493
tendentsiyalarni tahlil qilishga yordam beradi, balki globallashgan dunyoda milliy o'ziga xoslikni
shakllantirishga barqaror va ijobiy ta'sir ko'rsatadigan strategiyalarni ishlab chiqishga yordam
beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1.
Toshmuxamatovna M. X., Baxtiyor o’g’li N. S. Axbrotning inson ongiga ta’siri
(Elektron axborotlarni) //Journal of Universal Science Research. – 2023. – Т. 1. – №. 12. – С.
216-220.
2.
Karimov X. Yoshlarni salbiy axborot xurujlaridan asrashning ijtimoiy-psixologik
xususiyatlari //Journal of Pedagogical and Psychological Studies. – 2023. – Т. 1. – №. 10. – С.
52-59.
3.
Xaitboyevich B. B. Talabalarda informatsion-analitik kompetentlikni rivojlanitirishning
nazariy-metodologik asoslari //O'zbekiston olimlarining ilmiy-amaliy tadqiqotlari. – 2023. – Т.
2. – №. 4. – С. 25-36.
4.
Зокиров М. А. Ўқувчиларнинг ижтимоий фаоллигини ривожлантириш масаласига
доир: Зокиров Мирзарахим Абдуалиевич, Қўқон педагогика институти тадқиқотчиси
//Образование и инновационные исследования международный научно-методический
журнал. – 2022. – №. 12. – С. 201-206.
XURSHID DO‘STMUHAMMAD HIKOYALARI TAHLILI
Tirkasheva Sobira O‘ktamovna
ToshDO‘TAU
Masofaviy ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bugungi kunda adabiy tafakkur jarayonida o‘zining
alohida o‘rniga ega bo‘lgan yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad hikoyalari tahlilga olingan.
Bunda yozuvchining badiiy mahorati, estetik tafakkur jihatlari, obrazlarning psixologik tahlillari
ko‘rib chiqildi.
Tayanch so‘zlar
:
ijod labaratoriyasi, sotsiologik metod, pafos, qahramon ruhiyati
talqini, psixologik tahlil metodi.
Kirish.
Bugungi kun zamonaviy adabiyotimizda paydo bo‘lgan ko‘plab e’tiborga
tushgan asarlar, o‘zbek adabiyotida ham yozuvchilik mas’uliyatini anglagan adiblar borligidan
dalolat bermoqda. Ushbu yozuvchilar Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon jasoratining davomchilari
bo‘lib ko‘zga tashlanmoqda. Mana shunday ijodkorlardan biri Xurshid Do‘stmuhammad desak
mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xurshid Do‘stmuhammad milliy adabiy an’analarini ham, dunyo adabiyoti tajribalarini
ham puxta o‘rgangan, doimiy novatorlikka intilgan ijodkor. Adibning o‘zi e’tirof etganidek,
”Uslub o‘zgarmasa, dunyoqarash, hayot murakkabliklarini badiiy idrok va ifoda etish yo‘sinlari
o‘zgarmasa, shu yo‘lda turli tajribalarga qo‘l urmasa, bunday yozuvchi nafaqat milliy
adabiyotda, loaqal o‘z ijodida ham biror bir yangilik yaratishi amrimahol”[1]. Adib Xushid
Do‘stmuhammad asarlarida yaxshilik, insoniylik, komillikka eltuvchi g‘oyalar bir so‘z bilan
aytganda, insonparvarlik deya atalmish bebaho tuyg‘ular mujassamlashgan. Bilamizki, adabiy
asarlar vaqt, zamon va makon tanlamaydi. Qachonki, kitobxon mutolaa qila boshlasagina asarlar
yana yangidan yashay boshlaydi. Adibning ayniqsa, hikoyalarida har bir qahramonning ichki,
kechinmalari ko‘z oldimizda jonli aks etadi. Hikoyalarini o‘qiy boshlagan paytingizda go‘yoki,
spektakl aktyorlari ko‘z oldingizda yaqqol gavdalanadi. Yozuvchining ham mahorati shunda,
aslida.
Har bir yozuvchi alohida bir dunyo. Xurshid Do‘stmuhammadning o‘zi ham ta’kidlaganidek:
-“Har bir ijodxona o‘zicha bir olam: shakl-shamoyili, ish tartibi, muhiti va hokazolari bilan. Juda
ko‘p ishlar kayfiyatga bog‘liq”.[1] Darhaqiqat, har bir yozuvchining o‘z ijod labaratoriyasi
bo‘ladi. Ushbu labaratoriyada yangi tug‘ilajak asar uchun asos bo‘ladigan xotira va esdaliklar,
yozuvchining qalb tug‘yonlarini ifodalovchi o‘zi boshidan o‘tkazgan hayotiy lavhalar
mujassamlashadi. X.Do‘stmuhammad hikoya janrida mahoratli ijod qiladi. Ijodining o‘ziga xos
494
jihatlaridan biri shundaki, tarixga hurmat, milliylik ifodasi badiiy talqinda o‘zgacha bir pafos
bilan tasvirlanadi.Ushbu jihatlar adibning tarixiy hikoyalarida ko‘zga tashlanadi.
