Frazeologik birliklarning qoʻllanilishida polisemiyaning shakllanish omillari

Abstract

Ushbu maqolada tilshunoslikda polisemiya hodisasi, shuningdek, frazeologiyada polisemiyaning shakllanish omillari, polisemantik frazeologik birliklaming yuzaga kelishi va qo'llanilishiga oid nazariy ma’lumotlar jahon va o'zbek tilshunos olimlarining fikrlari asosida tahlil qilinadi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge
CC BY f
311-312
79

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Alimjanova, S. (2024). Frazeologik birliklarning qoʻllanilishida polisemiyaning shakllanish omillari . Новый Узбекистан: наука, образование и инновации, 1(1), 311–312. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/new-uzbekistan/article/view/32335
Shokhsanam Alimjanova, National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
doctoral students
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada tilshunoslikda polisemiya hodisasi, shuningdek, frazeologiyada polisemiyaning shakllanish omillari, polisemantik frazeologik birliklaming yuzaga kelishi va qo'llanilishiga oid nazariy ma’lumotlar jahon va o'zbek tilshunos olimlarining fikrlari asosida tahlil qilinadi.


background image

311

3. Алибекова К. Е. Обучение трюкоязычных студентов медицинской лексике и
пословицам русского языка с базовыми концептами “здоровье”, “гигеана”. –Ташкент,
2006.
4. Tumanishvili. The specific and the Universal in the Proverb Genre / Rustaveli Institute of
Georgian Literature. Volume1, 2007.
5. Mirzaev T. O‘zbek xalq maqollari.- Toshkent: SHarq, 2012.
6. Yuldashevna, M. M. (2019). European Journal of Research and Reflection in Educational
Sciences Vol, 7(10).
7. Maxliyo, M. (2019). REVIEW OF THE SCIENTIFIC TRANSLATION PROBLEM. So‘z
san’ati xalqaro jurnali, 1(5).

FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING QOʻLLANILISHIDA POLISEMIYANING

SHAKLLANISH OMILLARI

Alimjanova Shohsanam Azamat qizi

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti doktoranti.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada tilshunoslikda polisemiya hodisasi, shuningdek,

frazeologiyada polisemiyaning shakllanish omillari, polisemantik frazeologik birliklarning
yuzaga kelishi va qoʻllanilishiga oid nazariy maʼlumotlar jahon va oʻzbek tilshunos olimlarining
fikrlari asosida tahlil qilinadi.

Kalit soʻzlar:

frazeologiya, frazeologik birlik, polisemiya, koʻp maʼnolilik, kontekst.

Bilamizki, frazeologik birliklar oʻzining serqirraligi bilan nutqimiz goʻzalligini oshirishda

katta ahamiyatga ega. Bu sohaning tarixiga nazar soladigan boʻlsak, frazeologizmlardan ilk bor
adabiyot fanida foydalanilgan. Bora-bora badiiy adabiyotlarda bir tildan ikkinchi tilga bu kabi
ajralmas birikmalarni tarjima qilish imkonsiz boʻlib bordi va frazeoligik birliklar tilshunoslikda
kengroq tadqiq qilina boshladi. Frazeologiya atamasi tilshunoslikka ilk bor ingliz adabiyotshunos
olimi Neander tomonidan badiiy asarlar tarjimasi jarayonida qoʻllanilgan. Shunday qilib,
frazeoligiyaga oid materiallarning kattagina qismi lugʻat va boshqa shu kabi manbalarga
kiritilgan holda oʻrganilgan boʻlsa-da, qolaversa, frazeolgiyaga oid tadqiqot ishlari tilshunoslikda
kam ekanligi va uning grammatika, stilistika, leksikografiya va til tarixi doirasidagina
oʻrganilganligi bu sohaning alohida tilshunoslik tarmogʻi sifatida qabul qilinib, tadqiq qilinishini
talab qildi. Shuningdek, frzaeologizmlar leksik-semantik, stilistik va struktura jihatidan ham
oʻziga xos xususiyatlarga ega birliklar sifatida tilshunos olimlar tomonidan katta qiziqish bilan
oʻrganib kelayotganida ham buning isbotini koʻrsak boʻladi. Frazeologiya sohasida chuqurroq
oʻrganishni talab qiladigan ana shunday jihatlaridan biri bu frazeologik birliklarda koʻp
maʼnolilik va polisemantik frazeologik birliklarning shakllanishi hisoblanadi.

