512
“tabin” (besh), “nayman” (sakkiz) kabi urug‘ nomlari uchrab, bu ham qadimgi turk-mo‘g‘ul
an’analari bilan bog‘liqdir. Qizig‘i shundaki, bitiktoshlarda “sakkiz o‘g‘uz” deb tilga olingan
o‘g‘uz urug‘lari birlashmasini mo‘g‘ullar o‘z tillarida “nayman”, ya’ni “sakkiz urug‘li qabila”
deb ataganlar va shu yo‘sinda nayman urug‘ining nomi shakllangan.
Elshunos olim T.Nafasov mang‘itlar haqida quyidagi fikrni bildiradi. «Mang‘it - qadimgi
turkiy qabilalalardan biri, o‘zbek xalqi tarkibiga kirgan yirik etnik birlik. Mang‘it so‘zining
etimologiyasi mang‘+at-minglar, mang‘at eng qadimiy nom, «t» affiksi Oltoy tilida jamlik
ma’nosini bildiradi. Mang‘it, ming ikki qabila nomi bo‘lsa ham ma’no va yaratilish prinsipi bir
xil. Aholining miqdoriga nisbat etilgan. Etnonimlarning toponimga ko‘chishi XVII – XIX
asarlarda yuz bergan»[10].
Xulasa qilib shuni aytish kerakki o‘rta asrlarda Dashti Qipchoq hududida yuz bergan
siyosiy va etnomadaniy jarayonlar natijasida shakllangan o‘nlab turkiy va turk-mo‘g‘ul
urug‘larining XVI – XVII asrlarda Amudaryo – Sirdaryo oralig‘i va unga tutash hududlarga
ko‘chib kelishlari chog‘ida yetakchi o‘zbek urug‘laridan biri sifatida yuz urug‘i vakillari ham
mintaqaning ko‘plab hududlariga kirib kelganlar. Ular o‘sha kezlardayoq Zarafshon va Jizzax
vohalarida, shuningdek, Hisor va Surxon vohalarida o‘rnashib, o‘zlarining ko‘plab qishloqlariga
asos solishgan. Birgina Baxmal vohasida yuz urug‘i bilan bog‘liq o‘nlab qishloqlarning paydo
bo‘lishi ham ushbu jarayonlarning bir ko‘rinishidir. Sirdaryo va Toshkent vohalarida ham
yuzlarning bir necha o‘nlab qishloqlari vujudga kelishida esa jizzaxlik, shu jumladan, baxmallik
aholining o‘ziga xos o‘rni bor.
Adabiyotlar ro’yxati
1.
Ҳакимов Қ.М. Жой номларининг шаклланишида минтақанинг ижтимоий-
иқтисодий географик хусусиятлари (Жиззах вилояти мисолида). – Б. 15.
2.
Гребенкин А.Д. Узбеки // Русский Туркестан. Сборник изданный по поводу
политехнической выставки. Вып. II.–Москва, 1872. – С. 93.
3.
Султанов Т.И. Опыт анализа традиционных списков 92 «племен илатийа» //
Средняя Азия в древности и средневековье. – М.: Наука, 1977. – С. 165176;
4.
Ахмедов Б. Историко-географическая литература Средней Азии XVI – XVIII вв.
(Письменные памятники). – Ташкент: Фан, 1985. – С. 129-131.
5.
Народы Средней Азии и Казахстана. Т. 1. Москва: Издательство АН СССР,
1962. – С. 172.
6.
Бобомуродова Н. Қадим Жиззах аҳолисининг этник таркиби ҳақида
(воҳанингБахмал тумани мисолида) // International Conference on Research in
Humanities, Applied Sciences and Education Hosted from Berlin, Germany, June
30th 2022 / https://conferencea.org – Б. 305.
7.
Бобомуродова Н. Қадим Жиззах аҳолисининг этник таркиби ҳақида
(воҳанингБахмал тумани мисолида) // International Conference on Research in
Humanities, Applied Sciences and Education Hosted from Berlin, Germany, June
30th 2022 / https://conferencea.org – Б. 305.
8.
Маев Н.А. Очерки Гиссарского края....– С. 197.
9.
Мир Мухаммед Амин-и Бухари. Убайдалла-наме: Пер. А. А. Семенова. —
Ташкент: АН УзССР, 1957. – С. 34-35.
10.
Нафасов Т. Ўзбекистон топонимларининг изоҳли луғати. – Тошкент, 1968. – Б
.113 -114.
GENDER TILSHUNOSLIKNING TAQDIQOT OB’EKTI SIFATIDA
Ubaydullayeva Maftunaxon Omonboy qizi,
orcid.org/0009-0006-8350-8206
Qo‘qon davlat pedagogika instituti
513
Annotatsiya.
Ushbu maqolada genderning tilshunoslikda o‘rganilishiga oid qarashlar tahlil
etiladi. Shuningdek, maqolada genderning tadqiq etilish jarayoni va uning o‘ziga xos
xususiyatlari yoritilgan
.
Kalit so‘zlar:
gender, atama, jins, pragmatika, gender tilshunoslik, diskurs, bosqich,
madaniyat, psixologiya, sotsiologiya.
