305
Talabalarga shaxsiy qiziqishlari bo'yicha tadqiqot mavzulari bilan shug'ullanish, o'quv
yo'llari bo'yicha tanlov qilish va konstruktiv fikr-mulohazalarni olish imkoniyatini berish
ularning malaka tuyg'usini kuchaytiradi, bu ichki motivatsiya va tadqiqot faoliyatiga jalb qiladi.
O'qituvchilar o'zlarining tadqiqot ishlarida mulkdorlik va avtonomiya tuyg'usini rivojlantirish
orqali o'quvchilarga tashabbus ko'rsatishga, qiyinchiliklarga bardosh berishga va izlanish va
kashfiyotga umrbod ishtiyoqni rivojlantirishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Piaget, J. (1970). Genetic epistemology. Columbia University Press.
2.
Vygotsky, L. S. (1978). Mind in society: The development of higher psychological
processes. Harvard University Press.
3.
Kolb, D. A. (1984). Experiential learning: Experience as the source of learning and
development. Prentice Hall.
4.
Deci, E. L., & Ryan, R. M. (2000). The "what" and "why" of goal pursuits: Human needs
and the self-determination of behavior. Psychological Inquiry, 11(4), 227-268.
5.
Dewey, J. (1938). Experience and education. Kappa Delta Pi.
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI SOMATIK KOMPONENTLI
MAQOLLARDA “QO‘L” LEKSEMASI ORQALI IFODALANGAN TURLI XIL
KONSEPTLAR
Akbaraliyeva Xurshida Shavkatjon qizi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU doktoranti (mustaqil izlanuvchi PhD)
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi “qo‘l” somatizmi ishtirok
etgan maqollarning ikki tildagi milliy-madaniy va universal xususiyatlari ko‘rib chiqilgan.
Ushbu maqolada mashhur yozuvchi va olimlarning maqollar ustida olib borgan ishlaridagi
xulosalari va maqollarning inson hayotidagi o‘rni, ahamiyati keltirib o‘tilgan. Turli tillardagi
maqollarni qiyoslab o‘rganganimizda, ular o‘rtasidagi farq va o‘xshashliklarni aniqladik.
Kalit so‘zlar:
paremiya, maqol, konsept, grammatika, qiyoslash, qo‘l.
KIRISH.
Xalq yaratgan ma’naviy madaniyatning yaxlit bir butunligi bu albatta o‘sha
xalqning maqollari hisoblanadi. Har bir halqning og‘zaki yoki o‘zma yodgorligini olib qaraylik,
unda bani bashar xotirasida elas-elas saqlanib kelayotgan asotirafsonalar, uzoq tarix qa’ridagi
ibtidoiy tasavvur va tushunchalar, asr-asrlar davomidagi kuzatishlardan xosil bo‘lmish hayotiy
hikmatlar qaymog‘i-insoniy tafakkur tajribasining in’ikosini ko‘ramiz. Ingliz va o‘zbek xalq
maqollari ham ana shunday ming yillar ichida yig‘ilib, sayqal topgan ilmiy-badiiy tafakkur
hosilasi sifatida yuzaga kelgan, xalq orasida aytilib, puxtalanib, avloddan avlodga eng yaxshi
ma’naviy meroslardan biri bo‘lib o‘tib keladi. O‘tmishda yaratilib va ishlatilib kelinayotgan eng
yaxshi maqollar, xalq donishmandlarining namunasi sifatida, hozir ham juda katta tarbiyaviy
ahamiyatga egadir. Bunday maqollar va hikmatli so‘zlar har bir xalqning ma’naviy boyligining
qimmatbaho xazinasini tashkil etadi.
