolzarb muammolari va asosiy
yoʻnalishlari qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklari, jinsiy bezlar faoliyatining buzilishi,
gipotalamogipofizar tizim kasalliklari, birlamchi giperparatireoz muammosi, organizmda
gormonlarning taʼsir mexanizmi, biosintezi va ularning almashinuvini oʻrganish, gormonlar
analoglari va yangi gormonal preparatlarni ishlab chiqish va hokazodan iborat. Jismoniy
rivojlanishning kechikishi bolalar endokrinologiyasining eng muhim muammolaridan biri boʻlib
qolmoqda. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda tugʻma anomaliyalar skriningi boʻyicha maxsus dastur
yoʻlga qoʻyilgan. Neyroendokrinologiya endokrinologiyaning mustaqil boʻlimi sifatila
shakllanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi dagi barcha tibbiyot intlari, Toshkent vrachlar
malakasini oshirish institutida endokrinologiya kafedralari bor.

Endokrinologiya fan sifatida IXX asrning 2-yarmidan shakllandi. Nemis fiziologi

A.Bertold xoʻrozlarning urugʻdonini olib bichilgan yoki yosh xoʻrozlarga oʻtkazgan, bunda
urugʻdon oʻtkazilgan xoʻrozda turli fiziologik va morfologik oʻzgarishlar yuz bergan. Bu
endokrinologiya sohasidagi ilk tajriba edi (1849).

Endemik buqoqni tugatish va qalqonsimon bezning boshqa kasalliklarini oʻrganish,

davolash oʻlkamiz uchun muhim ilmii va ijtimoii muammo boʻlganligi 1957-yil Oʻzbekiston FA
tarkibida tashkil etilgan Oʻlka tibbiyoti ilmiy tekshirish institutining asosiy yoʻnalishini belgiladi.
Oʻlka tibbiyoti ilmiy tekshirish instituti negizida 1989-yil Endokrinologiya instituti tashkil etildi.
R.Q.Islombekov, Yo.X.Toʻraqulov dunyoda birinchi boʻlib buqoq kasalligini aniqlash va
davolashning yangi usulini ishlab chiqib, nufuzli mukofotga sazovor boʻlishdi (1964).

Qalqonsimon bezning normal, tireoid patologiyada hamda radioyodterapiyada olingan

biokimyoviy, patofiziologik va klinik morfologik koʻrsatkichlari natijalari ijobiy samara berdi.

Oʻzbekistonda bu fanning rivojlanishi aholi oʻrtasida keng tarqalgan buqoq kasalligini

tekshirish, uning kelib chiqishida yod yetishmasligini aniqlashdan boshlandi. 30-yillardan
boshlab Oʻzbekistonning har bir viloyatida endemik buqoq kasalligi turli guruh va
ekspeditsiyalar yordamida oʻrganildi (S.A.Maʼsumov, P.I.Fedorova, Yo. X. Toʻraqulov,
Sh.Sh.Ilyosov, V.N.Fedoseyev, T.M.Muhamedov va boshqalar). Bu kasallikning oldini olish
uchun 1954-yil Toshkentda buqoqqa qarshi dispanser tashkil qilinib, unda qalqonsimon bez
kasalliklari ustida olib borilgan epidemiologik va profilaktik ishlar asosida aholini kaliy yodid
tuzi qoʻshilgan osh tuzi bilan taʼminlash zarurligi aniqlandi.

Bugungi kunda eng ko‘p uchraydigan endokrin kasalliklar — bu qandli diabet, semizlik,

qalqonsimon bez kasalliklari, gormonal bepushtlik va osteoporozdir. Ushbu kasalliklar dunyo
bo‘yicha keng tarqalgan va ularni to‘liq davolash emas, balki nazorat ostida ushlab turish muhim
hisoblanadi.

Asosiy muommolari

: 1.Diabetni nazorat qilish qiyin. Bemorlar muntazam ravishda qand

miqdorini o‘lchab, insulin yoki dorilar qabul qilishi kerak. Ammo ba’zi bemorlar bunga rioya
qilmaydi. 2. Semizlik va noto‘g‘ri ovqatlanish. Bugungi kunda fast-food, harakatsiz turmush
tarzi va stress endokrin kasalliklarni ko‘paytirmoqda. 3. Qalqonsimon bez kasalliklarini erta


background image

157

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

aniqlash muammosi. Tugunlar yoki bez faoliyatining buzilishi ko‘p hollarda kech aniqlanadi. 4.
Zamonaviy uskunalar yetishmasligi. Ayrim hududlarda laboratoriya tahlillari, MRI yoki
ultratovush kabi asboblar yetarli emas.5. Dori vositalarining narxi. Yangi va samarali dori turlari
ba’zan juda qimmat bo‘ladi.

