341
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MASHG’ULOTLARINING TA’LIMDAGI
AHAMIYATLARI
Fayzullayev.Sh.B
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
jizzax filiali dots v.b
Annotatsiya:
Maqolada ta’lim muassaasalarida jismoniy tarbiya va sport darslarini
tashkil etishda e’tibor qaratiladigan jihatlar va mazkur jihatlarning jismoniy tarbiya sifati hamda
samaradorligini
oshirishdagi
zaruriy
ahamiyati
masalasiga
doir
fikrlar
keltirilgan.
Kalit so’zlar:
tarbiya, mashqlar, sport, mashg’ulot, tayyorgarlik, ta’lim , sifat,
samaradorlik, natija rivojlanish.
Dunyoning
rivojlangan mamlakatlari tajribalarini о`rganish, mahalliy
shartsharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining barcha
sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan-yangi yutuqlarga erishishni
ta’minlamoqda. Turli sohalarda yо`lga qо`yilayotgan xalqaro hamkorlik garchi о‘z samarasini
berayotgan bо‘lsa-da, biroq, milliy mustaqillikni har jihatdan mustahkamlash, erishilgan
yutuqlarni boyitish, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish jamiyat a’zolaridan alohida
fidokorlik, jonbozlik, shijoat va qat’iyat kо‘rsatishni talab etiladi.
Ma’lumki, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish odam organizmini har
tomonlama
jismonan
rivojlanishi
va
mustahkamlanishi,
fiziologik
funksiyalarning
takomillashtirishi va sog‘lomlashtirishga olib kelibgina qolmay jismoniy qobiliyatlarni
rivojlantirish maqsadida organizmning shakllari va funktsiyalarini uyg`un ravishda jismonan
kamol toptirish, aholining sog`ligini mustahkamlash, uzoq umr ko`rishini ta'minlaydi.. Shunday
ekan ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini tashkil e’tishda bir qator
kamchilik va muammolarga e’tibor qaratishimiz joiz. Va o’z vaqtisa shu kamchilik hamda
muommalarni yechish yo’llarini ishlab chiqishimiz kerak.
Shuningdеk, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilarning yoshi, jinsi,
jismoniy tayyorgarliklari, sog`lig`i hamda qiziqishlari ham jismoniy tarbiyani amalga oshirishda
hal qiluvchi rol o`ynaydi. Mashg`ulotlarga pеdagogik jixatdan to`g`ri rahbarlik qilish, o`rgatish
tarbiyaning maqbul uslubiyoti jismoniy mashqlarning ratsional ta'sirini bеlgilaydigan omildir.
Shu bilan birga quyidagi omillarni ham hisobga olish zarur:
1. Shug`ullanuvchining o`ziga hos hususiyatlari (yoshi, jinsi, sog`ligi, tayyorgarlik darajasi,
mеhnat,
o`qish,
dam
olish,
turmush
rеjimi).
2. Jismoniy mashqlarning o`ziga hos hususiyatlari, ularning murakkabligi, yangiligi,
yuklamasi,
emotsiya
bеrishi
va
boshqalar.
3. Tashqi sharoitning alohida hususiyatlari (mеtеorologik, mahalliy hususiyatlar, jihozlar va
snaryadlarning
sifati,
mashg`ulot
joyining
gigiеnik
holati
va
boshqalar).
Bundan ko’rinib turibdiki: jismoniy tarbiya va sport darslarini tashkil qilish bir tamonlama
emas
har
tamonlama
ko’pgina
jihatlarga
e’tibor
berish
kerak.
Albatta sport turlari о`zining murakkab harakatlari va jozibadorligi bilan ajralib turadi.
Shuningdek jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining shug‘ullanuvchilarga nisbatan о‘ziga
xos talablari mavjud bо‘lib, ularga maxsus ta’sir qilish kuchiga ega. Sport turlarini rivojlantirish
bilan bir qatorda, katta sport mavqeini kо`tarishga ham ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Yildan
342
yilga Respublikamizda xalqaro va jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalarni о`tkazish an’anaviy
tadbirlar tarkibidan joy olmoqda.
Bizga ma’lumki Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavr ta’lim
yо‘nalishi bо‘yicha tahsil olayotgan talabalar jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari 1 semestr
davomida olib boriladi. Shu semester davomida ular jismoniy tarbiya sportning nazariy asoslari,
yengil atletika (yugurish va sakrash), sport о‘yinlari (futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi) va
suzish kabi sport turlari bо‘yicha mashg‘ulotlarini tashkil qilinadi va о‘tqaziladi.