Maqollar xalq donoligining nodir namunasi sifatida xalq og‘zaki ijodining mustaqil
janridir. Shartli ravishda ularni jamoat axloq qoidalari deb atash mumkin. Maqollar asrlar
davomida hayot tajribalarida sinovdan o‘tgan xalqning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy, madaniy,
axloqiy va falsafiy qarashlarining ixcham va obrazli ifodasidir. Maqollar maxsus yaratilgan
emas, balki muayyan vaziyat talablari bilan sinovdan o‘tgan hayotiy tajribadan olingan
xulosalarning axloqiy qiymati sifatida paydo bo‘ladi. Ular insonning turli sohalardagi faoliyati
davomida barqaror va o'zgarmas. To‘g‘ri va haqiqiy xulosalar shaklida uzoq yillik hayotiy
306
tajribalar mahsuli ekanligini ko‘rsatadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
. Mazkur maqolani tahlil qilish
jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng
foydalanildi. Ingliz va o‘zbek tillarida maqollarning milliy-madaniy va universal xususiyatlari
haqida qisqacha tahlil olib borildi. Г.Л.Пермяков Основы структурной паремиология,
Meider, Kingsburg, Harder “Amerika maqollari lug‘ati” nomli kitob metodologik manba bo‘lib
belgilandi.
Alisher Navoiy, Bobur, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Lutfiy kabi shoir va yozuvchilar
xalqqa tushinilishi oson bo‘lsin deb xalq ijodidan samarali foydalanganlar. YOzuvchi M.Gorkiy
ham maqqollarga yuksak baho berib: “Eng ulug‘ donolik so‘zning soddaligadadir. Maqollar va
qo‘shiqlar har vaqt qisqa bo‘ladi. Ularda butun-butun kitoblar mazmuniga teng keladigan fikr va
sezgilar mavjud bo‘ladi” degan edi. Maqollarni chuqurroq tahlil etish va ularning turli tillardagi
milliy-ma’daniy hamda umumbashariy qadriyatlarini aks etishi orqali o‘rganish hozirgi zamon
tilshunosligining dolzarb muammosi bo‘lib kelmoqda. Qiyoslab o‘rganadigan bo‘lsak,
dunyodagi barcha tillar o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin va aynan
shu fenomen turli tillarni bir-biridan ajratadi. Lekin shu narsa ma’lumki, til o‘rganuvchilar o‘ziga
begona bo‘lgan tilni ona tili va shu til o‘rtasida ma’lum bir bog‘liqlik asosida o‘zlashtiradi. Bu
tillar ma’lum bir kategoriyalar ostida birlashadi. Bu kategoriyalarda grammatik kategoriyalar,
leksik-semantik kategoriyalar, funksiyanal kategoriyalarga o‘xshagan lisoniy belgilar kiradi.
Demak, umumlashtiruvchi kategoriyalar tillardagi universallikni ta’minlaydi. Shu asnoda,
maqollar har bir tilda uchraydigan o‘ziga xos til birligi ekan, ularda ham umumiylik mavjud. Shu
haqda G.L.Permiakov quyidagicha fikr yuritadi: holatlarni umumiylashtirish xususiyati ya’ni bir
xil yoki o‘xshash holatlarni birlashtirish turli xalqlar maqollarida uchraydi. Maqollardagi shu bir
xillik universallikni ta’minlaydi va ko‘p holatlarda alohida mantiqiy ma’noga ega bo‘ladilar.
