XXI CENTURY RENAISSANCE IN THE PARADIGM OF SCIENCE,
EDUCATION AND TECHNOLOGY INNOVATIONS
241
XORAZM O’G’UZ SHEVALARIDA FRAZEOLOGIK SINONIMLARNING
QO’LLANILISHI
Shamuratova M.I.
Nukus, O‘zbekiston
O’zbekiston davlat, san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o’qituvchisi
Frazeologik sinonimiya bo’yicha ko’plab tadqiqotchilar ish olib brogan. Bu hodisa
turli tillar, jumladan, rus, nemis, ingliz, o’zbek, ozarbayjon, turk, boshqird va boshqa
tillar materiallari asosida ham o’rganilgin. Frazeologik sinonimiya masalasining
tilshunoslikda o’rganilish tarixi Sh.Rahmatullayevning “O’zbek frazeologiyasining ba’zi
masalalari” nomli monografiyasida ham qisman o’z aksini topgan. Olim shuni alohida
ta’kidlaydiki, “frazeologik sinonimiya uchun umumiy va eng muhim mezon – bu
semantik mezondir. Har bir sinonimik uyadagi (sinonimik qatordagi) frazeologik birliklar
obyektiv borliqdagi bir xil tushunchalarni anglatishi kerak va shu bilan birgalikda, bir xil
ma’noni anglatishi shart”. Chunki, har bir frazeologik sinonimlarning asosida turli
obrazlar yotadi.
Tilshunos M.Vafoeva o’zbek tilidagi frazeologik sinonimlarni alohida tadqiq
qilgan [1; 7-21]. Qoraqalpoq tilshunosligida frazeologik sinonimiya alohida
o’rganilmagan bo’lsa ham, darslik, o’quv qo’llanma va ilmiy maqolalarda bir qancha
fikrlar mavjud.
Tildagi frazemalar lug’aviy ma’nosi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan,
sukut amalini bildiradigan
og’z(i)ga tolqon sol-,og’z(i)ga qatiq ivit-, mum tishla-
frazemalari ayni bir lug’aviy ma’noni – “mutlaq gapirma-“, “suhbatda mutlaqo
qatnashma-“ ma’nosini anglatadi.
Xuddi shu sinonimik uyaga mansub bo’lgan “
og’zining tanobi qochmoq
” iborasi
esa nisbatan kam qo’llanadi va asosan badiiy nutq uslubiga xoslanishi bilan ajralib turadi.
Frazeologizmlarning shakllanishida hamda nutqning ta’sirchanligini oshirishda
frazeologik sinonimlar va variantlilik ham jozibali, obrazli ifodalanishda muhim til
birikmalari hisoblanadi. Bunday holatni biz aynan o’zbek shevalaridagi iboralarda ham
ko’rishimiz mumkin.
O’rganilayotgan sheva og’zaki nutqida ishlatiladigan iboralarning ham ko’plab
sinonim variantlari uchrab turadi.
Biz quyida Xorazm o’g’uz shevalaridagi iboralarning sinonimlarini izohlab
o’tamiz. Masalan: ushbu sheva og’zaki nutqida juda charchamoq ma`nosini bildiruvchi
«Og’zini suvi oqdi»
iborasi mavjud bo’lib, bu ibora o’zbek adabiy tilidagi
“Holdan
toymoq”
iborasiga teng keladi. Shuningdek, ushbu iboraning shu sheva tilida
,,Oyoqinnan o’t chiqdi’’
sinonim iborasi ham uchrab turadi.Bu iboraning birinchi
iboradan deyarli farqi yo’q. Masalan: To’y o’yda ish atavarip, oyoqimnon o’t chiqdi yoki,
buni o’rniga og’zimni suvi oqdi birikmasini ham qo’llash mumkin.