Bunday ijtimoiy-pedagogik vazifalarni amalga oshirishda jismoniy tarbiya va sport
mutaxassislari, ya’ni о‘qituvchilar, sport murabbiylari va boshqa jismoniy tarbiya harakatini
tashkil etuvchi va boshqaruvchilar katta bilim, malaka va kо‘nikmalar hamda amaliy tajribalarga
ega bо‘lishi kerak. Chunki jismoniy tarbiya va sport darslari bitta sport turidangina bo’lmay
yuqorida ko’rsatilgandek bir qancha sport turidan mashg’ulotlar o’tqaziladi. Bugungi kunda
Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar
aholi jismoniy madaniyatini oshirish uchun kuchli turtki bо`lib xizmat qilmoqda. Mutaxassis
sifatida aytishimiz mumkinki, jismoniy tarbiya va sportni aholi о`rtasida, ayniqsa, talabalar va
о`quvchi yoshlar о‘rtasida rivojlantirish uchun davlatimiz sarflayotgan mablag‘, moliyaviy –
iqtisodiy va moddiy tovar boyliklari hech bir mamlakatda yо‘q. Shunday ekan bu
imkoniyatlardan to’g’ri foydalanishimiz kerak. Talabalar amaliy jismoniy tayyorgarligi
jarayonida ularning barcha kasb sifatlari shakllanadi. Bu esa amaliy jismoniy tayyorgarligi ishlab
chiqarish
bosqichida
muhimdir.
Izlanishlarning ko`rsatishicha, sharqshunoslarning ruhiy, siyosiy, madaniy va jismoniy
tayyorgarligiga qo`yiladigan talab shifokor, muhandis, pеdagog va boshqa qo`yilgan talablardan
farq qiladi. Bu talab filolog, muhandis tarjimon, kimyogar, iqtisodchi va tarixchilar uchun o`ziga
hosdir. Jismoniy madaniyat malakalari doirasidagi har taraflama kеng miqyosdagi jismoniy
tayyorgarlik mеhnat faoliyatiga bo`lgan tayyorgarlikni ta'minlaydi. Tadqiqotlar natijasiga ko`ra
talaba yoshlar jismoniy tarbiyasining asosiy vazifalariga salomatlikni, jismoniy rivojlanishini
yaxshilash; o`quv tarbiya jarayonini shaxsning tipologik xususiyatlarini o`rganish asosida
individuallashtirish; quyi kurs talabalarini o`quv yurtiga adaptatsiyasini yеngillashtirish
maqsadida jismoniy tarbiyaning sog`lomlashtirish yo`nalishini kuchaytirish; tananing tashqi
muhim ta'siriga qarshiligini oshirish, charchoqni bartaraf etish kiradi.
Jismoniy mashqlarni bajarish shakllari, usullari, davomiyligi, kеtma-kеtligi
valеologiyaning asosiy vazifalariga bеvosita bog`liqdir.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki - jismoniy tarbiya mashqlari bilan mustaqil
shug‘ullanish har bir talaba pedagogning topshirig‘iga muvofiq tanlagan sport turi bo‘yicha, uni
yuqori darajada egallash uchun mustaqil shug'ullanishi kerak. Bunday mashg‘ulotlar talabaning
jismoniy, sport tayyorgarligini va sog‘ligini hisobga olib bajariladi. Bizga ma’lumki sport bir
kun yoki bir haftalik tayyorgarlik bilan biror natijaga erishib bulmaydi bunga oylab qolaversa
yillab mashq qilish talab qilinadi. Shunday ekan, sport guruhidagi talabalar uchun mustaqil
mashqlar sportda yuqori natijalarga erishishlari uchun tayyorlanish mashqlari bo‘lib qoladi.
Qolgan talabalar o‘quv dasturi bo‘yicha saboq olishlari kerak.O`qishdan tashqari vaqtda talabalar
gigiyenik gimnastika va atletik mashqlar bilan shug‘ullanishsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bularga yugurish, yurish va boshqa mashqlar kiradi. Gigiyenik gimnastika bilan sutkaning
istagan vaqtida, ovqatlanishdan 1-2 soatdan so‘ng va uxlashdan 2-3 soat oldin shug‘ullanish
tavsiya
etiladi.
