MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning foydalanilishi, ularning pedagogik-psixologik, didaktik va axloqiy jihatdan foydalari, zamonaviy taxnalogiyalar hamda metodik yondashuvlar bilan bog’liqliqligi haqida fikirlar keltirilgan. Hamda bolalarning yuksalishiga raqamli texnologiyalarning ko‘rsatadigan ta’siri ulardan samarali foydalanish bo‘yicha fikirlar keltirilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Xoldarova, F. (2025). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI. Современная наука и исследования, 4(10), 10–13. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/137497
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning foydalanilishi, ularning pedagogik-psixologik, didaktik va axloqiy jihatdan foydalari, zamonaviy taxnalogiyalar hamda metodik yondashuvlar bilan bog’liqliqligi haqida fikirlar keltirilgan. Hamda bolalarning yuksalishiga raqamli texnologiyalarning ko‘rsatadigan ta’siri ulardan samarali foydalanish bo‘yicha fikirlar keltirilgan.


background image


Oktabr, 2025-Yil

10

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI

Xoldarova F.M.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirish instituti mustaqil izlanuvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.17260544

Annotatsiya.

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning

foydalanilishi, ularning pedagogik-psixologik, didaktik va axloqiy jihatdan foydalari, zamonaviy
taxnalogiyalar hamda metodik yondashuvlar bilan bog’liqliqligi haqida fikirlar keltirilgan.
Hamda bolalarning yuksalishiga raqamli texnologiyalarning ko‘rsatadigan ta’siri ulardan
samarali foydalanish bo‘yicha fikirlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

maktabgacha yosh, zamonaviy texnologiyalar

,

o‘yin, motivatsia,

integratsiya

,

raqobatbardosh

, individual,

sun'iy intellekt,

komputer.

Аннотация.

В статье излагаются представления об использовании цифровых

технологий в системе дошкольного образования, их педагогических, психологических,
дидактических и этических преимуществах, их связи с современными технологиями и
методическими подходами. В нем также представлены идеи о влиянии цифровых
технологий на развитие детей и их эффективном использовании.

Abstract.

This article presents ideas about the use of digital technologies in the preschool

education system, their pedagogical-psychological, didactic and ethical benefits, their connection
with modern technologies and methodological approaches. It also presents ideas about the impact
of digital technologies on the development of children and their effective use.


Hozirgi kunda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish har qachongidan

zarur bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim bosqichida texnologiyalarning o‘rnini bilish
va ularni pedagogik jihatdan asosli foydalanish zarur hisoblanadi. Bolalarning ilk bilim olishi
vaqtlarida zamonaviy texnologiyalar, o‘yin orqali ta’limga integratsiya qilinadi va bu ularning
aqliy va ijodiy yuksalishiga yordam beradi. Zamonaviy raqamli texnologiyalar butun dunyo
bo'ylab barcha ta'lim muassasalarini rivojlantirish uchun yangi vositalarni taqdim etadi.
Raqamlashtirish, o'rganilgan saboq va bilimlarni almashish uchun imkoniyatlar yaratib, odamlarga
ko'proq ma'lumot olish va kundalik hayotlarida yaxshi qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi.
Yaqin kelajakda ta'lim muhitida raqamlashtirish bilan bog'liq katta o'zgarishlar yuz beradi.

Elektron ta'lim tizimi yangi imkoniyatlar va yangi vazifalarni yaratmoqda. Asosiy

imkoniyatlar qatoriga ta'limga oid muammolarni hal qilish, ta'lim shaklini tanlashni kengaytirish,
bilimlarni uzatish vositalarini ko'paytirish kiradi. Raqamli texnologiyalarning zamonaviy
ta'limdagi o'rni va rolini anglash zarurati maktabgacha va boshlang’ich ta'lim metodikasi va
didaktikasi sohalaridagi zamonaviy tadqiqotlarda o'z aksini topishi kerak. Hozirgi kunda
maktabgacha ta’lim integratsiyasida raqamli texnologiylarni qo’llash muammolari kelgusida
rivojlanish strategiyasini va unga yo'naltirilgan yo'nalishni tanlash bilan bog'liq izlanishlarga
sabab bo’ladi. Kelajakda raqobatdosh ta'lim va tadqiqot modeliga o'tish uchun raqamli
transformatsiya dasturi allaqachon ishlab chiqilishi kerakligi zarur. Ta'lim muhitini
raqamlashtirish turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin: - mavjud o'quv materiallarini, shu


background image


Oktabr, 2025-Yil

11

jumladan ma'ruzalar, prezentatsiyalar, darsliklar, mustaqil ish uchun topshiriqlarni va bilimlarni
boshqarish vositalarini elektron muhitni tarjima qilish;

