Grafik ta’lim jarayonida dizayn fikrlashni rivojlantirishda elektron resurslardan foydalanish

Abstract

Hozirgi kunda oliy ta’lim maskanlarida grafik ta’limga alohida e’tibor qaratilmoqda. Grafik ta'lim sohasini ya’nada jozibali qilib ko'rsatishda dizayn fikrlash muhim omillardan biri ekanligi o‘z isbotini topdi. Xususan arxitektura yo'nalishi mutaxassislari hisoblanmish muhandis-quruvchilar uchun dizyn fikrlash va uning nazariy jihatlarini mukammal bilib talab etiladi. Chunki ular yaratayotgan va barpo etayotgan loyiha inshoatlari foydalanuvchilar uchun qulay va shinam bo'lishi talab etiladi. Shuning uchun ham dizayn fikrlash va uning nazariy jihatlari, takibiy tuzilmasini o'rganishlari talab etiladi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
CC BY f
384-387
42

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Mardov, S. (2024). Grafik ta’lim jarayonida dizayn fikrlashni rivojlantirishda elektron resurslardan foydalanish . Новый Узбекистан: наука, образование и инновации, 1(1), 384–387. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/new-uzbekistan/article/view/32656
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Hozirgi kunda oliy ta’lim maskanlarida grafik ta’limga alohida e’tibor qaratilmoqda. Grafik ta'lim sohasini ya’nada jozibali qilib ko'rsatishda dizayn fikrlash muhim omillardan biri ekanligi o‘z isbotini topdi. Xususan arxitektura yo'nalishi mutaxassislari hisoblanmish muhandis-quruvchilar uchun dizyn fikrlash va uning nazariy jihatlarini mukammal bilib talab etiladi. Chunki ular yaratayotgan va barpo etayotgan loyiha inshoatlari foydalanuvchilar uchun qulay va shinam bo'lishi talab etiladi. Shuning uchun ham dizayn fikrlash va uning nazariy jihatlari, takibiy tuzilmasini o'rganishlari talab etiladi.


background image

384

8.

Solidjonovich, M. N., O‘G‘Li, I. S. R., O’Gli, F. V. O., & O‘G‘Li, S. A. N. (2023).
SUN’IY INTELLEKT VOSITALARINI TA’LIMNI NAZORAT QILISH VA
BAHOLASHDA QO ‘LLASH. Al-Farg’oniy avlodlari, 1(4), 291-297.

GRAFIK TA’LIM JARAYONIDA DIZAYN FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA

ELEKTRON RESURSLARDAN FOYDALANISH

Mardov Sanjar Xudoykulovich

PhD, v.b., dotsent,Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

sanjar.mardov@mail.ru

Annotatsiya:

Hozirgi kunda oliy ta’lim maskanlarida grafik ta’limga alohida e’tibor

qaratilmoqda. Grafik ta’lim sohasini ya’nada jozibali qilib ko‘rsatishda dizayn fikrlash muhim
omillardan biri ekanligi o‘z isbotini topdi.

Xususan arxitektura yo‘nalishi mutaxassislari

hisoblanmish muhandis-quruvchilar uchun dizyn fikrlash va uning nazariy jihatlarini mukammal
bilib talab etiladi. Chunki ular yaratayotgan va barpo etayotgan loyiha inshoatlari
foydalanuvchilar uchun qulay va shinam bo‘lishi talab etiladi. Shuning uchun ham dizayn
fikrlash va uning nazariy jihatlari, takibiy tuzilmasini o‘rganishlari talab etiladi.

Kalit so‘zlar:

dizayn fikrlash, grafik ta’lim, interer, grafik dastur, standart, innovatsiya,

grafika, arxitektura, muhandis, vektorli grafika, loyiha, modeling.


