Yoshlar ongiga ijtimoiy adolat tamoyillarini singdirishning ma’naviy-huquqiy mezonlari

Аннотация

Ushbu maqolada yoshlar huquqiy madaniyati va ma’naviy-axloqiy qiyofasining barqaror ijtimoiy makonda ijtimoiy adolat tamoyili bilan uyg‘unligi tahlil etilgan. Shuningdck, yoshlar ongiga ijtimoiy adolat tamoyillarini singdirishning ma’naviy-huquqiy mezonlari yoritilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
  • Джизакский областной юридический техникум. Самаркандский государственный институт иностранных языков
  • Самаркандский государственный институт иностранных языков
CC BY f
349-351
27

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Идибоев A., & Исмоилов J. . (2024). Yoshlar ongiga ijtimoiy adolat tamoyillarini singdirishning ma’naviy-huquqiy mezonlari. Новый Узбекистан: наука, образование и инновации, 1(1), 349–351. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/new-uzbekistan/article/view/32626
Аброр Идибоев, Джизакский областной юридический техникум. Самаркандский государственный институт иностранных языков
директор, научный сотрудник
Джахонгир Исмоилов , Самаркандский государственный институт иностранных языков
научный сотрудник
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada yoshlar huquqiy madaniyati va ma’naviy-axloqiy qiyofasining barqaror ijtimoiy makonda ijtimoiy adolat tamoyili bilan uyg‘unligi tahlil etilgan. Shuningdck, yoshlar ongiga ijtimoiy adolat tamoyillarini singdirishning ma’naviy-huquqiy mezonlari yoritilgan.


background image

349

4.

Исломов

Равшанбек

Турғуналиевич.

(2013).

Математик

ҳукм.

Ёш

математикларнинг янги теоремалари-2013, Республика илмий анжуманининг
материаллари, Наманган, 2013 й., 15-16 апрел, 1 бет.


YOSHLAR ONGIGA IJTIMOIY ADOLAT TAMOYILLARINI

SINGDIRISHNING MA’NAVIY-HUQUQIY MEZONLARI

Abror Idiboev,

Jizzax viloyati yuridik texnikumi direktori,

SamDChTI tadqiqotchisi.

Jahongir Ismoilov

SamDChTI tadqiqotchisi.

Annotatsiya.

Ushbu maqolada yoshlar huquqiy madaniyati va ma’naviy-axloqiy

qiyofasining barqaror ijtimoiy makonda ijtimoiy adolat tamoyili bilan uyg‘unligi tahlil etilgan.
Shuningdek, yoshlar ongiga ijtimoiy adolat tamoyillarini singdirishning ma’naviy-huquqiy
mezonlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar.

Yoshlar, huquq, huquqiy madaniyat, ma’naviyat, axloq, barqarorlik,

ijtimoiy makon, huquqiy voqelik, ijtimoiy adolat.

Yoshlar huquqiy madaniyati va ma’naviy-axloqiy qiyofasi barqaror ijtimoiy makon va

huquqiy voqelik asosida shakllanadigan fenomen hisoblanadi. Yoshlarning huquqiy va
ma’anaviy faoliyat ishtirokchisiga aylanib borishi ham huquqiy madaniyat darajalarining
shakllanishi va ijtimoiy adolat tamoyillarini anglab yetishiga olib keladi. Huquqiy madaniyatning
shakllanishi jarayoni uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, sub’ektning ma’lum ko‘nikma va
malakalari yordamida shakllanadi. Bu sub’ektning ijtimoiy voqelik haqidagi bilimlari darajasi,
xarakteri, an’analarga munosabati, huquqiy makon borasidagi ratsional tasavvurlari kabi omillar
bilan chambarchas bog‘liq.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoev jamiyatda adolat tamoyilini qaror toptirish yuzasidan

quyidagi fikrlarni aytgan: “Xalqimiz hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini
hayotimizda tom ma’noda qaror toptirish - eng asosiy vazifamizga aylanishi shart. Biz
barpo etayotgan huquqiy davlatda, adolatsizlikning hech qanday ko‘rinishiga yo‘l
qo‘yilmasligi darkor. Nega deganda, odamlar hamma narsaga chidashi mumkin, lekin
adolatsizlikka chiday olmaydi. Bu chuqur ma’noli so‘zlar bugungi kunda har qachongidan
ham ko‘ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etayotganini sezish, anglash qiyin emas”[1].