Ilm-fan taraqqiyoti natijasida tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari paydo bo‘ldi. Bu
jarayonda terminologiyaning leksik sathi ham yangi atamalar bilan boyib bordi. Jumladan,
R.Stoller tomonidan “gender” (gender) atamasi 1963-yilda psixoanalitiklar kongressida birinchi
marta qo’llanilgan. R. Stoller “Jins va gender” kitobida jins va genderni alohida o‘rganish
kerakligini ta’kidlab o‘tadi[1,383]. Olimning ta’limotiga ko‘ra, jins, ya’ni, ingliz tilidagi
sex
biologiya va fiziologiya fanlarining predmeti hisoblanadi. Gender esa (inglizcha
– gender
)
farqli ravishda psixologiya va sotsiologiya fanlari doirasida tadqiq etilishi maqsadga muvofiq
ekanligini ilgari suradi[2,17].
Tilshunoslikda dastlab bu atama boshqa fan tarmoqlariga nisbatan torroq maʼno kasb
etgan. Gender deganda “ma’lum bir madaniyatda erkak va ayol bo’lish nimani anglatishi
haqidagi g‘oyalarni to‘playdigan odatiy mafkuraviy tuzilma” tushuniladi.
Genderga oid bo‘lgan masalalar jamiyatning madaniyat, qolaversa, ilm-fan tarmoqlarida
20-asrning 70-yillaridan boshlab o‘rganilib kelinmoqda. Tilshunoslikda genderni tadqiq etish
yaqin tarixda boshlanigan bo‘lishiga qaramay, bu jarayon yana bir zamonaviy yo‘nalish –
“gender tilshunoslik”ning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Gender tilshunosligi tilshunoslikning zamonaviy tarmog‘i sifatida shakllanguniga qadar,
genderga oid bo‘lgan masalalarning muhokamasi turli bosqichlarda davom etdi. Dastlabki
bosqichda tilshunoslar tomondan gender va tildan foydalanish haqidagi umumiy fundamental
qarashlarga izoh berilgan. Bu jarayonda “gender” termini, uning bilogiyadagi “jins” atamasidan
bir qator xususiaytlari bilan farq qilishi, gender va til o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning tarixiy
jihatlarini ham yotirib berilgan. Muayyan insonlar tomonidan “gender” atamasi u “jins” bilan bir
xil deb hisoblagan holda noto‘g‘ri tahlil etib kelingan. Aksincha, ular turlicha ta’riflar bilan
izohlanadi. Bu bosqichni tahlil qilgan tilshunoslardan biri SH.P.Gaur o‘z fikrini quyidagicha
ifodalaydi:
“Jins biologiyaga asoslangan ajratishdir, gender esa oila, jamiyat va ta’lim
muhitidagi o‘zaro munosabatlar jarayoning ijtimoiy va psixologik tuzilmasidir”
[3,12].
Keyingi bosqichda esa birinchisidan farqli ravishda, genderni muhokama qilish maqsadli
tarzda amalga oshirilgani bilan ajralib turadi. Aniq bir mavzu yoki yo‘nalish doirasida genderni
tahlil qilinishiga oid nazariya va qarashlarning vujudga kelishi shu bosqichga to‘g‘ri keladi.
Misol uchun, pragmatika va uning tildan foydalanishdagi gender masalalari bilan aloqasi
yoritiladi. Chunki pragmatika orqali har qanday og‘zaki nutq yoki yozma matn o‘rganiladi,
ijtimoy hayotdagi tilning ifodalanishi yoki g‘oya va fikrlarning inson ongidan diskursga
ko‘chishi tahlil qilinadi.
Gender dastlab jamiyatning faol a’zolari tomonidan o‘rganilgan. Unga oid masalalar til,
xo‘jalik yuritish ning bir qator aspektlairda, siyosiy jabhalarda tadqiq etib kelinmoqda. Shu
o‘rinda tilshunoslik nuqtai nazaridan genderga oid muammolar qarama-qarshi jins vakillarining
tildan foydalanishdagi o‘ziga xos xusussiyatlari, izmorfik va allomorfik jihatlarini tahlilga tortish
bilan belgilanib kelingan. Inson o‘z mulohazalarini til yordamida diskursga ko‘chirar ekan,
qarama-qarshi jins vakillari, ya’ni, erkak va ayollar turli lisoniy kodlardan foydalanishadi.
