Hozirgi kunda klaster tizimidagi paxta tozalash korxonalarida paxtani quritishda energiya tejamkor texnologiyasini tadqiqoti

Аннотация

Maqolada hozirgi kunda klaster tizimida paxtani dastlabki ishlash bo‘g‘imining eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lgan paxtani quritish jarayonida bo‘layotgan kamchiliklardan biri ortiqcha energiya sarfini o‘rganish va energiya tejamkor uskunalarini tadbiq qilish tadqiq etilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
605-608
50

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Исмоилов I., Хакимов S., & Исмаилов A. (2024). Hozirgi kunda klaster tizimidagi paxta tozalash korxonalarida paxtani quritishda energiya tejamkor texnologiyasini tadqiqoti. Новый Узбекистан: наука, образование и инновации, 1(1), 605–608. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/new-uzbekistan/article/view/32403
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada hozirgi kunda klaster tizimida paxtani dastlabki ishlash bo‘g‘imining eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lgan paxtani quritish jarayonida bo‘layotgan kamchiliklardan biri ortiqcha energiya sarfini o‘rganish va energiya tejamkor uskunalarini tadbiq qilish tadqiq etilgan.


background image

605

Axloqiy mulohazalar va ijtimoiy ta'sir: Yosh olimlar o'z tadqiqotlarining axloqiy

oqibatlarini tobora ko'proq e'tiborga olishmoqda va o'z ishlari jamiyatga foyda keltirishi va
potentsial zararni kamaytirishga intilmoqda. Ular ko'pincha tadqiqotni mas'uliyatli o'tkazish va
axloqiy qarorlar qabul qilish atrofida munozaralarda qatnashadilar.

Tadbirkorlik va innovatsiyalar: Ko'pgina yosh olimlar o'zlarining tadqiqot natijalarini

amaliy qo'llanmalar va tijorat tashabbuslariga aylantirishga intilib, tadbirkorlikka moyil. Ular
startap akseleratorlarida ishtirok etishlari, venchur kapitalistlardan mablag‘ izlashlari yoki o‘z
g‘oyalarini bozorga chiqarish uchun sanoat hamkorlari bilan hamkorlik qilishlari mumkin [1].

Mentorlik va kasbiy rivojlanish: Yosh olimlar katta tadqiqotchilar, ilmiy muassasalar va

professional jamiyatlar tomonidan taqdim etilgan murabbiylik va malaka oshirish
imkoniyatlaridan foydalanadilar. Ushbu dasturlar shaxsiy va professional o'sishni rag'batlantirish
bilan birga akademik va ilmiy martaba muammolarini hal qilishga yordam beradi.

Umuman olganda, yosh olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar

innovatsiyalar, hamkorlik va jamiyat farovonligi yo‘lida real muammolarni hal qilishga intilishi
bilan ajralib turadi. Ular kashfiyot va izlanishga bo'lgan ishtiyoqini davom ettirar ekan, ular
bilimni rivojlantirish va ilm-fan kelajagini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yixati:

1.

Appleton, K. (2003). How do beginning primary school teachers cope with science
Towards and understanding of science teaching practice. Research in Science Education,
33: 1-25.

2.

Р. А. Долженко В. А. Карпилянский Р. А. Хади “Мотивация молодых ученых к
научно-исследовательской деятельности в российских региональных вузах” DOI:
10.17853/1994-5639-2019-9-122-153

3.

Usmanova.U.A “Magistratura talabalarini ta’lim jarayonida ilmiy tadqiqot ishlariga
maqsadli yo‘naltirishga asoslangan integratsion jarayon”

HOZIRGI KUNDA KLASTER TIZIMIDAGI PAXTA TOZALASH KORXONALARIDA

PAXTANI QURITISHDA ENERGIYA TEJAMKOR TEXNOLOGIYASINI TADQIQOTI

Ismoilov I.D., Xakimov Sh.SH., Ismailov A.A

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti

Ibrohimismoilov0707@gmail.com


Annotatsiya.

