554
адабиёти кафедраси.
Образование и инновационные исследования международный научно-
методический журнал
, (7), 180-185.
9.
Зияева, Махбуба Фазлидиновна. "ЛИНГВИСТИЧЕСКАЯ И КОММУНИКАТИВНАЯ
КОМПЕТЕНЦИЯ УЧЕБНИКА РУССКОГО ЯЗЫКА."
Educational Research in Universal
Sciences
3, no. 4 SPECIAL (2024): 539-541.
10.
ЗИЯЕВА, М. LINGUISTIC AND COMMUNICATIVE COMPETENCE TEXTBOOK
OF THE RUSSIAN LANGUAGE.
https://science. nuu. uz
.
11.
Зияева, М. Ф. FEATURES OF EFFECTIVE EDUCATION FOR ADULTS.
12.
Зияева, М. Ф. (2022). ОЛИЙ ТАЪЛИМ ТИЗИМИДА ПЕДАГОГИК НЕОЛОГИЯ
АСОСИДА ТАЛАБАЛАР ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИГИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ
ПЕДАГОГИК МАЗМУНИ: Зияева Махбуба Фазлидиновна, Ўзбек тили ва адабиети
кафедраси катта ўқитувчи, Архитектура ва қурилиш факультети, Жиззах политехника
институти.
Образование и инновационные исследования международный научно-
методический журнал
, (7), 164-169.
13.
Ziyayeva, M. (2022). PEDAGOGICAL NEOLOGY AS A DOCTRINE OF THE NEW
IN PEDAGOGY.
Conferencea
, 192-194.
OILA MUNOSABATLARIDA GENDER ROLLARI MUAMMOSI
Goyibnazarova Soxiba Shakarovna
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
psixologiya kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya:
Maqolada oilaviy munosabatlarda xotin-qizlarga nisbatan umuman
jamiyatda kamchiliklarga barham berish yo‘lida olib borilayotgan ishlar muhim o’rin tutadi. Shu
jihatdan ayollarning bandligini taʼminlash, ularning oʻz intilish va qobiliyatlarini toʻlaqonli
roʻyobga chiqara olishlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalasi butun dunyoda ham,
davlatimizning ham doimiy diqqat markazida ekanligi yoritilgan.
Kalit so’zlar:
Gender tenglik, qonun, ijtimoiy to’siqlar, jins, oila, ayollar manfaati
tengsizlik oila, munosabat, oilaviy munosabat, zulmkorlik, psixoproflaktika, mehnat.
Oilaviy munosabatlarda xotin-qizlarga – ularni an’anaviy ravishda ona va ayol deb qarash
amaliyoti barcha darajalarda ustunlik qila boshladi. Bunday amaliyot xotin-qizlarning, ayniqsa,
qishloq ayollarining ahvoli, tanlash imkoniyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Hozirda ham xotin-
qizlarni kamsituvchi qarashlar va urf-odatlar, aqidalar ba’zan uchrab turadi. Bugungi kunda
aholining huquqiy madaniyati darajasi ortib bormoqda. Ma’lumotli xotin-qizlar o‘z huquqlarini
yoki ularni qay tarzda amalga oshirishni bilmasliklari vaziyatni yanada jiddiylashtiradi. Bu
boradagi kamchiliklarga barham berish, xotin-qizlarni tom ma’noda yangi, demokratik
tamoyillarga asoslangan fuqarolik jamiyatining teng huquqli bunyodkoriga aylantirish yo‘lida
respublikamizda ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Oila-nikoh ustanovkalari oilaviy qadriyatlar tizimida mustahkam o‘rin egallar ekan, unda
jinsga oid xususiyatlarni, kognitiv, konativ va emosional tomonlarini ham bilishni talab etadi.
Oilaviy qadriyatlar fenomeni psixologiyada turli xil talqinga ega. Jumladan, qadriyatlarning
mafkuraviy, axloqiy, estetik va boshqa turlari mavjud bo‘lib, ular odamlarning atrof-muhit va
voqelikni baholashi uchun asos sifatida namoyon bo‘ladi. Odatda qadriyatlar ijtimoiy tajribani
egallash jarayonida shakllanib boradi hamda maqsadlar, g‘oyalar, ideallar, e’tiqodlar shaklida
namoyon bo‘ladi. Qadriyatlar tizimi shaxs yo‘nalganligini mazmun jihatidan izohlaydi va uning
borliqqa, o‘zga kishilarga, o‘ziga nisbatan munosabatining ichki asosini belgilaydi, aniqroq qilib
aytadigan bo‘lsak, hayotiy faollik motivatsiyasining yadrosini, «hayot falsafasi» konsepsiyasi va
dunyoqarashning negizini tashkil qiladi.
