292
Onlayn-kurslarining eng yirik uchta platformalari turli ko‘rsatkichlari: foydalanuvchilar
soni, hamkor ta’lim muassasalari soni, qo‘yilgan onlayn-kurslar soni, kurslar yo‘nalishlari,
muddatlari, o‘qitish tili, ta’lim olishda qatnashish shartlari, o‘quv shakllari, ba holash
usullari, sertifikat berilishi, akkreditatsiya masalasi, onlayn-kurslarining narxi, mobil
aloqalar uchun ilovalarining mavjudligi kabi ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlil qilindi.
Ommaviy ochiq onlayn-kurslarni taqdim etayotgan Udacity, EdX, Khan Academy va
Coursera platformalarining fundamental farqlari asosan shulardan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
S.Tursunov, I.Nazarov. Ta’limda axborot texnologiyalari. Darslik. Toshkent:
“Adabiyot uchqunlari” , 2020. 1-2 tom, -262 b.
2.
M.Dilmurodova MOOC (MASSIVE OPEN ONLAYN COURSES - OMMAVIY
OCHIQ ONLAYN KURSLAR), «Новости образования: исследование в XXI веке»
Международный научный журнал № 6 (100), часть 2 январь, 2023 г.
3.
https://khanacademy.org - khanacademy MOOCning rasmiy manzili.
YANGI O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR MA’NAVIYATI VA MILLIY QADRIYATLAR
UYG‘UNLIGI
Abduraxmonov N.L.
JDPU tadqiqotchisi.
Annotatsiya
Maqolada Yangi O‘zbekistonda yoshlar ma’naviyati va milliy qadriyatlar uyg‘unligi
haqida so‘z boradi. Maqola mazmunini yoritib berish maqsadida qonunchilik hujjatlari va
meyoriy hujjatlar olib borilgan islohotlar materiallardab foydalanildi.
Kalit so‘zlar;
islohotlar, milliy qadriyatlar, yoshlar, jamiyat, tarix.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, milliy qadriyatlarga e’tibor kuchaydi. Milliy
qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan, xalqimizni ma’naviy poklashga
yetaklaydigan asoslardan biridir. Yoshlar jamiyat a’zolarining eng faol qismi bo‘lib, ular
o‘zlarining bunyodkorlik ishlari bilan ijtimoiy hayotning hamma sohalariga sezilarli ta’sir
ko‘rsatib, mamlakat rivojiga salmoqli hissa qo‘shmoqdalar. Bugungi kun hammamizni ijtimoiy
ishlarda faol bo‘lishga, ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat unumdorligini uzluksiz oshirishga
da’vat etadi. Binobarin, jamiyatmizni takomillashtirish yo‘lidan muvaffaqiyatli olg‘a qarab
borishi ko‘p jihatdan yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, ma’naviy barkamolligi, qadriyatlarga sodiqligi
hamda ularning ijtimoiy faolligiga bog‘liqdir.
Zotan, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi
asarida ta’kidlaganidek, yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur sharoit yaratish,
ma’naviyatini yuksaltirish hamda sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish ham alohida
ahamiyat kasb etadi
1
.
Hozirgi avlodning, ayniqsa yoshlarning Vatan oldidagi, tarix oldidagi xizmatlari eng
avvalo, mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik jamiyatni yanada takomillashtirish
vazifasini qay darajada muvaffaqiyatli uddalashi bilan o‘lchanadi. Yoshlar tarbiyasi, ularning
ma’naviy dunyosini asrab-avaylash, yot unsurlardan himoyalash haqida qayg‘urish – ertangi kun,
yorqin kelajak haqida qayg‘urish demakdir. Yosh avlodning mamlakat iqtisodi va madaniyatini
rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi qanchalik salmoqli bo‘lsa, jamiyat ularga shunchalik ko‘p
ne’mat beradi. Yoshlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek vazifalari birligi ana shunday
293
o‘zaro munosabatda o‘z ifodasini topadi. Yoshlarning aktiv faoliyati ularni har tomonlama kamol
toptirish bilan bog‘liqdir.
Demokratik davlat qurish yo‘lida yoshlarning sotsial-siyosiy, ijtimoiy-ma’naviy faolligi
tobora kuchayib bormoqda. Mamlakatimizda yoshlarning o‘qish va ijodiy mehnatda, jamiyat
hayotida faol qatnashishlari uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratib berish haqida doimo
g‘amxo‘rlik qilib kelinmoqda.
