557
ta'minlash borasida keng ko'lamli islohotlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Bundan
ko'zlangan asosiy maqsad jamiyatimizda xotin-qizlar mavqeini oshirish, ularni ijtimoiy, siyosiy
va iqtisodiy sohalardagi huquqlarini ta'minlash, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash hamda
jamiyatda ma'naviy-ma'rifiy muhitni barqarorlashtirishdan iborat. Bunday mas'uliyatli ishni
muvofiqlashtirish O'zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha
komissiyasining zimmasiga yuklatilgani esa mazkur sohada kelgusida keng ko'lamli islohotlar va
o'zgarishlar bo'lishidan dalolatdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Umarova M.M. O‘smirlarda oilaviy qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlar shakllanishining
ijtimoiy psixologik shart-sharoitlari. Psixol. fan. nom. ... dis. avtoreferati. – T.: O‘zMU, 2004. –
27b.
2.
Lutfullaeva N.X. Turmush qurgan talabalarning oilaviy munosabatlarga tayyorligining
ijtimoiy psixologik xususiyatlari: Psixol. fan. nom.…dis. avtoreferati.– T.: O‘zMU, 2006.– 25 b.
3.
Saribaeva U.S. Oila barqarorligiga jinsiy-psixologik mutanosiblikning ta’siri: Psixol. fan.
nom. ... dis. avtoreferati. – T.: O‘zMU, 2007. – 22 b.
4.
Fayzieva M.X. Oila barqarorligiga shaxslararo munosabatlar ta’sirining ijtimoiy-psixologik
xususiyatlari (Er-xotin misolida). Psixol. fan. nom. ... dis. avtoreferati: 19.00.05. – T.: O‘zMU,
2005. – 25b.
5.
Nechayeva A.M. Semeynoye pravo. Kurs leksiy. – M.: Yurist. 1998. – 336s.
6.
Otaxo‘jayev F.M. Oila huquqi. – T.: TDYUI. 2005. – 280 b.
OLIY TA'LIM TASHKILOTLARIDAGI KVOTA TIZIMIDAGI MAVJUD
MUAMMOLAR
G'oziev Kozimbek
Toshkent davlat yuridik universiteti
Ma'muriy va moliya huquqi kafedrasi o'qituvchisi
ORCID: 0000-0002-8093-7332
e-mail: goziev.kozimbek@tsul.uz
Annotosiya.
Mazkur tezisda oliy ta'lim tashkilotlariga qabul qilishda kvota tizimining
mavjudligi muammolari milliy qonunchilik asosida tahlil etish asnosida oliy o'quv yurtlarini
boshqarishning o'ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Shuningdek, milliy qonunchilikdagi
ta'lim sohasi rivojiga to'sqinlik qilayotgan holatlar aniq dalillar va statistik ma'lumotlar bilan
yoritilgan. Oliy ta'lim tashkilotlarining to'liq akademik mustaqillik asosida qabul qilish
borasidagi muammolarini bartaraf etishning zamonaviy yechimlari ko'rsatilgan. O'zbekistonda
oliy ta'lim tashkilotlarini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari tahlil qilingan holda, qonunchilik
asoslarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar:
ta'lim, ta'lim tashkiloti, kvota tizimi, xususiylashtirish
O'zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoriga kirishi uchun undan tez o'zgarib turuvchi
aqliy mehnat bozori ehtiyojlariga moslashishga imkoniyatiga ega bo'lgan oliy ta'lim sohasini
yaratishni qat'iy taqazo qilmoqda. Shu jihatdan olib qaraganda mamlakatimizda faoliyat
yuritayotgan oliy ta'lim tashkilotlarining moliyaviy mustaqilligini oshirish, raqobatbardoshlikni
rivojlantirish, milliy qonunchilikdagi xususiy oliy o'quv yurtlari tashkil etishni qiyinlashtiruvchi
qoidalarni bartaraf etish, oliy o'quv yurtlariga talabalarni qabul qilish mexanizmini isloh qilish,
ularning moliyaviy mustaqilligini haqiqatda ta'minlash va oliy o'quv yurtlari vakolatini
kengaytirish bugungi kunda dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda.
Oliy ta'lim tashkilotlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishdan,
xususan, ushbu sohada xususiy segmentni joriy etishdan asosiy maqsad davlatimizda bugungi
kun talablariga javob beradigan, xalqaro xamjamiyat mehnat bozorida raqobatlasha oladigan,
informatsion texnologiyalardan foydalana oladigan, chet tillarni o'rgangan, mustaqil fikrlovchi
kreativ yosh mutaxassis kadrlarni tarbiyalashdir.
558
Ma'lumki, jahon iqtisodiyotining shakllanishidagi asosiy tendentsiyalardan biri bu juda
aqlli inson kapitali bilan ta'minlangan zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishdir.