343
Foydalanilgan adabiyotlar
1. NORQOBILOV MUHIDDIN NAJIMOVICH “JISMONIY TARBIYA VA SPORT” (О‘quv
qо‘llanma)Toshkent 2019
2. Ashur Nazarovich Normurodov JISMONIY TARBIYA (О‘quv qо‘llanma)Toshkent 2011
Абдуллаев А., Хонкелдиев Ш.Х. Жисмоний тарбия назарияси ва усулияти. 2000 й.
Тошкент.
3. Холчураев Ботир Холиқович (2020). Жисмоний тарбия дарсларини ташкил этишда
таълим услубларининг аҳамияти. Science and Education, 1 (3), 752-756.
4. Васильева Виктория Руслановна, & Коробейникова Елена Ивановна (2021).
Применение
инновационных технологий на уроках физической культуры. Наука-2020, (6
(51)), 131-136
5. Абдуллаев А., Хонкелдиев Ш.Х. Жисмоний тарбия назарияси ва усулияти. 2000 й.
Тошкент.
6 . Холчураев Ботир Холиқович (2020). Жисмоний тарбия дарсларини ташкил этишда
таълим
услубларининг аҳамияти. Science and Education, 1 (3), 752-756.
7.
Саломов Р.С Спорт машғулотларининг назарий асослари. Ўқув қўлланма Т.:2005.-261 б
O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA RUHIY TASVIR TADQIQI
Laylo HAYITOVA
,
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya.
Ruhiy tasvir nafaqat dunyo adabiyotshunosligida, balki o‘zbek
adabiyotshunosligida ham atroflicha o‘rganilmoqda.
Mazkur
maqolada bu tushunchaning o‘zbek
adabiyotshunosligida kasb etgan mohiyati, xususan, badiiy psixologizm muammosining o‘zbek
adabiyoti va adabiyotshunosligida tutgan o‘rni va tadqiqi masalasi o‘rganildi.
Kalit so‘zlar.
badiiy psixologizm, obraz, ruhiy tasvir, adabiyotshunoslik, tamoyil,
psixologik tahlil.
Ruhiy tasvir badiiy asar mag’zini hosil qiladigan tushuncha. Qahramonlar ruhiyati to‘la
yoritilmagan asar har qancha qiziqarli syujetga ega bo‘lmasin, kitobxon qalbidan o‘rin
ololmaydi. Chunki ichki dunyosi, kechinmalari puxta ifodalanmagan obrazlar badiiy obraz
darajasiga ko‘tarilmaydi. Bunday obraz ta’sirchanlik, tabiiylik kabi o‘quvchini rom etadigan
xislatlardan mahrum bo‘ladi. Shu bois XX asrdan boshlab o‘zbek adabiyotshunosligida ham
badiiy psixologizm muammosini o‘rganishga alohida e’tibor berila boshlandi. XX asrning turli
yillarida yaratilgan ilmiy ishlar, xususan, H. Umurovning “Badiiy psixologizm va hozirgi o‘zbek
romanchiligi”, N. Shodiyevning “Abdulla Qahhorning psixologik tasvir mahorati”(“Sarob” va
“Sinchalak” asarlari misolida), M. Abdurahmonovaning “Abdulla Qodiriyning psixologik tasvir
mahorati”, A. Xolmurodovning “Odil Yoqubov romanlarida psixologizm” kabi dissertatsion
ishlarda badiiy psixologizm masalasining turli qirralari tadqiq etildi. S. Matyoqubovning “Badiiy
psixologizm qirralari”, A. Alimuhamedovning “Abdulla Qahhor hikoyalarida ruhiy tasvir”, I.
Rahimovning “Ruhiy tahlil va ijod”, Jabbor Eshonqulning “Ruhiy tahlil metodi xususida”, O.
Avazovaning “Psixologik tahlil qirralari”, M. Rustamovaning “Hozirgi hikoyachilikda ruhiyat
talqini” singari maqolalarida qahramon ruhiyati va uning badiiy asardagi ifodasiga xos ayrim
muhim masalalar o‘rganildi. Bundan tashqari o‘zbek olimlaridan A. Rasulov, B.Nazarov,
U. Normatov, H. Boltaboyev, B. Karimov, Q. Yo‘ldoshev, D. Quronov, I. Yoqubov,
A. Erkinov, Q. Qahramonovlarning doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarida, monografiya va
maqolalarida, adabiyotshunoslik va adabiy tanqidga oid darslik hamda o‘quv qo‘llanmalarida
badiiy psixologizm masalasiga doir muhim fikr-mulohazalar bildirilgan.