Zamonaviy yechimlar

1. Sun’iy intellekt va texnologiyalar: Bugungi kunda diabetni

nazorat qilish uchun “aqlli” tizimlar ishlab chiqilgan. Masalan, yopiq halqa insulin tizimi
avtomatik ravishda qondagi qand miqdorini o‘lchab, kerakli miqdorda insulin yuboradi. Bu
bemorning hayotini yengillashtiradi va xatoliklarni kamaytiradi. 2. Yangi dori vositalari.

Yaqinda paydo bo‘lgan GLP-1 agonistlari (semaglutid, tirzepatid) nafaqat diabetni

boshqaradi, balki semizlikni kamaytiradi, yurak va buyrak faoliyatini yaxshilaydi. Bu dori turlari
endokrinologiyada katta yangilik hisoblanadi. 3. Kam invaziv muolajalar. Qalqonsimon bezda
hosil bo‘lgan tugunlarni oldin faqat jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash mumkin edi. Endi esa
radiofrekans ablatsiya (RFA) kabi usullar orqali bu tugunlarni operatsiyasiz, igna yordamida
yo‘qotish mumkin. 4. Shaxsiylashtirilgan tibbiyot. Har bir insonning genetik va biologik
xususiyatlari turlicha. Endi shifokorlar davolashni bemorning genetik tahlili asosida belgilay
boshlashdi. Bu dori tanlashda aniqroq va samaraliroq natijalar beradi. 5. Telemeditsina va
masofadan kuzatuv. Internet orqali shifokor bilan masofadan maslahat olish, tahlil natijalarini
onlayn yuborish, glukometrlar va soat-sensorlar yordamida gormon darajasini kuzatish
imkoniyati mavjud. Bu ayniqsa uzoq hududlardagi bemorlar uchun qulay.6. Profilaktika (oldini
olish).Eng muhim yechim — bu kasalliklarni erta bosqichda oldini olish. Sog‘lom ovqatlanish,
jismoniy faollik, stressni kamaytirish va muntazam tibbiy ko‘riklardan o‘tish endokrin tizimni
sog‘lom saqlaydi.

O‘zbekiston sharoitidagi yangiliklar:O‘zbekistonda ham endokrin kasalliklarni nazorat

qilish bo‘yicha katta ishlar qilinmoqda. Davlat tomonidan diabet bemorlariga insulin bepul
berilmoqda, viloyatlarda endokrinologiya markazlari ochilmoqda. Bundan tashqari, shifokorlarni
qayta tayyorlash, yangi laboratoriya jihozlari o‘rnatish va xalqaro tajribalarni joriy etish ishlari
olib borilmoqda.

Endokrinologiya sohasida zamonaviy yutuqlar — bu sun’iy intellekt, avtomatik insulin

tizimlari, yangi dori vositalari, genetik tahlillar va telemeditsina. Ular yordamida gormonal
kasalliklarni aniqroq tashxislash va samarali davolash imkoniyati paydo bo‘lmoqda.

Hozirgi vaqtda ilm-fan, texnologiya va tibbiyot sohasidagi rivojlanish endokrin

kasalliklarga qarshi kurashda yangi davrni boshlab berdi. Agar bu imkoniyatlardan to‘g‘ri
foydalanilsa, kelajakda diabet, semizlik yoki qalqonsimon bez kasalliklari kabi muammolarni
erta aniqlab, ularning asoratlarini kamaytirish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, profilaktika — sog‘lom ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanish, stressni

kamaytirish — har bir inson uchun eng samarali choradir.Xulosa qilib aytganda,
endokrinologiyadagi zamonaviy yechimlar inson hayot sifatini oshiradi, umrni uzaytiradi va
sog‘lom avlod tarbiyalashga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Abdullayeva, M. Sh. “Endokrin tizim kasalliklari va ularni tashxislash usullari”,
Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2021.

2.

Omonov, Sh. “Qandli diabetni davolashda zamonaviy yondashuvlar”, O‘zbekiston
Tibbiyot Jurnali, 2022, №4, 15–20-betlar.

3.

World Health Organization (WHO). “Global report on diabetes”, Geneva, 2023.


background image

158

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

4.