-

o'qituvchi va bola-o’quvchi o'rtasidagi o'zaro aloqalar uchun interaktiv elektron muhitni

shakllantirish, shu jumladan o'qituvchilar uchun elektron sinflar yaratish, veb- seminarlar,
munozarali forumlar o'tkazish va hk.;

-

yangi turdagi o'quv vositalarini yaratish: elektron darsliklar, elektron muammoli kitoblar,

video ma'ruzalar, elektron topshiriqlar bazasi, kompyuter o'yinlari;

-

elektron muhit imkoniyatlaridan foydalangan holda ta'limning tubdan yangi shakllarini

yaratish - axborotni xayoliy uzatish spektrini kengaytirish, rolli o'yinlar jarayonida turli
vaziyatlarni modellashtirish, raqobatbardosh o'yinlarga taqlid qilish.

-

sun'iy intellekt imkoniyatlarini o'quv jarayoniga tadbiq qilish.
Bugungi kunda ta'lim tashkilotlarining aksariyat qismida ta'limni raqamlashtirish

jarayoning dastlabki shakli amalga oshirilmoqda. Bu o'quvchilarning o'quv materiallariga kirishini
engillashtirish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lmagan o'quv yuklamasini kamaytirish, o'quv intizomi
va o'quv jarayoni mazmuni ustidan nazoratni osonlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari,
ushbu jarayon masofadan boshqarish imkonni bermoqda.

Pedagogik-psixologik asoslar quydagilarni o‘z ichiga oladi.

Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv

: Bu raqamli texnologiyalar bolalarda

mustaqil fikrlash, kuzatish, aqliy qobilyatni yaxshilash, muammoli vaziyatlarni hal qilish
ko‘nikmalarini yuksaltirish uchun vosita sifatida foydalaniladi.

Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv

: Har bir bolaning yoshiga, qobilyatiga,

qiziqishiga, rivojlanish darajasiga va ehtiyojlariga mos raqamli materiallar qo’llaniladi.

Multimodal o‘rganish nazariyasi

: Bolalar turli sezgi organlari (eshitish, ko‘rish,

harakat) orqali o‘rganadilar. Raqamli texnologiyalar aynan ushbu jarayonlarni faol qiziqarli
samarali bo’lishiga yordam beradi.

Didaktik asoslar quydagilarni o‘z ichiga oladi.

Ta’lim samaradorligini oshirish

: Interaktiv dasturlar hamda zamonaviy

texnologiyalar, animatsiyalar va multfilmlar yordamida mavzularni qiziqarli ko‘rgazmali va
tushunarli tarzda tushuntirish tarizda yanada foyda beradi.

Vizual materiallar

: Raqamli qurilmalar orqali didaktik materiallarni rangli,

harakatli va ovozli tarzda berish bolalarda qiziqishni oshiradi va bilimini ham rivojlantiradi.

Moslashuvchanlik

: Har bir bolaning o‘zlashtirish darajasiga qarab individual

yondashuvni tashkil qilish imkoniyati yaxshilaydi.

Axborot-kommunikatsion texnologiyalar (AKT) asoslari o‘z ichiga oladi.

Raqamli vositalarning ko‘rinishlari

:

o

Ta’limiy mobil ilovalar (masalan, “Bilimdon bola”, “ABC Kids”)

o

Interaktiv doskalar

o

Kompyuter o‘yinlari (pedagogik maqsadga yo‘naltirilgan)

o

Multimediali resurslar (video, audio ertaklar, slayd-shoular)

Multimedia ta’lim muhiti

: O‘qituvchi va tarbiyachi raqamli vositalardan

foydalanib bolalar bilan samarali muloqot va o‘zaro aloqani mustaxkamlaydi.

Sotsial-axloqiy asoslar quydagilarni o‘z ichiga oladi.


background image


Oktabr, 2025-Yil

12

Ijtimoiy moslashuv

: Bolalar erta yoshdan texnologiyalar bo’lgan qiziqishi oshadi

ular bilan tanishib, zamonaviy axborot muhitiga ko’nikadilar.

Axloqiy tarbiya

: Raqamli texnologiyalar yordamida axloqiy ertaklar, videoroliklar

orqali tarbiyaviy ta’sir kuchaytiriladi va hulq atvor qoydalarini ham yaxshi rivojlantirib boradilar.

Zamonaviy metodik yondashuvlar quydagilarni o‘z ichiga oladi.

