657
3.A.Kenjaboyev, D.Ergasheva, D.Kenjaboyev. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar dars
samaradorligini oshirishning muhim omili. — T., 2012.
4.N.Mahmudov va boshqalar. Ona tili.– T.:Ma’naviyat, 2015.
5.Yuldashev, S., & Arakulov, G. (2023). ETHNOPSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS
OF AGGRESSIVE BEHAVIOR IN FAMILY DISPUTES. International Journal of
Contemporary Scientific and Technical Research, (Special Issue), 81-88.
6.Yo‘ldoshyev, S., & Bosimova, M. (2023). ZAMONAVIY PSIXOLOGIYANING
PEDAGOGIKA BILAN UZVIY BOG ‘LIQLIGI. Журнал Педагогики и психологии в
современном образовании, 3(2).
7.Каршибаев, С., & Анорбоев, Х. (2023). Motiv va motivatsiya muammolari o‘zbekiston
psixologlari talqinida .
Информатика и инженерные технологии
,
1
(2), 427–431.
8. Sardor, Q., & Sarvinoz, Z. (2023). XORIJ OLIMLARI TOMONIDAN MOTIVATSIYA
MUAMMOSINING O ‘RGANILGANLIGI. International Journal of Contemporary Scientific
and Technical Research, 366-371.
9. . Sardor, Q., & Sarvinoz, Z. (2023). SHARQ MUTAFAKKIRLARI TALQINIDA
MOTIVATSIYA MUOMMOSI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical
Research, 362-366.
PSIXOLOGIK KONSULTASIYANING MAXSUS MUAMMOLARI
Qarshiboyev Sardor Alisher o‘g‘li
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali
Zaripova Madina O‘ktam qizi
O‘zMU Jizzax filiali Yoshlar psixologiyasi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi.
Annotatsiya:
Psixologik maslahat murakkab jarayon bo’lib, psixolikdan o’ziga
yarasha tajriba, malaka hamda ko’nikmalar talab etadi. Psixolog amaliy faoliyati jarayonida turli
tipdagi mijozlar bilan ishlashiga to’g’ri keladi. Psixologik maslahatni samarali tashkil etishda
psixolik mijoz tiplari hamda ularning o’ziga xos psixologik xususiyatlarini bilgan holda ish olib
borishi ayni muddaodir.
Kalit so`zlar:
Isterik shaxs, kompulsiv mijoz, fobiya, yig'loqi mijoz, tizimli
desensibilizatsiya, sotsiofobiya, ruhiy zoriqish.
Yig’loqi mijoz bilan konsultatsiya o’tkazish texnikalari:
Konsultant- psixolog
faoliyatida turli toifadagi mijozlar bilan konsultatsiya olib borishiga to’g’ri keladi.
Konsultatsiyaning muvaffaqiyatli kechishida psixoolog patsientning psixologik holatini hisobga
olishi hamda shunga muvofiq munosabatda bo’lishi lozim. quyida biz turli toifaga mansub
mijozlarning o’ziga xos xususiyatlari hamda ular bilan konsultatsiya jarayoni samarali bo’lish
uchun e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan xususiyatlar haqida ma’lumotlar beramiz.
a)yig’loqi mijoz
: Ushbu toifadagi mijozlarga quyidagi xususiyatlar xos:
• Ruhiy beqarorlik
• Hayotiy muammolarni bartaraf etishga nisbatan ojizlik
• Ruhiy zo’riqishlarni yig’lash bilan ifoda etishga moyillik
• Muammolari sababining tub mohiyatini anglamay emotsiyalarga beriluvchanlik
Tabiiyki, yig’loq mijozlarda mavjud yuqorida sanab o’tilgan kamchililar konsultantga
ular bilan ishlashda bir qator qiyinchiliklarnin keltirib chiqaradi.
Ko’z yosh konsultatsiya jarayonida muloqotni tashkil etishga halaqit berishi mumkin;
Mijoz emotsiyalari natijasida psixolog o’zini aybdordek his qilib qolishi mumkin;
Ba’zan esa konsultatsiya oxiriga yetmay qolishi mumkin. Shu kabi holatlarni oldini olish
uchun psixolog mijozga ortiqcha tasalli berib yubormasligi, shu bilan birga mijoz o’ziga kelib
olguncha kutib turishini aytishi lozim. Bundan tashqari psixolog asosan qanday holatda
kuzatilayotganiga e’tibor qaratishi mijozga kerakli psixologik yordamni berishda qo’l keladi.