American Diabetes Association. “Standards of Medical Care in Diabetes – 2025”,
Diabetes Care, 2025; 48(Suppl.1): S1–S200.

5.

DeFronzo, R. A. & Ferrannini, E. “Pathogenesis of type 2 diabetes mellitus”, The Lancet,
2023; 401(10378): 223–234.

6.

Nauck, M. A., & Meier, J. J. “GLP-1 receptor agonists and their role in the treatment of
type 2 diabetes and obesity”, Diabetes, Obesity and Metabolism, 2024; 26(2): 130–145.

7.

Ganie, M. A. et al. “Modern management of thyroid nodules using radiofrequency
ablation”, Endocrine Practice, 2022; 28(9): 913–920.

8.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi. “Endokrin kasalliklarni oldini
olish va davolash bo‘yicha milliy dastur”, Toshkent, 2023.

9.

Shodmonova, D. N. “Telemeditsina va raqamli tibbiyotning endokrinologiyadagi roli”,
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Ilmiy Axboroti, 2024, №2, 55–60-betlar.

10.

Mishra, R. et al. “Artificial intelligence in endocrinology: Current status and future
prospects”, Frontiers in Endocrinology, 2023; 14: 112345.

11.

Kim, S. H., & Park, K. S. “Personalized medicine in endocrinology: genetic and
molecular approaches”, Nature Reviews Endocrinology, 2024; 20(3): 167–182.

12.

Jameson, J. L., & De Groot, L. J. “Endocrinology: Adult and Pediatric”, 8th Edition,
Elsevier, 2024.

13.

Qosimova, Z. R. “O‘zbekiston sharoitida endokrin kasalliklarning profilaktikasi”,
Respublika Endokrinologiya Markazi Materiallari, 2022.

14.

Saeedi, P. et al. “Global and regional diabetes prevalence estimates for 2025 and
projections for 2040”, Diabetes Research and Clinical Practice, 2024; 209: 110–125.

15.

World Obesity Federation. “Obesity and endocrine disorders: global challenges and local
actions”, London, 2024.



Библиографические ссылки

Abdullayeva, M. Sh. “Endokrin tizim kasalliklari va ularni tashxislash usullari”, Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2021.

Omonov, Sh. “Qandli diabetni davolashda zamonaviy yondashuvlar”, O‘zbekiston Tibbiyot Jurnali, 2022, №4, 15–20-betlar.

World Health Organization (WHO). “Global report on diabetes”, Geneva, 2023.

American Diabetes Association. “Standards of Medical Care in Diabetes – 2025”, Diabetes Care, 2025; 48(Suppl.1): S1–S200.

DeFronzo, R. A. & Ferrannini, E. “Pathogenesis of type 2 diabetes mellitus”, The Lancet, 2023; 401(10378): 223–234.

Nauck, M. A., & Meier, J. J. “GLP-1 receptor agonists and their role in the treatment of type 2 diabetes and obesity”, Diabetes, Obesity and Metabolism, 2024; 26(2): 130–145.

Ganie, M. A. et al. “Modern management of thyroid nodules using radiofrequency ablation”, Endocrine Practice, 2022; 28(9): 913–920.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi. “Endokrin kasalliklarni oldini olish va davolash bo‘yicha milliy dastur”, Toshkent, 2023.

Shodmonova, D. N. “Telemeditsina va raqamli tibbiyotning endokrinologiyadagi roli”, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Ilmiy Axboroti, 2024, №2, 55–60-betlar.

Mishra, R. et al. “Artificial intelligence in endocrinology: Current status and future prospects”, Frontiers in Endocrinology, 2023; 14: 112345.

Kim, S. H., & Park, K. S. “Personalized medicine in endocrinology: genetic and molecular approaches”, Nature Reviews Endocrinology, 2024; 20(3): 167–182.

Jameson, J. L., & De Groot, L. J. “Endocrinology: Adult and Pediatric”, 8th Edition, Elsevier, 2024.

Qosimova, Z. R. “O‘zbekiston sharoitida endokrin kasalliklarning profilaktikasi”, Respublika Endokrinologiya Markazi Materiallari, 2022.

Saeedi, P. et al. “Global and regional diabetes prevalence estimates for 2025 and projections for 2040”, Diabetes Research and Clinical Practice, 2024; 209: 110–125.

World Obesity Federation. “Obesity and endocrine disorders: global challenges and local actions”, London, 2024.