569
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Захаров Л.И. Психотерапия неврозов у детей и подростков. Москва 2012
2. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti, Toshkent 2017.
3. X. Ibragimov, Sh. Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi, Toshkent 2018.
4.
Аракулов, Г., & Саидазимова, М. (2023). Семья и образование как средства борьбы со
стрессом у подростков.
Информатика и инженерные технологии
,
1
(1), 357-360.
5. Аракулов, Г. (2022). Pedagogik va psixologik mashg ‘ulotlar maktabgacha yoshdagi
bolalarda muhim fenomen sifatida.
Современные тенденции инновационного развития науки
и образования в глобальном мире
,
1
(3), 54-56.
CHIQAYOTGAN, KIRAYOTGAN VA TRANZIT POCHTA JO‘NATMALARINI
SARALASH JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH YO‘LLARI
Axmadbekov Xokimbek Xasan o‘g‘li
Toshkent davlat texnika universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada pochta jo‘natmasiga ishlov berishda saralash
jarayonlarining o‘rni, pochta aloqasida chiqayotgan, kirayotgan va tranzit pochta jo‘natmalariga
ishlov
berish
jarayonlari,
bu
borada
xorijiy
olimlarning
fikr-mulohazalari asosida jo‘natmani manzilga yetkazib berishning o‘ziga xos yo‘llariga
to‘xtalib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
jo‘natma, saralash, mexanizatsiya, konveyyer, oqim, tranzit, pochta,
banderol, lenta.
Hozirgi vaqtda, jo‘natmalarni avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish uchun mo‘ljallangan
mashinalar tizimi ishlab chiqilgan va joriy etilgan bo‘lib, ular jo‘natmani o‘lchamlari va
qattiqligi bo‘yicha ajratuvchi, ustiga shtamp bosuvchi, manzil raqam kodi bo‘yicha saralovchi
avtomatlashtirilgan mashinalarni o‘z ichiga oladi. Bunday mashinalar tizimini yaratishda
texnikaviy masalalarni hal qilish bilan bir qatorda, pochta korxonalarini raqamli indeksatsiyalash
tizimini ishlab chiqildi.
Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining ikkinchi bobi pochta aloqasi
operatorlari, provayderlarining huquq va majburiyatlari belgilangan bo‘lib, uning 181-bandida
pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan texnologik uskunalar,
mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va axborotlashtirish vositalariga ega bo‘lishi[1]
zarurligi belgilab o‘tilgan.
Olim Verxova G.V. fikricha pochta aloqasini yangi loyihalashtirish, qurish, texnik qayta
jihozlash va rekonstruksiya qilish, pochta aloqasini modernizatsiya qilish, zamonaviy
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalarini joriy etish asosida logistika va transport
aloqalari va vositalari tizimi, pochta aloqasini ilmiy ko‘llab-quvvatlashni rivojlantirish, ilmiy-
texnik bazani takomillashtirish va qayta qurish, texnologik taraqqiyotning istiqbolli yo‘nalishlari,
ishlab chiqarishni avtomatlashtirish masalalarini hal qilishga imkon beradigan ilmiy-texnik
bazani takomillashtirish va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish[2] juda muhim bo‘lib, bunda
jarayonlarni to‘g‘ri tashkil etish, pochta aloqasini modernizatsiya qilish, zamonaviy
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish bugungi kunda muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Butun dunyo bo‘ylab pochta aloqasi operatorlari bugungi kunda jiddiy muammolarga duch
kelmoqdalar. Masalan ichki raqobat, xususiy kompaniyalar va kurerli xizmatlari[3] bugun barcha
sohada aholi tomonidan talab va takliflar ortib bormoqda. Bu esa pochta aloqa tizimida mavjud
xizmatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor berish kerakligini ko‘rsatmoqda.