Yoshlar huquqiy madaniyatini shakllantirish orqali ularda ijtimoiy adolat tamoyillarini

singdirish muhim hisoblanadi. Husayn Voiz Koshifiyning ta’kidlashicha, “Adolatning ma’nosi
xalqning huquqiy tengligini ta’minlashdir. Adl shunday ziynatdirki, u mamlakatga oroyish
beradi, bir quyoshki, uning nuri bilan zulmat yorug‘likka aylanadi” [2]. Mazkur ta’rif bo‘yicha
tushunish mumkinki, adolatning asosini huquqiy tenglik tashkil etadi. Mazkur voqelik esa,
huquqiy madaniyatni shakllanishi uchun zarur omil hisoblanadi. Ijtimoiy adolat huquqiy
madaniyat bilan uzviy bog‘liqligi haqida T.Alimardonov shunday ta’kidlaydi: “Adolat–haqiqat
timsoli, axloqiy tuyg‘ularimiz ifodasi. Adolat insonning ma’naviy olami, uning mavjudligi bilan
bog‘liq hodisa. U o‘zi anglagan olamida haqiqatini izlaydi, shu manba qudrati bilan yuksaladi”
[3].

Yoshlarning ijtimoiy borliqdagi huquqiy va ma’naviy qarashlarida yuqori darajalarni

ta’minlash ijtimoiy adolat tamoyilining ularga singdirishda muhim omil hisoblanadi. Bu masala


background image

350

jamiyatdagi ma’naviy va madaniy jarayonlarning yuksalishi, ijtimoiy munosabatlardagi barqaror
tedensiyalar bilan bog‘liqdir. Ijtimoiy adolatning ma’naviy va huquqiy ma’nosi va zamonaviy
talqini insonning hayotda munosib hayot kechirishi, qadr-qimmatini himoya qilinishi, inson oliy
qadriyat tamoyilining amaldagi ro‘yobga chiqishidir. Insonni jamiyatdagi o‘rnini yuksalishi
yaxshi adolatli munosabatlarga asoslangan ijtimoiy kafolatlar bilan chambarchas bog‘liqdir.

Ulug‘ alloma Nosiridsin Tusiy: «Ijtimoiy adolatning uchta asosiy talabi bordir, bular:

birinchidan, aholi turli tabaqalarining o‘zaro uyg‘un bo‘lishini ta’minlash; ikkinchidan, el-
ulusning haq-huquqi teng ta’minlangan holda kishilarni xizmatga tayinlashda shaxsning
salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqish; uchinchidan, barchaning teng farovonligini himoya
qilish bilan birga, bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi xizmati va huquqiga qarab har bir inson
o‘z ulushini olishiga imkon yaratishdan iboratdir»,[4] - degan edi. Bu dono fikrlar hozirgi kunda
ham o‘zining kuchini yo‘qotgani yo‘q.

Olimlarning ta’kidlashlaricha, «Adolat prinsipining demokratik jamiyatda amal qilish

qoidalari quyidagicha: 1) talab va taklif qoidasi; 2) teng imkoniyatlar qoidasi; 3) ehtiyoj qoidasi;
4) ijtimoiy kafolat qoidasi; 5) xizmat ko‘rsatish qoidasi; 6) mutanosiblik qoidasi; 7) ekvivalentlik
qoidasi; 8) rag‘batlantirish qoidasi; 9) kasbiy layoqatlilik qoidasi; 10) ijtimoiy foydalilik qoidasi
kabilarga ajratish mumkin. Mazkur qoidalar bozor iqgisodiyotiga asoslangan barcha demokratik
jamiyatlarda keng qaror topgan»[5].