Jahon tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, barcha mamlakatlar jahon iqtisodiyotining
globallashuvi va mintaqaviy integratsiya jarayonlari sharoitida milliy ta'lim tizimlarining
raqobatbardoshligini saqlashga intilishadi, natijada ta'lim sohasidagi qiyosiy tadqiqotlarga
qiziqish ortib bormoqda.
2022 yilda Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomasida Sh.M. Mirziyoev "Ta'lim sifatini
tubdan yaxshilash uchun, avvalo, o'qituvchilar uchun o'quv dasturlari, o'quv qo'llanmalarini ilg'or
xalqaro standartlarga moslashtirish zarur", deb qayd etadi. Ya'ni, O'zbekiston Respublikasining
ta'lim sohasidagi milliy siyosatining eng muhim strategik maqsadlaridan biri bu mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining zarur sharti bo'lgan ta'limning qulayligi, sifati va
samaradorligini oshirishdir.
Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9
oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
kontsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli Farmonida mamlakatimizda oliy ta'limni
yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan yo'nalishlar huquqiy va
tashkiliy jihatdan ko'rsatib o'tilgan.
O'zbekistonda ta'lim sohasida boshqaruvni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy
Majlis, Vazirlar Mahkamasi, Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi, Oliy ta'lim, fan va
innovasiyalar vazirligi va sohalarga ixtisoslashuv bo'yicha tegishli 17 ta vazirlik va idoralar
tomonidan amalga oshiriladi.
Yangi tashkil etilgan institut va filiallar hisobidan yurtimizdagi oliy ta'lim tashkilotlari
soni 212 taga, shundan universitet 37 ta, institut 48 ta, akademiya 4 ta, konservatoriya 1 ta,
hududlardagi filiallar 26 ta, xorijiy universitetlar filiallari 30 ta va nodavlat ta'lim tashkilotlar
soni 66 taga etdi . Xorijiy universitetlar filiallarining aksariyat ko'pchiligi Toshkent shahrida
joylashgan. So'nggi bir yilda O'zbekistonda o'ndan ortiq ta'lim tashkiloti va ularning filiali tashkil
etildi hamda oliy ta'limda iqtisodiyotning real sektoridagi talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda
sirtqi, kechki va onlayn o'quv yo'nalishlari ochildi.
O'zbekistonda oliy ta'lim olishga bo'lgan ehtiyojning yuqoriligi va ajratilgan kvotalar
sonining kamligi.
Respublikamizda yangi oliy ta'lim tashkilotlarining tashkil etilishi, oliy ta'lim
tashkilotlariga kvotalarning qisman oshirilishi, shuningdek ta'lim yo'nalishida kechki va sirtqi
bo'limlarning joriy qilinishi yoshlarning oliy ta'lim olishga bo'lgan ehtiyojini to'liq qondirish
imkonini bermaydi. So'nggi 5 yillik ma'lumotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, oliy ta'limga bo'lgan
ehtiyoj, ya'ni oliy ta'lim tashkilotiga o'qishga kirish istagi bo'lgan fuqarolar soni tobora ortib
bormoqda.
Biroq, yildan yilga oliy ta'limga bo'lgan talab oshib borishiga qaramasdan 2017 yilda
66586 nafardan 2023 yilda 107477 nafargagina oshirilgan.
Bundan ko'rinib turibdiki, oliy ta'lim olish uchun o'qishga qabul qilinmay qolgan
abiturientlar qismi keyingi abiturientlarning soniga qo'shilgan holda yildan yilga ko'payib
borgan.
Bu esa so'nggi yillar tendentsiyasi o'zbekistonlik yoshlarni asosan Rossiya, Qozog'iston,
Qirg'iziston, Ukraina, Chexiya, Boltiq bo'yi davlatlari (Litva, Latviya, Estoniya)ga o'qishga
kirishga bo'lgan ehtiyojini ko'rsatmoqda. Buning asosiy omillaridan biri O'zbekistonda mavjud
cheklangan kvota miqdori bo'lsa, boshqa tarafdan xususiy oliy ta'lim tashkilotlarning kam
ekanligini ko'rsatish mumkin.
O'zbekistonda oliy ma'lumotga ega bo'lgan fuqarolarning soni oshishida oliy ta'lim
tashkilotlarining soni o'sib borishi ham hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ayni kunda
mamlakatimizda 36 milliondan ortiq aholi uchun 212 ta oliy ta'lim tashkiloti (universitetlar
filiallari va xorijiy davlatlar universitetlarini qo'shib hisoblaganda) faoliyat yuritmoqda.
Bu ko'rsatkichni boshqa davlatlar bilan solishtirsak, tafovut yaqqol ko'zga tashlanadi.