Polisemiya leksik birliklarning koʻp maʼnoliligi hodisasi boʻlib, unda maʼnolar bir-biriga

juda yaqinligi jihatidan xuddi olmosga qiyoslash mumkin. Polisemiya nutq taʼsirchanligini
oshirish bilan birga, tilning lugʻat boyligi oshishiga ham xizmat qiladi va shu sababdan ham keng
tadbiq qilishni talab qiladi. Ushbu hodisa frzaeologiya boʻlimi uchun ham tanish boʻlib,
polisemantik frazeologik birliklar dunyo va oʻzbek tilshunoslari tomonidan atroflicha
oʻrganilgan. Jumladan D.A.Cruse [1,27], A.V.Kunin, A.Aleksina [2,24], Zh.Altchison,
Sh.Rahmatullayev [3,13], B.Mengliyev, A.Mamatov [4,27], R.Sayfullayeva [5,33] kabi olimlar
oʻz ishlarida frazeologik birliklarning tarkibidagi ayrim soʻzlarning koʻchma maʼnoda,
boshqalarining esa oʻz maʼnoda qoʻllanilishi ularda polisemiyaning yuzaga kelishi haqida aytib
oʻtganlar. Olimlarning fikriga koʻra, bitta frazeologik birlikning turli kontekstlarda turli maʼno
qirralarini ifodalash uchun qoʻllash ularda polisemiyani yuzaga keltiradi va bunga asosiy sabab
iboralarda barcha soʻzlar yaxlit tarzda bitta koʻchma maʼnoda boʻlishidir deb taʼkidlaydilar, yaʼni
frazeologik biriklar – bu ikki yoki unda ortiq soʻzlardan tashkil topgan turgʻun ibora hisoblanib,
ulardagi maʼno butun maʼnolarning yigʻindisiga teng emas, balki idiomatik xarakterga ega
boʻladi.

Shu jihatdan, olimlarning fikrlariga asoslangan holda kontekst polisemantik


background image

312

frzaelogik birlikning aynan qaysi maʼnosi bilan ishlatilayotganligini aniqlab beradi deyishimiz
mumkin. Kontekst orqali ibora anglatadigan boshqa barcha maʼnolar torayadi va noaniqlik
yoʻqoladi. Masalan maʼlum bir kontekstda ishlatilgan iboraning koʻchma maʼnosi semantik
jihatdan metaforik tarzda ifodalanishi shu iborada polisemiyani hosil qiladi.

Koʻpgina olimlar, shu jumladan D.A.Cruse ham kontekstga asoslangan polisemiyaning

shu kabi jihatlari haqida aytib oʻtishgan. Tilshunos, soʻz maʼnosi kontekst orqali ifodalanaishini
taʼkidlaydi [6,187].

Shuningdek,

tilshunoslar

frazeologik

birliklarning qanchalik tez-tez ishlatilishi, kontekstda qoʻllanilish chastotasi qanchalik yuqori
boʻlsa, uning semantik tarkibini tashkil qiluvchi variantlari soni shunchalik koʻp boʻladi, yaʼni
polisemantikligi oshaveradi deb taʼkidlaydilar.

Ingliz va oʻzbek tillarida polisemantik frazeologik birliklarning asosiy frazeologik

maʼnosi ham koʻchma maʼnoda ekanligi, buning sababi esa asosiy maʼno ham maʼlum obraz
asosida koʻchma maʼno shaklida namoyon boʻlishi aytib oʻtiladi. Demak, frazeologik birlikning
tabiati denotativ maʼnoni istisno qiladi va polisemantik frzaeologiyada ham aynan
ifodalanayotgan frzaeologik birlikning koʻchma maʼnolari orasida bogʻliqlik mavjud deb
hisoblanadi [7,156]. Tilshunos G.E.Hakimova ham frazeologik polisemiya haqida toʻxtalar ekan,
uning frazeologik sinonimiya bilan oʻxshash va farqli tomonlarini koʻrsatib oʻtgan [8,126].

