Kichik biznes rivojiga ta’sir etuvchi faktorlar tahlili: Toshkent viloyati misolida

Annotasiya

Ushbu maqolada Tashkent viloyati makroiqtisodiy ko'rsatkichlariga ta'sir qiluvchi eng asosiy omillardan biri bo'lgan sanoat rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar statistik baholanib, uning rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o'rni ayrim statistik tahlil usullarda baholangan. Shuningdek, sanoatning rivojlanishi hududning makroiqtisodiy ko'rsatkichlari rivojlanishiga hamda natijada hudud aholisi farovonligiga qay darajada ta'sir qilishi ilmiy asoslangan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
  • Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
CC BY f
147-151
56

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ajamilova, N. (2024). Kichik biznes rivojiga ta’sir etuvchi faktorlar tahlili: Toshkent viloyati misolida . Taʼlim, Ilm-Fan Va Innovatsiya, Jamiyat Rivojlanishining Asosiy Poydevori, 1(1), 147–151. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-innovation-education/article/view/61917
Nigora Ajamilova, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
tayanch doktoranti
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada Tashkent viloyati makroiqtisodiy ko'rsatkichlariga ta'sir qiluvchi eng asosiy omillardan biri bo'lgan sanoat rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar statistik baholanib, uning rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o'rni ayrim statistik tahlil usullarda baholangan. Shuningdek, sanoatning rivojlanishi hududning makroiqtisodiy ko'rsatkichlari rivojlanishiga hamda natijada hudud aholisi farovonligiga qay darajada ta'sir qilishi ilmiy asoslangan.


background image

«Наука, инновации и образование: ключевые

векторы общественного прогресса»

147

KICHIK BIZNES RIVOJI

GA TA’SIR ETUVCHI FA

KTORLAR TAHLILI:

TOSHKENT VILOYATI MISOLIDA

Ajamilova Nigora Asametdinovna

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tayanch doktoranti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Toshkent viloyati makroiqtisodiy

ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi eng asosiy omillardan biri bo‘lgan sanoat

rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar statistik baholanib, uning rivojlanishida kichik

biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘rni ayrim statistik tahlil usullarda baholangan.

Shuningdek, sanoatning rivojlanishi hudud

ning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari

rivojlanishiga hamda natijada hudud aholisi farovonligiga qay darajada ta’sir

qilishi ilmiy asoslangan.

Kalit so‘zlar:

milliy iqtisodiyot, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, yalpi hududiy

mahsulot, sanoat statistikasi, kichik biznes, kimyo sanoati, statistik guruhlash, tahlil

va sintez.

Аннотация

.

В данной статье статистически оценены факторы,

влияющие на промышленное развитие, которое является одним из основных
факторов, влияющих на макроэкономические показатели Ташкентской

области, а также с использованием некоторых методов статистического

анализа оценена роль малого бизнеса и частного предпринимательства в

его развитии. Также научно обоснована степень влияния развития отрасли

на развитие макроэкономических показателей региона и, как следствие, на

благосостояние жителей региона.

Ключевые слова

:

национальная экономика, макроэкономические

показатели, валовой региональный продукт, отрасли экономики, бизнес,

химическая промышленность, статистическая группировка, анализ и

синтез.

Abstract.

This article statistically evaluates the factors influencing industrial

development, which is one of the main factors influencing the macroeconomic

indicators of the Tashkent region, and also, using some methods of statistical

analysis, evaluates the role of small businesses and private entrepreneurship in its

development. Also, the degree of influence of industry development on the

development of macroeconomic indicators of the region and, as a consequence, on

the well-

being of the region’s res

idents has been scientifically substantiated.

Keywords:

National economy, macroeconomic indicators, gross regional

product, economic sectors, small business, chemical industry, statistical grouping,

analysis and synthesis.


background image

«Наука, инновации и образование: ключевые

векторы общественного прогресса»

148

O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni barqaror iqtisodiy o‘sish garoviga

aylantirish davlatning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. “O‘zbekiston –
2030” strategiyasi maqsadlari doirasida ham kichik va o‘rta biznesni xalqaro
bozorlarga chiqishiga keng imkoniyatlar yaratish va startaplarni qo‘llab-quvvatlash
kabi belgilangan vazifalar davlat biznesning bunday turlarini rivojlanishidan
manfaatdorligini tasdiqlaydi.

O‘zbekistonda 2019-yildan beri yalpi ichki mahsulotning (YIMning) 50 foizi

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatlaridan hosil bo‘lmoqda. 2022-yilda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YIMdagi ulushi 2019-yilga nisbatan 4 foizga
kamaygan hamda ushbu yillarda qurilish va bandlikdagi kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning ulushlari ham 2–3 foizga kamaygan. Eng katta o‘zgarish importda
kuzatilgan bo‘lib, qariyb 13 foizga kamayish kuzatilgan. Ammo bu ko‘rsatkich sanoat
va eksportda ijobiy yo‘nalishga o‘zgarib, 0,2 (sanoat) va 2,6 (eksport) foizlarga
ko‘payish kuzatilgan.