Hozirgi yoshlar Yangi O‘zbekiston oldida turgan ulug‘vor vazifalarni amalga oshirishga
tayyorlanayotgan kishilardir. Bugungi yoshlar Yurtboshimiz tomonidan yaratilayotgan yangi
jamiyatni kelajak sari olib boruvchilaridir. Ular bu boradagi quyidagi mas’uliyatlarini doimo
yodda tutmoqlari kerak:
-
ona vatanni sevish,
-
milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarga sodiqlik;
-
tashabbuskorlik, ijodkorlik;
-
atrof muhitga nisbatan ongli munosabat;
-
ijtimoiy faollik.
Jamiyatimiz rivojining hozirgi bosqichida yoshlarning ma’naviy sohadagi faolligi
ularning o‘z aktiv hayotiy pozitsiyasini ongli va ijodiy ravishda amalga oshirishidan iboratdir.
Yoshlarning ma’naviy faolligi deganimizda, ularning o‘z maqsadlarini ro‘yobga chiqarishdagi
faoliyatga qanday munosabatda bo‘lishlariga alohida e’tibor bermoq lozim.
Yangi O‘zbekistonni milliy qadriyatlarga asoslangan holda rivojlantirish, jumladan,
yoshlarning faolligini yanada kuchaytirish uchun juda katta va mas’uliyatli vazifalar
qo‘yilmoqda. Bizning mamlakatimizda demokratiyani rivojlantirish, aynisa uchinchi renesans
poydevorini yaratish sharoitida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, yangi insonni kamol
toptirishning muhim muammolari amalda hal qilinayotgan hozirgi bosqichda yoshlarning roli
tobora ortib bormoqda.
Bu borada, Yurtboshimiz tashabbusi bilan yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida qonun
ishlab chiqildi hamda amaliyatga keng joriy qilindi. Bugungi kunda dunyo hamjamiyati tan
olayotgan va e’tirof etayotgan barcha mahallalarda yoshlar yetakchisi lavozimi joriy qilinib,
yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash eng ustuvor
vazifasi etib belgilandi.
Shu maqsadda, ular tomonidan bugungi kunda yoshlarning bandligini ta’minlash, bo‘sh
vaqtini mazmunli tashkil etish, besh muhim tashabbus doirasida turli hil tadbirlarni
tashkillashtirish, boy milliy madaniy merosimizni asrab-avaylash hamda umuminsoniy
qadriyatlar ruhida tarbiyalash, yot g‘oyalar ta’siridan asrab-avaylash borasida respublikamizda
salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, yoshlar ma’naviyati, avvalo milliy va ma’naviy
qadriyatlar ta’sirida shakllanadi. Zero, oila, maktab, mahalla bu jarayonning tamal toshini
qo‘yadi. Umumta’lim muassasalari va oliy ta’lim yoshlarni kelajakda yanada yuksakroq
ma’naviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa ular faolligini oshirish va milliy
qadriyatlarga sodiqlik tuyg‘usini tarbiyalashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Sh.M.Mirziyoev. Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi. Toshkent.:
“O‘zbekiston” 2023 y.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyovning “Oliy Majlisga va
O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi”. 29 dekabr 2020 yil. Toshkent.: “Ma’naviyat” 2021 y.
294
3.
Sh.M.Mirziyoev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.
Toshkent.: “O‘zbekiston” 2017 y.
OʻZBEKISTONDA PRAVOSLAVLIK DINI
Abduvohidov Dilshod Narbotirovich, PhD doktorant,
Samarqand davlat universiteti, Samarqand, O‘zbekiston.
Annotatsiya.
Maqolada O’zbekistonda xristianlikning pravoslavlik oqimining umumiy
manzarasi ochib berilgan. Shuningdek, xristianlikning Markaziy Osiyoga kirib kelish tarixi
hamda bugungi kunda pravoslavlikning asosiy ijtimoiy-diniy xususiyatlari yoritilgan.
