O‘zbek adabiyotshunosligida ruhiy tasvir tadqiqi

Annotasiya

Ruhiy tasvir nafaqat dunyo adabiyotshunosligida, balki o'zbek adabiyotshunosligida ham atroflicha o‘rganilmoqda. Mazkur maqolada bu tushunchaning o'zbek adabiyotshunosligida kasb etgan mohiyati, xususan, badiiy psixologizm muammosining o'zbek adabiyoti va adabiyotshunosligida tutgan o‘rni va tadqiqi masalasi o‘rganildi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
  • Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
CC BY f
343-345
149

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Hayitova, L. (2024). O‘zbek adabiyotshunosligida ruhiy tasvir tadqiqi . Yangi O‘zbekiston: Fan, ta’lim Va Innovatsiya, 1(1), 343–345. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/new-uzbekistan/article/view/32377
Laylo Hayitova, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
tayanch doktoranti
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ruhiy tasvir nafaqat dunyo adabiyotshunosligida, balki o'zbek adabiyotshunosligida ham atroflicha o‘rganilmoqda. Mazkur maqolada bu tushunchaning o'zbek adabiyotshunosligida kasb etgan mohiyati, xususan, badiiy psixologizm muammosining o'zbek adabiyoti va adabiyotshunosligida tutgan o‘rni va tadqiqi masalasi o‘rganildi.


background image

343

Foydalanilgan adabiyotlar

1. NORQOBILOV MUHIDDIN NAJIMOVICH “JISMONIY TARBIYA VA SPORT” (О‘quv
qо‘llanma)Toshkent 2019
2. Ashur Nazarovich Normurodov JISMONIY TARBIYA (О‘quv qо‘llanma)Toshkent 2011
Абдуллаев А., Хонкелдиев Ш.Х. Жисмоний тарбия назарияси ва усулияти. 2000 й.
Тошкент.
3. Холчураев Ботир Холиқович (2020). Жисмоний тарбия дарсларини ташкил этишда
таълим услубларининг аҳамияти. Science and Education, 1 (3), 752-756.
4. Васильева Виктория Руслановна, & Коробейникова Елена Ивановна (2021).
Применение

инновационных технологий на уроках физической культуры. Наука-2020, (6

(51)), 131-136

5. Абдуллаев А., Хонкелдиев Ш.Х. Жисмоний тарбия назарияси ва усулияти. 2000 й.
Тошкент.

6 . Холчураев Ботир Холиқович (2020). Жисмоний тарбия дарсларини ташкил этишда
таълим

услубларининг аҳамияти. Science and Education, 1 (3), 752-756.

7.

Саломов Р.С Спорт машғулотларининг назарий асослари. Ўқув қўлланма Т.:2005.-261 б

O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA RUHIY TASVIR TADQIQI

Laylo HAYITOVA

,

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti

universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya.

Ruhiy tasvir nafaqat dunyo adabiyotshunosligida, balki o‘zbek

adabiyotshunosligida ham atroflicha o‘rganilmoqda.

Mazkur

maqolada bu tushunchaning o‘zbek

adabiyotshunosligida kasb etgan mohiyati, xususan, badiiy psixologizm muammosining o‘zbek
adabiyoti va adabiyotshunosligida tutgan o‘rni va tadqiqi masalasi o‘rganildi.

Kalit so‘zlar.

badiiy psixologizm, obraz, ruhiy tasvir, adabiyotshunoslik, tamoyil,

psixologik tahlil.

Ruhiy tasvir badiiy asar mag’zini hosil qiladigan tushuncha. Qahramonlar ruhiyati to‘la

