213
результаты свидетельствуют о высокой эффективности и точности квантовых алгоритмов
оптимизации, таких как алгоритмы вариационного квантового преобразования и
квантовый алгоритм Монте-Карло, в сравнении с классическими методами оптимизации.
Основные преимущества квантовых алгоритмов заключаются в их способности искать
оптимальные решения в сложных многоэкстремальных функциях, а также в их высокой
точности и скорости сходимости. Эти характеристики делают квантовые алгоритмы
привлекательным инструментом для решения реальных задач оптимизации в различных
областях науки и техники. Однако следует отметить, что существует ряд вызовов и
ограничений, связанных с применением квантовых алгоритмов в практике. К ним
относятся ограничения на доступность квантовых вычислительных ресурсов, а также
сложности в реализации и адаптации квантовых алгоритмов для конкретных задач.
Несмотря на это, перспективы развития квантовых вычислений в области нелинейной
оптимизации остаются очень обнадеживающими. Дальнейшие исследования и разработки
в этой области могут привести к созданию новых эффективных методов оптимизации и
улучшению современных технологий, что, в свою очередь, может иметь значительный
позитивный экономический и социальный эффект.
Литература
1. Potapov V., Gushanskiy S., Polenov M. The Methodology of Implementation and
Simulation of Quantum Algorithms and Processes, 11th International Conference on Application
of Information and Communication Technologies (AICT). Institute of Electrical and Electronics
Engineers, 2017, pp. 437-441.
2. Boneh D., Zhandry M. Quantum-secure message authentication codes, In Proceedings of
Eurocrypt, 2013, pp. 592-608.
3. Potapov V., Gushansky S., Guzik V., Polenov M. Architecture and Software
Implementation of a Quantum Computer Model, Advances in Intelligent Systems and
Computing. Springer Verlag, 2016, Vol. 465, pp. 59-68.
4. Bennett С.H., Shor P.W., Smolin J.A., Thapliyal A.V. Entanglement-assisted Capacity
of a Quantum Channel and the Reverse Shannon Theorem, IEEE Transactions on Information
Theory, 2002, Vol. 48, pp. 26-37.
5. Kleppner D., Kolenkow R. An Introduction to Mechanics (Second ed.). Cambridge:
Cambridge University Press, 2014, 49
MILLIY IQTISODIYOTNING BARQAROR O‘SISHINI TA’MINLASHDA
KIMYO SANOATINING O‘RNI VA AHAMIYATI
Nazarova Latofat Toirjon qizi
Farg‘ona politexnika instituti, O‘zbekiston
Annotatsiya: Ushbu maqolada sanoat korxonalarini mamlakat iqtisodiyotining barqaror
iqtisodiy rivojlanishida tutgan o‘rni va uning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Sanoat
tarmoqlari orasida yetakchilaridan biri hisoblangan kimyo sanoatining bugungi kunda erishgan
natijjalari hamda ularni yanada kuchaytirish yo‘nalishlari va imkoniyatlari keltirilgan.
Kalit so‘zlar: sanoatlashtirish, tarmoq strukturasi, qiymat zanjiri, kooperatsiya,
diversifikatsiya.
Sanoat - milliy iqtisodiyotning eng muhim tarmog'i bo'lib, jamiyat ishlab chiqaruvchi
kuchlarining rivojlanish darajasiga hal qiluvchi ta’sir ko'rsatadi. Sanoatning tarmoq strukturasi -
sanoat tarkibiga kiruvchi turli tarmoqlar va ishlab chiqarish turlarining tarkibi va ulush nisbati,
shuningdek, ushbu ulushlarning o'zgarish dinamikasi bo'lib hisoblanadi [1]. Xususan, kimyo
sanoati ham mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridandir. Sanoatlashtirish jarayonlarining
214
tezlashishi, tarkibiy qismlarning o'zgarishi jamiyat turlari va iste'mol modellari kimyoviy sanoat
mahsulotlariga bo'lgan talabning tuzilishini sezilarli darajada o'zgartiradi.