Bundan kelib chiqadiki, maqol dunyosi jahon sivilizatsiyasi bilan bog‘liqdir, uni faqat bir
millatga tegishli deyish mutlaqo noto‘g‘ri. Maqollardagi universallik paremiologiyaning asosiy
qirrasi bolib, u maqollardagi o‘xshash va bir xil xolatlarni umumlashtiradi va hatto qarindosh
bo‘lmagan tillarda, ularning tarixiga, etnosiga qaramay uchraydi. Shuni aytib o‘tish kerakki,
ko‘plab maqollarning har xil tillardagi shakllarida ham shaklan, ham ma’no jihatdan yoki
umumiy bajarayotgan funksiyalaridan o‘xshashlik topsa bo‘ladi. O‘zbek tilidagi ayrim maqollar
ingliz maqollariga funksional jihatdan mos keladi. Masalan, “First think, then speak” maqolini
o‘zbek tilidagi muqobil varianti “Avval o‘yla – keyin so‘yla” maqoliga to‘g‘ri keladi, chunki bu
maqol har ikkala tilda aynan bir xil ma’noga ega hamda uning grammatik tizimi ham ancha
yaqin. Shu bilan birga, ma’lum bir tildan ikkinchi tilga berilgan o‘girishlarda maqollarning aynan
o‘xshashini topish qiyin bo‘ladi. Shunda izohlarga yoki ikkinchi bir adekvat variantga murojaat
qilinadi. O‘zbek tilidagi maqollarning ingliz tilida yoki ingliz tilidagi maqollarning o‘zbek
tilidagi muqobil variantini topish ancha mushkul, bu borada maqollarga o‘rni kelganda izoh
berib o‘tish tarjimaga putur etkazmaydi balki uni to‘ldiradi va boyitadi. “So‘zlaguvchi nodon
bo‘lsa, eshitguvchi dono bo‘lsin” maqolinining aynan nusxasi inglizchada yo‘q bo‘lgani holda
bu maqolni uning yaqinroq ekvivalenti bilan berish mumkin. Lekin uni “If speaker is fool
listener should be wise” deb tarjima qilinsa uning o‘zbekcha koloriti saqlanib qoladi va bu
hammaga tushunarli bo‘ladi. Xuddi shu so‘zlarni “Qassob moy qayg‘usida, echki - jon
qayg‘usida” maqoliga ham qo‘llab uni “The butcher grieves for bacon, and the goat – for its life”
qabilida berilsa ma’qul bo‘ladi. “Qizi borning nozi bor” maqolini ingliz tiliga “Who has a
daughter that has a whim” qabilida berilsa Markaziy Osiyo xalqlari, xususan o‘zbek
urfodatlaridan bexabar ingliz o‘quvchisi uni butunlay tushunmasligi mumkin. Ingliz tiliga uni
“Parents of the bride may be capricious (they can expose their own terms)”: deb ag‘darishdan
boshqa chora yo‘q. Boshqa yo‘li: bu maqol mazmunini beruvchi boshqa maqol topish lozim deb
hisoblaymiz. Bir-birlariga ma’no va stilistik vazifa jihatlaridan mos bo‘lib, so‘z tartibida
kamdan-kam mos bo‘lsa, sonda kamdan-kam farq qiladilar, leksik tarkib jihatidan farq qiladigan
muqobil variantlar. Ularning ko‘pchiligi shaklan milliy, mazmunan baynalmilaldirdar. Ular
307
shakli bilan o‘zlarining muayyan milliy tilga mansubliklarini tasdiqlasalar, mazmuni bilan jahon
madaniyati va sivilizatsiyasi mahsuli ekanliklarini namoyon qiladilar.
1.Pigeon’s milk – Anqoning urug‘i.
2. Every dog is a lion at home – Har kim o‘z uyida bek.
3. All bread is not baked in one oven – Besh qo‘l baravar emas
4. No pleasure without pain – Gul tikansiz bo‘lmas.
Biror kamyob, qimmatbaxo, orzu qilib yetib bo‘lmaydigan narsani inglizlar “Pigeon’s
milk” (kabutarning suti), ruslar «Птиче молоко» desalar, o‘zbeklar “anqoning urug‘I”
(afsonaviy qush tuxumi) deydilar. Aslzoda jamiyat vakillari inglizlar va ruslar nazarida «Blue
blood» (zangori kon), «Golubaya krov» hisoblansalar, o‘zbeklar tasavvurida «Oq suyak»dirlar.
