773
2.
Руководство по этике и управлению большими мультимодальными моделями –
разновидностью быстро развивающейся технологии генеративного искусственного
интеллекта. Материалы ВОЗ. 18 января 2024 г.
3.
Лютер Дж., Ильямс Ф. Искусственный интеллект. – М. 2003г.
4.
Плюсы
и
минусы
применения
медицинских
чат-ботов
https://niioz.ru/news/plyusyiminusy-primeneniya-meditsinskikh-chat-botov/
Искусственный интеллект в медицине:
сферы, технологии и перпективы.
https://habr.com/ru/companies/first/articles/682516/
6.
Как искусственный интеллект может помочь получать консультации врачей и
контролировать
свое
здоровье
https://journal.tinkoff.ru/chatgptforhealth/#:~:text=%D0%98%D0%98%20%D0%BC%D0%BE
%D0%B6%D0%B5%D1%82%2
%D0%B0%D0%BD%D0%B0%D0%BB%D0%B8%D0%B7%D0%B8%D1%80%D0%BE%D0
%B2%D0%B0%D1%82%D1%8C%20%D0%B1%D0%BE%D0%BB%D1%8C%D1%88%D0
%B8%D0%B5%20%D0%BE%D0%B1%D1%8A%D0%B5%D0%BC%D1%8B,%D1%80%D0
%B0%D0%B7%D0%BB%D0%B8%D1%87%D0%BD%D1%8B%D0%BC%D0%B8%20%D0
%B7%D0%B0%D0%B1%D0%BE%D0%BB%D0%B5%D0%B2%D0%B0%D0%BD%D0%B
8%D1%8F%D0%BC%D0%B8%20%D0%B8%20%D1%84%D0%B0%D0%BA%D1%82%D0
%BE%D1%80%D0%B0%D0%BC%D0%B8%20%D1%80%D0%B8%D1%81%D0%BA%D0
7.
Разработка price-telegram-бота медицинских
услуг частных и государственных клиник
https://doi.Org/10.5281/zenodo.10776165
ELEKTRON SIGARETALARNI INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI
Husanova Vazira Shuhrat Qizi
Gulruxsor Cho’liyeva Habibulla Qizi
Gullolaxon Abdumannonova Alimardon Qizi
Eshbayeva Kamila Uralovna
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada elektron sigaretlardan foydalanish o’smirlar va hattoki bolalar o’rtasida
qanchalik ommalashgani bilan birgalikda uning inson sog’lig’iga qanchalik zarar keltirishi
tog’risida statistik ma’lumotlar keltirilgan.. Ushbu tadqiqot 2024-yil mart oyigacha bir nechta
elektron maʼlumotlar bazalari yordamida oʻtkazildi.
Kalit so’zlar:
Elektron sigaret, chilimlar, nikotinli kartrij, elektron chip, litiyli
akkumlyator, toksik moddalar, yurak qisqarishi, gepatit, stafilakok, sil, grip, astma, o‘pka saratoni,
yurak-qon tomiri, gipertoniya,
Kirish
. Chekish — ayrim tutovchi oʻsimlik mahsulotlari (tamaki, afʼyun va boshqalar)
tutunidan nafas olish. Tamaki chekish keng tarqalgan zararli odatlardan boʻlib, chekuvchi va uning
atrofidagi odamlar sogʻligʻiga yomon taʼsir etadi
.
774
BMT ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoda kashandalik oqibatida har yili 5,4 million, har 6
soniyada 1 kishi hayotdan ko‘z yumadi. Mutaxassislarning fikricha, zudlik bilan zarur choralar
ko‘rilmasa, 2030 yilga borib kashandalik har yili 8 million kishining hayotdan bevaqt ko‘z
yumishiga sabab bo‘ladi. Dunyoda chekuvchilar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda Xitoy, keyin
Hindiston va Indoneziya turadi. Chekish oqibatida kelib chiqadigan yillik iqtisodiy zarar 200
milliard AQSh dollaridan oshib ketmoqda. [1]
Hozir kashandalikning yangi ko‘rinishlari — elektron sigaret va chilimlar, afsuski, dunyo
bo‘yicha tamaki chekish miqdorini keskin oshirmoqda. Elektron sigaret ham oddiy tamakidan farq
qilmaydi, aksincha undan zararliroq. U nikotinli kartrij, elektron chip, litiyli akkumlyator va
mittigina diodli yoritgichdan iborat. Kashanda uni chekkanda sigareta hidini ham, zararini ham
sezmaydi, undan faqat suv bug‘i ko‘tariladi, xolos, deb o‘ylaydi. Vaholanki, elektron sigaret
tarkibida qo‘rg‘oshin, margimush va boshqa toksik moddalar ko‘p uchraydi. Kashandalikka
berilish oqibatida inson salomatligini, nasllar davomiyligini xavf ostida qoldiradi. Sog‘lom
turmush tarziga rioya etayotgan insonlar kashandalarga nisbatan 15 yil uzoq umr ko‘rishi tajribada
isbotlangan bo‘lsa-da, elektron sigaret yaratilganidan buyon o‘tgan muddatda uning iste'molchilari
soni ko‘paysa ko‘paydiki, aslo kamaygani yo‘q. Chilim zarari esa tamaki mahsulotlarini
chekishdan ko‘ra ko‘p bo‘lsa ko‘pki, aslo kam emas. Chilim chekish davomida inson juda ko‘p
miqdorda tamaki tutuni yutib, shunga mos ravishda organizmga juda katta miqdorda zararli
moddalar tushib qoladi. Chilim chekish jarayonida o‘ta zararli toksinlar qonga tez so‘riladi va
inson sog‘lig‘iga katta putur yetkazadi.