yoritilmagan asar har qancha qiziqarli syujetga ega bo‘lmasin, kitobxon qalbidan o‘rin
ololmaydi. Chunki ichki dunyosi, kechinmalari puxta ifodalanmagan obrazlar badiiy obraz
darajasiga ko‘tarilmaydi. Bunday obraz ta’sirchanlik, tabiiylik kabi o‘quvchini rom etadigan
xislatlardan mahrum bo‘ladi. Shu bois XX asrdan boshlab o‘zbek adabiyotshunosligida ham
badiiy psixologizm muammosini o‘rganishga alohida e’tibor berila boshlandi. XX asrning turli
yillarida yaratilgan ilmiy ishlar, xususan, H. Umurovning “Badiiy psixologizm va hozirgi o‘zbek
romanchiligi”, N. Shodiyevning “Abdulla Qahhorning psixologik tasvir mahorati”(“Sarob” va
“Sinchalak” asarlari misolida), M. Abdurahmonovaning “Abdulla Qodiriyning psixologik tasvir
mahorati”, A. Xolmurodovning “Odil Yoqubov romanlarida psixologizm” kabi dissertatsion
ishlarda badiiy psixologizm masalasining turli qirralari tadqiq etildi. S. Matyoqubovning “Badiiy
psixologizm qirralari”, A. Alimuhamedovning “Abdulla Qahhor hikoyalarida ruhiy tasvir”, I.
Rahimovning “Ruhiy tahlil va ijod”, Jabbor Eshonqulning “Ruhiy tahlil metodi xususida”, O.
Avazovaning “Psixologik tahlil qirralari”, M. Rustamovaning “Hozirgi hikoyachilikda ruhiyat
talqini” singari maqolalarida qahramon ruhiyati va uning badiiy asardagi ifodasiga xos ayrim
muhim masalalar o‘rganildi. Bundan tashqari o‘zbek olimlaridan A. Rasulov, B.Nazarov,
U. Normatov, H. Boltaboyev, B. Karimov, Q. Yo‘ldoshev, D. Quronov, I. Yoqubov,
A. Erkinov, Q. Qahramonovlarning doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarida, monografiya va
maqolalarida, adabiyotshunoslik va adabiy tanqidga oid darslik hamda o‘quv qo‘llanmalarida

badiiy psixologizm masalasiga doir muhim fikr-mulohazalar bildirilgan.


background image

344

Bu tadqiqot ishlarining har birida muammo mohiyatini yorituvchi muhim fikrlar va

xulosalar berildi, ma’lum bir yozuvchi ijodi misolida tahlillar, talqinlar amalga oshirildi. Ammo
bir nechta ilmiy ish va tadqiqotlar qilinganiga qaramay badiiy psixologizm muammosi jahon
adabiyotshunosligida hali to‘la o‘ragilmagan, yechimini kutayotgan muhim masalalardan biri
bo‘lib qolmoqda. Binobarin, badiiy psixologizm muammosinining aniq tavsifi va yaxlit
konsepsiyasi ishlab chiqilgani yo‘q. Shuning uchun ham so‘nggi yillarda bu masala tadqiqiga
doir ishlar yana ko‘paydi.

O‘zbek adabiyotshunosligida ruhiy tasvir masalasini maxsus o‘rgangan olimlardan biri

Hotam Umurov badiiy psixologizmning tur va vositalari to‘g‘risida to‘xtalar ekan, shunday
yozadi: “Adabiyotshunoslikka oid manbalarda badiiy psixologizmning dinamik, tipologik va
analitik prinsiplari farqlab ko‘rsatiladi. Dinamik prinsipda personaj ruhiyati uning muayyan
hayotiy situatsiyalarda o‘zini tutishi, xatti-haralkatlari va gap-so‘zlari orqali ochiladi. Badiiy
psixologizmning tipologik prinsipi personaj ruhiyatini u shakllangan va harakatlanayotgan muhit
shart-sharoitlari bilan bog’lagan, shulardan kelib chiqqan holda tasvirlashni nazarda tutadi.
Analitik prinsip esa personaj dilidagi his-tuyg’ular, ongidagi o‘y-fikrlarning ildizlari, tadrijini
jarayon tarziday izchil va atroflicha tasvirlashni taqozo etadi.”[2;49]

Ma’lumki, sho‘ro adabiyotida yozuvchi fokusi asosan insonning ichki dunyosi va o‘y-

kechinmalariga emas, uning jamiyatdagi roli, mehnati va hayot tarzi siyosiy tuzum g’oyalariga
qanchalik muvofiqligiga qaratildi. Tabiiyki, bu adabiyotning tadqiqi ham xuddi shu yo‘sinda
kechadi. Ammo mustaqillik davriga kelib ijodkorlar inson ruhiy dunyosi, og‘riqlari-yu
iztiroblari, kechinmalari tasviriga birlamchi ahamiyat qaratdilar. Xususan, P. Kenjayevaning
“Hozirgi o‘zbek hikoylarida qahramon ruhiyati” mavzusida (2005)gi nomzodlik dissertatsiyasida
“Siyosiy tuzumning o‘zgarishi ijtimoiy munosabatlarning yangilanishiga, jamiyat a’zolari
o‘rtasidagi munosabatlarning yangilanishi ularning ruhiyati, ma’naviy olamidagi o‘zgarishlarga
sabab bo‘lganligi va millat ahli ma’naviy olamidagi bu holat keyingi davrda yaratilgan
hikoyalarning qahramonlari ruhiyatidagi evrilishlarni keltirib chiqarganligi hozirgi o‘zbek
hikoyanavislarining asarlari misolida ko‘rsatib berildi.”[4:9] Mazkur tadqiqot ishida Erkin
A’zam, Xurshid Do‘stmuhammad, Salomat Vafo, Jamila Ergasheva, Zulfiya Qurolboy qizi kabi
bir nechta yozuvchilarning hikoyalari psixologik tahlilga tortilishi barobarida davr adabiyoti va
adabiyotshunosligida badiiy psixologizmning o‘rni, ruhiy tasvirning yetakchi tamoyillari va
o‘ziga xosligi aniqlanadi.

