MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNI STEAM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA INTELLEKTUAL QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

Abstract

Ushbu maqolada STEAM texnologiyasi va uni maktabgacha ta’lim tashkilotida joriy etishning afzalliklari haqida aytib o‘tilgan. Hozirgi zamon ilm-fanida esa o’sib kelayotgan yosh avlodning intellektual qobiliyatini rivojlantirish, ulardagi aqliy jarayonlarni nazorat qila olish va miyaning barcha imkoniyatlaridan foydalana olish ko’nikmalarini shakllantirish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bunday tushuncha ta'lim tizimida intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish masalasini, fanlararo uzviylik va bog‘liqlik masalasini, shuningdek maktabgacha tayyorlov guruhlarda o‘tiladigan mashg’ulotlarni STEAM o’qitish texnologiyasi asosida tashkil etishni yana bir bor ko‘rib chiqish va uning mexanizmlarini ishlab chiqish zaruratini yuzaga keltiradi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
f
346-348
4

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Jo‘rayeva, D. . (2025). MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNI STEAM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA INTELLEKTUAL QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI. Modern Science and Research, 4(6), 346–348. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/108380
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada STEAM texnologiyasi va uni maktabgacha ta’lim tashkilotida joriy etishning afzalliklari haqida aytib o‘tilgan. Hozirgi zamon ilm-fanida esa o’sib kelayotgan yosh avlodning intellektual qobiliyatini rivojlantirish, ulardagi aqliy jarayonlarni nazorat qila olish va miyaning barcha imkoniyatlaridan foydalana olish ko’nikmalarini shakllantirish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bunday tushuncha ta'lim tizimida intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish masalasini, fanlararo uzviylik va bog‘liqlik masalasini, shuningdek maktabgacha tayyorlov guruhlarda o‘tiladigan mashg’ulotlarni STEAM o’qitish texnologiyasi asosida tashkil etishni yana bir bor ko‘rib chiqish va uning mexanizmlarini ishlab chiqish zaruratini yuzaga keltiradi.


background image


Iyun, 2025-Yil

346

MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNI STEAM TEXNOLOGIYASI

ASOSIDA INTELLEKTUAL QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK

IMKONIYATLARI

Jo‘rayeva D.SH

Guliston davlat universiteti, tayanch doktorant

O‘zbekiston, Guliston sh., Daraxtzor ko‘chasi 12-uy

Tel.: +998972454113

https://doi.org/10.5281/zenodo.15678504

Annotatsiya.

Ushbu maqolada STEAM texnologiyasi va uni maktabgacha ta’lim

tashkilotida joriy etishning afzalliklari haqida aytib o‘tilgan. Hozirgi zamon ilm-fanida esa o’sib
kelayotgan yosh avlodning intellektual qobiliyatini rivojlantirish, ulardagi aqliy jarayonlarni
nazorat qila olish va miyaning barcha imkoniyatlaridan foydalana olish ko’nikmalarini
shakllantirish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bunday tushuncha ta'lim tizimida
intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish masalasini, fanlararo uzviylik va bog‘liqlik masalasini,
shuningdek maktabgacha tayyorlov guruhlarda o‘tiladigan mashg’ulotlarni STEAM o’qitish
texnologiyasi asosida tashkil etishni yana bir bor ko‘rib chiqish va uning mexanizmlarini ishlab
chiqish zaruratini yuzaga keltiradi.

Kalit so‘zlar:

STEAM, intellektual qobiliyat, integratsiya, didaktik imkoniyatlar, didaktik

o‘yinlar.

