Odam va odamning paydo bo‘lishi haqidagi diniy qarashlar evolutsiyasi

Abstract

Ushbu maqolada odam va odamning paydo bo‘lishi haqidagi diniy qarashlar evolutsiyasi, olam va odamning vujudga kelishi haqida olimlarning fekrlari, mifologik dunyoqarashga asoslangan dinlarning dastlabki unsurlari, olam va odamning vujudga kelishi haqida Qur’oni Karimda keltirilgan bir qator ma'lumotlar keltirilganligi to’g’risida ma’lumotlar berilgan.

  • Jizzakh branch of the National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
  • Jizzakh branch of the National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
CC BY f
623-626
349

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Kurbanova, M., & Etiborkhon, M. (2024). Odam va odamning paydo bo‘lishi haqidagi diniy qarashlar evolutsiyasi. Новый Узбекистан: наука, образование и инновации, 1(1), 623–626. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/new-uzbekistan/article/view/32411
Maftuna Kurbanova, Jizzakh branch of the National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
Student of the Faculty of Psychology, Department of Tourism
Mallaeva Etiborkhon, Jizzakh branch of the National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
dotsenti, s.f.f.d.
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada odam va odamning paydo bo‘lishi haqidagi diniy qarashlar evolutsiyasi, olam va odamning vujudga kelishi haqida olimlarning fekrlari, mifologik dunyoqarashga asoslangan dinlarning dastlabki unsurlari, olam va odamning vujudga kelishi haqida Qur’oni Karimda keltirilgan bir qator ma'lumotlar keltirilganligi to’g’risida ma’lumotlar berilgan.


background image

623

obyektlarni aniqlash uchun alohida o‘qitilgani model uchun ustunlik beradi. Quyida tasvirda
ishlab chiqilgan model uchun baholash ko‘rsatgichi keltirilgan.

3-rasm. Ishlab chiqilgan modelda aniqlik (true positive)

YOLO modelida aniqlik yuqori bo‘lishiga qaramasdan, modelning o‘ta og‘ir ishlashi

model ishlatilgan dasturiy ta’minotning amaliyotda qo‘llanilishida muammolarga sabab bo‘lishi
mumkin. Shu sababli, CNN asosida yaratilgan, ma’lum datasetlar yordamida o‘qitilgan alohida
modeldan foydalanishga ehtiyoj mavjud.

Xulosa qilib aytganda, ishlab chiqilgan model aniqlik darajasi bo‘yicha YOLO modeli

bilan deyarli bir xil natija qayd etgan bo‘lsada, tizim talablari va xotira talablari jihatidan YOLO
modeliga nibatan past talablar qo‘yilgani, ushbu modelning asosiy muhim jihatlaridan biridir.
Obyektlarni aniqlashda bu modelni CCTV tasvirlariga nisbatan virtual chegaralarda ma’lum
hududlar uchun qo‘llanilishi belgilangan hududlarda kuzatuvni amalga oshirish uchun yaxshi
yechim hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Naveenkumar Mahamkali, Vadivel Ayyasamy. OpenCV for Computer Vision
Applications. Conference: Proceedings of National Conference on Big Data and Cloud
Computing (NCBDC’15), March 20, 2015At: Trichy.

2.

Len Hamey. A Functional Approach to Border Handling in Image Processing.
Conference: International Conference on Digital Image Computing: Techniques and
ApplicationsAt: Adelaide Australia. DOI:10.1109/DICTA.2015.7371214.

3.

Kuchkorov, T., Baxritdinov, F. and Hamzayev, J., 2023. CCTV TASVIRLARINI
SEGMENTLASH VA OBYEKTLARNI ANIQLASH UCHUN CHUQUR O
‘QITISHGA ASOSLANGAN MODELLAR VA ALGORITMLAR TAHLILI. DIGITAL
TRANSFORMATION AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE, 1(4), pp.83-91.

4.

Gündüz, M.Ş., Işık, G. A new YOLO-based method for real-time crowd detection from
video and performance analysis of YOLO models. J Real-Time Image Proc 20, 5 (2023).
https://doi.org/10.1007/s11554-023-01276-w

5.