STEM-ta’lim elementlari

: Maktabgacha yoshdagi bolalarga sodda shakllarda

texnika, texnologiya, muhandislik va elementar matematika asoslari bilimlari mustaxkamlanadi.

Gamifikatsiya (o‘yinlashtirish)

: O‘yin shaklidagi o‘qitish orqali bolalarda bilim olishga

bo‘lgan qiziqish kuchayadi va mashg’lotlar samaraliy o’tiladi. Mamlakatimiz uchun ta'limni
raqamlashtirishning asosiy tahdidi global ta'lim muhitining asosini topishdir. Ushbu tahdid bir
necha omillar natijasida amalga oshirilishi mumkin: jahon bozoriga kirishning kechikishi;
mahsulot sifati etarli emasligi; til to'sig'i; maktabgacha ta’lim tizimi mutaxassislarining raqamli
texnologiyalardan foydalanish ko’rsatkichining pastligi; til bilish ko’rsatkichining pastligidir.
Hozirgi kunda rus va ingliz tilidagi bolalar uchun mo’ljallangan rivojlantiruvchi interaktiv
tizimlar, komputer o’yinlari, multimedia maxsulotlari juda ko’p, tilni bilgan kishi esa ulardan
bemalol foydalanishi mumkin.

Yuqorida aytib o'tilganlarga asoslanib ta'kidlash joizki, raqamli texnologiyalarni joriy etish

maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish uchun juda muhimdir, ammo shu bilan birga ularni
amalga oshirishda ilmiy asoslangan yondashuvni shakllantirish zarur. Hozirgi kunda
mamlakatimizda ham ushbu soha rivoji uchun bir qancha loyihalar amalga oshirilmoqda. O’zbek
tilidagi bolalar uchun mo’ljallangan rivojlantiruvchi, yangi bilim beruvchi elektron portallar
yaratilmoqda. Nima bo‘lganida ham, zamonaviy pedagogik raqamli texnologiyalaridan to‘g‘ri
foydalanish maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning yutuqlarini kafolatlaydi va keyinchalik
yuqori sinflarda muvaffaqiyatli o‘qishini kafolatlaydi. Maktablarimizning maktabgacha ta’lim
tizimida zamonaviy texnologiyalar yordamida darslari taqdim etilgan va ulardan dars
jarayonlarida samarali foydalanilmoqda. Ta'lim makonini raqamlashtirishga o'tish zarurati bir
necha omillar bilan izohlanadi . Ayniqsa, bu IT va Internet texnologiyalariga, shuningdek ularni
nafaqat professional sohada, balki ijtimoiylashuv va aloqa uchun ham qo'llashga foydaliydir.

Xulosa o’rnida shuni aytish joizki

Raqamli texnologiyalar maktabgacha ta’limda

bolalarning rivojlanish jarayonini tezlashtiradi. Ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va
individual o‘rganish imkoniyatlarini yaratadi. Biroq, bu vositalardan foydalanishda yoshga moslik
va nazorat muhim ahamiyatga ega. Bunday sharoitda shaxsni shakllantirish avvalgi an’anaviy
usullardan tubdan farq qiladi, bu globallashayotgan axborot makonida uni maktabgacha ta’lim
integratsiyasida tatbiq qilishning sifat jihatidan yangi modelini ishlab chiqishni, hozirgi sharoit
uchun zarur bo‘lgan va ularga mos keladigan mutlaqo yangi usullarini o‘zida jamlagan metodik
ishlarni shakllantirish juda foydaliy hisoblanadi.







background image


Oktabr, 2025-Yil

13

Foydalangan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Vygotskiy L.S. "Psixologik rivojlanish nazariyasi". — Moskva, 1984.

2.

Hasanboeva M. “Pedagogika asoslari”, Toshkent: “O‘zbekiston”, 2018.

3.

Qurbonov B. “Raqamli ta’lim muhitini shakllantirish”, Toshkent: Fan va texnologiya,
2020.

4.

G‘ulomov N. “Maktabgacha ta’lim metodikasi”, Samarqand, 2022.

5.

Nurullayeva D. "AKT vositalaridan samarali foydalanish metodikasi", Toshkent, 2021.

Библиографические ссылки

Vygotskiy L.S. "Psixologik rivojlanish nazariyasi". — Moskva, 1984.

Hasanboeva M. “Pedagogika asoslari”, Toshkent: “O‘zbekiston”, 2018.

Qurbonov B. “Raqamli ta’lim muhitini shakllantirish”, Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.

G‘ulomov N. “Maktabgacha ta’lim metodikasi”, Samarqand, 2022.

Nurullayeva D. "AKT vositalaridan samarali foydalanish metodikasi", Toshkent, 2021.