Kirish:

Maktabgacha yoshdagi bolaning intellektual rivojlanishi - uning umumiy ruhiy

rivojlanishining, maktabga va butun kelajak hayotiga tayyorgarlikning eng muhim tarkibiy qismidir.
Intellektual qobiliyatlarning rivojlanishi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda alohida
ahamiyatga ega. Bunda bolaning maktabga kirish paytiga kelib qanday bilimlarga ega ekanligigina
emas, balki u yangi bilimlarni olishga tayyormi, mulohaza yuritishni, xayol qilishni, mustaqil
xulosalar chiqarishni, insho, rasm va konstruksiyalar g‘oyalarini tuzishni biladimi, degan masalalar
ham muhimdir. Shu tufayli STEAM texnologiyasi eng ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda.
Bu orqali ilmiy-muhandislik kadrlar yetishmasligi bilan bog‘liq muammoni hal qilish
rejalashtirilmoqda. STEAM texnologiyasi ta’limning modulli yo‘nalishi bo‘lib, uning maqsadi
bolaning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish va uni ilmiy-texnikaviy ijodga jalb qilish
imkoniyatini yaratishdir. Bu bolalarda turli xil faoliyat turlariga qiziqishlarini shakllantirish
imkonini beradi. Bunday texnologiyalarning ahamiyati shundaki, ularni ham mashg‘ulotdan
tashqari ishlarda, ham asosiy ta’lim dasturi doirasida qo‘llash mumkinligidadir.[4]

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni intellektual rivojlantirishda oʼyinlar muhim ahamiyat

kasb etadi. Ular soʼz mavzusining boyligi va xilma-xilligi bilan bola dunyosini boyitadi. Bunday
oʼyinlar jarayonida bolalarda sardorlik xususiyati yuzaga kela boshlaydi, ularda tashkilotchilik
koʼnikmalari rivojlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga STEAM texnologiyasi asosida ta’lim
berishda o‘yinlardan foydalanish – nafaqat ta’lim jarayonini qiziqarli qiladi, balki bolalarning
intellektual, ijtimoiy va emosional rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shadi.[3]

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun STEAM texnologiyasi asosida ta’limda qo‘llash

mumkin bo‘lgan o‘yin turlarini keltirib o‘tamiz.

“Magnitli tajriba” o‘yini


background image


Iyun, 2025-Yil

347

Kerakli jihozlar: magnit, temir buyumlar, boshqa materiallar (yog‘och tayoqcha, plastmassa,

mato, qog‘oz va h.k.).

O‘yinning borishi: Tarbiyachi: “Bugun biz sizlar bilan magnit nima va qandey buyumlarni

tortishi va tortmasligini o‘yin orqali bilib olamiz”.

Har bir bola yoki kichik guruhga buyumlar to‘plami va magnit beriladi. Ular buyumlarni

magnitga yaqinlashtirib, tortadimi-yo‘qmi aniqlashadi. Bolalar buyumlarni ikki guruhga ajratadilar:

1. Tortiladiganlar (temir,tanga, po‘lat).
2. Tortilmaydiganlar (yog‘och, plastmassa, mato, qog‘oz).
Tarbiyachi qandey buyumlar magnitga tortildi, ular qandey materialdan kabi savollar beradi.

Magnitli baliq ovlash o‘yinini o‘ynashadi.

“Kim tezroq topadi?” (barg,tosh,qum) o‘yini
Kerakli materiallar: barg, mayda toshlar, qum (yoki rasmli kartochkalar)
O‘yinning borishi: Stol ustiga kerakli materiallar oldindan tayyorlab qo‘yiladi. Bolalar ikki

guruhga bo‘linadi. O‘yin musobaqa tarzida olib boriladi. Har bir guruhdan navbat bilan bittadan
ishtirokchi chiqadi. Tarbiyachi savollar beradi, bolalar esa tegishli elementni ko‘rsatadi.

“Kim tezroq bargni topadi?”

“Kim toshni eng birinchi ko‘rsatadi?”
“Kim qumni qo‘li bilan ushlaydi?”
“Kim tabiatdagi eng yumshoq narsani topadi?” (Javob: barg)
“Qaysi biri eng og‘ir?” (Javob: tosh)
“Qaysi biri suvda tez eriydi?” (Javob: qum – tushuntirish bilan)
Har bir to‘g‘ri topilgan javob uchun 1ball beriladi. O‘yin so‘nggida eng ko‘p ball to‘plagan

guruhga “Tabiat donosi” medali beriladi.