Liu, W., Anguelov, D., Erhan, D., Szegedy, C., Reed, S., Fu, C. Y., Berg, A. C.: SSD:
single shot multibox detector. In European conference on computer vision. Springer,
Cham. pp. 21–37. (2016)

ODAM VA ODAMNING PAYDO BO‘LISHI HAQIDAGI DINIY QARASHLAR

EVOLUTSIYASI

Kurbanova Maftuna Ulug’bek qizi

O‘z MU Jizzax filiali “Psixologiya” fakulteti

“Turizm” yo‘nalishi talabasi


background image

624

E’tiborxon Mallayeva -

O‘zMU Jizzax filiali dotsenti, s.f.f.d.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada odam va odamning paydo bo‘lishi haqidagi diniy

qarashlar evolutsiyasi,

olam va odamning vujudga kelishi haqida olimlarning fekrlari,

mifologik dunyoqarashga asoslangan dinlarning dastlabki unsurlari, olam va odamning
vujudga kelishi haqida Qur’oni Karimda keltirilgan bir qator ma'lumotlar keltirilganligi
to’g’risida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar:

Diniy qarashlar evolutsiyasi,

mifos -

afsona, rivoyat, hikoyat,

Dioxronik aspect, sinxromk,

“Alak” surasi, “Zumar” surasi, “Fussilat” surasi, Kronos,

Zevs.


Odamzod yaratilibdiki, u muttasil ravishda atrofni, o'rab turgan borliqni tadqiq

etib kelmoqda. Bu jarayonda odamzod ulkan bilimlar imoratiga asos soldi.

Hozirda insoniyat to‘plagan tarixiy tajribasi va bilimi orqali yer kurrasidan

chiqib, koinot sirlarini ham tadqiq etishiga qadam qo'ydi. Bu natijalarning asosi bo‘lgan
ilmiy bilish jarayoni naqadar mashaqqatli, zahmatli b‘lmasin, odamzod o‘z tabiatidagi
qiziqishi tufayli bu qiyinchiliklarni yengib kelmoqda. Insoniyatning bu mashaqqatli
mehnati orqali biz butun jamiyat, tabiat va koinot haqida ilmiy fundamental bilimlarga
ega bo‘lib bormoqdamiz. Hozirda bu bilimlarning tarmoqlanishi juda ko‘plab fanlarni
vujudga keltirib, ular orqali odamlar tabiatidagi eng kichik zarralardan tortib, ulkan
narsa-hodisalarning mohiyati tadqiq etmoqda.

Insoniyatning bu faoliyatidan, albatta, odamning o‘zi ham chetda qo lmayapti.

Hozirgi kunda olam va odamning vujudga kelishi haqida olimlar tomonidan juda
ko‘plab ilmiy nazariyalar yaratilgan. Hozirda olam va odamning vujudga kelishi
haqidagi bu nazariyalar qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, ming yillar davomida
shakllangan va ildiz otgan qarashlar ham shunchalik kata rol o’ynamoqda.

Ma’lumki, mif (yun.

mifos -

afsona, rivoyat, hikoyat) - bu ibtidoiy davr

kishilarining ongi va tushunchasida odam, tabiat, jamiyat va koinotning paydo bo‘lishi
bilan bogiiq voqealar, shuningdek, tabiat va jamiyat hodisalarining aks etishidir.

Ibtidoiy davrda yashagan odamlar tabiat va jamiyatda sodir bo‘ladigan voqea va

hodisalarning asl sabablarini to‘g‘ri anglab yetmaganlar va ularga qandaydir tashqi
qudrat ifodasi deya qaraganlar. Mifologik tasavvurlar dunyoni mifologik obrazlar orqali
anglash jarayoni sifatida obyekt bilan subyekt hamda ijtimoiylik bilan tabiylik
o‘rtasidagi munosabatlarning о‘tа sodda ifodasi bo'lib, o'z navbatida, totemizm,
letishizm, animizm, afsungarlik (magiya) va boshqa qator shakllarda namoyon bo’ladi.

Har qanday miflar, odatda, o'zida ikki aspektni mujassamlashtiradi.

Dioxronik

aspekt

o‘zida o‘tmish voqea va hodisalari to'g'risida bayon qiladi va, shuningdek,

sinxromk -

hozirgi va kelgusi zamon voqea va hodisalari to‘g‘ risida bayon qiiib, ibtidoiy

jamoa indivud- lari ongida real mavjud hodisa tarzida aks etadi.