Maqolada hozirgi kunda klaster tizimida paxtani dastlabki ishlash

bo‘g‘imining eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lgan paxtani quritish jarayonida bo‘layotgan
kamchiliklardan biri ortiqcha energiya sarfini o‘rganish va energiya tejamkor uskunalarini tadbiq
qilish tadqiq etilgan.

Kalit so‘zlar:

Quritish, temperatura, issiq havo, paxta, issiqlik miqdori, energiya

tejamkor.


Jahon to‘qimachilik sanoatida paxta tolasi tabiiy maxsulot sifatida haridorgir va

ishlatilish hajmi bo‘yicha katta ahamiyat kasb etadi. Paxtani dastlabki ishlashning texnika va
texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha keng miqyosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib
borilmoqda.

O‘zbekistonda keyingi yillarda paxta to‘qimachilik va yengil sanoat, klaster tizimiga

birlashgan holda rivojlanish yo‘liga o‘tmoqda. Paxta mahsulotlari to‘liq qayta ishlanib, tayyor
mahsulot sifatida sotish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu sohalar uchun o‘ta ma’sulyatli davr hisoblanib,
bunda sifatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarib jahon bozorini egallash vazifasi turibdi.
Jahon bozoriga to‘qimachilik mahsulotlari bilan kirib borish va shunga mos sifatli mahsulotlar
ishlab chiqarishni ta’minlash uchun asosan paxtani terishdan boshlab uni quritish, tozalash,


background image

606

jinlash, tola tozalash va ip mahsulotlarini tayyorlash jarayonlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish
talab etilmoqda [1].

Paxta maxsulotlari sifatini oshirish va tannarxini kamaytirish imkoniyatini beruvchi yangi

resurs tejamkor va energiya tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqot
izlanishlar keng miqyosida davr talabiga aylangan. Ishlab chiqarishning har bir bosqichida
mahsulot sifati va miqdoriga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish,
paxtani quritish jarayonida sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolishni, energiya sarfini
minimallashtirish imkonini beradigan, ishlash rejimlari va ko‘rsatkichlarini optimallashtirish va
ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuning uchun energiya tejamkor quritish barabanlarini loyihalash, paxtani quritish

jarayonida tola sifatini saqlash, quritish samaradorligini oshiruvchi resurs tejamkor qismlar bilan
ta’minlash va energiya sarfini minimallashtirish zarur hisoblanadi.

Respublikamizda to‘qimachilik klasterlari tuzilishi va paxta tozalash korxonalarini ularni

tarkibiga kiritilishi paxtani dastlabki ishlashni texnologik rejimlarni qayta ko‘rib chiqishni talab
etmoqda [2].

Biz tajriba o‘tkazish maqsadida bir nechta paxta tozalash korxonalariga borganimizda

quritish barabanlari va issiq xavo uzatish tizimlarining temperaturalarini, tashqi muhitga va
ishlatilmasdan chiqib ketayotgan issiqlik energiyasi miqdori ancha yuqori ekanligi aniqlandi.
Barabanli quritgichlarga beriladigan issiq havo miqdori paxtadagi namlik miqdoriga va quritish
barabani rusumiga qarab, asosan 18000-24000 m

3

gacha issiqlik berilib shu issiqlik miqdorinig

10-15% issiqlik uzatish tizimi va baraban yuzasi orqali ishlatilmasdan tashqi muhitga ajralib
chiqayotgani tajribalar davomida aniqlangan. Barabanga berilayotgan issik havodan foydalanish
darajasi past, u o‘z issiqligini yetarli darajada paxtani quritishga sarflamasdan atmosferaga
ajralib ketmoqda [3, 4].

Shularni inobatga olgan xolda paxta tozalash korxonalarida namligi past bo‘lgan 1, 2, 3-

nav paxtalarni quritishda energi sarfi yuqori bo‘lgan quritish barabanlarida emas energiya va
resurs tejamkor quritish uskunasini tavsiya etilib, tajriba sinovlari o‘tkazilmoqda.

