759
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.Yo‘ldoshyev, S., & Sultonaliyeva, G. (2023). SUITSIDAL HOLAT VA UNING KELIB
CHIQISH SABABLARI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании,
3(1).
2. Usarovna, M. R., & Ibrahimovna, S. Z. (2019). Yuldoshev Sardor Asliddin o’ gli,
Akhmedova Shokhida Mukhtarovna. THE EDUCATION OF TALENTED STUDENTS AS A
PEDAGOGICAL PROBLEM. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research
(IJMR)-ISSN, 2455-3662.
3.Yuldashev, S., & Arakulov, G. (2023). ETHNOPSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF
AGGRESSIVE BEHAVIOR IN FAMILY DISPUTES. International Journal of Contemporary
Scientific and Technical Research, (Special Issue), 81-88.
4.Yo‘ldoshyev, S., & Bosimova, M. (2023). ZAMONAVIY PSIXOLOGIYANING
PEDAGOGIKA BILAN UZVIY BOG ‘LIQLIGI. Журнал Педагогики и психологии в
современном образовании, 3(2).
5.Yo‘ldoshyev, S., & Sultonaliyeva, G. (2023). O ‘QUVCHI XULQ-ATVORNING
PSIXOLOGIK KORREKSIYASI. Журнал Педагогики и психологии в современном
образовании, 3(2).
6.Asliddin o‘g, Y. L. S. (2022). PSIXOLOGIK ZO ‘RAVONLIK VA KIBERBULLING.
International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 62-66.
7.Yuldashev, S. (2021). THE PEDAGOGICAL ESSENCE OF THE PROFESSIONAL
ACTIVITY OF A TEACHER IN MILITARY EDUCATION. International Journal of World
Languages, 1(2).
RATSIONAL EMOTIV TERAPIYANING PSIXOTERAPIYA TARMOG’IDAGI O‘RNI
Yo‘ldoshev Sardorbek Asliddin o’g’li
O’zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali assistenti
Abdurasulova Laylo
O’zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi
Annotatsiya:
Sotsial psixologik treninglarda qatnashayotgan turli yoshdagi a’zolar ham
tafakkur tarzida mavjud bo’lgan shu kabi irratsional ishonchlar sabab turli psixologik
muammolar bilan to’qnashadilar. Shuning uchun ham bugungi kunda psixologik treninglarda
trener tomonidan ratsional emotiv terapiya g’oyalaridan samarali foydalanilmoqda
Kalit so’zlar:
irrotsianllik,psixoterapiya,majburiyatlar,tanbehlar,nevroz,stress,
1955-yilda Albert Ellis tomonida ishlab chiqilgan Ratsional emotiv xulq-atvor
terapiyasiga asos solidi. Ratsional emotiv terapiya kognitiv yondashuvning o’ziga xos psixologik
ko’rsatish usullaridan biriga aylandi. Chunki ushbu terapiyada asosiy e’tibor kishi tafakkur
tarzini o’zgartirish orqali unga psixologik ko’mak berishga qaratiladi. Boshqacha qilib aytganda,
shaxs stress holatiga tushishiga, turli psixologik muammolar yuzaga kelishiga sababchi bo’luvchi
asosiy omil bu insonning mantiqqa mos kelmaydigan irratsional ishonchlaridir (irratsional
fikrlardir) deyiladi. Ratsional-emotiv terapiya asoschisi Albert Ellis irratsional fikrlarni 4guruhga
ajratadi.
1. "Majburiyatlar"
— kimdir yoki nimadir qanday bo'lishi kerakligini ko'rsatuvchi fikrlar.
Masalan,
"Men o'yinda yutishim shart", "U menga xushmuomala
bo'lishi
kerak".
2."Dahshatga soluvchi" fikrlar
— biror hodisa, odam, narsa o'ylaganidan ko'ra boshqacha
bo'lib chiqsa, go'yo falokat bo'ladigandek idrok etiladigan fikrlar. Masalan,
"U kelgunicha
hamma joyni
tozalamasam,
juda
yomon
bo'ladi".
760
3. "Kerak" va "lozim".
Agar dunyo shaxs o’zi istaganiday bo'lib chiqmasa, buni hazm
qilolmaslikka doir fikrlar. Masalan,
"Yigit kishining sochi kalta bo'lishi lozim".
Bu birinchi
guruhga o'xshab ketadi.
4. "Tanbehlar"
. Odam o'zi yoki boshqa birov qilinishi kerak va lozim bo'lgan ishni qilmasa,
yuzaga keladigan kamsituvchi fikrlar.
"U vaqtida
kelmaydi.