Mifologik dunyoqarashga asoslangan dinlarning dastlabki unsurlari odamlar

hayotida o‘z-o‘zidan shakllanib, takomillashib borgan. Chunonchi, mifologik qarashlar
vujudga keladigan vaqtlarda dastlabki ibtidoiy odam to‘dalarida, xuddi hayvonlar ichida
hozir ham mavjud bo‘lganidek, о‘zaro ishonch va ishonchsizlik ruhiy holati hukm
surgan. Ibtidoiy odamlar uchim ishonch va ishonchsizlik ruhiy holati ularning yashab
qolishida katta rol o‘ynagan. Ibtidoiy odamlaming jamoa bo‘lib yashashlari xavf -
xatarlarga qarshi birga kurashishlarida ularda o‘zaro ishonchdan tashqari, urug'larda
ruxsat va taqiqlar (tabu) tiziminirig shakllanib borishi ham katta ahamiyat kasb etgan.

Ibtidoiy jamoalardagi bu ikki holatda, ya‘ni o‘zaro ishonch va ishonchsizlik

holati haqida ruxsat va taqiqlar (tabu) tizimida dastlab hech qanday diniy
dunyoqarashlar unsurlari bo‘lmagan. Ular urug' jamoa a'zolarini muayyan tartib
doirasida ushlab turish, oziq-ovqati va jinsiy

aloqalarga doir bo‘lgan zero, «moddiy va


background image

625

jinsiy ehtiyojlar kabi nihoyatda muhim individual ehtiyojlarni jilovlamay va muayyan
me’yorga solmay turib, odamzodning jamiyat bo'lib yashashi amri mahol edi».

Vaqtlar o‘tishi bilan jamoaning kengayishi, tabiiy zaxiralarning kamayishi va

boshqa holatlar tufayli odamlaming jamoa bo'lib yashashlari uchun oddiy o‘zaro
ishonch va jamoaning ruxsat va taqiqlar (tabu) tizirni kifoya qilmay qoidi.

Jamoaning ana shu ehtiyojidan, odamlarning tabiat oldidagi ojizligi va

tushunmasligidan hamda boshqa sabablar iufayli miflologik dunyoqarash jamoaning
birligini saqlash va odamlarning tabiat kuchlari oldidagi qo‘rquvi tufayli tug‘ilgan
ma’naviy ehtiyojni to‘ldirishda muhim rol o‘ynadi.

Har bir qit’a va mintaqada mifologik dunyoqarash alohida-alohida ajralgan holda

o'ziga xos xususiyatlar bilan vujudga kelgan, ular shaklan bir -biridan farqlansa-da,
ammo mohiyati e’tiboriga ko‘ra, mazmunan odamlardagi zoologik instinktlarni
chegaralashga qaratilgan va olamda qandaydir sirli kuchlar borligi, ular bilan aloqa
o‘rnatish orqali lurli tasodifiy ofatlar va yo‘qotishlardan forig‘ bo‘lish, birgalikda
yashash sharoitini yaxshilash, taqdirini o‘zgartirish mumkinligiga ishonch ruhi qaror
topa boshlagan.

Shunday qilib, ilgarigidek oddiy ishonchdan farq qilgan, bevosita dunyoqarash

bilan bog‘liq bo'lgan komil ishonchning ko‘rinishi sifatida yer kurrasining turli
joylarida, lurli vaqtlarda mifologik dunyoqarashning totemizm, animizm, fefishizm kabi
asosiy shakllari vujudga kelgan.

Tarixchi va dinshunos olimlarning fikri cha, ko‘pxudolik (politeistik) dinlari

neolit davri (yangi tosh davri - mil. avv. Vl-IV ming yilliklar)da vujudga kela
boshlagan. Bu davrga qadar tabiatdan barcha tayyor narsalarni olib iste’mol qilgan
odamzod endi ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka, ya’ni dehqon chilik va chorvachilikka о’tа
boshlagan.