Tajribalar “Real agro cotton” klasteriga qarashli O‘zbekiston paxta tozalash korxonasi

amalga oshirilgan. Tajriba issiqlik generatorining dimososidan uzatilayotgan issiq havo
temperaturasi issiq havo quvurini boshlanish A nuqtasida va barabanga kirish B nuqtasida
termoparali temperatura o‘lchash moslamasi yordamida quvur ko‘ndalang kesimini bir necha
nuqtalarida o‘lchanib o‘rtacha arifmetik qiymati aniqlandi.

1-rasmda quritish barabaniga issiq havo uzatish sxemasi keltirilgan bo‘lib unga ko‘ra

issiqlik generatoridan chiqqan issiq havo ventilyator yordamida quvur orqali quritish barabaniga
uzatiladi.

1-issiqlik generatori, 2-ventilyator, 3-issiq havo quvuri, 4-baraban.

1-rasm. Issiqlik ishlab chiqarish bo‘limidan issiq havoni quritish barabaniga uzatish tizimi

sxemasi.

Issiq havo quvuri to‘rtburchak yoki aylana shaklida bo‘lishi mumkin. Ular 2 mm li

tunukadan tayyorlanadi.


background image

607

1-jadvalni tahlili barabanga issiqlik generatoridan berilayotgan issiqlikni ahamiyatli

darajadagi qismi quvur yuzasidan va baraban shaxtasidan foydalanilmasdan atrof-muhitga chiqib
ketishi hisobiga issiqlik yo‘qotilishini ko‘rsatdi va bu yo‘qotilish issiq havo temperaturasi oshgan
sayin ko‘payishi aniqlandi.

Olib borilgan tajribalarda issiq havo temperaturasi diametri d=0,73 metr va uzunligi 13

metr bo‘lgan issiqlik uzatish tizimida o‘lchandi, unda ikkita nuqta tanlab olindi ya’ni issiqlik
uzatish tizimi boshlang‘ich nuqtasi A (generatoridan keyin) va quritish barabaniga kirish qismida
B nuqtalar tanlab olindi. Tajriba issiqlik uzatish tizimining hozirgi xolatida amalga oshirildi.
Unda issiqlik generatoridan keyin A nuqtada 104,4 ℃ ga bo‘lganda quvur uzunligi bo‘yicha 13
metrdan keyin B nuqtada o‘lchanganida 90,02 ℃ ga tushgani aniqlandi,

1-jadval

Issiqlik uzatish tizimi va quritish barabani xozirgi xolati

Issiqlik qozonidagi

temperatura, ℃

Barabanga kirish

nuqtasidagi

temperatura, ℃

Barabandan tashqi muhitga

ishlatilgandan keyin chiqib

ketayotgan issiqlik, ℃

1

103,3

89,7

39,3

2

104,0

90,1

39,6

3

104,6

90,9

40,1

4

105,8

88,9

39,7

5

103,6

89,0

39,5

6

106,7

90,1

37,3

7

105,1

89,6

41,1

8

105,6

90,7

37,9

9

104,7

88,9

38,6

10

100,8

91,6

39,8

O‘rta

104,4

90,02

39,3

yani 14,38 ℃ issiqlik quvur yuzasi orqali tashki muhitga ajralib chiqgan, bu degani berilayotgan
issiqlikning 13,77% behuda isrof bo‘layotganini ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari
ishlatilgan issiq havo chiqish shahtasidan xam 39,3 ℃ temperatura tashqi muhitga ajralib
chiqayotgani aniqlandi. Bundan tashqari ko‘plab paxta tozalash korxonalarida olib borilgan
tadqiqotla xam quritish barabanlarida issiqlik sarfi yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Shularni inobatga
olgan holda biz namligi past bo‘lgan ya’ni 1-2-3-navli paxtalarni quritishda energiya tejamkor va
resurs tejamkor texnologiya ya’ni lentali quritish uskunasi tavsiya etilmoqda. Yangi quritish
uskunasining sxemasi 2-rasmda keltirilgan.

Tajribalarni olib borishda lazerli SMART SENSOR AR320 markali lazerli termometr va

Thermocouple HT-9815 markali termoparalar yordamida amalga oshirilgan.
Xulosa. Paxtani quritish barabanlariga berilayotgan issiqlikni sezilarli qismi yo‘qotilayotgani,
natijada issiq havo temperaturasi yo‘qolishi kuzatildi.


background image

608

1-ta’minlagi, 2-issiq havo quvuri, 3,4,5,6-paxtani harakatlantiruvchi lenta,

7-quritilgan paxta chiqish zonasi.