Kalit so’zlar:
pravoslavlik; Xristianlik, cherkov; yeparxiya, Markaziy Osiyo metropolit
okrugi, Rossiya pravoslav cherkovi, Muqaddas Sinod, nasroniy episkopi, Beruniy, Iso Masih,
Urgut, Vazgird, Verniy, Metropolit Vikentiy (Morar), Mixail Chernyaev, fon Kaufman, yepiskop
Sofoniy, Uspenskiy gospital cherkovi.
Oʻzbekiston Respublikasida Xristianlikning pravoslavlik oqimi 2015-yil holatiga koʻra,
mamlakat jami aholisining 4% ga yaqinini tashkil etuvchi ruslar va boshqa slavyanlarning
muqaddas dini hisoblanadi [1].
Oʻzbekiston hududidagi pravoslav xristianlar Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasi
tuzilmasiga ega boʻlgan Rus pravoslav cherkovining (Moskva Patriarxati) cherkov
yurisdiksiyasiga boʻysunadilar. 2011-yildan boshlab esa Rus pravoslav cherkovining Markaziy
Osiyo metropolit okrugi tarkibiga kiritilgan [2].
2011-yil 27-iyulda Toshkent yeparxiyasi boʻlingandan keyin tuzilgan [3]. Markaziy
Osiyo metropolit okrugi rahbari bir vaqtning o’zida Toshkent va Oʻzbekiston Markaziy Osiyo
mitropoliti, Janobi Oliylari unvoniga ega. Okrug tashkil etilgandan beri mitropolit Vikentiy
(Morar) Toshkent va Oʻzbekiston yepiskopi boʻlib kelmoqda.
2011-yil 5-oktabrda Rossiya pravoslav cherkovi Muqaddas Sinodining doimiy aʼzolari
qatoriga Oʻrta Osiyo mitropoliti, Markaziy Osiyo mitropolit okrugi rahbarini ham kiritish
toʻgʻrisida qaror qabul qildi [4].
2013-yil 24-avgustda O‘rta Osiyo metropolit okrugi Qarori bilan 8-sentabrni Markaziy
Osiyo metropolit okrugi tashkil topgan kuni sifatida nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Turli afsonalarga ko’ra, O’rta Osiyoda nasroniylikni paydo bo’lishining boshlanishi deb
ushbu hududda odamlarga va’zlar o’qigan havoriylar Foma va Andrey ismlari bilan bog'liq.
Xristianlik dini Rim imperatorlari tomonidan qabul qilinib, rasmiy davlat diniga aylantirilgach,
Eronda nasroniylarga nisbatan ta’qiblar boshlanib ketadi. Bu esa ularning O‘rta Osiyo
mintaqasiga ko‘chib kelishiga sabab bo‘ladi. Manbalarda keltirilishicha, milodiy 334-yilda
hozirgi Marvda (Turkmanistonda) nasroniy episkopi qurilgan.
Qadimgi manbalar bizga Samarqand hududida nasroniy dinining mavjudligi haqida bir
qancha dalillar keltiradi. Jumladan, Al Beruniy oʻzining mashhur “Qadimgi xalqladan qolgan
yodgorliklar” asarida Samarqandda arablar davridan oldin zardushtiylik bilan bir qatorda
“mobad-dastur Nastori” boʻlgan nufuzli nasoro yepiskopligi boʻlganligini to’g’risida muhim
ma’lumotlarni yozib qoldirgan (bu so’zlarning ma’nosi “mobad” - ruhoniy; “dastur” - ruhiy
yetakchi; “nasoro” – “nasr” so’zining hosilasi ya’ni arabcha “yozuv” degani. Ma’lumki, arab-
fors an’anasiga ko’ra ular nasroniylarni “kitob ahli” deb atagan). Kelib chiqishi turkiy bo’lgan
tarixchi va tilshunos olim Mahmud Qoshg’ariyning shaxsiy guvohlik berishicha, janubi-
sharqdagi Dashti Qipchoq (Buyuk dasht), O'zgan podsholigi va Uyg'ur xoqonligi va Markazi
Soʻgʻdda (Samarqand) nasroniylarning o’z diniy jamoalari mavjud boʻlgan. Qoshgʻariyning
yozishicha, “Isfijob, Taroz, Qashgʻar va Oʻzgandan to Quba (hozirgi Quva)gacha bir qancha
soʻgʻdliklar yashaganlar, ular Masih (Iso Masih) diniga eʼtiqod qilgan hamda ikki tilda – so’g’d
va turkiyda gaplashgan.”