Odamlardan allaqachon barchaga ma’lum sirni yashirishning bexudaligini obrazli ifodalash
uchun ruslar «Шила в мешке не утонешь» maqoliga murojaat qilsalar, o‘zbeklar ushbu o‘rinda
“Oyni etak bilan yopib bo‘lmas” maqolidan foydalanadilar. “Hamma odam bir xil emas”
tushunchasini inglizlar obrazli tarzda “All bread is not baked in one oven” (barcha non bir
tandirda yopilmaydi), o‘zbeklar “besh qo‘l baravar emas” deydilar. Ma’lumki har bir xalq o‘z
e’tiqodi, milliy xususiyati, o‘ziga xos fantastik obrazlari, turli tuman ko‘chma manoli birikmalari
uchun asos qilib olingan misollari bor. SHu kabi V.Shekspir asarlaridagi maqol va matallarda
ham yuqoridagi jihatlar o‘z ifodasini topgan. Tillardan tillarga tarjima qilish mumkinligini
asoslaydigan narsa jaxon xalqlari garchi turli tuman tillarda so‘zlashsalar, ammo ularning
taffakkur qonunlari bir xildir. V.Shekspir asrlaridagi maqol va matallar ham o‘z davri
turmushining xalq taffakkuri asosida yuzaga degan tushunchalarni o‘zida mujassam qiladi.
E.V.Kuxaryeva arab va rus maqollari bo‘yicha tadqiqotlar olib borib, shunday xulosa qiladiki,
aksariyat maqollar mavzu va xolatlarga nisbatan umumiylikka ega ekan. Bu umumiylikni
paremiologlar turlicha asoslar ekanlar: bir guruh olimlar maqollardagi o‘xshashlikni etnik kelib
chiqish va qarindoshligi bilan asoslasa, boshqa olimlar yangi maishiy va ma’daniy aloqalarning
kirib kelishi va qabul qilinishida deydilar, uchunchi guruh olimlari esa tarixiy rivojlanish
pog‘onalari natijasi va g‘oyalar uyg‘unligida deb asoslaydilar. “Universaliya” atamasi lotincha
“universalis” so‘zidan olingan bo‘lib, “umumiy”, degan ma’nolarni anglatadi va u deyarli barcha
tillardagi xususiyatlarni qamrab oladi. Universaliyalar ikki ko‘rinishda bo‘ladi: deduktiv
universaliyalar – shunday til xususiyatlariki, ular barcha tillarda uchraydi va aniq ifodalanadi.
Bularga asosan gaplarning har xil strukturaviy turlarining ishlatilishi kiradi; induktiv
universiyalar esa deyarli barcha mashhur tillarda mavjud.
Ma’lum bir xalq yoki ma’lum bir millatga tegishli bo‘lgan maqollarda qo‘llanilgan
so‘zlar turli ma’nolarni anglatgani kabi, turli millat maqollariga qo‘llangan bir xil so‘zlar ham
har xil ma’nolarni anglatadi. Ushbu rejamizda bir xil, ya’ni “qo‘l" (“hand”) somatizmining
o‘zbek va ingliz xalq maqollarida turli konseptlarni ifodlashi bo‘yicha fikr yuritamiz.
Ma’lumki, somatik frazeologik birikmalar tarkibida inson tana a’zolari nomlaridan bir
qanchasi qatnashadi, shu sababli ham bunday iboralar ifodalagan ma’nolar zamirida inson,
uning xatti-harakatlari, fe’l-atvori, yashash tarzi va o‘y-fikrlari yotadi. Bir qator tilshunoslar o‘z
tadqiqotlarida inson xatti-harakatlari va fe’l atvorini aks ettiruvchi somatik frazeologizmlarni
o‘rganishga alohida diqqat qaratishgan.
O‘zbek xalq paremiyalarida “qo‘l” somatizmi qatnashgan maqollar jadvali
2.2.1-jadval
№
Konsept
Sememalar
O‘zbek xalq maqoli
1.
Imkonsizlik:
1.Qudrat imkonsizlik
Qo‘l yetmasga bo‘y cho‘zma
308
2.Qo‘llab-quvvatlash
imkonsizlik
Qo‘lingdan bermasang, yo‘lingdan
ber,
Yo‘lingdan bermasang so‘zingdan ber.