Qolaversa, frazeologik birliklar tillarning madaniyatini ham oʻzida mujassamlashtirishi

ulardagi polisemiyaning lingvokulturologik jihatdan ham oʻrganilishi kerakligini koʻrsatadi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, frazeologizmlarda polisemiya anchayin chuqurroq ekanligi,
bunda barcha maʼnolar koʻchma boʻlishi sababli ularni bosh va hosila maʼnolarga ajratish
qiyinligida ham namoyon boʻladi. Bu kabi sabablar frazeologik birliklarning polisemantikligi
haqida hali yanada kengroq tadqiqotlar qilinishi zarurligini, ulardagi graduonimiya, giponimiya
va boshqa semantik munosabatlarning alohida tadqiqi lozimligni bildiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Cruse A. D. Meaning in Language, An Introdution to Semantics and Pragmatics. –
Oxford: Oxford Universiti Press, 2000.

2.

Алехина А.И. Фразеологическая антонимия в современном английском языке.
Автореферат дис....канд. фил. наука дис. – М., 1968.

3.

Rahmatullayev Sh. Oʻzbek tili frazeologik lugʻati. – Toshkent, 2022.

4.

Mamatov A. Oʻzbek tili frazeologizmlarining shakllanishi masalalari. Filol. fanl. dokt.
diss. avtoref. – Toshkent, 2000.

5.

Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., v.b. Hozirgi oʻzbek adabiy tili.
Oʻquv qoʻllanma. – Toshkent, 2006.

6.

Cruse A. D. Meaning in Language, An Introdution to Semantics and Pragmatics. –
Oxford: Oxford Universiti Press, 2000.

7.

Tursunov U., Muxtorov J. Hozirgi o’zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan, 1975.

8.

G.E.Hakimova Frazeologik birliklarning lingvokulturologik aspekti. – Toshkent, 2018.

9.

Кунин А. В. Английская фразеология. – М.: Изд. Высшая школа, 1970.

10.

Altchison Zh., Levis D. M. Polisemi and Bleaching in B. Nerling. – 2003.



EXPLORING TECHNOLOGY-ENHANCED CLASSROOM ACTIVITIES AND

INNOVATIVE APPROACHES IN MODERN PEDAGOGICS.

Alibekova Mokhira Abduvaliyevna

teacher of Jizzakh Pedagogical University

Abstract:

This article delves into the realm of modern pedagogics by examining the integration

of technology and innovative approaches in language classrooms. Specifically, it explores the

References

Cruse A. D. Meaning in Language, An Introdution to Semantics and Pragmatics. -Oxford: Oxford Universiti Press, 2000.

Алехина А.И. Фразеологическая антонимия в современном английском языке. Автореферат дис....канд. фил. наука дис. - М., 1968.

Rahmatullayev Sh. O’zbek tili frazeologik lug'ati. - Toshkent, 2022.

Mamatov A. O‘zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi masalalari. Filol. fanl. dokt. diss, avtoref. - Toshkent, 2000.

Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., v.b. Hozirgi o’zbek adabiy tili. O‘quv qo’llanma. - Toshkent, 2006.

Cruse A. D. Meaning in Language, An Introdution to Semantics and Pragmatics. -Oxford: Oxford Universiti Press, 2000.

Tursunov U., Muxtorov J. Hozirgi o’zbek adabiy tili. - Toshkent: Fan, 1975.

G.E.Hakimova Frazeologik birliklaming lingvokulturologik aspekti. - Toshkent, 2018.

Кунин А. В. Английская фразеология. - M.: Изд. Высшая школа, 1970.

Altchison Zh., Levis D. M. Polisemi and Bleaching in B. Nerling. - 2003.