658
b) isterik shaxslar bilan konsultatsiya:
Isterik shaxslarga xos xususiyatlar insonda ilk
bolalik davridan namoyon bo’ladi. bunday xususiyatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
• Psixolog ko’z o’ngida yoqimtoy, qiziqarli ko’rinishga intilishga intiluvchanlik
• Psixolog-konsultant sifatida qarama qarshi jins vakilini tanlashlik;
• Psixolog ko’z o’ngida kuchsiz, qaram inson qiyofasida gavdalanishga urinish;
• Atrofdagi insonlarga yoqishni uddasidan chiqac olmagan taqdirda, bor kuchi bilan turli
rollarning o’ynashga qodirligi yoxud istalgan niqobni taqishga moyillik;
• Psixolog bilan mumoloqatda ham erotik xarakterdagi gaplarni gapirishlik
Umuman isterik shaxs bolishning ilk ildizlari ularni bolalikdagi tarbiyaning xatolariga
borib taqaladi. Isterik shaxslar go’dak paytida mehr, e’tibor yetishmasligi sabab diqqatni tortish
uchun bor kuchlari bilan intilganlar. Ushbu intilish bolalikdagi harhasha, yig’i, baqir-chaqirda
o’z aksini topgan. Ularga e’tibor qatilmagani sari bu harhashalar yana ham balandlashgan.
Natijada isterik shaxsiga xos xususiyatlar shakllana borgan. Shunday ekan, psixolog isteriklar
bilan samarali konsultatsiya olib borishi uchun uzoq vaqt talab etiladi.
Kompulsiv mijozlar bilan konsultatsiya:
Osonroq aytganda istalmagan fikrlar yoki
harakatlardir. Bunday odamlar odatda eshikni qulflagani, chiroqni o’chirgani haqida shubha
qiladi, har doim nimanidir tekshirdi, yog’ochni taqillatadi, irimlarga ishonadi, kanalizatsion lyuk
qopg’og’ini bosishdan qo’rqadi. Odamlarga yoki xo’jalik buyumlariga teginishdan haddan ziyod
qo’rqish holatlari ko’p uchrab turadi. Bunday fikrlar (obsessive) xavotir paydo qiladi,
takrorlanaveradi va reallikday qabul qilinishni boshlaydi.
Fobiyasi mavjud mijozlar bilan konsultatsiya:
Fobiyasi mavjud mijozlar bilan
psixokonsultatsiya jarayonida nimalar e’tibor qaratish lozimligi, ularga qanday yordam berish
mumkinligi haqida ma’lumot berishdan oldin fobiya o’zi nima, u qanday kelib chiqadi,
qo’rquvdan qanday farqi bor kabi savollarga javob berish kerak bo’ladi.
Qo’rquv insonga xos his
bo’lib, organizm yashashi, tirik qolishi hamda o’zini himoya qilishi uchun bu his juda zarur.
Fobiya
- bu boshqarib bo'lmaydigan qo'rquv bo’lib, uning o’ziga xos xususiyati insonning hech
qanday xavf tug’dirmaydigan narsa-hodisalardan qo’rqishi bilan xarakterlidir. Fobiyada kishi
qo’qrqishi mumkin bo’lgan obyekt yoki narsalar oldida emasligini, ayni damda hech qaynday xavf
tug’dirmasligini bilsa-da u haqida o’y yuzaga kelishi bilan ratsional asosga ega bo’lmagan qo’rquv
yuzaga keladi. Lekin psixologlar fobiyani tadqiq qilganda, uning kelib chiqishiga biror voqea yoki
vaziyatlar asos bo’lishini ta’kidlashgan. Masalan, onasi hayotdan ko’z yumayotganda, og’zidan
ko’p miqdorda qon kelganini ko’rgan farzandda qondan qo’rqish fobiyasi (gematofobiya) paydo
bo’lgan bo’lishi mumkin. Bugungi kunga kelib, fobiyalarning 350dan ortiq turi mavjud bo’lib,
ularni umumiy ravishda uchta katta guruhga ajratish mumkin:
Maxsus fobiyalar.
Ular aniq bir predmet yoki hodisa bilan chegaralangan bo'ladi.
Hayvonlar
va
hasharotlarning
ma'lum
bir
turidan,
balandlikdan,
qorong'ulikdan,
momaqaldiroqdan, samalyotda parvoz qilishdan, qondan qo'rqish kabi fobiyalar kiradi.
Sotsiofobiya.
Bunda odam kishilar bilan muloqotni talab qiluvchi vaziyatlardan qo'rqadi.
Ya’ni shaxs fobiyasi jamiyat bilan bog’liq bo’ladi. Omma oldida nutq so'zlash, telefonda notanish
odam bilan suhbatlashish, bazmlarda qatnashish, xorijiy tildagi so’zlarni xato talaffuz qilishdan
qo’rqish kabilar vahima uyg'otishi mumkin. Sotsial fobiyaning asosida kamsitilishdan qo'rqish va
uyatli vaziyat sodir bo'lishidan qochish qo’rqish yotadi. Sotsiofobiya shaxslararo munosabatlar
o'rnatish, ishlash va o'qish jarayonida kuchli to'siq bo'lishi mumkin. shuning uchun ham
sotsiofobiyasi mavjud odam psixologga murojaat etib, o’zidagi qo’rquvni yengib o’tishi foydadan
holi bo’lmaydi.
Agarofobiya.
Bunda odamlar uyidan chiqishdan qo’rqadilar. Ya’ni o’z uyidan boshqa
hamma joyda o’zini xavfsiz his qila olmaydilar. Ushbu fobiyaga chalinganlar ommaviy joylar,
transportlarda bo'lish, yolg'iz sayohat kabilardan vahimaga tushadilar. Odam fobiyani boshidan
kechirayotgan chog’ida uning organizmida fiziologik o’zgarishlar ham kuzatiladi. Ularga
quyidagilarni kiritish mumkin:
-Yurakning tez urishi (taxikardiya);
1.