Ayniqsa XXI – asr axborot texnologiyalar asridan ta’limning qaysi boʻgʻinida boʻlishidan

qa’tiy nazar axborot texnologiyalaridan foydalanmasdan turib oʻqitishda sifat–samaradorlikka
erishib boʻlmaydi. Oldinlari darslarda faqat ma’ruzalar ogʻzaki, amaliyotlar doskalarda yozish
chizish orqali oʻtilar edi. Asta-sekinlik bilan koʻrgazmali materiallardan, pedagogik
texnologiyalardan foydalanishga oʻtildi. Bu holatda gumanitar fanlar, tabiiy fanlar va aniq
fanlarning ba’zilarida natija yaxshi boʻlar edi. Lekin aniq fanlar qatorida boʻlgan arxitektura
sohasidagi fanlarini oʻqitishda kutilgan natijaga va pedagog oʻz oldiga qoʻyilgan maqsadga
erisha olmasdi. Sababi arxitektura sohasidagi fanlarni oʻzlashtirishda talabalardan kuchli
intellektual salohiyat, dizayn fikrlash va fazoviy tasavvur, yuqori darajadagi xotira talab e’tadi.
Chunki mavzuni tushuntirish jarayonida talaba qanday jarayon ketayotganini toʻla anglab
yеtmasa, mavzu mohiyatini toʻla tushuna olmaydi. Keyinchalik bu fanning qolgan mavzularini
ham tushunmaydi, arxitektura sohasidagi fanlar mavzularini oʻzaro uzviy bogʻliqdur. Koʻrib
chiqilayotgan muammoning boshqa tarafiga ham toʻxtalib oʻtsak. Doskada pedagog qanchalik
moxirlik bilan chizmasin baribir chizilayotgan narsani toʻla koʻrsatib bera olmaydi. Koʻrgazmali
materiallar orqali ham yеtkazilayotgan ma’lumot toʻla yеtkazilmaydi. Talabalar dizaynga bogʻliq
boʻlgan fanlarning mavzularini mukammal oʻzlashtirish uchun dars jarayonida pedagog axborot
texnologiyalaridan oʻz oʻrnida va unumli foydalanishini ta’lab etadi. Loyihalashga bogʻliq
fanlarda ayniqsa arxitektura sohasidagi fanlarda axborot texnologiyalaridan samarali
foydalanish, pedagog oʻz oldiga qoʻygan maqsadiga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi[1].
Chunki talabalar chizish bilan bir vaqtning oʻzida chizayotgan narsalarini umumiy koʻrinishda
koʻrib borsa mavzu mohiyatini ya’nada chuqurroq anglab yеtadilar. Arxitektura sohasidagi
fanlarda asosan qurilishdagi standartlar, materiallarning shartli tasvirlanishlari, binolarning
qirqimlari va boshqa shunga oʻxshash jihatlar talabalarga oʻrgatiladi. Keling endi arxitektura
qurilish chizmachiligi boʻlimining biror bir darsida axborot texnologiyalarning tadbigʻini koʻrib
oʻtaylik. Pedagog talabalarga biror bir xonaning intererini chizish mavzusini talabalarga
tushuntirishda albatta grafik dasturlardan foydalanishi lozim boʻladi. Hozirgi kunda grafik
dasturlar nihoyatda koʻp. Misol tariqasida quyidagilarni keltirib oʻtishimiz mumkin: ArchiCad,
3d Max, Lumion, Auto Cad, va boshqa grafik dasturlani ham sanab oʻtishimiz mumkin. Pedagog
bu dasturlar ichidan mavzu mohiyatiga mos boʻlgan grafik dasturlarni tanlashi lozim.

Interer qurushimiz uchun avvalo biz xonaning devorlari va pollarini yaratishingiz kerak.

Agar siz binolarning oʻlchamlari bilan rejangiz boʻlsa, u holda devorlarni ular boʻylab choʻzish
qiyin boʻlmaydi. Agar sizda rejangiz boʻlmasa, ishlab chiquvchilar veb-saytlaridan olingan


background image

385

rasmlardan foydalanib, qutini yaratishingiz mumkin. Deraza va eshik teshiklarining oʻlchamlari
va joylashuvi ham ushbu printsipga muvofiq tanlanishi yoki eshik va deraza bloklarining
standart oʻlchamlari boʻyicha qoʻllanilishi mumkin. Masalan, eshikning standart kengliklari 60,
70, 80, 90 sm, balandligi - 200 sm. Oynali bloklarning oʻlchamlarini ishlab chiqaruvchilarning
veb- saytlarida topish mumkin, kengliklarning konfiguratsiyasi va soni har xil.