Dehqonchilik va chorvachilik tashvishlari, ya’ni hosilni, yig‘im - terimni kutish,

aniq vaqtni belgilash, yil fasllarining almashinish vaqtini aniqlash singari vazifalar
odamlarda osmon-u yerga, quyosh-u oyga, yomg'ir-u shamolga nisbatan yangi
qiziqishlarni paydo qilgan. Odamlarning kundalik hayotidagi va tafakkur tarzidagi bu
o‘zgarishlar ijtimoiy ehtiyojdan kelib cbiqib, ijtimoiy voqelikni yetiltira boshlagan. Bu
vaziyat diniy tasavvurlarning rivojlanishi, ya’ni ko‘pxudolik (politeistik) dinlarining
vujudga kelishiga olib kelgan. Ular mifologik dunyoqarashga asoslangan totemizm,
animizm, fetishizm kabilarga nisbatan ancha mukammallashgan. Eng asosiysi,
ko‘pxudolik dinlarida olam va odamning vujudga kelishi haqidagi m asala va savollarga
sodda tarzda bo‘Isa ham, javob bayon etilgan. Masalan, qadimgi yunonlar olam va
odamning paydo bo'lishini quyidagicha tasvirlaganiar: «Avvaliga faqat Xaos mavjud
bo'lgan, so’ngra esa undan yer ma’budasi - Geya tug‘ilgan va u Osmonni Uranni
tug‘gan, ularning niqoblaridan esa Titanlar tug‘ilgan. Ular o‘rtasida o‘zaro jang
boshlanib, unda Кronos g‘olib chiqqan. Biroq u: “O’g‘illarim kelajakda menga qarshi
g‘aiayon ko‘taradi va ular ham (Kronosning o’zi avval o‘z otasi Uranni oidirgani
singari) meni o’ldiradi”, - deb qo’rqqan. Kronos o‘z o'gillaridan qutilishga qaror
qilgan. U o’g’illari tug’ilishi bilan birin-ketin yuta boshlagan. Biroq o‘g‘illarining
oxirgisini ma’buda Geya yashirib qolgan: u o‘g‘lining o’rniga vutish uchun eri
Kronosga yo‘rgakka o‘ralgan uzuntosh bergan. Ularning o’limdan qutqazib qolingan
o‘g‘il Zevs edi. Zevs katta bo’lib, otasi Kronosni taxtdan tushirgan va Titanlarni
zindonga tashlagan, o‘z akalari bilan opalarini esa Kronosning qornidan qutqargan.
Ular Olimp tog’ida yashay boshlashgan va bu xudolardan odamlar tug‘ilgan».

Odamning paydo bo‘lishi, ya’ni islom dinida uni yaratilishi haqida ham Qur’oni

Karimda bir qator ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, ularda odamni Alloh yaratgani qat’iy
ta'kidlangan.

1999 yil “Tafakkur” jurnalining 4-sonida e’lon qilingan Abdulla A'zanming “Fan

va din: odamzodning paydo bo’lishi” maqolasida yozilishicha, Alloh tomonidan


background image

626

odamzodning “qanday yaratilgani bayon qilinmaydi, nimadan yaratilgani esa qayta -
qayta aytiladi – deyilgan.