“Raqamli tangram” o‘yini
Kerakli jihozlar: raqamli kartochkalar, tangram shakllari (uchburchak, kvadrat,

parallelogram), raqamlar sxemasi (bolaga yordam sifatida).

O‘yinning borishi: Tarbiyachi tangram shakllarini tanishtiradi: “Bu uchburchak, bu

kvadrat..” bugun bu shakllardan raqamlar yasaymiz. Har bir bola yoki kichik guruh raqamlarni
tangram shakllari bilan yasaydi (model asosida). Tarbiyachi ko‘rsatadi yoki ekran orqali namuna
beradi. Bu o‘yin bolalarda geometrik shakllarni tanish, tasavvur, mantiqiy fikrlash va ijodkorlikni
shakllantiradi.

Tarbiyalanuvchilarda intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish bo‘yicha ishlarda bola o‘z

fikrini mustaqil ravishda shakllantirishi va asoslashga harakat qilishi, sabab-oqibat aloqalarini
tushunishi, mulohaza yuritishi va xulosalar chiqarishi, yangicha yondashuvlar topishi, noodatiy va
innovatsion fikrlashga intilishi, muammoni yechish qobilyati, kuzatuvchanlik, yangi bilim va
tajribalarni olishga tabiiy qiziqish va intilish kabi sifatlarni shakllantira olganimizdagina biz
maqsadimizga erishgan bo‘lamiz.

Xulosa:

Tа’lim vа tаrbiуа tаrауоnidа mаktаbgаchа уоshdаgi bоlаlаrning intеllеktuаl

qоbiliуаtlаrini shаkllаntirishdа STEAM texnologiyasidаn fоуdаlаnish mаktаbgаchа уоshdаgi
bоlаlаrning mа’nаviу-ахlоqiу dunуоqаrаshini, tаfаkkurini hаr tоmоnlаmа mukаmmаl
shаkllаntirish, tаrbiуаlаsh mеtоdikаsini tаkоmillаshtirish imkоniуаti kеngауtirilаdi. STEAM
texnologiyasidаn tо‘g‘ri vа unumli fоуdаlаnish, strаtеgik mаqsаdning tо‘g‘ri qо‘уilishi ish


background image


Iyun, 2025-Yil

348

sаmаrаdоrligining оshirilishini tа’minlаshgа хizmаt qilаdi. Ushbu ta’lim yondashuvi bolalarga
nazariya va amaliy ko‘nikmalarni samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi va universitetga
kirish va keyingi o‘qishni osonlashtiradi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi bolalarda
STEAM texnologiyasi asosida intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishi uchun ushbu texnologiyani
o‘zi yaxshi egallagan bo‘lishi lozim.

REFERENCES

1.

Иванова Татьяна Ивановна. Педагогические условия
интеллектуального развития старших дошкольников в процессе формирования
математических представлений. Диссертатсия на соисканийе ученой степени
кандидата педагогических наук. Белгород - 2001

2.

Sadikova Sh.A, Yakubova Z.Z. Maktabgacha ta’limda innovatsion faoliyat. O’quv-uslubiy
majmua. Toshkent 2002-(138b)

3.

Maxmutazimova Yu.R. Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari. O’quv qo’llanma –
Toshkent 2022. “Tamaddun” nashriyoti – (145b)

4.

Georgette Yakman. STEAM Education: an overview of creating a model of integrative
education.

References

Иванова Татьяна Ивановна. Педагогические условия

интеллектуального развития старших дошкольников в процессе формирования математических представлений. Диссертатсия на соисканийе ученой степени кандидата педагогических наук. Белгород - 2001

Sadikova Sh.A, Yakubova Z.Z. Maktabgacha ta’limda innovatsion faoliyat. O’quv-uslubiy majmua. Toshkent 2002-(138b)

Maxmutazimova Yu.R. Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari. O’quv qo’llanma – Toshkent 2022. “Tamaddun” nashriyoti – (145b)

Georgette Yakman. STEAM Education: an overview of creating a model of integrative education.