Endi, Qo’shko’pir aholi shevasi nutqida bu iboralar bilan yana bitta sinonimlik
hosil qiluvchi ibora borki, bu ibora
“
Go’zzini ko’ki so’kildi”
tarzida qo’llanadi. Bu ibora
ham qattiq charchadi ma’nosini bildiradi. Garchi uning ma’nosi ham yuqoridagi iboralar
bilan deyarli bir xil bo’lsa-da, bu iboraning ahamiyatli jihati ham borki, ibora sal tor
XXI CENTURY RENAISSANCE IN THE PARADIGM OF SCIENCE,
EDUCATION AND TECHNOLOGY INNOVATIONS
242
ma’noda ishlatilib, faqat ko’z orqali qilinadigan jismoniy harakatlarga nisbatangina(
kompyuterda ishlash, tikuv mashinasida ishlash) ishlatiladi. Jumladan: Dinmin moshin
tikavarip go’zzimni ko’ki so’kildi(Shu sheva og’zaki nutqidan).
«Yuzi eshakni derisidin qolin»
ayrim holatlarda
«Yuzi eshakni derisinnanam
qoling»
ba’zida faqatgina
“Yuzi qoling
tarzida ham qo’llaniluvchi ushbu ibora Xorazm
o’g’uz shevalarida uyalmaslik, andisha qilmaslik ma’nolarini bildiradi. Uning o’zbek
adabiy tilida «Yuzi chidaydi»,
«
Beti chidaydi»
singari variantdoshlari ham shu sheva
og’zaki nutqida almashinib qo’llanadi. Masalan: Uzi qiz bolo bo’som yuzi eshakni
derisinnin qolinakan, gapam ta’sir atmidi (Qo’shko’pir shevasida ).
«Yuzi gun go’rmagan»
iborasi oppoq degan ma’noni bildiradi. Bu iboraning
o’g’uz shevasida
«Marqa»
degan sinonimi ham uchraydi. Bu iboralarni esa sinonim
ibora desak bo’ladi, chunki bu iboralarning ma’nosi deyarli bir-xil yozilish va aytilish
jihatdan umuman farq qiladi. Qizingiz nabalo oppoq, yuzi gun go’rmayanqu (Shu sheva
og’zaki nutqidan).
Shuningdek, Xorazmm o’g’uz shevalarining Xiva shevasida bir necha variantlarda
qo’llanuvchi
«Qo’yloni qumo yuvarip»
iborasi mavjud bo’lib u
«Pochcho poroxot»,
«Parvoyi palakda, ishtoni talakda»
iboralari bilan sinonim tarzida ham qo’llaniladi.
Beg’am, beparvo, parvoyiga kelmaslik degan ma’nolarni bildiradi. Bu iboralarning
o’zbek adabiy tilidagi
«Dunyoni suv bossa, to’pig’iga chiqmaydi», «Parvoyi falak»
kabi
sinonimlari mavjud. Jumladan:
Bu kishi hamma voxt shunnin: qo’yloni qumo yuvarip
o’tirodi
(Xiva shevasida ).
«Yurakim yorildi
iborasi qo’rqmoq ma`nosini bildirib o’zbek adabiy tilidagi
“Kapalagi uchdi”, “O’takasi yorilayozdi” iboralariga teng kela oladi va qo’rqib ketmoq
ma’nosini ifoda etadi. Bu iboraning shu shevadagi «
Imonim ushti»
tarzida ham
qo’llanadi. Bu iboralarni sinonim ibora desak xato bo’lmaydi. Masalan:Voy voy
boqirmin galavar yurakim yorildiquuu (Shu sheva og’zaki nutqidan).
“Bitini siqsong, qon chiqmidi”
iborasi tilimizdagi ziqna, qizg’anchiq so’zlariga
teng keladi. Bu iboraning shu sheva tilida “
Bitina qon barmidi”
,
Bitini siqib qonini
yolidi”
kabi sinonim variantlari ham qo’llanadi. Bu iboraning barchasi bir-biri bilan
sinonimlik qatorni tashkil qiladi. Jumladan: Bi boyloni ko’pisi shunning bo’lodi uzi,
bitina qon barmidi ( Shu sheva og’zaki nutqidan).