Gender konsepsiyasi ijtimoiy-iqtisodiy tahlil kategoriyasi sifatida MDH mintaqasi uchun
ahamiyatlidir. Ayni paytda, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ukraina va boshqa
555
respublikalarda gender tadqiqotlari asosida oliy o‘quv yurtlari talabalarining ijtimoiy faolligini
oshirish borasida ishlar olib borilmoqda.
Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini shakllantirish pedagogika tarixida Sharq
mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, Elbek (Mashriq Yunusov)
kabi allomalarimizning ilmiy yo‘nalishlari asosini tashkil etgan.
Oilaviy munosabatlarda jamiyatda xotin- qizlarning ijtimoiy faolligini shakllantirishga doir
ilmiy-tadqiqot ishlari falsafiy, ijtimoiy, psixologik va iqtisodiy yo‘nalishlarda amalga
oshirilayotganligi ko‘zga tashlanadi. Ularning falsafiy- metodologik jihatlari Simona de Buvuar,
R.Xov, J.Lorber, K.Uest va D.Zimmermann, Ye.Kuchkina, V.Fesenko, ijtimoiy yo‘nalishda
V.M.Xvostov, O.Voronina, B.Fridan, Ye.Zdravomislova, gumanitar yondashuv asosida N.Vulf,
K.Mishar-Marshal, K.Riberi, G.Mur kabi olimlarning ilmiy ishlari, monografiya va o‘quv
qo‘llanmalarida chuqur tahlil etilgan.
Pedagog olimlardan M.Quronov, S.Nishonova, O.Musurmonova, N.Egamberdieva,
E.Turdiqulov, A.Zunnunov, S.Ochil, J.Hasanboev, U.Mahkamov, R.Safarova kabilarning ilmiy
izlanishlarida jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini shakllantirishga doir ayrim
xususiyatlarga e’tibor qaratilgan.
Umuman olganda, gender tenglikni ta'minlash ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda bir qator ijobiy
natijalarga olib kelishi mumkin. Xususan, Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan 70 ta
mamlakatda 13 mingta korxonada o'tkazilgan so'rovnoma ishtirokchilarining 57 foizdan ko'prog'i
gender xilma-xilligi biznes natijalarini yaxshilayotganini tasdiqlashgan. Boshqaruv organlarida
gender xilma-xilligini ta'minlagan kompaniyalarning qariyb to'rtdan uch qismi foyda ulushini 5%
dan 20% gacha oshirganini bildirishgan.
Mutaxassislar fikricha, ayollarning mehnat bozorida to'liq ishtiroki iqtisodiy o'sish sur'ati
10% oshishiga olib kelsa, xotin-qizlarning ta'lim olish dasturlariga kiritilgan sarmoya 5 barobar,
ayollarni tadbirkorlik sub'ektlariga keng jalb qilishga kiritilgan sarmoya 7 barobar ko'p daromad
keltiradi.
BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan har yili dunyo mamlakatlarida gender tengsizlik
indeksi bo'yicha tadqiqot o'tkaziladi. Unda 3 ta asosiy ko'rsatkich bo'yicha mavjud holatlar
o'rganiladi: 1) reproduktiv sog'liqni saqlash; 2) fuqarolik huquq va imkoniyatlari; 3) mehnat
bozoridagi iqtisodiy faoliyat va imkoniyatlar.
2019 yilda tashkilot tomonidan e'lon qilingan hisobotda gender tenglik ta'minlanganiga oid
eng yuqori ko'rsatkichlar SHveytsariya, Daniya, SHvetsiya kabi davlatlarga tegishlidir. MDH
davlatlaridan Belarus` Respublikasi 27-o'rinni, Qozog'iston - 46, Moldova - 50, Rossiya
Federatsiyasi - 54, O'zbekiston - 64, Tojikiston - 84 va Qirg'iziston 87-o'rinni egallagan.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning deyarli uchdan ikki qismi boshlang'ich ta'limda gender
muvozanatga erisha olgan.
Gender tenglikning huquqiy takomillashuvida asosiy o'rin tutuvchi normativ huquqiy
hujjat 1948 yilda BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasi, desak xato bo'lmaydi. erkak va ayollarning tengligi alohida e'tirof
etilgan ushbu deklaratsiyaning 1-moddasida: “Hamma odamlar o'z qadr-qimmati hamda
huquqlarida erkin va teng bo'lib tug'iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin, bir-
birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo'lishlari kerak”, deya belgilab qo'yilgan.
Bundan tashqari, BMT tomonidan 1966 yilda qabul qilingan yana bir xalqaro hujjat —
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning 3-moddasida “Mazkur paktda
ishtirok etuvchi davlatlar erkaklar va ayollar uchun ushbu paktda ko'rib chiqilgan barcha
fuqarolik va siyosiy huquqlardan bir xilda foydalanishini ta'minlash majburiyatini oladi”, deb
ta'kidlangan.