Erkaklar va ayollar o‘z g‘oyalarini diskursga ko‘chirishda ularni bir-biridan farq qiluvchi
terminlar, so‘zlar bilan ifodalashi ushbu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday
farqlardan birini Rahmi Zakaria quyidagicha izohlaydi: “Ayollar va erkalar turlicha gapirishadi,
ayollarning suhbatlashish usuli ahamiyatsiz va kuchsiz bo‘lganligi sababli erkaklar nutqidan quyi
tabaqada turadi”[4,80]. Muallifning ushbu tadqiqot natijalarining chop etilishi nafaqat ko‘plab
bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi, balki gender va diskurs orasidagi bog‘liqlikni tadqiq etuvchi
boshqa ishlanishlarga ham turtki bo‘ldi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, genderga bilan bog‘liq muammolar tlishunoslikda
1970-yillarda tadqiqotlar maydonidan joy ola boshlagan. Garchi gender va tilga oid masalalar
514
ko‘plab olimlar va tilshunoslar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsada, bugungi kunga kelib ham u
tadqiqotlarning markazidan joy olib kelmoqda. Jamiyatning tibbiyot, madaniyat, iqtisodiyot kabi
bir qator tarmoqlari ham uni ob’ekti sifatida tadqiq etib kelmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Stoller R. Jins va jins: Erkaklikni rivojlantirish va Ayollik / R. Stoller. - Nyu-York:
Fanlar uyi, 1968. - 383 p.
2.
Гриценко Е. С. Язык как средство конструирования гендера: дис. …д-ра филол.
наук / Е. С. Гриценко. – Н. Новгород, 2005. – 401 с.
3.
Gaur P. Achivieving Inter-Gender Communication Effectiveness in Organizations. The
Journal of Business Perspective. 2006, 12-b.
4.
Zakaria R. Gender and language use. India.: Intellektualita-volume3, 2015. 80-b.
5.
Ubaydullayeva, M. (2022). HISTORICAL DEVELOPMENT OF SCIENTIFIC
RESEARCHES ON GENDER AND DISCOURSE.
6.
Ubaydullayeva, M. (2022). PRINCIPAL FEATURES AND CHARACTERISTICS OF
FEMININE AND MASCULINE POLITICAL DISCOURSE.
KOMMUNIKATIV STRATEGIYALAR - MAKTABNI RIVOJLANTIRISHDA
BOSHQARUV VOSITASI SIFATIDA
Umarova Nilufar Xasanovna
A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish
milliy-tadqiqot instituti
doktoranti
E-mail:
Annotatsiya:
ushbu maqolada direktorning kommunikativ strategiyalari maktab
rivojlanishida muhim o‘rin tutishi, uning qisqacha nazariy tahlili, maqsadga erishish yo‘li,
belgilangan harakatlardan iborat dasturiy reja ekanligi to‘g‘risida mushohada yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
maktab direktori, menedjer, kommunikativ kompetentlik, muloqot,
kommunikativ strategiya, maktab rivoji, ta’lim sifat-samaradorligi, maqsad, uzoq muddatli reja.
Globallashuv davrida madaniyatlararo aloqalar va ijtimoiy munosabatlarning keskin
o‘sishi bilan jamiyat insonning kommunikativ kompetentligiga tobora progressiv talablar
qo‘ymoqda. Bu ayniqsa menejerlar kasbiy faoliyatiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri bo‘lib,
shu mazmundagi tadqiqotlarga ko‘ra, aksariyat umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarida
samarali muloqot qilishga va boshqaruv faoliyatida kommunikativ kompetentligini namoyon
etib, belgilangan maqsadga erishishda undan to‘laqonli foydalanish asosida ta’lim sifati va
samaradorligini oshirish ko‘nikmasi yetarlicha shakllanmaganligi namoyon bo‘lib qolmoqda. Bu
holatni maktablarimizda sodir bo‘layotgan va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilayotgan xunuk
voqealar asoslamoqda. Pedagogik-psixologik kontekstdagi ushbu muammo turli fan sohalari
olimlari tomonidan oʻrganilgan. Shuningdek, maktab direktorlarining kasbiy va kommunikativ
kompetentlikka asoslangan yondashuvlari turli jihatlardan ko‘plab tadqiqotchilarning ilmiy
qarashlari asosida o‘rganilib, tahlil qilinib, kommunikativ strategiyalarni rivojlantirish
jarayonlari o‘rganilganligi va tadqiq qilinganligini ko‘rib chiqishimiz mumkin.
Dastlab, kommunikativ kompetentsiya va kommunikativ kompetentlik nima ekanligini
tushunish va aniqlash kerak [1]. XX asrning ikkinchi yarmida xususan, 1970-1980-yillarda tilni
oʻzlashtirish nazariyasi bilan qiziqqan koʻplab amaliy tilshunos olimlar tomonidan ishlab
chiqilgan
kommunikativ
kompetentsiya
modellari
kommunikativ
kompetentsiya
kontseptsiyasining yanada rivojlanishiga asos bo‘ldi.
Kommunikativ kompetentlik o‘zida muloqot, muloqotchanlik ko‘nikmalarini ifodalaydi.
Muloqot ko‘p faktorli hodisa sifatida til va umuman inson mavjudligi faoliyatining barcha
sohalarini qamrab oladi. Shunga ko‘ra, ko‘plab fan sohalari vakillari tomonidan turli jihatlarda
o‘rganilib kelinmoqda.
B.Uotson, J.Gardner, E.Jons tashkilotdagi muloqotga quyidagicha ta’rif beradi: “Dastlab
bu hodisa tashkilot a’zolarining individual faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va tashkiliy
maqsadlarga erishish imkonini beruvchi vosita sifatida tushunilgan. Shundan so‘ng aloqa