Yaxshi
odam
emas".
Irratsional fikrlar nomidan ko'rinib turibdiki, ratsional emas — ya'ni haqiqatga, sog'lom
aqlga to'g'ri kelmaydi. Irratsional fikrlar kishida qancha ko'p bo'lsa, olamga moslashishi, odamlar
bilan munosabatda bo'lishi qiyinlashadi. Bu esa nevrozga olib borishi mumkin. Nevrozdan uzoq
turish uchun — hayot, odamlar haqida qat'iy fikrga ega bo'lmaslik, butun dunyoni o'ziga
moslashtirishga intilmaslik lozim. Aynan shu irratsional fikrlar shaxsning ruhiy holatiga salbiy
ta’sir ko’rsatadi. Albert Ellis shunday irratsional ishonchlardan qutulish sxemasini ishlab chiqdi.
Ushbu sxema quyida havola etilmoqda.
Albert Ellis fikriga ko’ra irratsional fikrlardan xalos bo’lish uchun ularni parchalash lozim
ekan. Ana shunda inson o’zida kutilgan xulq-atvorni shakllantira olar ekan. O’rinli savol
tug’ilishi tabiiy. Irratsional fikrlarni qanday qilib parchalash mumkin?! buning uchun shaxs
o’zidagi irratsional fikrlarni ratsional ishonchlarga aylantirishi lozim. masalan, hamma meni
yaxshi ko’rishi lozim, bo’lmasa men noqulay ahvolga tushaman qabilida emas hamma meni
yaxshi ko’rmasa ham o’zimni yaxshi his qilaveraman yo’sinida fikrlashga odatlanishi lozim.
A.A. Aleksandrov ratsional-emotsional terapiya ko'rsatilishi mumkin bo'lgan bemorlarning
toifalarini aniqlaydi:
1) yomon moslashuvchanligi, o'rtacha darajada tashvishlangan, shuningdek,
oilaviy muammolari bo'lgan bemorlar;
2) jinsiy funktsiyalari buzilgan bemorlar;
3) nevrozli bemorlar;
4) temperament kasalliklari bo'lgan shaxslar;
5) maktab o'quvchilari, huquqbuzar bolalar va katta yoshli jinoyatchilar;
6) shaxsiyatning chegara sindromi bilan og'rigan bemorlar;
7) psixotik bemorlar, shu jumladan gallyutsinatsiyali bemorlar, ular haqiqat
bilan aloqada bo'lganda;
8) aqliy zaiflikning engil shakllariga ega bo'lgan shaxslar;
9) psixosomatik muammolar bo'lgan bemorlar.
Sotsial psixoologik treninglarda qatnashayotgan turli yoshdagi a’zolar ham tafakkur
tarzida mavjud bo’lgan shu kabi irratsional ishonchlar sabab turli psixologik muammolar bilan
to’qnashadilar. Shuning uchun ham bugungi kunda psixologik treninglarda trener tomonidan
ratsional emotiv terapiya g’oyalaridan samarali foydalanilmoqda. Natijada, trening
ishtirokchilarida shaxsda shakllanib qolgan irratsional fikrlarni ratsionaliga almashtirish malakasi
shakllanmoqda.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, RET bemorning somatik yoki nevrologik alomatlariga
bevosita ta'sir qilmasligi aniq, ammo bu bemorga o'z munosabatini o'zgartirishga va kasallikka
qarshi nevrotik reaksiyalarni yengishga yordam beradi, uning kasallikka qarshi kurash
tendentsiyasini kuchaytiradi. Karvasarskiy ta'kidlaganidek, ratsional-emotsional terapiya birinchi
navbatda o'zlarining fikrlarini tahlil qilish va tahlil qilishga qodir bemorlarga ko'rsatiladi. Bu
bemorning psixoterapiyaning barcha bosqichlarida faol ishtirok etishini, u bilan sherikga yaqin
munosabatlarni o'rnatishni o'z ichiga oladi, bu psixoterapiyaning mumkin bo'lgan maqsadlari,
bemor hal qilmoqchi bo'lgan muammolarni birgalikda muhokama qilish orqali osonlashadi.
Ratsional-emotiv terapiya tez va samarali ravishda buzilishning mohiyatiga etib boradi va sizga
imkon qadar tezroq yordam berish uchun nima qilish kerakligini aytadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.Yo‘ldoshyev, S., & Sultonaliyeva, G. (2023). SUITSIDAL HOLAT VA UNING KELIB
CHIQISH SABABLARI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании,
3(1).
