351
5.
Yaxshilikov J., Muhammadiev N. Milliy g‘oya - taraqqiyot strategiyasi. –T.; “Fan”,
2017. –B 232.
6.
Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati -T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-
matbaa ijodiy uyi, 2010. -B.18.
YOSHLAR IJTIMOIY MANFAATLARINI TA’MINLASH JAMIYAT TARAQQIYOTI
MEZONI
Ja`farxon Isaxonov,
Samarqand chet tillar instituti tadqiqotchisi
Farzona Saydimuratova,
O`zbekiston milliy universiteti 2-kurs magistranti
Annotatsiya.
Maqolada bugungi ijtimoiy taraqqiyot sharoitida yoshlarning ijtimoiy-
ma’naviy jihatdan takomilini ta’minlash borasida muhim istiqbolni ko‘zlagan rejali ishlar va
dasturiy chora-tadbirlar olib borilayotganligi, ularning ijtimoiy manfaatlari to`laqonli
ta`minlanayotganligi yoritilgan.
Kalit so`zlar
. Ijtimoiy taraqqiyot, ijtimoiy hayot, milliy yuksalish, yoshlar, ma’naviy
takomil, istiqbol, ijtimoiy manfaatlar.
Yangi O`zbekistonda ijtimoiy taraqqiyot sharoitida yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy
jihatdan takomilini ta’minlash borasida muhim istiqbolni ko‘zlagan rejali ishlar va dasturiy
chora-tadbirlar olib borilmoqda. Bugungi globallashuv davrida yoshlarimiz o‘zining ijtimoiy
taraqqiyotga, milliy yuksalishga bo‘lgan moyilligi va ma’naviy salohiyati bilan yangi
O‘zbekistonni barpo etishda ishtirok etmoqda. Bu esa, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini
rivojlantirishda istiqbolga mo‘ljallangan yangicha bunyodkorlik an’analarini vujudga
keltirmoqda.
Jamiyatimizda mazkur bunyodkorlik an’analarining samarali natijasi inson huquqlarini
kuchli himoyasi va uning ijtimoiy manfaatlarini ta’minlashda ko‘rinmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning ta’kidlashicha, “Bugun O‘zbekiston o‘z
taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qo‘ymoqda. Mamlakatimizni modernizatsiya
qilish, inson huquq va erkinliklarini, qonun ustuvorligini ta’minlash asosida O‘zbekistonning
yangi, demokratik qiyofasi yaratilmoqda. Bu borada Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan
“Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”
degan ustuvor g‘oya biz uchun dasturilamal bo‘lib
xizmat qilmoqda”[1].
Inson ijtimoiy manffatlarini ta’minlash jahonda umume’tirof etilgan huquqiy
tamoyillarda o‘zining aksini topgan va bu huquqiy asoslar yildan yilga takomillashib kelmoqda.
Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar ularning ichida o‘ziga xos o‘ringa ega. Unda inson hayoti,
turmush tarzi va farovonligi uchun xizmat qiladigan huquqiy qadriyatlar mujassamlashgan. 1966
yilda xalqaro miqyosda “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida”gi Pakt qabul
qilingan. Unda fuqarolarning bu sohaga daxldor huquqlarining umumiy tizimi keltirilgan.
O‘zbekiston “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Pakt”ga 1995 yilda
qo‘shilgan[2].
Jamiyat ijtimoiy hayotida asosiy qatlam bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy manfaatlarini
ta’minlash bugungi kunda eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Jamiyatning barcha
sohalarida, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy tizimlarda o‘zining hal qiluvchi ahamiyatga
ega bo‘lgan salohiyati bilan ishtirok etadigan yoshlar bugungi kunda milliy yuksalishning
harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bormoqda. Chunki, bu jarayonlarda yoshlar imkoniyatlari
yuqori bo‘lib, ular o‘zlarining intellektual qobiliyati, innovatsion tafakkuri, ijtimoiy-siyosiy va
huquqiy faolligi bilan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda ishtirok etib, jamiyatda taraqqiyotga oid
yangicha qadriyatlarini vujudga keltiradilar.
352
Yoshlar manfaatlarini ta’minlash davlatimiz siyosatining eng muhim, ustuvor yo‘nalishi
hisoblanadi. Olimlarning ta’kidlashicha, “Yosh avlodning har tomonlama barkamol rivojlanishi
va tarbiyalanishiga sharoit yaratish O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab
yoshlarning manfaatlariga oid davlat siyosatining ustivor yo‘nalishi hisoblanadi. Zero, bu
kelajakka yo‘naltirilgan sarmoya hisoblanadi, chunki mamlakat aholisining 18 yoshdagilar soni
40 foizni, 30 yoshgacha bo‘lganlar 64 foizni tashkil etadi”[3].