Ruhiy tasvir tadqiqi xususida adabiyotshunos M. Boboxonning quyidagi fikrlari

ahamiyatlidir: “Badiiy psixologizmni o‘rganar ekanmiz, g‘arb va sobiq sho‘rolar
adabiyotshunosligida adabiyotga nisbatan yondashuvlar turlicha bo‘lganligini ko‘ramiz. Aytish
joiz, psixologizm konsepsiyasini qurishda sho‘ro adabiyotshunoslari yangi psixologik
kashfiyotlarni hisobga olmadilar, ular faqat shaxsning realistik konsepsiyasiga, adabiy qahramon
ichki hayoti va fe’l-atvorini tasvirlashning an’anaviy usullariga tayandilar. O‘z navbatida, xorijiy
adabiyotshunoslikning ustivor jihatlari “yashirin”, “ichki” insonga sinchkovlik bilan qarash, Z.
Freyd, K. Yunglarning psixoanaliz sohasidagi izlanishlariga kuchli qiziqish bilan shartlangan
edi. Binobarin, psixoanalizni badiiy-estetik fenomenlarga nisbatan qo‘llash metodlarining
poydevori ular tomonidan qo‘yildi.”[3:7]

O‘zbek adabiyotshunosligida ruhiy tasvir tadqiqiga bag’ishlangan ilmiy ishlar orasida

Mavlon Boboxonning “Hozirgi o‘zbek romanlari strukturasida psixologizm muammosi”
mavzusida 2023-yilda yoqlangan doktorlik dissertatsiyasini alohida e’tirof etish lozim. Chunki
bu ilmiy ishda muallif jahon adabiyotshunosligidagi badiiy psixologizm tadqiqida erishilgan eng
so‘nggi fikr-xulosalarga tayanib, o‘zbek adabiyotshunosligi uchun muhim bo‘lgan yangi va
asosli qarashlarni ilgari suradi. Chunonchi, hozirgi o‘zbek romanchiligida qahramon ruhiy
olamini tasvirlashning yetakchi tamoyillari, ijtimoiy muhitning qahramon ruhiyatiga ta’siri kabi
masalalar “Lolazor”(M.M.Do‘st), “Otamdan qolgan dalalar” (T. Murod), “Qo‘rqma” (J.
Jovliyev) kabi romanlar misolida tekshiriladi.

M. Boboxon badiiy psixologizm tushunchasining o‘rganilish tarixi haqida fikr yuritar

ekan, ta’kidlaydi: “Muammoning xususiy jihatlarini ishlab chiqish (psixologizm va uslub, janr,


background image

345

metod, shaxs konsepsiyasi) adabiyotshunoslik oldidagi muhim vazifalardan biri bo‘lib
qolmoqda. Modomiki, psixologizmning adabiyotdagi nazariy va amaliy masalalarini o‘rganishda
uzoq vaqt mobaynida faqat realist yozuvchilar merosi asosiy material bo‘lib xizmat qildi, keyingi
yillardagi qator tadqiqotlarda psixologizmning o‘zini XIX asr realizmining kashfiyoti sifatida
ko‘rish va tadrijiy takomilining keyingi bosqichlarini e’tiborga olmaslik mayli sezilib turadi.
Avvallari fanda psixologizm haqida badiiy metod, an’ana va novatorlik rakurslaridan turib bahs
yuritilgan bo‘lsa, o‘tgan asrning 70-80-yillaridan boshlab muammoni nazariy va tarixiy jihatdan
anglash yo‘liga o‘tildi. 90-yillardan e’tiboran psixologizmga nisbatan adabiy-tarixiy jarayon
harakatining badiiy o‘ziga xosligidan kelib chiqadigan ichki (immanent) hodisa sifatida qarala
boshlandi.”[3:8]

Asl adabiy asar hech zamonda inson va uning hissiyotlari, ruhiy

to‘lg‘onishlaridan xoli yaratilmaydi. Shunday ekan, badiiy psixologizm muammosining chuqur
o‘rganilishi istiqbolda muvaffaqiyatlarga olib boruvchi muhim vazifa bo‘lib, bugun o‘zbek
adabiyotshunosligi bu borada zarur qadamlar qo‘yayotir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

D.Quronov, Z. Mamajonov, M.Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lug’ati. T.: “Akademnashr”,

2013.
2.