2.Vaqtni imkonsizlik
Ro‘zg‘or tushdi boshga, qo‘l tegmadi
oshga
3.Qo‘llab-quvvatlovchi
nazoratlik
Yo‘q mard qo‘ling bog‘laydi.
2.
Imkoniyat
Kimning qo‘li uzun bo‘lsa olmani
o‘sha uzar.
3.
Qoniqtirolmaslik
Qo‘ldan berganga qush to‘ymas
4.
Tengsizlik,
mos
kelmaslik
Besh qo‘l barobar emas.
Og‘zidan so‘zi tushganning qo‘lidan
bo‘zi tushar.
5.
Vaqtinchalik
Pul - qo‘lning kiri.
6.
Zarar ko‘rish
Qamishni bo‘sh ushlashang, qo‘lingni
qiyadi.
7.
Hamjihatlik,
ahillik
1.Qars ikki qoʻldan chiqar.
2. Qo‘l qo‘lni yuvar, ikki qo‘l yuzni.
8.
Baraka
Barakali qo‘lning so‘ygan chumchug‘i
ham qo‘y bo‘ladi.
9.
Mehnatning
tayyor
Birovning qo‘li bilan tikan yulish
oson. Birovning qo‘li bilan chog‘ni
ushlash oson.
10.
O‘zgalar
mehnatidan
o‘tish
Bir qo‘llab sochasan, ikki qo‘llab
o‘rasan
11.
Kamchilikni
yashirish
Bosh yorilsa bo‘rk ichida, sinsa yeng
ichida
12.
Mehnatsevarlik:
1.Ishchangning o‘nta qo‘li bo‘lsa,
o‘novi ham ish topar
2.Ko‘z-qo‘rqoq, qo‘l-botir.
3.Qo‘l yugurigi oshga, til yugurigi
boshga
13.
Farosatsizlik
Kul – o‘choqda, qo‘l – tovoqda
309
14.
Tajribaga
ega
boʻlish
Koʻra-koʻra koʻz pishar, qil-qila qoʻl
pishar.
15.
Imkoniyatdan
keyin
Eshakning orqasiga oftob tushsa,
qo‘lingni isitib qol.
Ingliz paremiyalarida ham “hand” somatizmi insonlarning fe’l-atvorlarini namoyon
qiluvchi xususiyatlarni aks ettiradi:
“Qo‘l” somatizmi qatnashgan maqollar va ularda ifodalangan konseptual tahlil
2- jadval.
№
Konsept
Ingliz maqoli
1.
Honesty
A clean hand wants no washing.
You can’t milk a cow with your hands in your pants.
2.
Reality
A bird in the hand is worth two in the bush.
Take a dog for a companion and a stick in your hand.
A bird in the hand is worth two in the bush.
Cold hands, warm heart.
3.
Solidarity
Many hands make light work.
One hand washes the other
4.
Being together
Gossiping and lying go hand in hand.
5.
Security
One hand for yourself and one for the ship.
6.
Interest
One hand will not wash the other for nothing
7.
Acknowledgement
Don’t bite the hand that feeds you.
Close only counts in horseshoes and hand-grenades.
Don’t bite the hand that feeds you.
8.
Intelligence
One head is better than hundred strong hands.
A good surgeon has an eagle’s eye, a lion’s heart, and a lady’s
hand.
9.
The hand that rocks the cradle rules the world.
The devil finds work for idle hands.
God looks to clean hands, not to full ones.
Put not thy hand between the bark and the tree.
The hand that gives gathers.
10.
Reason
Nothing is stolen without hands.
Handsome is as handsome does.
11.
Idleness.
The devil finds work for idle hands to do.
Biz yuqorida tahlil qilgan o‘zbek va ingliz paremalarida “qo‘l” somatizmining ma’no
ifodalash jihatini qiyoslash shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilida bu somatizmning amal qilish doirasi
ancha keng ya’ni o‘zbek tilida “qo‘l” somatizmi 15ta semada, ingliz tilida 10ta semada
reallashgan va ular o‘z navbatida, yana ichki ma’no bo'linishlarini ifodalshga ham xoslangan.
