TADBIRKORLIK VA BIZNES FAOLIYATI

Abstract

Maqolada tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish choralari haqida aytib o‘tilgan. Bunda tadbirkorlik qanday boshlanadi. Tadbirkorlik – o‘z mulki bilan tavakkalchilik asosida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat ekanligi tushuntirib o‘tiladi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Ibrohimov, S. (2025). TADBIRKORLIK VA BIZNES FAOLIYATI. Modern Science and Research, 4(6), 1137–1140. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/110636
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish choralari haqida aytib o‘tilgan. Bunda tadbirkorlik qanday boshlanadi. Tadbirkorlik – o‘z mulki bilan tavakkalchilik asosida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat ekanligi tushuntirib o‘tiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1137

TADBIRKORLIK VA BIZNES FAOLIYATI

Ibrohimov Shoxumirza

University of Business and Sciense.

"Iqtsodiyot"kafedrasi o‘quvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15716143

Annotatsiya

. Maqolada tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish choralari haqida aytib

o‘tilgan. Bunda tadbirkorlik qanday boshlanadi. Tadbirkorlik –

o‘z mulki bilan tavakkalchilik

asosida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat ekanligi tushuntirib o‘tiladi.

Kalit so‘zlar:

Tadbirkor, biznes, yuridik shaxs, foyda, business, korxona, tashkilot, firma,

XYS, TIA.

Tadbirkorlik yoki biznes (inglizcha:

business

„bandlik“), deb har qanday

qonuniy tijorat

faoliyatiga aytiladi. Tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi shaxs

tadbirkor, deyiladi.

Xususiy tadbirkorlik kapitalistik iqtisodiyot negizidir. Sotsialistik iqtisodiyotlarda

tadbirkorlik bilan hukumat, jamiyat yoki ishchilar kasaba uyushmalari shugʻullanadi.

Tadbirkorlik xoʻjalik yuritish koʻlamiga qarab, yirik, oʻrta va kichik turlarga boʻlinadi.

Yirik tadbirkorlik ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band boʻlgan, oʻrta tadbirkorlik

esa 20

–500 kishi band boʻlgan korxona (firma) lar, kichik tadbirkorlik 10–

20 va undan kam kishi

ishlaydigan korxonalarni qamraydi. Yirik va oʻrta tadbirkorlikka, asosan, yirik ishlab

-chiqarish,

koʻp sonli tovarlar chiqaradigan, mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan sohalar kiradi.

Kichik tadbirkorlik qishloq xoʻjaligi, aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida keng tarqalgan.

Kichik tadbirkorlik sharoitga tez moslasha olishi bilan boshqalaridan farqlanadi va shu

bois u keng tarqalgan

Tadbirkorlik

o‘z mulki bilan tavakkalchilik asosida daromad (foyda) olishga qaratilgan

tashabbuskor faoliyat.

Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish

uchun davlat

ro‘yxatidan o‘tish kerak.

Tadbirkorlik bilan yuridik shaxs tashkil etib yoki tashkil

etmasdan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish

mumkin. Tadbirkorlik faoliyatini rnuvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy omillaridan biri - bu
tadbirkorlik subyekti (korxona, tashkilot, firma) ichki rejalarining mukammalligi, sifat darajasi

hisoblanadi. U o‘z ichiga istiqboldagi maqsadlami aniqlash va ularga erishish yo‘llari hamda
resurs ta’minotini oladi.

Barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi kabi tadbirkorlik faoliyatida

ham har bir tadbirkor uchta masalani hal qilishi kerak.

1. Qanday tovar va xizmatlar ishlab chiqarish kerak.

2. Bu tovar va xizmatlami qayerda hamda qaysi texnologiya orqali ishlab chiqarish kerak.

3. Bu tovar va xizmatlami kim uchun ishlab chiqarish kerak.

Muayyan tadbirkorlik g‘oyasini amalga oshirish uchun tartibsiz,

rejalashtirilmagan xatti-

harakatlar emas, balki g‘oyani amalga oshirish maqsadlari, vositalari va yo‘llarining mumkin
bo‘magan barcha muqobil variantlarini taqqoslash imkonini beradigan yaxlit tizimga tushirilgan
tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish jarayoni zarur bo‘ladi.

O'zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksiga muvofiq, tadbirkorlik faoliyati bu

yakka ish yuritish va tavakkalchilikka asoslangan, mulkdan foydalanish, foyda olish omilidir.

Turli xil ta ’riflar ichidan ushbu qo‘llanmada quyidagilarni keltirib o‘tamiz.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1138

Tadbirkorlik - bu amaldagi qonunlar doirasida kishilarriing foyda olishga qaratilgan

tashabbuskorlik bilan xo‘jalik faoliyatini yuritishiga asoslangan sohibkorlik faoliyatidir.

Rejalashtirish - bu tadbirkorlik subyektini tashkil etish, rivojlantirish va faoliyat

ko‘rsatishi uchun ishlab chiqilgan reja va uning amalga oshirilishini nazorat qilishdir.

