61
TERMINLARNING TIBBIYOT SOHASIDAGI ROLI
Botirova M.M., Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti,
109-guruh davolash ishi yoʻnalishi
Ilmiy rahbar: katta oʻqituvchi Akbarxodjayeva F.A.
ToshPTI, Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi
Dolzarbligi.
Qadim davrlardan buyon tibbiyot sohasi bemorlarni davolash,
kasalliklarning oldini olish bilan shugʼullanuvchi soha hisoblangan. Shifokor bo’lishni orzu
qilgan har qanday talaba tibbiy terminlarni yaxshi tushunishi, amalda to’g’ri qo’llay olishni
dilishi lozim. Тibbiy terminlar organ yoki to’qimada o’zgarishlar natijasida kelib chiqqan
kasalliklarning holatlarini ko’rsatib berishga yordam beradi.
Zamonaviy tibbiyot terminologiyasi eng murakkab terminologik tizimlardan biri
bo`lib, bu tizim fondida 500mingdan ortiq tibbiy atamalar mavjud.
Ishning maqsadi.
Tibbiyot terminlari bu tibbiyotning yoʻnalishlari boʻlmish davolash
ishi, pediatriya, klinika, tibbiy-profilaktika, stomatologiya, xirurgiya, nevrologiya,
farmatsevtika, kardiologiya, onkologiya, oftalmologiya; hodisa va jarayonlar, ularning belgi
va xususiyatlarini nomlash uchun qoʻllaniladigan maxsus soʻz va soʻz birikmalaridir. Tibbiy
terminlarning aksariyat qismi lotin-yunon tilidan ekanligi hamda ular baynalmilal tizimni
tashkil qilishi, dunyodagi barcha tib ilmi vakillarini bir-birlarini oson tushunishga vosita boʻlib
xizmat qiladi. Lotin va yunon tili zamonaviy dunyoning muhim madaniy hodisasi boʻlib
qolmoqda. Ushbu tilsiz, inson faoliyatining koʻplab sohalarini tasavvur etib boʻlmaydi.
Bizga maʼlumki, Yevropa davlatlarining tibbiyot sohasi shakllanishi hamda rivoji
boshqa mamlakatlarning tibbiy olamidan anchagina oldinda. Tibbiyot sohasidagi barcha ilmiy
adabiyotlar lotin tilida talqin etilgan va shu kungacha bu til oʻz mavqeini yoʻqotmagan. Shuning
uchun tibbiyot institutlarida ilk yillarda oʻtiladigan lotin tili fani katta ahamiyatga egadir.
Tibbiyot sohasidagi fundamental fanlarni yaxshi o`zlashtirish uchun, avvalo, lotin tili puxta
egallanishi kerak. Tibbiyotda lotin tili anʼanaviy ravishda anatomik, klinik va farmatsevtik
terminologiyada qo‘llaniladi. Lotin-yunon tilini bilish dunyoning turli mamlakatlaridagi
shifokorlarga bir-birlarini oson tushunish imkonini beradi. Masalan,
gastroenteritis
- oshqozon
va ingichka ichakning yalliglanishi,
hypoglykaemia
- qonda glukoza miqdorining kamayishi,
ophthalmoscopia
– ko`zni maxsus asbob yordamida tekshirish,
adenomyoma
- bez va
mushakdagi osma,
ulorrhagia
- milkdan qon oqishi, otoplastica - quloqni tiklash operatsiyasi,
encephalomalacia
- bosh miyaning yumashashi kabi terminlarni keltirishimiz mumkin. Lotin
tilini tibbiyotda qoʻllashning azaliy anʼanasi butun dunyodagi shifokorlar uchun va tibbiy
taʼlimni birlashtirishda xizmat qiladi.
Lotin tili farmakologiyada ham alohida oʻrin tutadi. Inson tanasining barcha aʼzolari va
qismlari lotin yoki lotinlashtirilgan nomlarga ega. Xuddi shu narsa dorilar nomlariga ham
tegishli; ushbu sohada birlashish, ayniqsa, muhimdir, chunki ularsiz dori-darmonning ulkan
dengizida sayohat qilib boʻlmaydi. Bir mamlakatda yozilgan retsept dunyoning boshqa
mamlakatlarida oson tushunilishi uchun retseptlar lotin tilida va maʼlum qoidalarga muvofiq
yozilgan va yozilmoqda.
Koʻp iboralar tibbiyot sohasida tugʼilgan. Bularga, masalan, yunon shifokori
Gippokratga tegishli boʻlgan mashhur iboralar kiradi:
Ars longa, vita brevis
(Hayot qisqa, sanʼat
abadiy),
Mens sana in corpore sano
(Sogʼlom tanda sogʼlom aql),
Natura sanat, medicus curat
(Shifokor davolaydi, tabiat sogʼaytiradi),
Optimum medicamentum quies est
(Xotirjamlik – eng
yaxshi dori).
62
Xulosa.
Tibbiy terminologiya deyarli mingga yaqin yangi terminlar bilan boyib boradi.
Darhaqiqat, terminlarning mavjudligi kasallik alomatlari, bemorning shikoyatlari, qoʻyilgan
tashxis va davolash natijalarini aniq tasvirlash orqali amalga oshiriladigan tartibli vazifadan
dalolat beradi.
Аdabiyotlar ro'yxati:
1.
Хамроева, Юлдуз Абдурашидовна, and Л. С. Хамраева. "Роль биомеханических
параметров глаза в развитии врожденной глаукомы у детей." Российская педиатрическая
офтальмология 2 (2014): 30-31.
2.
Бабаджанова, Л. Д., and Д. Б. Каримова. "КЛИНИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ
КАТАРАКТЫ
У
ПАЦИЕНТОВС
МИОПИЕЙ
ВЫСОКОЙ
СТЕПЕНИ."
МИНИСТЕРСТВО
ЗДРАВООХРАНЕНИЯ
РЕСПУБЛИКИ
УЗБЕКИСТАНА
ТАШКЕНТСКИЙ ПЕДИАТРИЧЕСКИЙ МЕДИЦИНСКИЙ ИНСТИТУТ 56 (2002): 300.
3.
МАХМУДОВА, ДТ, et al. "Совершенствование хирургического лечения синдрома
Дуэйна у детей." Вестник офтальмологии 137.6 (2021): 33-37.
4.
Khamraeva, L. S., and L. Yu Bobokha. "Biochemical analysis of chamber moisture of the eye
in frequently ill children with congenital cataract. Russian National Ophthalmological Forum
13th: Collection." Scientific Proceedings. M (2020): 286-289.
5.
Бузруков, Б. Т. "Генетические гипотезы и оценка пенетрантности гена первичной
глаукомы." Глаукома 3 (2006): 3-6.
6.
Закирходжаева, Дилорам Асраловна, and Арофат Зиевутдиновна Тошпулатова.
"ТРАВМАТИЧЕСКАЯ КАТАРАКТА У ДЕТЕЙ." Re-health journal 2 (10) (2021): 117-
121.
7.
Абдуракхманова, Ч., Бузруков , Б., Махмудова, Д., & Абдуллаева, Д. (2024). Features of
management of children with congenal cataracts and accompanying visual pathology, in
Library,
4(4),
1795-1797.
извлечено
от
https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/46776