Tamaki tutunining tarkibida to‘rt mingga yaqin modda bo‘lib, hammasi inson salomatligini
yemirishi tajribalarda isbotlangan, —Toshkent tibbiyot akademiyasi ichki kasalliklar kafedrasi
dotsenti Hilola Mirahmedova. — U qon tarkibi aylanishini buzib, tomirlarni qotiradi. Chekish
oqibatida astma, o‘pka saratoni, yurak-qon tomiri, gipertoniya, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari kelib
chiqadi. Afsuski, mamlakatimizda ham “zamonaviy” chekuvchilar soni ortib bormoqda. Elektron
sigaret va chilim chekish kashandalikning yangi turlari sirasiga kirib ulgurdi. Achinarlisi,
kashandalar orasida o‘smirlar va ayollar ham uchraydi. Chilim chekish yurak qisqarishi ritmini
tezlashtirishi sababli, yurak xastaligiga chalingan insonlar uchun juda xavfli. Chilim va elektron
sigaretlarni guruh bo‘lib chekish oqibatida gepatit, stafilakok, sil, gripp va boshqa shu kabi
infeksiyalarni yuqish xavfi ko‘p marta oshadi, shuningdek, chilim chekish inson asab tizimiga ham
salbiy ta'sir qiladi.
Jumladan, chilimni tamaki mahsulotlari yoki mevali aralashmalardan iborat qo‘shimchalar
bilan chekishdan qat'i nazar og‘iz bo‘shlig‘i, til, lab, tomoq, o‘pka, oshqozon kabi organlarning
saraton bilan kasallanish xavfi keskin ortadi. Tamaki mahsulotlari O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘likni saqlash vazirligi tasdiqlagan sanitar me'yor va qoidalar talablariga rioya etilgan standart
va
texnologiyalar
asosida
tayyorlanadi.
Biroq
chilim
chekishda
foydalaniladigan
qo‘shimchalarning tarkibi noma'lum bo‘lib, ularning sifatiga bo‘lgan talablar qonunchilikda
ko‘zda tutilmagan. Shu sababli nikotinsiz aralashmalar inson salomatligi uchun barcha yonuvchi
moddalar kabi xavfli va zararlidir. Chekish jarayonida organizmga is gazidan tashqari katta
miqdorda xrom, nikotin, qo‘rg‘oshin, karboksigemoglobin va boshqa zararli birikmalarining
tushishi yurak qon-tomir, o‘pka yetishmovchiligi, ovqat hazm qilish tizimlarini buzilishiga, jinsiy
va reproduktiv qobiliyatni susaytirib onkologik kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi.
Tarkibida gavayi atirguli va moviy nilufar unsurlari mavjud bo‘lgan chilim aralashmalarining
insonga ta'siri psixotrop va narkotik vositalardan kam emas. Shuningdek, chilim chekishda tamaki
mahsuloti va mevali aralashmalar bilan bir qatorda kamroq miqdorda bo‘lsa-da narkotik moddalar
va sog‘liq uchun zararli bosh¬qa ingridiyentlarni iste'mol qilish hollari ham uchrab turadi.
Masalan, filtr vazifasini o‘tovchi suv o‘rniga ta'sir kuchini oshirish maqsadida alkogol
775
mahsulotlaridan foydalaniladi. Jamiyatning sog‘liqni saqlash sohasidagi asosiy vazifalaridan
biri,chekmaydiganlarning huquqini himoya qilish, ya'ni ijtimoiy ahamiyatga ega joy, obekt va
transport vositalarida chekishni taqiqlash, ayniqsa, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib
qilishdan iboratdir. Biroq yoshlar, ayollar va o‘smirlarning milliy qadriyat, an'ana va odob
qoidalariga zid bo‘lgan bunday zararli illat domiga ilinayotgani masalaning naqadar dolzarb
ekanini ko‘rsatadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston
Milliy tiklanish
demokratik partiyasi
fraksiyasi chilim va elektron sigaretlarning inson salomatligi uchun zararli oqibatlarini o‘rgandi.