Yoshlarning jamiyatda muhim ijtimoiy qatlam sifatida huquq va manfaatlarining
ta’minlanishi, jamiyatda ularning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish bilan o‘zaro
bog‘liq. Bu esa, yoshlarning ijtimoiy hayot va uning takomiliga o‘zgacha joziba beradigan, kuch
bag‘ishlaydigan muhim manba ekanligini anglatadi. Yana bir narsani hisobga olishimiz kerakki,
globallashuv, ilmiy va texnologik taraqqiyot ta’siri ostida yoshlar faravonligi shakllari
o‘zgaradi, uning jamiyatdagi hatti-harakatlariga bog‘liq ravishda ijtimoiy hayotdagi o‘rni
aniqlanadi.
A.Saitkasimovning ta'kidlashicha, “Mamlakatimizda inson omilini ro`yobga chiqarish,
uning faravonligini ta'minlash, unga har tomonlama shart-sharoitlar yaratib bеrish, ma'naviy-
ma'rifiy dunyoqarashi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bilan bog`liq jarayonlar va bu
boradagi chora-tadbirlar mustahkam rivojlanib bormoqda. Qonun ustuvorligini ta'minlash, inson
huquqlari va erkinliklarini himoya etish, aholi turmushi va yashash muhitidagi muhim
tomonlarni rivojlantirish, jamiyatda islohotlar ko`lamini yuksalishida fuqarolarning huquqiy
madaniyati darajasini tadqiq etish va uni yuksaltirish uslublarini ijtimoiy hayotga tadbiq etish
muhim ahamiyat kasb etadi”[4].
Yoshlarning jamiyat kelajagi uchun muhim poydevor hozirlashiga ularning islohotlar
markazida bo‘lishi mustahkam shart-sharoit yaratadi. Bu jarayonda yoshlarning jamiyatning turli
sohalarida strategik dasturlar va vazifalarni bajarishlarida o‘ziga xos faollik munosabatlarini
vujudga keltiradi. Shuningdek, bugungi kunda jamiyatning barcha sohalari, tuzilmalari va
institutlari yoshlar ijtimoiy manfaatlarini ta’minlash uchun daxldor bo‘lib, ular o‘ziga xos
mas’uliyat bilan bu dolzarb jarayonda ishtirok etmoqdalar.
Ijtimoiy munosabatlarning asosiy sub’ekti bo‘lgan yoshlar, ularning manfaatlari va
faravonligini ta’minlash jamiyatning eng muhim qadriyati hisoblanadi. Yoshlar ijtimoiy hayotda
boshqa ijtimoiy guruhlar bilan o‘zaro munosabatlarda muntazam tizim yaratadi, kishilararo
birgalikdagi faoliyatining turli shakllarini birlashtirib, o‘zlarining hayotiy mavjudlik sharoitlarini
ta’minlashga, manfaatlar, qadriyatlar, ehtiyojlar, shu jumladan ijtimoiy aloqalarni ta’minlashga
bo‘lgan xatti-harakatlarni ro‘yobga chiqaradi.
Adabiyotlar
1.
Мирзиёев Ш. Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 28 йиллигига бағишланган
тантанали маросимда сўзланган нутқ. www.uza.uz
2.
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қарори. Тошкент ш., 1995 йил 31 август,
126-I-сон. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1995 й., 9-сон,
201-модда.
3.
Муҳаммаджонов О., Муҳиддинова Ф. Ўзбекистонда Ёшлар ҳуқуқи: қонун ва
имтиёзлар. – Тошкент: Маънавият, 2019. – Б. 3.
4.
Саиткасимов А. Ҳуқуқий маданиятни юксалтириш демократик ҳуқуқий давлатни
ривожлантириш мезони. //Ўзбекистон Республикаси Конституцияси давлат ва жамият
тараққиёти манбаи. Республика илмий-амалий анжумани материаллари. –Б. 43.
ICHKI ISHLAR ORGANLARINING HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI
FAOLIYATI JAMIYAT BARQARORLIGI OMILI
Jahongir Ismoilov
Samarqand chet tillar instituti tadqiqotchisi