Kichik va o‘rta biznesning “yashillikka” asoslangan ish tartibiga o‘tish doirasida

ham yuqoridagi Qarorda aniq ko‘rsatmalar berilgan. Ya’ni, tadbirkorlik faoliyatini
qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarining
“yashil” va energiya samarador loyihalari bo‘yicha kompensatsiya va kafilliklar
ajratish tizimini yo‘lga qo‘yishi bir chora sifatida belgilangan. Yana bir chora sifatida
esa kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarida yashil texnologiyalarni joriy qilishni
qo‘llab-quvvatlash uchun jamg’armaga xalqaro va xorijiy moliya institutlaridan 100
million dollar miqdorida mablag‘lar jalb qilinishi kerakligi ta’kidlangan.

Davlat hududiy siyosatining asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi

:

mamlakatda hududiy siyosatning iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va tashkiliy

asoslarini yaratish;

hududlarning iqtisodiy imkoniyatlaridan qat'iy nazar, yagona minimal

ijtimoiy standartlar va tеng ijtimoiy himoyani ta'minlash, fuqarolarning ijtimoiy
huquqlarini kafolatlash;

hududlarning

ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanishi

uchun

shart-sharoitlarni

tеnglashtirish;

atrof-muhit ifloslanishini to`xtatish hamda uning ifloslanishi oqibatlarini

yo`qotish, hududlarni komplеks ekologik himoya qilish;

o`ta muhim stratеgik ahamiyatga ega hududlarni ustuvor rivojlantirish;

hududlarning tabiiy - iqlim xususiyatlaridan to`liq foydalanish;

o`zini-o`zi boshqarish kafolatlanishini ta’minlash.

Yuqoridagi maqsadlardan kеlib chiqqan holda hududiy siyosatning

vazifalari quyidagilardan iborat:

• iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mintaqalarda ko`p ukladli iqtisodiyotni,

shu jumladan, kichik tadbirkorlikni shakllantirish, tovar, mеhnat va kapitalning
umumdavlat va Hududiy bozorlari hamda institutsional va bozor infratuzilmasi
shakllanishiga ko`maklashish;

• hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonidaga katta farqlarni


background image

«Наука, инновации и образование: ключевые

векторы общественного прогресса»

149

kamaytirish, ularda aholi farovonligini oshirishning o`z iqtisodiy bazalarini
mustahkamlovchi sharoitlarni bosqichma - bosqich yaratish;

• hududlar iqtisodiy tuzilmasining ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan o`zini

oqlaydigan darajasiga erishish, bozor sharoitida ularning raqobatbardoshligini
oshirish;

• hududlararo infratuzilmaviy tizimlarni (transport, aloqa axborot va boshqalar)

rivojlantirish;

• ekologik va favqulodda holatlarga uchragan, ishsizlik darajasi yuqori bo`lgan,

dеmografik va migratsion muammolar mavjud hududlarga davlat tomonidan yordam
ko`rsatish, endi esa hududiy siyosat vositalarini ko`rib chiqamiz.

Siyosatni amalga oshirish vositalari sifatida mikro va makro darajada

qo`llaniladigan turli xil bеvosita va bilvosita, ma'muriy-huquqiy va iqtisodiy
vositalar xizmat qiladi. Hududiy siyosatni amalga oshirish vositalari quyidagi
shakllarda bo`lishi mumkin:

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni prognoz qilish;

hududlar iqtisodiyoti va ijtimoiy soha obyektlarini rivojlantirishda

davlatning to`g`ridan - to`g`ri ishtiroki; - davlat buyurtmalarini joylashtirish;

mahalliy hokimiyat imkoniyatlari chеgaralangan faoliyat sohalarida

xudularga tashkiliy, huquqiy va axborot ko`magini ko`rsatish;

iqtisodiy mеxanizm va vositalarni qo`llash;

erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish.