Biz quyidagi oʻlchovlarni olamiz:
Eshik bloki - 900x2000 mm;
Deraza bloki - 1460x1480 mm, balandligi poldan 800 mm.
3ds max ish maydonida yangi sahnani oching. Rasmni yaratishda kelajakda hech

qanday muammo boʻlmaydi, shuning uchun barcha elementlar hozirgi hajmgacha imkon
qadar yaqinroq joylashtirilishi kerak[2].

Biz poldan boshlaymiz - devorlari 4000 mm va 6600 m va qalinligi -250mm kabi

toʻrtburchaklar (BOX) yarating, shunda u pastga tushadi.

Yaratilgan maydonga sichqonchaning oʻng tugmachasini bosing, kontekst menyusi

paydo boʻladi,

Convert To - Convert To Editable Poly

tanlang. Biz qutini koʻpburchak

obʻyektga aylantirdik. Endi barcha yon koʻpburchaklarni tanlang, tahrirlash koʻpburchaklar
qismida Extrude yonidagi katakchani tanlang va ekstruziya qiymatini mahalliy usul bilan
250 mm ga qoʻying (1-rasm).

1-rasm

Biz devorlarga poydevor qildik, endi biz devorlarni xuddi shu tarzda Exturude

modifikatori orqali koʻtaramiz.

Bizning derazamizning oʻlchamlari bilan yordamchi qutini qoʻshaman. Biz deraza oʻrnini

zomonaviy talablarga mos tarzda poldan boshlaymiz va dearz oʻrnini ham bir yoʻla yaratib
ketamiz. Eshik va deraza oʻrnini ochish uchun Boolean modifikatoridan foydalanamiz.

Bizda xonaning umumiy koʻrinishi paydo boʻldi. Endi biz toʻgʻridan-toʻgʻri xonaning

dizayniga oʻtamiz. Biz mebelni qoʻshishimiz, dekor haqida oʻylashimiz, barcha kerakli
elementlarni toʻldirishimiz kerak. Oʻzingizning barcha elementlarni modellashtirish ancha uzoq
va mashaqqatli jarayondir[3]. Ichki makon uchun barcha asosiy 3d modellarni 3d modellar
katalogidan yuklab olish mumkin, shuning uchun bizning vazifamiz ushbu elementlarning
barchasini xonaning ichki koʻrinishiga toʻgʻri joylashtirish mihim hisoblanadi. Ichki makonni
yanada tabiiy va aniqroq qilish uchun, odamning mavjudligi izlarini qoʻshishingiz kerak,
masalan, yostiq burishgan, adyol biroz burishgan boʻlishi kerak. Stolda siz krujka va nonushtadan
qolgan plastinka qoʻshishingiz mumkin. Kreslolar, siz ularni qatʻiy ravishda parallel ravishda
qoʻyishingiz mumkin, lekin agar javonlarda kitoblar boʻlsa, ularni biroz kattalashtiring - ularni
alohida-alohida qoʻyish mumkin, goʻyo bu boshqalarga qaraganda tez-tez olinadi. Ichki makonda
bu kichkina narsalar qanchalik koʻp boʻlsa, tabiiyroq boʻladi. Barcha ishlar yakunlangandan soʻng
interyerimizni finalniy renderga qoʻyamiz.


background image

386

2-rasm

Xulosa oʻrnida shuni ta’kidlab oʻtish joizku arxitektura-qurilish yo‘nalishida barcha

fanlarni o‘qitishda grafik dasturlardan foydalanish vositasida talabalarning fazoviy
tasavvurlarini rivojlantirishga oid ilmiy-metodik manbalarning tahlili, shuningdek, oliy ta’lim
muassasalarida grafik ta’lim amaliyotining tahlillari natijasida quyidagi xulosalarga kelishi
mumkin bo‘ladi.

1.

Arxitektura sohasidagi fanlarga kompyuter grafikasining integratsiyasi natijasida

kompyuter grafikasini fan sifatida yuzaga kelishining ijtimoiy-pedagogik zaruriyarti ob’ektiv
hodisa bo‘lib, bu borada muayyan darajada ilmiy asosi yaratilgan. Shuningdek, grafik ta’lim
amaliyotida kompyuter texnologiyalaridan, grafik dasturlardan foydalanish bo‘yicha tajribalar
to‘plangan.