Mamlakat iqtisodiyoti va jamiyatidagi transformatsion jarayonlar, xom ashyo va tayyor
mahsulotlarning global bozorlaridagi kutilayotgan o'zgarishlar kimyo sanoati vazifalarini qayta
ko'rib chiqishni taqozo etadi, xususan, o'sib borayotgan avtomobilsozlik sanoati plastmassa,
kauchuk-texnik mahsulotlar, sintetik kauchuk ishlab chiqarishga bo'lgan talabni oshiradi;
elektronika va elektrotexnika ishlab chiqarishning o'sishi mobil telefonlar, planshetlar,
kompyuterlar, monitorlar, shuningdek televizorlar, uy-ro'zg'or buyumlari, konditsionerlar) limer
mahsulotlariga talabning keskin kengayishiga olib keladi; to'qimachilik va tikuvchilik
sanoatining o'sishi, aralash matolar ishlab chiqarishning kengayishi kimyoviy tolalarga bo'lgan
talabni keskin oshiradi; uy-joy qurilishining kengayishi tufayli plastik mahsulotlar, kauchuk
mahsulotlar, polistirolga talab oshadi, aholining farovonligi va ijtimoiy tuzilishining o'zgarishi
kosmetika mahsulotlari, yuvish vositalari va boshqa maishiy kimyo mahsulotlariga talabning
jadal o'sishini ta'minlamoqda [2].
Tadqiqotlarga ko‘ra, so‘nggi yillardagi iqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlarni hisobga olgan
holda, texnologik jihatdan murakkab kimyoviy mahsulotlarga, xususan, mineral o'g'itlar va
agrokimyoga bo'lgan talab keskin oshdi. Shunday qilib, 2030 yilga kelib polimer mahsulotlariga
(polipropilen, poliuretan, polistirol, plastmassa) talab 5,1 baravar, sintetik kauchuk va kauchuk-
texnik mahsulotlarga – 16,1 baravar, bo'yoqlar, laklar va pigmentlarga – deyarli 5 baravar,
dorilar va kosmetika mahsulotlariga talab oshishi prognoz qilinmoqda[3].
Kimyo sanoati tarmog‘i milliy iqtisodiyotda o‘z ulushini oshirish bo'yicha qo'yilgan
vazifalarga erishish uchun salohiyatini tarmoqlararo kooperatsiyaning asosiy harakatlantiruvchi
kuchlaridan biri sifatida jalb qilish talab etiladi. Kimyo sanoati ushbu salohiyatni amalga
oshirishi uchun tarmoqlar va tarmoqlararo o‘zaro hamkorlik hamda samarali qo'shimcha qiymat
zanjirlarini yaratishni rag'batlantirish imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishi kerak.
Tarmoqlararo va tarmoq ichidagi sanoat kooperatsiyasi jarayonlarini faol rag'batlantirish
uchun kimyoviy sanoat turining tarkibiy qismlari chiqindilarni kamaytirish va sintetik
kauchuklar (butadien-nitril kauchuklar va boshqalar), kosmetik mahsulotlar, bo'yoqlar,
pigmentlar, quyuqlashtiruvchi moddalar, yuqori texnologiyali polimer ishlab chiqarish ulushini
oshirish yo'nalishi bo'yicha o'zgarishi lozim.
Asosiy savdo sheriklari bo'lgan mamlakatlarda ishlab chiqarish tuzilmasidagi
kutilayotgan o'zgarishlar nuqtai nazaridan, O'zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorida
mavjud mavqeini yo'qotmaslik va yuqori texnologiyali kimyoviy mahsulotlarning ayrim turlari
bo'yicha mintaqaviy markazga aylanish imkoniyatini qo'ldan boy bermaslik uchun sanoatdagi
ishlab chiqarish tarkibini qayta ko'rib chiqishni maqsad qilgan.
So'nggi 5-10 yil ichida O'zbekiston kimyoviy mahsulotlarning bir qator kimyoviy
mahsulotlari bo'yicha qo'shni mamlakatlarga nisbatan ustunlikni sezilarli darajada oshirishga
muvaffaq bo'ldi. Masalan, Kimyo korxonalari tomonidan 2022 yilning yanvar-noyabr
oylarida 14,4 trln so‘mlik (o‘sish sur’ati – 108,1 foiz) tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Jumladan, sof holda 1 424,4 ming tonna (o‘sish – 102,5 foiz) mineral o‘g‘itlar, shundan 1 097,5
ming tonna azotli o‘g‘itlar (o‘sish – 101,0 foiz), 149,7 ming tonna fosforli o‘g‘itlar (o‘sish –
118,9 foiz) va 177,2 ming tonna kaliyli o‘g‘itlar (o‘sish – 100 foiz) ishlab chiqarildi.
Tarmoqda 461,2 mln dollarlik (rejaga nisbatan 130 foiz, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4
barobar ko‘p) kimyo mahsulotlari eksport qilindi (Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Yaponiya,
Turkiya, Xitoy, Afg‘oniston va Tailand) [4].