Ijtimoiy adolatni ro‘yobga chiqishida kishilararo barqaror munosabatlar ham muhim rol

o‘ynaydi. Ijtimoiy munosabatlarda kishilarning har birining huquqiy va ma’naviy
imkoniyatlarining oshib borishi ijtimoiy adolatni ro‘yobga chiqishining ham dalili hisoblanadi.
Jamiyat esa, ijtimoiy adolatni o‘ziga xos amalda ro‘yobga chiqaruvchi va kafolatlovchi makon
sifatida namoyon bo‘ladi. Huquqiy munosabatlar va ma’naviy qadriyatlar ham barqaror ijtimoiy
voqeliklar bilan bog‘liq ravishda amaliy namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy adolat bu voqelikda jamiyat
darajasiga ko‘tarilib, davlatning barqaror siyosatini olib borishga o‘ziga xos ko‘makchi
bo‘ladigan fenomenga aylanadi.

Bu fenomen ijtimoiy hayotda qanchalik keng namoyon bo‘lsa, huquqiy va ijtimoiy

davlatning poydevori shunchalik mustahkam bo‘ladi. Amerikalik sotsiologlar R.Xyusman va
D.Xetfild “adolat omili” prinsipini asoslab, uni amalga oshirishda qo‘l keladigan qoidalarni
keltiradi. Bular quyidagilar: 1) inson o‘zgalar bilan munosabatini o‘zining jamiyat ishiga
qo‘shgan hissasi va shuning evaziga oladigan ulushini taqqoslash orqali baholaydi; 2) hissa va
ulushning o‘zaro mos kelmasligi norozilikka sabab bo‘ladi; 3) inson o‘ziga tegayotgan ulushdan
qonikmasa, o‘zicha adolatni tiklashga harakat qiladi. Xullas, ijtimoiy adolatning mazkur
qoidalari jamiyat barcha a’zolari uchun umumiyligi va bir xilda tatbiq qilinishi bilan
axamiyatlidir. Shuningdek, bu qoidalar ijtimoiy uyg‘unlikning zaruriy asosi hisoblanadi [6].

Demak, jamiyatda yoshlar ma’naviy va huquqiy hayoti uchun ijtimoiy adolat tamoyili

eng muxim harakatlantiruvchi kuchlardan biri bulmog‘i kerak. Ijtimoiy adolat azaldan xalqimiz
ichida ardoklanib kelganligini hisobga olsak, yoshlar guruhlari ichida ham bu masalasa ularning
ijtimoiy-huquqiy masalalarini hal etishda muhim fenomen hisoblanadi. Shunga ko‘ra, har bir
yoshlar vakillarining adolatparvar inson bo‘lib o‘sishini rag‘batlantirish muhim vazifa
hisoblanadi. Adolatli bo‘lish yoshlar huquqiy, ma’naviy va axloqiy hayotinining muhim mezoni
hisoblanadi.

Adabiyotlar:


1.

Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi

bosqichga ko‘taramiz. –T.; - «O‘zbekiston», 2017. –B 194.
2.

Husayn Voiz Koshifiy. Ahloqiy muhoyaniy. –T.: O‘zbekiston, 2010.–B.47.

3.

Alimardonov T. Erkinlik ruhi. – T.: Nishon Noshir. 2015.–B. 168.

4.

Ibragimov A., Sultonov X., Jo‘raev N. Vatan tuyg‘usi. –T:, “O‘zbekiston”, 1996. -B. 358-

359.


background image

351

5.

Yaxshilikov J., Muhammadiev N. Milliy g‘oya - taraqqiyot strategiyasi. –T.; “Fan”,

2017. –B 232.

6.

Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati -T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-

matbaa ijodiy uyi, 2010. -B.18.


YOSHLAR IJTIMOIY MANFAATLARINI TA’MINLASH JAMIYAT TARAQQIYOTI

MEZONI

Ja`farxon Isaxonov,

Samarqand chet tillar instituti tadqiqotchisi

Farzona Saydimuratova,

O`zbekiston milliy universiteti 2-kurs magistranti

Annotatsiya.