Prognoz qilish –

Hududiy taraqqiyot stratеgiyasini ilmiy asoslash va Hududiy

siyosatni ishlab chiqishning muhim tarkibiy qismi, prognozlarni ishlab chiqishdan
asosiy maqsad – yuz bеrayotgan va kutilayotgan jarayonlarning rivojlanishi, hududiy
siyosat va uni amalga oshirish vositalarining variantlari, u yoki bu boshqaruv
qarorlarining oqibatlarini baholashahri Mintaqaviy siyosatni amalga oshirish
shakllaridan biri davlatning mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha
maqsadli dasturlari hisoblanadi. Ularga hozir ham, kеlajakda ham alohida e'tibor bеrish
kеrak. Hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy soha obyektlarini rivojlantirishda davlatning
to`g`ridan-to`g`ri ishtiroki manzilli tartibga solish yo`llaridan biri sifatida namoyon
bo`ladi. Bunga misol tariqasida mamlakatda invеstitsion loyihalarni ishlab chiqish va
amalga oshirishni kеltirish mumkin. Hududiy rivojlanishni davlat tomonidan tartibga
solishning asosiy iqtisodiy mеxanizimi budjet tizimi hisoblanadi. Budjetlar qonuniy
aktlar asosida qabul qilinadi va ishlatiladi. Hududiy rivojlanishning makroiqtisodiy
vositalari davlatning soliq, krеdit, invеstitsiya, narx, ijtimoiy va boshqa siyosatning
hududlar bo`yicha diffеrеnsiatsiyalashgan paramеtrlari sifatida namoyon bo`ladi.
Shunday qilib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga
solish davlat iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismidir.

Dunyoning rivojlangan mamlakatlari sanoat tarmog‘ini yuksaltirish orqali

yuqori darajada iqtisodiy o‘sishga erishgan. Sanoat tarmog‘ini rivojlantirishda, o‘z
navbatida, bozor talablaridan kelib chiqib tezkor moslanuvchan va moliyaviy risklarga
bardoshli hisoblangan hamda ishsizlik muammosini asosiy yechimi bo‘lgan kichik


background image

«Наука, инновации и образование: ключевые

векторы общественного прогресса»

150

biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi yillar davomida yanada yuksalib kelmoqda.
Iqtisodiyot aniq raqamlar, hisob-kitoblar bilan birga, odamlar turmush tarzida yuz
berayotgan real o'zgarishlar, natijadorlikni xush ko'radi. 2022-2026 yillarga
mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 29-maqsadiga ko’ra,
tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish
uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning YaIMdagi ulushini 80 foizga va
eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish belgilangan. Mamlakatimizda kichik biznesni
va xususiy tadbirkorlikni yanada barqaror qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining
kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi
ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab
chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”
2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi
Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qarorlari qabul qilingan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek:
“Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investisiya siyosatini yuritgan
bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investisiya –
bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag‘a
bo‘lmaydi”.

Xulosa qilish mumkinki, kichik va o‘rta biznes mamlakatning iqtisodiy

rivojlanishida katta ahamiyatga ega va shuni hisobga olgan holda davlat idoralari,
xalqaro tashkilotlar va umuman manfaatdor tomonlar kichik va o‘rta biznesning
rivojlanishini jadallashtirish uchun birga ishlashlari kerak. Inson salohiyatini oshirish,
ayniqsa ayollarning va yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash yanada
barqaror iqtisodiyotni yaratishda muhim omil hisoblanadi. Xususiy sektor va davlat
o‘rtasidagi hamkorlik kichik va o‘rta biznes orqali ilg'or tajribalarni namoyon etishda,
barqaror va inklyuziv iqtisodiy muhitni yaratishda juda muhim hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoy

evning 2022-yil 28-

yanvardagi “2022

-2026-

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot

strategiyasi to‘g‘risida”gi PF

-60 sonli farmoni. http//lex.uz

2. D.A. Ismailov. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. Scientific Progress

Volume 2 ǀ Issue 7 ǀ

2021 ISSN: 2181-1601

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga

Murojaatnomasi.//Xalq so‘zi, 29.12.2018 y

4.

O`zbеkiston Rеspublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida»gi

Qonuni.

«Xo`jalik va xuquq», 2000 y., 9

-son.


background image

«Наука, инновации и образование: ключевые

векторы общественного прогресса»

151

5.

O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining «To`g`ridan –

to`g`ri xususiy

xorijiy invеstitsiyalarni jalb etishni rag`batlantirish borasidagi qo`shimcha

choratadbirlar to`g`risida»gi Farmoni. –

«Xalq so`zi», 2005y., 12 aprеl.

6.

I.A.Karimov “Mamlakati

mizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil

davom ettirish

–davr talabi”. Xalq s o`zi, 2009y 14 fеvral.

7. Bakhtiyarovna, Y. E. (2019). Portfolio as an assessment tool for

individualized instruction. Достижения науки и образования, (5 (46)).






























Bibliografik manbalar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60 sonli farmoni. http//lex.uz

D.A. Ismailov. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. Scientific Progress Volume 2 I Issue 7 I 2021 ISSN: 2181-1601

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.//Xalq so'zi, 29.12.2018 у

O'zbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida»gi Qonuni. - «Xo'jalik va xuquq», 2000 y., 9-son.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «To'g'ridan -to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha choratadbirlar to'g'risida»gi Farmoni. - «Xalq so'zi», 2005y., 12 aprel.

I.A.Karimov "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish-davr talabi”. Xalq s o'zi, 2009y 14 fevral.

Bakhtiyarovna, Y. E. (2019). Portfolio as an assessment tool for individualized instruction. Достижения науки и образования, (5 (46)).