2-rasm. Lentali quritish uskunasi texnologik sxemasi.

Issiqlik yo‘qotilishi asosan havo uzatish tizimi yuzasidan atrof-muhitga tarqalishi

hisobiga vujudga kelayotgani tajribalarda aniqlandi, issiqlik yo‘qolish ulushi 10% dan 15%
gacha ekanligi amaliy tajribalar davomida aniqlandi.

Ushbu xolatlarni inobatga olgan holda paxtani quritishda energiya tejamkor yangi

quritish uskunasi taklif etilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kupalova Yu. Konduktiv issiqlik almashinuvini takomillashtirish asosida paxtani

quritish jarayonini tezlashtirish. Dok. diss (PhD) Toshkent 2019. 46-48 b.

2. Paxtani dastlabki ishlashni muvofiqlashtirilgan texnologiyasi (PDI 70-2017)

“O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, “Paxta tozalash ilmiy markazi” OAJ, Toshkent-2017. 17-18 b.

3. Kayumov A.X., Parpiyev A.P. Paxtani quritish jarayonida qo’laniladigan

temperaturaning taxliliy sharxi // FarPI, 2017. №1. 29-34 b.

4. Kupalova YU.I., Qayumov A., Pardayev X. Quritish barabani yuzasini qizish

temperaturasini oshirish. Mexanika muammolari ilmiy texnikaviy jurnali. №1, 2018. 83-86 b.

ROTOR FILTRLI ChANG UShLASh APPARATI GIDRO VA

AERODINAMIKASINING PARAMETRLARINI HISOBLASh

Phd.,dos.. A.S.Isomidinov

“Farg‘ona politexnika instituti”

Annotatsiya:

Maqolada Ho‘l usulda ishlovchi changli gazlarni tozalash va

neytralizatsiyalash apparat konstruksiyalarining ustida ko‘plab ilmiy-tadqiqot izlanishlari olib
borilgan va ularni yutuq va kamchiliklarini o‘rganish, tahlil qilish asosida ho‘l usulda changli
gazlarni tozalovchi rotor filtrli apparatning yangi konstruksiyasi yaratilgan

Kalit so‘zlar

: changli gazlar, neytralizatsiyalash, rotor filtr, aerodinamik jarayon,

qarshilik koeffitsenti, aerodinamika

Yaratilgan apparat konstruksiyalarining tuzilishi, parametrlari va ish rejimlari ustida ko‘p

izlanishlar, tadqiqotlar bajarildi. Izlanishlar natijasida apparat konstruksiyasida qayd etilgan
kamchiliklar bartaraf etildi va changli gazlar bilan suyuqlik o‘rtasidagi to‘qnashish yuzasining va
apparat konstruksiyasi parametrlarining maqbul o‘lchamlari hamda ish rejimlari aniqlandi. [1].
Apparatning maqbul ish rejimlarining asosiy afzalliklari shundan ibortki, changli gazlar aylanma
xarakatdagi namlantirilgan tolali qoplama rotor filtr yuzasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashishda

Библиографические ссылки

Kupalova Yu. Konduktiv issiqlik almashinuvini takomillashtirish asosida paxtani quritish jarayonini tezlashtirish. Dok. diss (PhD) Toshkent 2019. 46-48 b.

Paxtani dastlabki ishlashni muvofiqlashtirilgan texnologiyasi (PDI 70-2017) “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, “Paxta tozalash ilmiy markazi” OAJ, Toshkent-2017. 17-18 b.

Kayumov A.X., Parpiyev A.P. Paxtani quritish jarayonida qo’laniladigan temperaturaning taxliliy sharxi // FarPI, 2017. №1. 29-34 b.

Kupalova YU.I., Qayumov A., Pardayev X. Quritish barabani yuzasini qizish temperaturasini oshirish. Mexanika muammolari ilmiy texnikaviy jurnali. №1, 2018. 83-86 b.