O'zbekiston bu xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilgan bo'lib, ularda belgilangan
majburiyatlarni bajarishda yuqori tashabbus ko'rsatmoqda.
Prezidentimiz SH. Mirziyoev BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida
bunday degan edi: “Gender tenglik mavzusini to'g'ri yoritish zo'ravonlikdan aziyat chekkan
ayollarni himoya qilishga yordam beradi. Ayollar o'z huquqlarining himoya qilinishi,
556
kamsitilishga qarshi kurash usullari to'g'risida ma'lumot olishlari mumkin. Barcha uchun teng
imkoniyatlar to'g'risida jamoatchilik fikrini shakllantirishga aynan OAV javobgardir”.
Mamlakatimizda qisqa muddatda gender tenglikni ta'minlash sohasida amalga oshirilgan
ishlar tahlili asosida quyidagilarni ko'rsatish mumkin.
Birinchidan, gender tenglikni ta'minlash bo'yicha qonunchilik va institutsional asosni
mustahkamlash yo'lida muhim choralar ko'rildi. Xotin-qizlar huquq va manfaatlari himoyasiga
doir qariyb 20 ta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan, 2 ta qonun, Prezidentning 4 ta farmoni
va 1 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 13 ta qarori qabul qilindi.
Jumladan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari
to'g'risida”gi qonunga muvofiq, barcha vazirlik va idoralarga gender tenglik masalalari bo'yicha
maslahat kengashi organlari faoliyatini yo'lga qo'yish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilib,
mehnat jamoalarida maslahat kengashlari tashkil etildi.
Ikkinchidan, xotin-qizlarni ham hayotda, ham ish faoliyatida huquqlarini va gender
tengligini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash masalalari
bo'yicha komissiyasi tuzildi. Ushbu komissiya xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi yagona davlat siyosatini yuritadi. SHularni inobatga olgan
holda 2020-2030 yillarda O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi
loyihasi tayyorlanib, mamlakatdagi davlat va nodavlat tashkilotlar bilan ushbu hujjatda
belgilangan vazifalarni bajarishda hamkorlik o'rnatmoqda. Mazkur strategiyadagi barcha
yo'nalishlar BMTning 2030 yilgacha mo'ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq
ishlab chiqilgan.
Uchinchidan, 2019 yil 7 martda Prezidentimizning “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari
kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga oid chora-
tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq, 2019 yil 1 maydan:
ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qo'llash bo'yicha taqiqlar bekor
qilindi;
tavsiyaviy xarakterdagi ayollar sog'lig'iga salbiy ta'sir etishi mumkin bo'lgan soha
yoki kasblar ro'yxati tasdiqlandi;
bola parvarishiga oid bir qator imtiyoz va huquqlar berilishi belgilab qo'yildi.
To'rtinchidan, mamlakatimizda zo'ravonlik qurbonlari bo'lgan ayollarning huquqlarini
himoya qilish va ularga o'z vaqtida yordam berish uchun bir qator ijobiy ishlar amalga
oshirilmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi “Xotin-qizlarni tazyiq va
zo'ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorida
tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini ta'minlash va
monitoring olib borish bo'yicha tartiblar belgilangan.Bundan tashqari, zo'ravonlikka uchragan
ayollarga o'z vaqtida yordam berish va holidan xabar olish maqsadida “Najot” mobil ilovasi
ishlab chiqildi. Ilovada “Yordam markazlari” bo'limi mavjud bo'lib, unda oilaviy muammolar,
zo'ravonlik va favqulodda vaziyatlarda yordam uchun murojaat qilish mumkin bo'lgan joylar
haqida ma'lumot olish mumkin. Ushbu markazlarda zarur hollarda psixolog, shifokor yoki
huquqshunos maslahatlarini olish va himoyalangan turar joy bo'yicha yordam ko'rsatish
imkoniyati mavjud. Beshinchidan, 2019 yilning avgust oyida Toshkentda zo'ravonlikdan jabr
ko'rgan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi ochildi. SHuningdek, 2019 yil 2
sentyabrda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida”gi qonun qabul
qilindi. Unga muvofiq, tazyiq va zo'ravonlikka uchragan xotin-qizlar ariza bilan tegishli vakolatli
organlarga yoki sudga murojaat etish, maxsus markazlarda, shuningdek, bepul telefon liniyasi
orqali tekin huquqiy maslahat, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish,
ichki ishlar organlariga himoya orderi berish to'g'risidagi talab bilan murojaat qilish kabi
huquqlarga ega bo'ldilar. Bir so'z bilan xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda gender tenglikni
557
ta'minlash borasida keng ko'lamli islohotlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Bundan
ko'zlangan asosiy maqsad jamiyatimizda xotin-qizlar mavqeini oshirish, ularni ijtimoiy, siyosiy
va iqtisodiy sohalardagi huquqlarini ta'minlash, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash hamda
jamiyatda ma'naviy-ma'rifiy muhitni barqarorlashtirishdan iborat. Bunday mas'uliyatli ishni
muvofiqlashtirish O'zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha
komissiyasining zimmasiga yuklatilgani esa mazkur sohada kelgusida keng ko'lamli islohotlar va
o'zgarishlar bo'lishidan dalolatdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Umarova M.M. O‘smirlarda oilaviy qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlar shakllanishining
ijtimoiy psixologik shart-sharoitlari. Psixol. fan. nom. ... dis. avtoreferati. – T.: O‘zMU, 2004. –
27b.