Umuman olganda, rejalashtirish -

bu oldinda turgan harakatlami asoslash bo‘yicha m

aium otlam i qayta ishlash jarayoni va maqsadlarga erishishning eng samarali usullarini
tanlashdir.

Biznes reja ~ korxona faoliyatining asosiy yo'nalishlarini o‘rganish natijasini

ifodalovchi hujjat; bu tashkil qilinayotgan yoki qayta jihozlanayotgan firma ishining tavsifi; bu

tadbirkorga o‘z ishini tashkil qilish uchun zarur ish quroli.

Biznes reja oddiy rejadan farqli

oiaroq, muayyan bozorda biror-

bir xo‘jalik yurituvchi subyekt (XYS)ning tarmoq bo‘yicha

rivojlanishi rejasini aks ettiradi. XYS bir vaqtning o‘zida bir necha biznes rejaga ega bo‘lishi

mumkin. Biznes rejalar biznes hajmiga qarab turlicha boiishi mumkin. Masalan, kichik biznesda

biznes reja va korxona rejasi tarkibi va hajmiga qarab bir xil bo‘lishi mumkin. Shuningdek, biron

loyihani amalga oshirish yoki biron texnologiyani joriy etishda ayrim hollarda texnik-iqtisodiy
asosnoma ishlab chiqish talab qilinadi.Texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) - bu tadbirkorlik

loyihasini amalga oshirish va loyiha bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishning eng muhim

investitsiyalash bosqichlaridan biri hisoblanadi.Tor doirada TIA - bu boshqaruv qarorlarini qabul
qilish uchun maqsad qilingan vazifalami, majburiyatlami amalga oshirish imkoniyatiga qarab

zaxiralar va iqtisodiy natijalami natura hamda qiymat ko‘rsatkichlarida asoslash hisoblanadi.

Maqsadlar, shartlar va ish hajmiga qarab TIA mustaqil hujjat sifatida biznes reja ishlab

chiqish uchun asos boiishi yoki biznes rejaga bir bo‘lim qilib kiritilishi mumkin.Loyiha

- bu

kutilayotgan texnik, texnologik va tashkiliy-

iqtisodiy maqsadlarga erishish uchun zarur g‘oya va

uni amalga oshirish uchun zarur vositalaming ifodasi hisoblanadi. Loyiha, shuningdek, m aium
harakatlarniamalga oshirish uchun zarur tashkiliy-huquqiy va moliyaviy hisob-kitobhujjatlari

yeg‘indisi deb ham tushuniladi.Investitsiya loyihasi

- bu ijtimoiy samaraga erishish yoki

daromad olish uchun yangi tovar (xizmat)ni ishiab chiqarishni tashkil etish yoki mavjud ishiab

chiqarishni modemizatsiya qilishga yo‘naltirilgan kompleks chora

-

tadbirlar yig‘indisidir.Biz

ushbu qo‘llanmada zarurlik darajasiga qarab reja, biznes reja, tadbirkorlik loyihasi, TIA kabi
atamalami uyg‘unlashgan holda ishlatdik, Tadbirkorlik loyihasi

- daromad olish maqsadida

ishiab chiqarish yoki tadbirkorlikning turli sohalarida xizmatlar ko'rsatish bo‘yicha ishiab

chiqarishni tashkil etishga yo'naltirilgan loyiha tushuniladi.Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish
asosida shu loyihani amalga oshirish imkoniyatlarmi aniqlash yotadi Biroq tadbirkorlik faoliyati

iqtisodiyotning qanday sohasida bo‘lmasin, tavakkalchilik bilan bogiiq. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishga ko‘pgina omillar qarshi ta’sir ko‘rsatadi.

Bunda ayrim omillar tadbirkorlik g'oyasmi amalga oshirishning istiqbolliligini ko‘rsatsa,

ba’zilar uni amalga oshirish mumkin emasligini yoki katta tavakkalchilik bilan bogiiqligini

ifodalaydi.

Tadbirkorlik g‘oyasini amalga oshirishga ta’sir etuvchi omillarning o‘zgaruvchanligi,

noaniqligi ushbu ishni yanada murakkablashtiradi. Ularning tadbirkorhk faoliyatini amalga

oshirishga ta’sir darajalarini sinchkovlik bilan tahlil qilish har bir tadbirkoming asosiy vazifasi
hisoblanadi. Tadbirkorlaming tajribasi, biznesdagi zafarlari va mag‘

- lubiyatlari, ayrim

tadbirkorlaming kasod bo‘lishi yoki gullab

-yashnashi sabablarini, jahon amaliyoti va iqtisodiy

jarayonlar bilan umumlashtirib o‘rganish bugungi kunda tadbirkorlik loyihasini amalga osh

irish


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1139

bilan bog‘hq tavakkalchilikni oldindan aniqlash yoki uni sezilarli darajada kamaytirishga imkon
beradigan, ishning muvaffaqiyatliligini ta’minlaydigan butun bir chora