2.

Manbalarning tahlillariga ko‘ra bugungi kunda Arxitektura sohasidagi fanlarda

grafik tayyorgarlik strukturasi uch ko‘rinishga ega ekanligini e’tirof etish mumkin:

muhandislik grafikasi fanlari parallel;

butunlay kompyuterlashtirilgan;

qurilish

chizmachiligi

va

kompyuter

grafikasi

fanlari

ketma-ketlikda

tashkillashtirilishi mumkin ekanligi aniqlandi.

3.

Bitiruvchilarga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni to‘laqonli qondirish uchun

muhandislik kompyuter grafikasi fani muhandislik grafikasi tuzilmasida yakunlovchi fan
bo‘lishi lozim.

4.

Ta’lim tizimida kompyuter grafikasi: birinchidan, o‘rganish ob’ekti sifatida;

ikkinchidan biron-bir fanni o‘qitishda (uning mazmun mohiyatiga ta’sir etmagan holda) vosita
sifatida ishtirok etishi aniqlandi.

5.

Talabalarning loyihalash qobiliyati o‘rganilib, “Qurilish chizmachiligi” fanini

standartlar asosida o‘zlashtirish, talabalarning grafik qobiliyatlarini rivojlantirishda grafik
dasturlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish kutulgan natija berishi isbotlandi.

6.

Grafik dasturlar vositasida talabalarda fazoviy tasavvur rivojlanishining quyidagi

ko‘rsatkichlari aniqlandi: tasavvurning chuqurligi, kengligi, moslashuvchanligi, barqarorligi,
dinamikasi, to‘liqligi va maqsadga yo‘naltiritilganligi. Mazkur dasturdan foydalanishning
didaktik imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mardov Sanjar Xudoykulovich “Arxitektura qurilish chizmalarini oʻqitishda grafik

dasturlardan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 2022-yil.

2.

Mansurov Zuxriddin Xalilullayevich “Kompyuterda loyihalash (3d max grafik dasturi)”

oʻquv qoʻllanma, 2021-yil, 175-bet.


background image

387

3.

Дмитрий Владиславович Рябцев “Интерьер в 3ds Max: от моделирования до

визуализации”, 2011-yil.

TURLI MADANIYATLARDA VAQT TUSHUNCHASIGA BO’LGAN

YONDASHUVLAR

Marimbayeva Surayyo Umarbek qizi

Urganch davlat universiteti tayanch doktoranti

surayyo.m@urdu.uz

Annotatsiya:

Vaqt borliqdagi mavjudlikning asosiy ko’rsatkichlaridan biri bo'lib, turli

madaniyatlarda vaqtga oid o'ziga xos nuqtai nazar va tushunchalar mavjud. Vaqtni idrok etish
madaniy me'yorlar va amaliyotlar ta'sirida bo'lishi mumkin bo'lgan odamlarning vaqt haqidagi
psixologik va kognitiv tushunchasini ham qamrab oladi. Madaniyatlar bo'ylab vaqtni idrok
etishning nuanslarini tushunish turli kontekstlarda aloqa va hamkorlikni kuchaytirishga,
inklyuzivlik va xilma-xillikni rag'batlantirish kabi turli vaziyatlarga amaliy ta'sir ko'rsatishi
mumkin.

Kalit so’zlar:

Vaqt tushunchasi, punktuallik, madaniyatlararo muloqot, vaqtning davriy

takrorlanishi, chiziqli vaqt

Vaqt inson mavjudligining asosiy jihati bo'lib, kundalik hayotimizda muhim ahamiyat kasb