Rossiyada 607 davlat va 358 nodavlat oliy ta'lim tashkiloti faoliyat yuritadi, ularda jami 4,7
559
million talaba tahsil oladi (aholisi taxminan 144 million). Qozog'istonda 122 oliy o'quv yurti
mavjud va ularda 496 mingdan ortiq talaba o'qiydi (aholisi taxminan 20 million). Qirg'izistonda
56 oliy ta'lim dargohi 230 mingdan ortiq talabani qamrab olgan (aholisi taxminan
7 million) . 2022-2023 yil statistikasiga ko'ra, Buyuk Britaniyada 164 oliy ta'lim tashkiloti
mavjud (aholisi taxminan 68 million). Talabalar soni 2022-2023 yildagi ma'lumotlarga ko'ra
2 million 500 mingdan oshiq, shulardan taxminan 440 mingi xorijiy talabalar ekanligini ham
ta'kidlash lozim. Ushbu raqamlar oliy ta'lim qamrovi bo'yicha ko'rsatkichlarimiz nisbatan ancha
past ekanligini tasdiqlaydi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 08 oktyabrdagi "O'zbekiston
Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash
to'g'risida"gi PF–5847-son Farmonida oliy ta'lim tashkilotlariga talabalar qabul qilishning
umumiy ko'rsatkichlarini 2030 yilgacha bosqichma-bosqich 50 foizdan oshirish nazarda tutilgan.
O'zbekistonda rejali iqtisodiyotdan allaqachon voz kechilgan bo'lsada, ta'lim tizimida
hali-hanuz kvotalar va rejalashtirishning samarasiz usullaridan foydalanilmoqda, ta'lim sohasida
bozor iqtisodiyoti mexanizmlari joriy qilinmagan.
Ushbu sohadagi muammoni quyidagicha izohlash mumkin:
1. O'zbekistonda bugungi kunda mavjud oliy ta'lim tashkilotlari qat'iy belgilangan
kvotalar tufayli har o'quv yilida yuzaga keladigan abiturientlarning talab hamda ehtiyojlarini
qondirish imkoniyatiga ega emas;
2. Mavjud oliy ta'lim tashkilotlarining infrastrukturasi, pedagog xodimlar bilan
ta'minlangan darajasi va o'quv texnik ta'minoti kvotadan tashqari abiturientlarni qamrab olish
imkoniyatiga ega emas;
3. Xorijiy universitetlarning filiallarini ochish mexanizmlarini normativ-huquqiy
hujjatlarda aniq belgilanmaganligi va ushbu filiallarni faoliyat yuritish modellarini ishlab
chiqilmaganligi hamda davlat oliy ta'lim tashkilotlarining xususiylashtirish imkoniyatining
mavjud emasligi;
4. Oliy ta'lim tashkilotlari o'rtasida raqobat yo'qligi. Rivojlangan davlatlarda oliy ta'lim
tashkilotlari iqtidorli talabalarni o'ziga jalb qilish uchun raqobat olib boradi. AQSh tajribasida
samarali qo'llanidigan standartlashtirilgan testlar – SAT yordamida abiturientlar bilimi va
salohiyatini aniqlashtirish orqali barcha abiturientlar bilimini baholashni unifikasiyalashtirish
imkonini beradi.
Xulosa qilib aytganda, belgilangan kvota ko'rsatkichlari aholi soniga va yildan yilga
oshib borayotgan abiturientlar soniga nisbatan juda kam hisoblanadi, shu nuqtai nazaridan
mazkur sohani bozor iqtisodiyoti mexanizmlari asosida tartibga solish talab qilinadi.
References:
1.
A.Xamidova., Oliy ta'lim tizimida ta'lim jarayoni sifatini boshqarish samaradorligini
oshirish. 04.09.2015 №7 (91)-2015. http://www.biznes-daily.uz/
2.
Musurmonova O., Kreativlik-pedogog kadrlar kompetentligini belgilovchi muhim
indikator sifatida. Oliy ta'lim: muammo va echimlar-Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya
to'plami-Toshkent 2020 y., B-27
3.
Tashxodjaev M.M., Oliy ta'lim tizimini moliyalashtirishda davlatning roli. //
Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar// ilmiy elektron jurnal. №2, mart-aprel 2021 yil. .B 44
4
. Qonun xujjatlari milliy to'plami //lex.uz
5.
https://edu.uz/
6.
http://marifat.uz/marifat/ruknlar/olii-talim/1349.htm?cv=1
7.
https://www.statista.com/statistics/1168605/largest-universities.
KASB TA`LIM DIZAYN YO'NALISHIDA IXTISOSLIK FANLARINI 3D
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB O'QITISHNING AXBOROT DEDAKTIK
TA`MINOTI