Maqolada bugungi ijtimoiy taraqqiyot sharoitida yoshlarning ijtimoiy-

ma’naviy jihatdan takomilini ta’minlash borasida muhim istiqbolni ko‘zlagan rejali ishlar va
dasturiy chora-tadbirlar olib borilayotganligi, ularning ijtimoiy manfaatlari to`laqonli
ta`minlanayotganligi yoritilgan.

Kalit so`zlar

. Ijtimoiy taraqqiyot, ijtimoiy hayot, milliy yuksalish, yoshlar, ma’naviy

takomil, istiqbol, ijtimoiy manfaatlar.


Yangi O`zbekistonda ijtimoiy taraqqiyot sharoitida yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy

jihatdan takomilini ta’minlash borasida muhim istiqbolni ko‘zlagan rejali ishlar va dasturiy
chora-tadbirlar olib borilmoqda. Bugungi globallashuv davrida yoshlarimiz o‘zining ijtimoiy
taraqqiyotga, milliy yuksalishga bo‘lgan moyilligi va ma’naviy salohiyati bilan yangi
O‘zbekistonni barpo etishda ishtirok etmoqda. Bu esa, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini
rivojlantirishda istiqbolga mo‘ljallangan yangicha bunyodkorlik an’analarini vujudga
keltirmoqda.

Jamiyatimizda mazkur bunyodkorlik an’analarining samarali natijasi inson huquqlarini

kuchli himoyasi va uning ijtimoiy manfaatlarini ta’minlashda ko‘rinmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning ta’kidlashicha, “Bugun O‘zbekiston o‘z
taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qo‘ymoqda. Mamlakatimizni modernizatsiya
qilish, inson huquq va erkinliklarini, qonun ustuvorligini ta’minlash asosida O‘zbekistonning
yangi, demokratik qiyofasi yaratilmoqda. Bu borada Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan

“Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”

degan ustuvor g‘oya biz uchun dasturilamal bo‘lib

xizmat qilmoqda”[1].

Inson ijtimoiy manffatlarini ta’minlash jahonda umume’tirof etilgan huquqiy

tamoyillarda o‘zining aksini topgan va bu huquqiy asoslar yildan yilga takomillashib kelmoqda.
Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar ularning ichida o‘ziga xos o‘ringa ega. Unda inson hayoti,
turmush tarzi va farovonligi uchun xizmat qiladigan huquqiy qadriyatlar mujassamlashgan. 1966
yilda xalqaro miqyosda “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida”gi Pakt qabul
qilingan. Unda fuqarolarning bu sohaga daxldor huquqlarining umumiy tizimi keltirilgan.
O‘zbekiston “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Pakt”ga 1995 yilda
qo‘shilgan[2].

Jamiyat ijtimoiy hayotida asosiy qatlam bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy manfaatlarini

ta’minlash bugungi kunda eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Jamiyatning barcha
sohalarida, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy tizimlarda o‘zining hal qiluvchi ahamiyatga
ega bo‘lgan salohiyati bilan ishtirok etadigan yoshlar bugungi kunda milliy yuksalishning
harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bormoqda. Chunki, bu jarayonlarda yoshlar imkoniyatlari
yuqori bo‘lib, ular o‘zlarining intellektual qobiliyati, innovatsion tafakkuri, ijtimoiy-siyosiy va
huquqiy faolligi bilan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda ishtirok etib, jamiyatda taraqqiyotga oid
yangicha qadriyatlarini vujudga keltiradilar.

Библиографические ссылки

Mirziyocv Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom cttirib, yangi bosqichga ko'taramiz. -T.; - «0‘zbckiston», 2017.-В 194.

Husayn Voiz Koshifiy. Ahloqiy muhoyaniy. -T.: 0‘zbckiston, 2010.-B.47.

Alimardonov T. Erkinlik ruhi. - T.: Nishon Noshir. 2015.-B. 168.

Ibragimov A., Sultonov X., Jo'raev N. Vatan tuyg'usi. -T:, “O'zbekiston”, 1996. -B. 358-359.

Yaxshilikov J., Muhammadiev N. Milliy g‘oya - taraqqiyot strategiyasi. -T.; “Fan”, 2017.-B 232.

Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug'ati -T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010. -B.18.