-tadbirlar kompleksini

ishlab chiqishga olib keladi.Bunday samaraii vositalardan biri taxminiy narxlami aniqlash,
texnikiqtisodiyizlanishlar olib borish va biznes rejalar ishlab chiqishdir. Loyihaning hayotga
tatbiq qilish mumkinhgini aniqlash, uning tadbirkor uchun foydalik darajasini hamda loyihaning
bozordagi va moliyaviy samaradorligini baholash biznes rejaning asosi hisoblanadi.Biznes reja
yaratishda foydalaniladigan uslub izlanish obyekti. tadqiqotchilar malakasi va mahorati, tadqiq

qilish uchun qo‘yilgan vazifaning xarakteriga qarab turli xil boTadi. Har bir reja ishlab chiquvchi
yoki TIAni amalga oshiruvchi o‘z fikriga asosan tadbirkorlik loyihasi to‘g‘risida batafsil m
a’lumot beradigan mavjud adekvat uslubni tanlaydi yoki o‘z uslubini ishlab chiqadi. Shuning
uchun ham barcha mamlakatlar, hududlar, sohalar, korxonalar uchun umumiy qo‘llash mumkin
bo‘lgan universal uslub yo‘q. Boshqa tomondan esa, biznes reja ishlab chiqishning barcha
uslublari aynan bir xil tushunchalar, malumotlar bazalari, mezonlar bilan ish ko‘radi, natijada
ularni o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda biznesning istalgan bir sohasida
qo‘llanadigan qilib yagona universal uslubga jamlash mumkin.Tadbirkorlik loyihasining

murakkabligi, tadqiqot, TIAning tuzilishi va hajmi tashkil qilinayotgan

korxona yoki amalga oshirilayotgan loyiha hajmiga va iqtisodiyotning qaysi tarmog‘ida

biznes amalga oshirilayotganiga

bog‘liq.Наг

qanday tadbirkorlik loyihasi g'oyadan boshianadi va

tayyor mahsulot ishiab chiqarguncha bir-

biri bilan bog‘liq bir necha bosqichlami bosib o‘tadi.

Uni amalga oshirish davomida 3 ta daw ajratib ko‘rsatiladi: investitsiya oldi, investitsiya

qo‘yish va i

shiab chiqarish.

Yirik bo‘lmagan korxonalar, kichik biznes subyektlari uchun

oddiyroq. Bu reja loyihaning qisqacha tavsifi (rezyume) va nisbatan batafsihoq hisob-kitoblami o

‘z ichiga oluvchi asosiy qismdan tashkil topadi.

Rezyume tadbirkor sherikchilik qilishni taklif

qilayotganda yoki kredit so‘rab murojaat qilayotganda tashqi foydalanuvchilar uchun taqdim

qilinadi.

Yuridik shaxs

fuqarolik huquq

va majburiyatlarining subʼyektlari hisoblanuvchi

korxona, muassasalari, tashkilotlar.

Oʻzbekiston Respublikasi

fuqarolik qonunchiligiga

koʻra,

Yuridik shaxs oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida molmulkka
ega boʻlgan hamda oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu molmulk bilan javob beradigan, oʻz
nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻla oladigan va ularni amalga oshira

oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda

daʼvogar va javobgar boʻla oladigan

tashkilotdir. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga

ega boʻlishlari kerak.

Xulosa.

Tadbirkorlik va biznes faoliyati jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, innovatsion va ekologik

rivojlanishida katta ahamiyatga ega.

Bu faoliyatlar orqali yangi ish o‘rinlari yaratiladi, daromadlar oshadi, ijtimoiy loyihalar

qo‘llab

-quvvatlanadi va barqaror rivojlanish ta'minlanadi. Shu sababli, tadbirkorlik va biznes

faoliyati jamiyatdagi taraqqiyotning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.





background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1140

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024

-yil 21-

fevraldagi “O'zbekiston –

2030”

strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo'llab

-

quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat

dasturi to'g'risida”gi PF

-37-son Farmoni.

2.

https://lex.uz/docs/-6600413

3.

Vikipediya.

4.

https://www.google.com/url?sa=t&source=web&rct=j&opi=89978449&url=http://banklar.
uz/uz/o-zbekiston-
banklari.html&ved=2ahUKEwi6moDakfiJAxVgDRAIHUWBBSYQFnoECF8QAQ&usg=
AOvVaw2l2GxjptiF6bGAwO6j7mvA.

5.

https://www.stat.uz/uz/


References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O'zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida”gi PF-37-son Farmoni.

https://lex.uz/docs/-6600413

Vikipediya.

https://www.google.com/url?sa=t&source=web&rct=j&opi=89978449&url=http://banklar.uz/uz/o-zbekiston-banklari.html&ved=2ahUKEwi6moDakfiJAxVgDRAIHUWBBSYQFnoECF8QAQ&usg=AOvVaw2l2GxjptiF6bGAwO6j7mvA.

https://www.stat.uz/uz/