Bosh aylanishi;
659
2.
Tremor (qaltirash);
3.
Terlab ketish;
4.
Qorin yo boshda og'irlik his qilish;
5.
Og'iz va tomoqning qurib ketishi;
Shunday vaziyatlar bo’ladiki, inson fobiyasi uning normal hayot kechirishiga halaqit
berishi mumkin. Shunday vaziyatlarda patsient psixokonsultatsiyaga ehtiyoj sezadi.
Psixokonsultatsiyada fobiyali mijozlar bilan ishlashda "Tizimli desenzibilizatsiya" metodi keng
qo’llanadi. Masalan, kimningdir biror hayvonga nisbatan fobiyasi bor. Avval unga o’sha
hayvonning suratlari va videolarini ko'rishga o'rgatiladi. Keyin uzoqdan turib tomosha qilish
malakasi shakllantiriladi. Asta-sekinlik bilan shu hayvonga yaqinlashish va undan qo'rqmaslik
malakasi hosil qilinadi. Boshqa turdagi fobiyalarda ham aynan shu uslubdan foydalaniladi.
Masalan, omma oldida gapirishdan qo’rqadigan odamga, avval oyna oldida keyin yaqin insonlari
qarshisida ma’ruza qilish malakasi shakllantiriladi. Sekin-astalik bilan tinglanadigan auditoriya
kengaytirib boriladi. Shu tariqa bosqichma-bosqich ravishda sotsiofobiyadan xalos etiladi.
Xulosa:
psixologik konsultatsiyadagi maxsus muammolar mavjud muammolarni har
tomonlama tushunish va davolanishga ko'p qirrali yondashuvni talab qiladi. Bunda odam kishilar
bilan muloqotni talab qiluvchi vaziyatlardan qo'rqadi. Ya’ni shaxs fobiyasi jamiyat bilan bog’liq
bo’ladi. Omma oldida nutq so'zlash, telefonda notanish odam bilan suhbatlashish, bazmlarda
qatnashish, xorijiy tildagi so’zlarni xato talaffuz qilishdan qo’rqish kabilar vahima uyg'otishi
mumkin. Sotsial fobiyaning asosida kamsitilishdan qo'rqish va uyatli vaziyat sodir bo'lishidan
qochish qo’rqish yotadi. Sotsiofobiya shaxslararo munosabatlar o'rnatish, ishlash va o'qish
jarayonida kuchli to'siq bo'lishi mumkin. shuning uchun ham sotsiofobiyasi mavjud odam
psixologga murojaat etib, o’zidagi qo’rquvni yengib o’tishi foydadan holi bo’lmaydi.
ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. Konsalting psixologiyasiga kirish: shaxslar, guruhlar va tashkilotlar bilan ishlash, R. L.
Louman
2.Nemov, R.S. Psixologik maslahat / R.S. Nemov. - M .: VLADOS, 2003. 28-33 b.
3. Kociunas, R. Psixologik maslahat asoslari R. Kociunas. - M.: Akademik loyiha, 1989. P.
4. Bugental J.F.T. Psixoterapevt san'ati. Nyu-York: Norton 1987 yil.
5. Jorj R., Cristiani T. Consulting: nazariya va amaliyot. M.: Eksmo, 2002, s. 28-30, 30-33 b.
6. Kazlov N.I. Psixolog. Amaliy psixologiya entsiklopediyasi. M.: Eksmo nashriyoti, 2015 yil.
7. Kociunas R. Psixologik maslahat asoslari. M.: Akademik loyiha, 1999, s.
8. Nishonova Z., Asomuddinova Sh. Psixologik maslahat. T.: O'zb. Faylasuflari milliy jamiyati
nashriyoti, 2010. – yil
9.Yo‘ldoshyev, S., & Bosimova, M. (2023). ZAMONAVIY PSIXOLOGIYANING
PEDAGOGIKA BILAN UZVIY BOG ‘LIQLIGI. Журнал Педагогики и психологии в
современном образовании, 3(2).
10.Каршибаев, С., & Анорбоев, Х. (2023). Motiv va motivatsiya muammolari o‘zbekiston
psixologlari talqinida .
Информатика и инженерные технологии
,
1
(2), 427–431.
11. Sardor, Q., & Sarvinoz, Z. (2023). XORIJ OLIMLARI TOMONIDAN MOTIVATSIYA
MUAMMOSINING O ‘RGANILGANLIGI. International Journal of Contemporary Scientific
and Technical Research, 366-371.
12. Sardor, Q., & Sarvinoz, Z. (2023). SHARQ MUTAFAKKIRLARI TALQINIDA
MOTIVATSIYA MUOMMOSI. International Journal of Contemporary Scientific and Technical
Research, 362-366.
KICHIK MAKTAB YOSHI O‘QUVCHILARININ O‘QUV MOTIVATSIYASI
SHAKLLANISHING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Qarshiboyev Sardor Alisher o‘g‘li