H. Umurov. O‘zbek romanida psixologizm prinsiplari, shakllari va vositalari. O‘zbek adabiy

tanqidi. T.:”Turon-iqbol”, 2011.
3.

M. Boboxon. Hozirgi o‘zbek romanlari strukturasida psixologizm muammosi.

Dissertatsiya, SamDU, 2023.
4.

M. Qo‘chqorova. Badiiy so‘z va ruhiyat manzaralari. T.:”Muharrir”, 2011.

5.

P. Kenjayeva. Hozirgi o‘zbek hikoyalarida qahramon ruhiyatini tasvirlash tamoyillari.

Dissertatsiya. Toshkent, 2008.
6.

R. Tulabayeva. Xudoyberdi To‘xtaboyev romanlarida badiiy psixologizm. Dissertatsiya,

ToshDO‘TAU. Toshkent, 2019.

5-6-SINF O'QUVCHILARINING IJTIMOIY MOSLASHUVINING

XUSUSIYATLARI

Hudayberdiyeva Mohira Osimjanovna

Namangan davlat universiteti tadqiqotchisi

Annotasiya.

Maqola ta'lim muassasalarining 5-6 sinflariga mos keladigan 10-12 yoshdagi

o'quvchilarning ijtimoiy moslashuvi jarayonini o'rganishga bag'ishlangan. Muallif ijtimoiy
moslashuvning asosiy jihatlarini, jumladan, atrof-muhit bilan o'zaro munosabatlarni, sinfdoshlar
va o'qituvchilar bilan aloqa o'rnatishni, muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishni va ijtimoiy o'ziga
xoslikni shakllantirishni o'rganadi. Maqolada muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuvga ta'sir qiluvchi
omillar, masalan, oilaviy muhit, maktab muhiti, o'quvchilarning shaxsiy xususiyatlari ko'rib
chiqiladi. Maqolada keltirilgan tadqiqot natijalari 5-6-sinf o'quvchilarining ijtimoiy moslashuvi
uchun qulay sharoit yaratmoqchi bo'lgan o'qituvchilar, psixologlar va ota-onalar uchun foydali
bo'lishi mumkin.

Kalit so'zlar:

ijtimoiy moslashuv, 5-6 sinf o'quvchilari, moslashish xususiyatlari,

psixososyal rivojlanish, ta'lim muhiti, maktab o'quvchilari o'rtasidagi o'zaro ta'sir, ijtimoiy
ko'nikmalar, hissiy barqarorlik, o'z-o'zini hurmat qilish va o'zini o'zi qadrlash, guruh dinamikasi.

Kirish.

Ijtimoiy moslashuv-bu shaxs o'zi faoliyat ko'rsatadigan jamiyat talablari va

me'yorlariga moslashish jarayoni. 5-6-sinf o'quvchilari uchun bu davr rivojlanishda muhim
ahamiyatga ega, chunki ular yangi ijtimoiy muhitlar, o'quv talablari va jamiyatdagi rollaridagi
o'zgarishlarga duch kelishadi. Ushbu maqolada biz ushbu yosh oralig'idagi talabalarning ijtimoiy
moslashuvining xususiyatlarini ko'rib chiqamiz. O'rta boshlang'ich maktab davrida talabalar
jamiyatdagi rolini ongli ravishda anglay boshlaydilar. Ular turli xil ijtimoiy guruhlarga duch
kelishadi: oila, maktab hamjamiyati, do'stlarva maktabdan tashqari dunyo[1]. Ushbu jarayon

Bibliografik manbalar

D.Quronov, Z. Mamajonov, M.Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lug’ati. T.: “Akademnashr”, 2013.

H. Umurov. 0‘zbek romanida psixologizm prinsiplari, shakllari va vositalari. O‘zbek adabiy tanqidi. T.:”Turon-iqbol”, 2011.

M. Boboxon. Hozirgi o‘zbek romanlari strukturasida psixologizm muammosi.Dissertatsiya, SamDU, 2023.

M. Qo'chqorova. Badiiy so‘z va ruhiyat manzaralari. T.:”Muharrir”, 2011.

P. Kenjayeva. Hozirgi o‘zbek hikoyalarida qahramon ruhiyatini tasvirlash tamoyillari. Dissertatsiya. Toshkent, 2008.

R. Tulabayeva. Xudoyberdi To'xtaboyev romanlarida badiiy psixologizm. Dissertatsiya, ToshDO'TAU. Toshkent, 2019.