Chunonchi “imkonsizlik” konsepti a) qudrat jihatdan imkonsizlik (Qo‘l yetmasga bo‘y cho‘zma);
310
b) qo‘llab-quvvatlash jihatdan imkonsizlik (Qo‘lingdan bermasang, yoʻlingdan ber, yoʻlingdan
bermasang, so‘zingdan ber); v) vaqt jihatdan imkonsizlik (Ro‘zg‘or tushdi boshiga, qo‘l tegmadi
oshga); g) imkoniyat jihatidan cheklanganlik (Yo‘qlik mard qo‘ling bog‘laydi) singari
sememalarni ifodalaydi. Yashirish jihatdan cheklanganlik (o‘ta (hamjihatlik, ahillik; baraka;
kamchilik (ayb) o‘zbek tilida bu somatizm mehnatning samarasi: mehnatsevarlik: imkoniyatdan
foydalanish) ijobiy: 3 ta (bo‘shanglik, lapashanglik; o‘zgalar mehnatidan foydalanish;
farosatsizlik) salbiy: 4 ta (imkonsizlik; qoniqtirolmaslik; tengsizlik, mos kelmaslik; vaqtinchalik)
mo‘tadil; ingliz tilida esa (reallik; halollik; andishalilik) ijobiy: 4 ta (yomon illatning urchishi;
ta’ma; jinoyatga boshlash: yomon ishlarga sababchi bo‘lish) salbiy; 2 ta (xavfsizlik,
ehtiyotkorlik; jismoniy harakatning aqliy harakatga teng bo‘lolmasligi) mo‘tadil ma’nolarni
ifodalab kelgan.
Xulosa. O‘zbek tilida “qo‘l” somatizmi, asosan, ijobiy ma’no tashishga xizmat qilsa,
ingliz tilida salbiy ma’no tashish vazifasi ustun. Izlanishlarimiz natijasiga ko ‘ra
, maqollar ta’rifi
barcha xalq madaniyatiga mos kelishi va ularni qoniqtirishi kerak. Masalan: “Love and cough
cannot be hidden” – “Muhabbat va yo‘talni yashirib bo‘lmaydi” va “Kasalni yashirsang, isitmasi
oshkor qiladi” maqollari turli madaniyatga xos bo‘lsa ham, ya’ni biri ingliz milliy madaniyatiga
va ikkinchisi o‘zbek milliy madaniyatiga oid til birikmalari bo‘lsada, ulardagi mantiqiy mazmun
deyarli bir xil ya’ni kasalni yashirsang isitmasi oshkor qiladi. Turli til va milliy madaniyatdagi
universallik esa yuqoridagi maqollarda ochiq ko‘rinib turibdi. K.Y.Alibekov shuni ta’kidlaydiki,
hozirgi kunda maqollar faqatgina xalq og‘zaki ijodi namunasi sifatida emas, balki
lingvomadaniyatning birligi sifatida o‘rganilmoqda. U “sog‘liq” va “gigiena” konseptlarini rus,
o‘zbek va qozoq tillarida qiyoslab o‘rganib, shunday xulosaga keladiki, rus madaniyatida
“sog‘lik” va “gigiena” konseptlari qimmatbaho zaruratni kasb etsa, o‘zbek va qozoq tillarida bu
konseptlar boylik bilan tenglashadi. Bo‘ndan ko‘rinib turibdiki, uch xalqning milliy
madaniyatida mazkur konseptida bir-biriga deyarli yaqin ma’nolarni anglatadi
K.Tumanishvili maqollar – bu millatning tarixiy o‘y-fikrlari natijasi bo‘lib, ularni ma’lum
bir guruhning “avtobiografik“ xotirasi deb nomlaydi. Maqollar milliy shakl namunalari bo‘lib,
millat ongida uyg‘unlikda va milliy fikrlash tizimi asosida joylashgandir. Bu esa etnik guruhning
qirralarini tabiiy ravishda namoyon etadi va genetik axborot natijasida quriladi. Demak
maqollarning universal va milliy xususiyatlari egaligi haqida ko‘p tadqiqotlar olib borilgan.