Tadqiqot natijalari chilim va elektron sigaretlarning tamaki mahsulotlariga qaraganda inson
salomatligiga kam ta'sir etishi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri qarashlarning haqiqatga zid kelishini
ko‘rsatdi. O‘zbekiston Respublikasining “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretlarni
chekishni cheklash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham ayni maqsadda ishlab chiqildi.Jahon
sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning Sog‘liqni saqlashni mustahkamlash bo‘yicha direktori
Rudiger Krech Global tamaki iste’moli bo‘yicha hisobotini e’lon qildi.Rudiger Krechning 16
yanvar kuni Jenevada so‘zlagan nutqida tamaki iste’moli dunyo bo‘ylab pasaygani, chekishni
tashlash bo‘yicha Afrika yetakchilik qilishini aytib o‘tdi. Unga ko‘ra, agar 2000 yilda har 3 nafar
katta yoshdagilardan biri chekuvchi bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 5 kishidan 1 nafarga
kamaygan. Yangi ma’lumotlar chekish global miqyosda pasayib borayotganini ko‘rsatsa-da, JSST
bu holat bolalar orasida elektron sigaretalar va veypinglardan foydalanishning oshishi bilan
bog‘liqligini bildirdi. So‘nggi 4-5 yil ichida bu tashvishli o‘sishdir. Qator mamlakatlarda biz
elektron sigaretalar va veyping qurilmalaridan foydalanish maktab yoshidagilar orasida
ommalashayotganini kuzatyapmiz. Buyuk Britaniya va AQSHda kashandalikning yangi turi
oldingi ko‘rsatkichlarga qaraganda 150 foizga, shuningdek, bolalar orasida ikki barobarga
ko‘paygan, [2] Krech tamaki sanoatini ayyorona usullar orqali xaridorlarini oshirishda
ayblamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, tamaki korxonalari, hattoki, 8 yashar bolalarni ham elektron
sigaret yoki filtrli sigaretdan foydalanishga undayapti.Bu harakatlar o‘limga olib kelishini bilgan
har bir inson ularni jinoyatda ayblashi aniq, degan u.
Tadqiqotlar aksariyat mamlakatlarda 13-15 yoshli o‘smirlar tamaki va boshqa nikotinli
mahsulotlardan foydalanishini isbotlagan. JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda 13 yoshdan 15
yoshgacha bo‘lgan kamida 37 million bola tamaki iste’mol qiladi va ko‘plab mamlakatlarda
elektron sigaretadan foydalanish xavotirli darajaga yetgan. Shuningdek, tashkilot tamaki iste’moli
darajasi Janubi-Sharqiy Osiyoda 26,5% va Yevropa mintaqasida 25,3% ekanini ta’kidladi.
Bildirilishicha, Yevropadagi kashanda ayollar soni boshqa mintaqaga nisbatan ancha yuqori.
Ma’lumot uchun, 2023 yilda O‘zbekiston aholisining 16,5 foizi tamaki chekishi aniqlangan edi.
“World Population Review” nashriga ko‘ra, 2024 yilga kelib O‘zbekistonda aholining 12% sigaret
chekadi va bu ko‘rsatkich 4 % ga kamayadi. Unga ko‘ra, ayni paytda 23,3%, o‘zbekistonlik
erkaklar, 1,3% ayollar tamaki iste’mol qiladi.
Tashkilot chekish 8 millionga yaqin bevaqt o‘limga va saraton, yurak kasalliklari, insult,
o‘pka kasalliklari va diabetga sabab bo‘layotganini misol qilib keltirgan.Bundan roppa-rosa bir yil
avval Meksikada jamoat joylarida chekish butkul taqiqlangan, 2021 yilda esa dunyoda
chekuvchilar soni milliarddan oshgan edi.
XULOSA. Shunday qilib, tamakiga qarshi profilaktika ishlarini olib borishda insonlar,
ayniqsa yoshlar orasida chekishni boshlashga ta’sir etuvchi sabablarni (omillarni) tushunish hal
qiluvchi omil bo’lishi ahamiyatlidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.International Corporation. Equipment-based guidelines for the use of theatrical smoke and haze.
776
Report
prepared
for
Equity-League
Pension
and
Health
Trust
Funds,
2001.
http://www.actorsequity.org/docs/safesan/equipment-based.pdf (accessed July 2013).Google
Scholar 2.Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)
3.
Курение
среди
молодёжи.
–
[Электронный
ресурс].
–
http://www.grandars.ru/college/medicina /kurenie-i-molodezh.html –
4.
Баҳрамов Р. и др. Роль и значение метеиатическои́ статически в медицине //Eurasian
Journal of Academic Research. – 2022. – Т. 2. – №. 13. – С. 1615-1619.
5.
Rakhmatullaevich B. R. et al. ROLE AND SIGNIFICANCE OF
MATHEMATICAL STATISTICS IN MEDICINE //Web of Scientist: International
Scientific Research Journal. – 2022. – Т. 3. – №. 12. – С. 491-495.
6.
Rakhmatullaevich B. R. et al. Statistical analysis of medical
DATA AND PROCESSING IN MS EXCEL //British View. – 2023. – Т. 8. – №. 1.