Takidlash kerakki, islom dini o‘zidan avval vujudga kelgan dinlar merosidan

foydalanishi barobarida, bu dinlar yoritib berolmagan masalalarni ham qamrab ololgan
dindir. Bu masalalarning biri, yuqorida tilga olganimizdek, yaratilishning ikkinchi
jabhasi bo‘lgan odam farzandlarining otasi va onasi vositasida dunyoga kelishi (islom
dini bo‘yicha yaratilish) jarayonidjr. Bu jarayon Qur’oni Karim oyatlarida shunday
talqin qilinadi. “Haj” surasining 5-oyatida: “... biz sizlarga (Allohning qudratini) bayon
qilish uchun sizlarni (ya’ni otangiz Odamni) tuproqdan so'ngra (barcha jonzotni,
avvalo) nufta - maniydan, so‘ngra laxta qondan, so'ngra yaralib bitgan-bitmagan (ya’ni
inson suratida shakillanib bitgan yoki bitmagan) tishlam go‘shtdan yaratdik. Biz
(sizlarni) O’zimiz xohlaganimizcha - muayyan muddatgacha (onalaringiz) qornida
qoldirib, so‘ngra chaqaloq holingizda (yorug’ olamga) cliqarurmiz...” - deyilgan.
“Mo'minun” surasining 13-14-oyatlarida ham bu haqida ma’lumot bo’lib: “... uni
mustahkam qarorgohdagi (ya’ni bachadondagi) nufta - maniy qildik. So‘ngra bu
nuftadan laxta qonni yaratib, laxta qondan bir tishlam go‘shtni yar atib, bir tishlam
go’shtdan suyaklarni yaratib, bu suyaklarga go‘shtni “kiydirdik”, so‘ngra (unga jon
kirgizib, avval-boshdagi bir tomchi suv- nutfadan butunlay) boshqa bir jonzot holida
paydo qildik”, - deya yuqoridagi masalaga shu hamda boshqa (masalan, “Alak”
surasining 1-oyat, “Zumar” surasining 6-oyat, “Fussilat” surasining 47-oyati) sura va
oyatlar orqali aniqlik kiritiladi. Ko‘rinib turibdiki, islom dini odamning paydo bo'lish
masalasini o‘zining muqaddas kitobi Qur’oni Karim orqali bayon etgan. Unda gi sura va
oyatlardagi bu masala yuzasidan keltirilgan ma’lumotiarning mazmuni shundan
iboratki, dastlabki odamni Alloh tuproq, loydan yaratib, unga o‘z ruhidan jonni bergan.
Keyingi odam avlodlarini esa ota va ona orqali yarata boshlagan. Shu tariqa odamz od
yer yuziga tarqalgan. Yuqorida ko‘rib o'tganimizdek, islom dini bu masalani o'z
uslubida va sodda tarzda bayon etgan.

Olam va odamning yaralishi masalasi yuzasidan aytishimiz mumkinki, dinlar

o‘rtasidagi tafovutdan tashqari, o‘zaro o‘xshashlik, ya’ni ayniylik ham mavjudki
ularning barchasi xoh jahon dini, xoh milliy din bo’lishidan qat’i nazar, olam,
jumladan, odamning paydo bo’lishini mazmunan bir xilda tushuntiradi, ya’ni bu
dinlarga ko‘ra olam va odamni ilohiy kuch yaratgan.

Aytish lozimki, bu xulosani keltirib chiqargan dinlarning o‘zi ham insoniyat

ijtimoiy ongi tomonidan erishilgan eng katta yutuqlardan biridir. Chunki, mabodo,
mifologik va diniy qarashlar evolutsiyasi bo‘lmasa, odamzodda olam va odam
to‘g‘risida murakkab tafakkur qilish qobiliyati ham rivojlanmasdi. Demak, o‘z- o‘zidan
hozirgi zamon ilmiy-falsafiy qarashlari vujudga kelmasdi.

Adabiyotlar ro’yhati:

1.

Karimov I.

Noosl'era: geosiyosal va mafkura. -1. Fan. 2007. 64-bet.

2.

Abdulla A’zam “Fan va din: odamzodni paydo bo’lishi”. //Tatakkur. 1999. 4-son. 32-
bet

3.

Abu Homid al-G‘azzoliy. Ixyou ulumid-din. (1-kitob). — Т.: Movarounnahr, 2004.

4.

Dinshunoslik: Darslik. Mehnat, 2004.

5.

История первобытного общества. - М., 1983. - С. 244-45.

6.

Kronos - Xronos-vaqt

7.

Falsafa: qomusiv lug‘at. T.: Sliarq, 2004.

8.

Qur’on. (Alouddin Mansur tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan). - Т., 2004.


References

Karimov I. Noosl'era: geosiyosal va mafkura. -1. Fan. 2007. 64-bet.

Abdulla A’zam “Fan va din: odamzodni paydo bo’lishi”. //Tatakkur. 1999. 4-son. 32-bet

Abu Homid al-G‘azzoliy. Ixyou ulumid-din. (1-kitob). — Т.: Movarounnahr, 2004.

Dinshunoslik: Darslik. Mehnat, 2004.

История первобытного общества. - М., 1983. - С. 244-45.

Kronos - Xronos-vaqt

Falsafa: qomusiv lug‘at. T.: Sliarq, 2004.

Qur’on. (Alouddin Mansur tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan). - Т., 2004.