Pochta foydalanuvchilarining ehtiyojlari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi pochta tizimlari
o‘zgarmoqda. Mijozlar va korxonalar tomonidan yuborilgan pochta jo‘natmalar soni pasayishda
davom etmoqda, ammo posilkalar hajmi yildan yilga o‘sib bormoqda. Covid-19 pandemiyasi
570
ushbu tendensiyalarni tezlashtirdi va Buyuk Britaniya bo‘ylab doimiy mijozlar va korxonalar
uchun pochta xizmatlarining muhimligini ta’kidladi. Bu esa pochta operatorlarining
rivojlanishiga olib keldi. Pochta xizmatlari uchun ayniqsa onlayn xarid qilish buyurtmalarini
bajarish uchun raqobat kuchaydi. Bu iste’molchilarning o‘zgaruvchan ehtiyojlariga javoban
innovatsiyalarni rag‘batlantiradi. Bugungi kunda misol uchun “Royal mail” tomonidan boshqa
operatorlar singari, o‘z biznesini rivojlantirib, shu bilan birga universal pochta xizmatini aholiga
taqdim etishni davom ettirmoqda[4]. Hozirgi kunda, jo‘natmalarni jo‘natish havo transporti
orqali Turkiya, Estoniya, Litva, Singapur, Fransiya, Belgiya, Shveysariya, Daniya va Gollandiya
davlatlaridan, yеr usti transporti orqali esa Latviya, Xitoy, Estoniya, Gruziya davlatlaridan
O‘zbekistonga yuborilmoqda.
Har bir pochta jo‘natmasi jo‘natuvchidan oluvchiga qadar yagona ishlab chiqarish
jarayonining bir qancha majburiy bosqichlaridan o‘tadi. Buning natijasida pochta aloqasi
xizmatiga berilgan buyurtma pochta aloqasi mahsulotiga aylanadi. Yagona ishlab chiqarish
jarayonini har bir pochta korxonasi uchun o‘ziga xos bo‘lgan va ularda to‘la bajariladigan
alohida jarayonlarga ajratish mumkin. Ularda chiqayotgan, kirayotgan va tranzit pochta
jo‘natmalariga ishlov berish jarayonlari qamrab oladi.
Jo‘natmalarni saralash uskunalarining funksional sxemasi tarkibiga ishga tushirish
qurilmasi, taqsimlash konveyyeri va yig‘gichlar orqali amalga oshiriladi.
Kiruvchi jo‘natmalarni yig‘ish, tashish va avtomashinalarga topshiriladi. Chiquvchi va
tranzit jo‘natmalar solingan konteynerlarni tashish va topshirish esa quyidagi tartibda amalga
oshiriladi. Konteynerlar ombor liniyalaridan konveyyerlar orqali tartibga solish doiralari deb
ataluvchi joyga chiqariladi. Bu doiralardan konteynerlar pochta vagoni yukxonasiga joylashtirish
tartibiga muvofiq ravishda ketma-ket tanlab olinadi va konveyyerning tushirish bo‘lmasi
yordamida pochta vagoni yonidagi platformaga o‘rnatiladi. Bu yerdan konteynerlar vagon krani
orqali yukxonaga joylanadi.
Konveyyerlar, asosan, pochtani qayta ishlashda operatsiyalar transport ishlarida va pochta
korxonalarida hamda turli xil pochtani qayta ishlovchi mashinalarning tarkibiy elementlari
sifatida ham keng qo‘llaniladi. Konveyyerning turli xil ko‘rinishlari ayrim pochta korxonalararo
pochtani tashishda kerak bo‘ladigan yuklash va tushirish ishlarida qo‘llaniladi.
Xulosa o‘rinida shuni ta’kidlab o‘tish lozim pochta jo‘natmalarni ishlov berishda
avtomatlashtirilgan ishlov berish uchun mo‘ljallangan mashinalar orqali saralash jarayonlarini
amalga oshirish maqsadga muvofiq. Shuningdek, pochta aloqasida tashish va yuklash tushirish
ishlarini bajarishda turli xil ko‘tarish tashish asbob-uskunalari qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O‘zbekiston
aloqa
va
axborotlashtirish
agentligi
bosh
direktorining
2011-yil
22-fevraldagi
“Pochta
aloqasi
xizmatlarini
ko‘rsatish”
qoidalari.
https://lex.uz/docs/1772402.
2.
Верхова Г.В. Системный анализ, управление и автоматизaция технологических
процессов в системах почтовой связи. Автореферат диссертaция на соискание ученой
степени доктора технических наук. 2005 Б.3-4
3.
Гудова Е.А. Процессуалный подход к анализу организaционных изменений на примере
фгуп “Почта России”: на соискание ученой степени кандидата социологических наук НИУ
ВШЭ
(PhD
HSE)
диссертaция.
М. 2018 Б. 20.
4.
Review
of
Postal
Regulation.
Statement
Publication
date:
18
July
2022 Б. 3.
GEN MUXANDISLIGI FERMENTLARI HAMDA KLASSIFIKATSIYASI
Bahodirova Yulduz Jamshid qizi
Mustafakulov Muhammadjon Abduvaliyevich
Sattorova Madina Abduvaxob qizi