2.
Lutfullaeva N.X. Turmush qurgan talabalarning oilaviy munosabatlarga tayyorligining
ijtimoiy psixologik xususiyatlari: Psixol. fan. nom.…dis. avtoreferati.– T.: O‘zMU, 2006.– 25 b.
3.
Saribaeva U.S. Oila barqarorligiga jinsiy-psixologik mutanosiblikning ta’siri: Psixol. fan.
nom. ... dis. avtoreferati. – T.: O‘zMU, 2007. – 22 b.
4.
Fayzieva M.X. Oila barqarorligiga shaxslararo munosabatlar ta’sirining ijtimoiy-psixologik
xususiyatlari (Er-xotin misolida). Psixol. fan. nom. ... dis. avtoreferati: 19.00.05. – T.: O‘zMU,
2005. – 25b.
5.
Nechayeva A.M. Semeynoye pravo. Kurs leksiy. – M.: Yurist. 1998. – 336s.
6.
Otaxo‘jayev F.M. Oila huquqi. – T.: TDYUI. 2005. – 280 b.
OLIY TA'LIM TASHKILOTLARIDAGI KVOTA TIZIMIDAGI MAVJUD
MUAMMOLAR
G'oziev Kozimbek
Toshkent davlat yuridik universiteti
Ma'muriy va moliya huquqi kafedrasi o'qituvchisi
ORCID: 0000-0002-8093-7332
e-mail: goziev.kozimbek@tsul.uz
Annotosiya.
Mazkur tezisda oliy ta'lim tashkilotlariga qabul qilishda kvota tizimining
mavjudligi muammolari milliy qonunchilik asosida tahlil etish asnosida oliy o'quv yurtlarini
boshqarishning o'ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Shuningdek, milliy qonunchilikdagi
ta'lim sohasi rivojiga to'sqinlik qilayotgan holatlar aniq dalillar va statistik ma'lumotlar bilan
yoritilgan. Oliy ta'lim tashkilotlarining to'liq akademik mustaqillik asosida qabul qilish
borasidagi muammolarini bartaraf etishning zamonaviy yechimlari ko'rsatilgan. O'zbekistonda
oliy ta'lim tashkilotlarini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari tahlil qilingan holda, qonunchilik
asoslarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar:
ta'lim, ta'lim tashkiloti, kvota tizimi, xususiylashtirish
O'zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoriga kirishi uchun undan tez o'zgarib turuvchi
aqliy mehnat bozori ehtiyojlariga moslashishga imkoniyatiga ega bo'lgan oliy ta'lim sohasini
yaratishni qat'iy taqazo qilmoqda. Shu jihatdan olib qaraganda mamlakatimizda faoliyat
yuritayotgan oliy ta'lim tashkilotlarining moliyaviy mustaqilligini oshirish, raqobatbardoshlikni
rivojlantirish, milliy qonunchilikdagi xususiy oliy o'quv yurtlari tashkil etishni qiyinlashtiruvchi
qoidalarni bartaraf etish, oliy o'quv yurtlariga talabalarni qabul qilish mexanizmini isloh qilish,
ularning moliyaviy mustaqilligini haqiqatda ta'minlash va oliy o'quv yurtlari vakolatini
kengaytirish bugungi kunda dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda.
Oliy ta'lim tashkilotlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishdan,
xususan, ushbu sohada xususiy segmentni joriy etishdan asosiy maqsad davlatimizda bugungi
kun talablariga javob beradigan, xalqaro xamjamiyat mehnat bozorida raqobatlasha oladigan,
informatsion texnologiyalardan foydalana oladigan, chet tillarni o'rgangan, mustaqil fikrlovchi
kreativ yosh mutaxassis kadrlarni tarbiyalashdir.