Universal xususiyatlar maqollarning tuzilishida, bir ma’noviylik va ko‘p ma’noviylikligida
hamda mavzularida namoyon bo‘lsa, buning sababi tarixiy rivojlanish, xalqaro aloqalarning
kuchayishi va umumbashariy qadryatlarning o‘sishi hisoblanadi. Milliy xususiyatlar – milliy
fe’l-atvor, milliy ruh aksi bo‘lib, muayyan bir etnosga tegishli xususiyatlardir. Muayyan bir
etnosning yashash joyi, tarixi va milliyligi kabi zaruriy qirralarini bilmasdan turib, uning
maqollari mag‘zini, ma’nosini tushunish mutlaqo mumkin emas. Maqollar xushyor bo‘lishga,
do‘stni dushmandan farq qilishga, insonparvar, xushfe’l, shirin so‘z, sadoqatli bo‘lishga, ota-ona,
qarindosh-urug‘ va do‘stlarni qadrlashga, kattalarni xurmat qilishga, kichiklarga nisbatan
shafqatli bo‘lishga o‘rgatadi: “YAxshi bilan yursang etarsan murodga, yomon bilan yursang
qolarsan uyatga”, “Hurmat qilsang hurmat ko‘rasan”. Insonni tozalik va sog‘likga chaqiruvchi
maqollar qisqa va sodda so‘zli bo‘lib, ammo chuqur, teran ma’noli va ayni maqsadga
yo‘naltirilgandir: “Ko‘zing og‘risa qo‘lingni tiy, iching og‘risa nafsingni tiy!”, “Odam –
po‘latdan qattiq, guldan nozik”, “Sihat tilasang, ko‘p ema, izzat tilasang, ko‘p dema!”,
“Pokliging-sog‘liging” kabi maqollar xalqimizda keng tarqalgan bo‘lib eng yaxshi ma’naviy
meroslarimizdandir. SHunday ekan, milliy istiqlol g‘oyasini yoshlar ongiga singdirishda, ularni
barkamol avlod etib tarbiyalashda talabalarga tushinilishi oson bo‘lsin deb dono fikrlarni o‘z
ichiga olgan maqollar bilan suhbatlarimizni bezash va samarali foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI (REFERENCES)
1. Пермяков Г.Л. Основы структурной паремиология. – Москва, 1988
2. Кухарева Е. В. Типологически-универсальное и национальноспецифическое в арабских
пословицах и поговорках. Ч.2.- М.: РУДН,2003.
311
3. Алибекова К. Е. Обучение трюкоязычных студентов медицинской лексике и
пословицам русского языка с базовыми концептами “здоровье”, “гигеана”. –Ташкент,
2006.
4. Tumanishvili. The specific and the Universal in the Proverb Genre / Rustaveli Institute of
Georgian Literature. Volume1, 2007.
5. Mirzaev T. O‘zbek xalq maqollari.- Toshkent: SHarq, 2012.
6. Yuldashevna, M. M. (2019). European Journal of Research and Reflection in Educational
Sciences Vol, 7(10).
7. Maxliyo, M. (2019). REVIEW OF THE SCIENTIFIC TRANSLATION PROBLEM. So‘z
san’ati xalqaro jurnali, 1(5).
FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING QOʻLLANILISHIDA POLISEMIYANING
SHAKLLANISH OMILLARI
Alimjanova Shohsanam Azamat qizi
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti doktoranti.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tilshunoslikda polisemiya hodisasi, shuningdek,
frazeologiyada polisemiyaning shakllanish omillari, polisemantik frazeologik birliklarning
yuzaga kelishi va qoʻllanilishiga oid nazariy maʼlumotlar jahon va oʻzbek tilshunos olimlarining
fikrlari asosida tahlil qilinadi.