etadi. Turli mamlakatlar madaniyatlarida vaqtga turlicha yondashuvlar va nuqtai nazarlar mavjud
bo’lib ular bir-biridan farq qiladi, bu ushbu, madaniyatlar aro munosabatlarga va xatti-
harakatlariga katta ta'sir ko'rsatadi[1]. Vaqt kontseptsiyasidagi madaniy tafovutlar bilan bir
qatorda, turli madaniyatlarda vaqtni qanday qabul qilish va boshdan kechirishda ham farqlar
mavjud. Vaqtni idrok etish insonning vaqt haqidagi psixologik va kognitiv tushunchasini o'z
ichiga oladi, unga madaniy me'yorlar va amaliyotlar ta'sir qilishi mumkin. Turli madaniyatlarda
odamlarning punktuallik va vaqtni boshqarishga munosabati har xil bo'lishi mumkin. Misol
uchun, ba'zi madaniyatlarda vaqt tushunchasiga qat’iyroq yondashuv mavjud bo'lib, bunga ko’ra
ushbu madaniyat vakillari uchun aniqlik va jadvallarga rioya qilish yuqori baholanadi. Ushbu
madaniyatlarda belgilangan muddatlarga kechikish yoki o’z muddatida bajarmaslik hurmatsizlik
va mas'uliyatsizlik belgisi hisoblanadi. Masalan, Germaniya va Shveytsariya mamlakatlarida
punktuallik yuqori baholanadi, uchrashuvlarga oʻz vaqtida yetib borish hurmat va masʼuliyat
belgisi sifatida koʻriladi. Boshqa tomondan, aksincha, vaqt haqida ko'proq moslashuvchan
tushunchaga ega bo'lgan madaniyatlar ham mavjud bo’lib, bu jamiyatlarda ko'proq e'tibor hozirgi
ayni dam, shu joyda va hozirda sodir bo'ladigan vaziyatlar muhimroq hisoblanadi. Afrika va
Janubiy Amerikaning ba'zi qismlarida madaniyatlar vaqtga nisbatan qulayroq yondashishi
mumkin, bunda vaqt jadvaliga qat'iy rioya qilishdan ko'ra o'zgaruvchan jadvallarga
moslashuvchanlik ustuvor hisoblanadi.

Vaqt kontseptsiyasidagi bu madaniy o'zgaruvchanlik hayotning turli jabhalarida, jumladan,

ta'lim, biznes va shaxslararo munosabatlarda muhim ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ba'zi
madaniyatlarda, masalan, G'arb madaniyatlarida, vaqt ko'pincha o'tmishdan hozirga va undan
keyingi kelajakka qarab yo’nalgan chiziqli progressiya sifatida kontseptsiyalanadi. Bundan farqli
o'laroq, ko'plab mahalliy madaniyatlar vaqtni ko'pincha davriy takrorlanish hususiyatiga ega deb
bilishadi, ya’ni voqealar hech qachon tugamaydigan tarzda takrorlanadi. Vaqtni bunday davriy
takrorlanishda yoxud tsiklik tarzda tushunish ularning qishloq xo'jaligi amaliyotlari, marosimlari
va ijtimoiy ritmlariga ta'sir qiladi. Misol uchun, ekish va yig'im-terim kabi qishloq xo'jaligi
faoliyati ko'pincha tabiiy fasllar va samoviy hodisalar bilan bog'liq bo'lib, vaqtning davriy
takrorlanuvchanlik xususiyatini kuchaytiradi. Qolaversa, marosim va urf-odatlar ko'pincha
mavsumiy o'zgarishlar atrofida uyushtirilib, vaqt, tabiat va inson hayotining o'zaro bog'liqligini
ta'kidlaydi.

Madaniyatlar bo'ylab vaqt haqidagi bu xilma-xil tushuncha insoniy tajribalarning boy

tizimini va turli jamiyatlarning mavjudlikning vaqtinchalik o'lchamini qanday boshqarish
usullarini ochib beradi. Ushbu xilma-xillikni qabul qilish inson nuqtai nazarining xilma-xilligini

References

Mardov Sanjar Xudoykulovich “Arxitektura qurilish chizmalarini o‘qitishda grafik dasturlardan foydalanish mctodikasini takomillashtirish”, 2022-yil.

Mansurov Zuxriddin Xalilullayevich “Kompyuterda loyihalash (3d max grafik dasturi)” o'quv qo'llanma, 2021-yil, 175-bet.

Дмитрий Владиславович Рябцев “Интерьер в 3ds Мах: от моделирования до визуализации”, 2011-yil.