Adibning “Oq libos” nomli hikoyasida XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida xonliklar
hayotidan lavhalar aks etgan.[1] Undagi Toshkent hokimi Yunusxo‘ja obrazi orqali o‘sha davr
hokimiyat boshliqlariga xos umumlashma obraz sifatida tasvirlanadi. Yunusxo‘janing onasi
Omila xonim yurtning ertasini o‘ylab tashvishda. Bemor yotgan holida o‘g‘lidan yurtning
osoyishtaligini ta’minlashini, xalqni birlikka chorlashini so‘raydi. Yunusxo‘ja avvaliga onasining
so‘ziga muvofiq ish tutadi. Ammo keyinchalik ba’zi kaltafahm amaldorlar hamda yoshlik qoni
qaynagan, hayotning oq-u qora tomonlarini to‘liq anglab yetmagan o‘g‘illarining gapiga kirib,
O‘rdaga hujum uyushtiradi, alaloqibat ushbu boshboshdoqliklarning natijasi esa tarixdan ham
siz-u bizga ma’lum. Bu yerda Piri Tarxon obrazi ham alohida o‘ringa ega. Ne-ne hukmdorlarni
ko‘rgan, hokimiyat siyosatidagi ne-ne o‘zgarishlarning guvohi bo‘lgan bu donishmand
Yunusxo‘janing muzofot haqidagi qaroridan qaytarishga urinadi. Ammo ketma-ket g‘alaba
nashidasidan sarmast bo‘lgan hokim o‘z bilganidan qolmaydi. X.Do‘stmuhammad ushbu
hikoyasida ham xulosani kitobxonning o‘ziga qoldiradi. Hikoya so‘ngidagi Piri Tarxon
tomonidan Yunusxo‘jaga aytilgan jumlalarga diqqat qiling:
“
Omila onam oq libosda xalq huzuriga chiqdilar…Yurt notinch-onalar notinch,to‘ram…”
-
Yana gapir, Tarxon…
-
Bir, ikki, uch…
-
Nima deyapsan,Tarxon, qanday raqamlar, bular?
Tarxon javob bermadi lekin u dilida “ming bir yuz yetmish ikki…ming bir yuz yetmish
ikki…hijriy” deb takrorlar, o‘zaro qirg‘inbarot yuz bergan bu sanaga mingdan ming la’natlar
yog‘dirar edi…
[2]
Hikoyaning nomlanishi ham asosiy g‘oyasi ham shu yerda oydinlashadi.
X.Do‘stmuhammad tarixni shunchaki hikoya qilish asnosida yozmaydi. Tarixiy haqiqatni badiiy
haqiqat darajasiga olib chiqadi.
Xulosa.
Xurshid Do‘stmuhammad hikoyalarining — boshqa o’zbek adiblari ijodida juda
kam uchraydigan — yana bir fazilati ularning aksariyatida o‘zbek va jahon she’riyati
ohanglarining namoyon bo‘lishidadir. Bu ayniqsa, “Oqimga qarshi oqqan gul”, “Qoyalardan
balandda”, “Qor odam” kabi hikoyalarda yorqin namoyon bo’ladi. Bu esa Akutagavaning
“Haqiqiy adib shoir bo’lishi kerak” degan gapini yodimga soladi. Akutagavaning fikrini davom
ettirsam, haqiqiy, teran proza hamma vaqt va faqat poetik asosga asos bo‘ladi. Zero, poeziya,
mening nazarimda, har qanday so‘z san’atining zaminidir. Hatto buyuk Tolstoy ham
“Tazarru”sida bekorga o‘zini yozuvchi yoki romanist deb emas,” Men san’atkorman, shoirman”
deb aytmaydi. Tolstoy Chexov haqidayam “u shoir” deb yozadi. Donishmandlarning biri
“faqatgina she’riyat chinakamiga tarixga ta’sir qila oladi” degan edi. Tolstoy va men nomini
unutgan bir donishmand “shoir” degan tushunchalarni qofiyali asar yozadigan odam deb emas,
balki so‘zni — tilni his etgan ijodkor deb tushunishgan.
Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlar:
1. G.Sattorova. “90-yillar o‘zbek hikoyachiligi milliy xarakter muammosi”. Toshkent. 2002.
2.X.Do‘stmuhammad. “Beozor qushning qarg‘ishi”. “Sharq” nashriyot matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent-2006
3. Каримов Б. “Адабиётшунослик методологияси”. Т. “Муҳаррир” нашриёти. 2011.
5. Расулов А. Танқид, талқин, баҳолаш. «Фан», 2006.
6.
https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/xurshid-davron-xurshid-dostmuhammad-al-arof.html
IQTIDORLI YOSHLARNING BILIMINI TEST TOPSHIRIQLARI ORQALI
ANIQLASH VA MAVJUD PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MUAMMOLARNI
OʻRGANISH