Kalit soʻzlar:
frazeologiya, frazeologik birlik, polisemiya, koʻp maʼnolilik, kontekst.
Bilamizki, frazeologik birliklar oʻzining serqirraligi bilan nutqimiz goʻzalligini oshirishda
katta ahamiyatga ega. Bu sohaning tarixiga nazar soladigan boʻlsak, frazeologizmlardan ilk bor
adabiyot fanida foydalanilgan. Bora-bora badiiy adabiyotlarda bir tildan ikkinchi tilga bu kabi
ajralmas birikmalarni tarjima qilish imkonsiz boʻlib bordi va frazeoligik birliklar tilshunoslikda
kengroq tadqiq qilina boshladi. Frazeologiya atamasi tilshunoslikka ilk bor ingliz adabiyotshunos
olimi Neander tomonidan badiiy asarlar tarjimasi jarayonida qoʻllanilgan. Shunday qilib,
frazeoligiyaga oid materiallarning kattagina qismi lugʻat va boshqa shu kabi manbalarga
kiritilgan holda oʻrganilgan boʻlsa-da, qolaversa, frazeolgiyaga oid tadqiqot ishlari tilshunoslikda
kam ekanligi va uning grammatika, stilistika, leksikografiya va til tarixi doirasidagina
oʻrganilganligi bu sohaning alohida tilshunoslik tarmogʻi sifatida qabul qilinib, tadqiq qilinishini
talab qildi. Shuningdek, frzaeologizmlar leksik-semantik, stilistik va struktura jihatidan ham
oʻziga xos xususiyatlarga ega birliklar sifatida tilshunos olimlar tomonidan katta qiziqish bilan
oʻrganib kelayotganida ham buning isbotini koʻrsak boʻladi. Frazeologiya sohasida chuqurroq
oʻrganishni talab qiladigan ana shunday jihatlaridan biri bu frazeologik birliklarda koʻp
maʼnolilik va polisemantik frazeologik birliklarning shakllanishi hisoblanadi.
Polisemiya leksik birliklarning koʻp maʼnoliligi hodisasi boʻlib, unda maʼnolar bir-biriga
juda yaqinligi jihatidan xuddi olmosga qiyoslash mumkin. Polisemiya nutq taʼsirchanligini
oshirish bilan birga, tilning lugʻat boyligi oshishiga ham xizmat qiladi va shu sababdan ham keng
tadbiq qilishni talab qiladi. Ushbu hodisa frzaeologiya boʻlimi uchun ham tanish boʻlib,
polisemantik frazeologik birliklar dunyo va oʻzbek tilshunoslari tomonidan atroflicha
oʻrganilgan. Jumladan D.A.Cruse [1,27], A.V.Kunin, A.Aleksina [2,24], Zh.Altchison,
Sh.Rahmatullayev [3,13], B.Mengliyev, A.Mamatov [4,27], R.Sayfullayeva [5,33] kabi olimlar
oʻz ishlarida frazeologik birliklarning tarkibidagi ayrim soʻzlarning koʻchma maʼnoda,
boshqalarining esa oʻz maʼnoda qoʻllanilishi ularda polisemiyaning yuzaga kelishi haqida aytib
oʻtganlar. Olimlarning fikriga koʻra, bitta frazeologik birlikning turli kontekstlarda turli maʼno
qirralarini ifodalash uchun qoʻllash ularda polisemiyani yuzaga keltiradi va bunga asosiy sabab
iboralarda barcha soʻzlar yaxlit tarzda bitta koʻchma maʼnoda boʻlishidir deb taʼkidlaydilar, yaʼni
frazeologik biriklar – bu ikki yoki unda ortiq soʻzlardan tashkil topgan turgʻun ibora hisoblanib,
ulardagi maʼno butun maʼnolarning yigʻindisiga teng emas, balki idiomatik xarakterga ega
boʻladi.
Shu jihatdan, olimlarning fikrlariga asoslangan holda kontekst polisemantik