761
2. Usarovna, M. R., & Ibrahimovna, S. Z. (2019). Yuldoshev Sardor Asliddin o’ gli,
Akhmedova Shokhida Mukhtarovna. THE EDUCATION OF TALENTED STUDENTS AS A
PEDAGOGICAL PROBLEM. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research
(IJMR)-ISSN, 2455-3662.
3.Yuldashev, S., & Arakulov, G. (2023). ETHNOPSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS
OF AGGRESSIVE BEHAVIOR IN FAMILY DISPUTES. International Journal of
Contemporary Scientific and Technical Research, (Special Issue), 81-88.
4.Yo‘ldoshyev, S., & Bosimova, M. (2023). ZAMONAVIY PSIXOLOGIYANING
PEDAGOGIKA BILAN UZVIY BOG ‘LIQLIGI. Журнал Педагогики и психологии в
современном образовании, 3(2).
5.Yo‘ldoshyev, S., & Sultonaliyeva, G. (2023). O ‘QUVCHI XULQ-ATVORNING
PSIXOLOGIK KORREKSIYASI. Журнал Педагогики и психологии в современном
образовании, 3(2).
6.Asliddin o‘g, Y. L. S. (2022). PSIXOLOGIK ZO ‘RAVONLIK VA KIBERBULLING.
International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 62-66.
7.Yuldashev, S. (2021). THE PEDAGOGICAL ESSENCE OF THE PROFESSIONAL
ACTIVITY OF A TEACHER IN MILITARY EDUCATION. International Journal of World
Languages, 1(2).
GEN MUHANDISLIGI FERMENTLARI VA TURLARI
Yo’lchiyeva Zuhra Xayrulla qizi
O’zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali
e-mail: zuhrayulchiyeva04@gmail.com
Annotatsiya:
Gen muhandisligi va genetika so’zlari bir-biriga sinonim sifatida ko’p
ishlatiladi.Ushbu tezisda gen muhandisligida qo’llaniladigan fermentlar va ularning turlari,
ahamiuati, qo’llanilishi haqida ma’lumot keltirilgan.
Kalit so’zlar:
Enzim, gidrolaza, nukleaza, restriktaza, polimeraza, transferaza,
oksireduktaza.
Genetika muhandisligi molekulyar genetikaning davomidir, lekin uning tug’ilishi genetik
enzimologiya va nuklein kislatalar kimyosining muvafaqqiyatlariga asoslangan, chunki
fermentlar molekulyar manipulyatsiya vositalaridir. Ba’zi mikromonipulyatorlar yordamida
hujayralar va hujayra organellalari bilan ishlash mumkin bo’lsa-da hatto eng kichik mikrojarroh
asboblari DNK va RNK makromolekulalari bilan ishlashda yordam bermaydi. Fermentlar
“skalpel”, “qaychi” va “tikish uchun ip” vazifasini bajaradi. Faqat ular ma’lum nukletidlar
ketma-ketligini topa oladi, u yerda molekulalarni “kesadi” yoki aksincha, DNK zanjiridagi
teshikni “yamoqlaydi”. Shuni ta’kidlash kerakki, gen enjineriyasida qo’llaniladigan fermentlarda
turlarning o’ziga xosligi yo’q, shuning uchun eksperimentator o’zi tanlagan ketma-ketlikda har
qanday turdan olingan DNK qismlarini bir butunga birlashtira oladi. Bu genetik muhandislikka
tabiat tomonidab o’rnatilgan turlar to’siqlarni yengib o’tishga va turlararo birlashishni amalga
oshirishga imkon beradi.
Fermentlar oqsil tabiatli bo’lib, hujayraning o’zida sintezlanadi. Fermentlarni enzimlar va
biologik katalizatorlar deb ta’riflaydilar. Ferment nomi yunoncha fermentatsiya gaz ajratib
parchalanish, achish, bijg’ish so’zidan kelib chiqqan. Enzim so’zi esa “hujayra ichida” degan
ma’noni anglatadi. Fermentlar hamma tirik organizmlarda mavjud va bilogik katalizatorlardir.
Gen muhandisligi fermentlari DNK molekulalari bilan turli xil muolajalarni o‘tkazishga
yordam berib, ularni tegishli joyidan qirqish, turli xil bolaklarini ulash, tabiatda mavjud
bolmagan yangi xildagi ketma-ketliklarni sintez qilishda qollaniladi. Quyida gen muhandisligida
foydalaniladigan asosiy fermentlarni ko'rib chiqamiz. DNK polimerazalar-gen muhandisligida
keng qollaniladigan fermentlardan biri Ecoli ning T4 fagidan ajratib olingan DNK polimeraza