Shuningdek ushbu shevalarda
“Borg’ono boldiz, galgana yengga”
kerakli va
keraksiz joylarga ham boraveradigan, hamma joyda topiladigan, odamga nisbatan
qo’llaniladi. Masalan:
O’lmagay bi bolo hammed bo bi borg’ono boldiz, galgana
yenggachilik atip
. (Shu sheva og’zaki nutqidan). Bu iboraga ibora holida sinonim
bo’luvchi birlik ham mavjud bo’lib,
“Yo’ldo ishtonini giyadi”
tarzida qo’llanadi.
Qidirishmo dasa yo’ldo ishtonini giyadi bi
(Shu sheva og’zaki nutqidan).
Og’zi qonoyincho so’llidi
iborasi ko’p gapiradi degan ma’noda qo’llanadi bu
ibora
og’zi angakini yedi
tarzida ham qo’llanadi. O’zbek adabiy tilidagi, “Labi-labiga
tegmaydi” iborasi bilan ma’nodoshlik hosil qila oladi. Jumladan:
Quloqlorim og’rip getti
mni gappinnan, uzam og’zi qonoyincho so’lladi oxir
(Shu sheva og’zaki nutqidan).
Go’zzi po’stinni yirtiqidin iborasi
bir narsaga hayrat yoki, jahli chiqqan
insonning ko’zini katta- katta ochilgan holatiga nisbatan ishlatiladi. Ma’nosi ko’zi katta
ochilgan birikmasiga teng keladi. Ushbu shevada yana bitta shunga o’xshash ibora ham
uchrab turadi, ya’ni “
Go’zzi kambog’olni otizidin”, “Go’zzi o’g’rinikidin”
iborasi ham
XXI CENTURY RENAISSANCE IN THE PARADIGM OF SCIENCE,
EDUCATION AND TECHNOLOGY INNOVATIONS
243
yuqorida aytilgan ibora bilan o’xshash bo’lib, ko’zlari
alang, jalang degan ma’noni ham
bildiradi.
Mn:
Voy voy nabalo, go’zzi kambog’olni otizidin
(Shu sheva og’zaki nutqidan).
O’g’uz lahjasi ayrim shevalarida
“Ita soyo barmidi”
iborasi mavjud bo’lib,
bu
iboraning “Ita hayri deymidi”
variant ham mavjud. Bu iboralarning har ikkalasi
hech
kimga nafi tegmaydigan odamga nisbatan qo’llaniladi. Masalan:
Ita soyo barmin girip-
chiqovarma
(Shu sheva og’zaki nutqidan). Ita hoyring deymin girip chiqovarding san
(Shu sheva og’zaki nutqidan).
Shunday qilib, sinonimiya variantdoshlikka nisbatan ancha keng tushunchadir.
Frazeologik sinonimlar va frazeologik variantlar o’zbek tilining kuchli tasviriy-uslubiy
manbalaridan biridir. Shuning uchun izohli, frazeologik va boshqa tip lug’atlarda
frazeologik sinonimlar ham, frazeologik variantlar ham o’z aksini topishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Вафоева М. Ўзбек тилида фразеологик синонимлар ва уларнинг структурал-
семантик таҳлили. Филол. фан.ном. ...дисс автореферати. –Тошкент, 2009. – С. 7-
21.
2. Mamatov A. Frazeologik stilistika masalalari. –T., 1991. – 120 b.
3. Rahmatullayev Sh. O’zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari. – T.: Fan, 1966. – 264
b.
4. Rahmatullayev Sh. O’zbek tilida fe’l frazemalarning bog’lashuvi. –T.: Universitet,
1992. – 126 b.
5. Yo’ldoshev B. Hozirgi o’zbek adabiy tilida frazeologik birliklarning funksional-
uslubiy xususiyatlari.: Filol.fan.dok. dis. …avtoref. –T., 1993. – 49 b.
6. Yo’ldoshev B. Frazeologik uslubiyat asoslari. SamDU. – S., 1999. – 200 b.