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, O‘zbekiston kimyo sanoati nafaqat eksportni
diversifikatsiya qilish va respublika makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini mustahkamlashda, balki
fuqarolarning hayotiy ehtiyojlarini qondirishda ham muhim ahamiyatga egadir. Kimyo sanoati
mahsulotlari iste’molchilari sirasiga, asosan, qishloq xo‘jaligi (mineral o‘g‘itlar, defoliantlar,
o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari), mebel sanoati (formalin, karbamid, CFJ
smolasi), tog‘-kon sanoati (natriy siyanidining suv eritmasi, poliakrilamidlar, tiokarbamid, nitrat
kislota, ammiak suvi), elektron va elektrotexnika sanoati (epoksi smolasi), neft va gaz sanoati
215
(uniflok, K-9 preparati, burg‘ulash reaktivi), qurilish sanoati (kalsiylangan soda, natriy nitrati),
oziq-ovqat sanoati (uksus kislotasi, soda va oziq-ovqat tuzi) va boshqalar kiradi. Shunday ekan,
sohada yaratilgan poydevor yaqin yillarda kimyo sanoati salohiyatining barqaror o‘sish
dinamikasini ta’minlashga qodir. Shu bilan birga, kimyo sanoatining barcha sohalarini uzoq
muddatli izchil rivojlantirish uchun mustahkam baza yaratilayotgani eng ilg‘or xorijiy tajribani
hisobga olgan holda sohani o‘zgartirishni jadallashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Babaniyazovich, A. A. (2023). MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA
TARKIBIY OʻZGARISHLARNING AHAMIYATI VA OʻRNI.
PEDAGOG
,
6
(3), 178-
182.
2.
Nazarova, L. T. Q. N. (2022). Kimyo sanoati korxonalarida tashkiliy-iqtisodiy
boshqaruvning ayrim xususiyatlari.
Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali
,
2
(3),
42-51.
3.
Mamayusupovich, Y. U. B. (2024). SANOAT RIVOJLANISHI VA IQTISODIY
O'SISH: SANOATNING RIVOJLANISHINISHA XORIJIY USULLAR HAMDA
INVESTITSIYANING O’RNI.
INTERNATIONAL
JOURNAL
OF
RECENTLY
SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY
,
2
(1), 261-266.
4.
https://review.uz/uz/post/ximicheskaya-promshlennost-uzbekistana
MAMLAKAT TUMANLARINING TRANSPORT-GEOGRAFIK
IMKONIYATLARINI BAHOLASH MASALALARI
Niyazov Adxam Abduganiyevich
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya yo’nalishi
doktoranti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada mamlakatdagi tumanlarning transport-geografik
imkoniyatlarini baholashdagi yondashuvlar, ularning o’ziga xosliklari hamda e’tibor qaratish
lozim bo’lgan jihatlariga to’xtalib o’tilgan. Hududlardan o’tgan transport va temir yo’llarning
o’rganilayotgan hudud maydoniga nisbatini tahlil qilish yo’llari taklif etilgan.
Kalit so’zlar :
Transport geografiyasi, Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo’li, Respublika
ahamiyatidagi avtomobil yo’li, mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo’li, hududlarning transport-
geografik imkoniyatlari, transport o’tkazuvchanlik darajasi, transport zichligi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning muhim yo’nalishlaridan biri bo’lgan transport
geografiyasi bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida transport aloqalarining yanada faollashuvi,
hududlar orasida yo’lovchi va yuk tashish hajmining keskin ortishi, bozor munosabatlari
ishtirokchilarining transport xarajatlarini va vaqt sarfini imkon qadar kamaytirishning muqobil
variantlarini topishga intilishlari, ichki va tashqi turizm xizmatining o’sib borishi kabi omillar
tufayli dolzarblik kasb etib bormoqda. Bu esa mazkur sohada chuqur va keng ilmiy tadqiqotlarni
olib borish, mamlakat hududlarining transport-geografik imkoniyatlarini turli usullar orqali tahlil
qilish, baholash va amaliyotga tatbiq etish masalasini kun tartibiga qo’ymoqda.
Transport
geografiyasi
fani
turli
mamlakat
yoki
rayonlarda
transport
tarmoqlari
rivojlanishining
asosiy
omillari
va
xususiyatlari,
shuningdek
hududiy
transport
tizimlari
yoki
markazlarining
shakllanish
qonuniyatlarini
o‘rganadi.
Unda
rayonlar
transportining
o‘ziga
xos
xususiyatlari,
ma’lum
qonuniyat
va
eng
avvalo,
hududiy
tafovutlari
aniqlanadi,
transport
turlarini
maqsadga
muvofiq
joylashtirish
va
rivojlantirish,
ular
o‘rtasidagi
aloqadorlikni
hisobga
olish
talab
etiladi.
Shu
bilan
birga,
o‘rganilayotgan
mintaqaning
ishlab
chiqarish
kuchlarini
joylanishi
va
rivojlanishiga
transportning
