477
-
to ensure that after the start of the training sessions, no outside access to the
auditoriums is allowed, in order not to disrupt the lesson, not to distract the teacher
and students.
-
In order to prevent students from talking or playing on the phone during class, the
teacher should ask students to turn off their cell phones and put them in their bags
upon entering the classroom.
-
the professor-teacher should focus on his subject and the teaching process. The
teacher should pay attention to other organizational tasks without having a negative
impact on the educational process.
-
focusing on the quality of training, the level of students' knowledge;
Conclusion:
If these tasks, which seem to be very important, are already known in reality, and if the
implementation of these tasks becomes a rule, then every employee responsible for education,
professor-teacher if we can achieve strict compliance, the quality of education in our country will
definitely improve, training of competent, highly qualified competitive personnel will be
launched.
Referances
1.
Sadullaev, X., Tojiyev, R., & Mamarizaev, I. (2021). EXPERIENCE OF TRAINING
BACHELOR-SPECIALIST
MECHANICS.
BARQARORLIK
VA
YETAKCHI
TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI
,
1
(5), 116-121.
2.
Sadullaev, X., (2005) Talabalarning ta’lim olishdagi faolliklarini oshirish.
Talim sifati
muammolari, 1(1),
95-114.
OʻZBEKISTON VA HINDISTONNING ILM-FAN VA TA’LIM SOHASIDAGI
HAMKORLIGI
Shapiyev Shavkat Tursunovich
Jizzax davlat pedagogika universiteti Umumiy tarix kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston va Hindiston davlatlari o‘rtasidagi qadimdan
rivojlanib kelgan turli hamkorlik aloqalari qatorida 1991-2019-yillardagi ilm-fan va ta’lim
sohasidagi hamkorlik masalasi tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar:
O‘zbekiston, Hindiston, ilm-fan, ta’lim, Mikrobilogiya, ilmiy-texnologik
markaz, Eroud, shishasozlik.
Oʻzbekistonning Hindiston bilan oʻzaro ilmiy-texnik aloqalari hamkorlikning oʻtgan
yillari davomida keng quloch yozib bormoqda. Ilk marotaba 1993-yilning 29-iyulida
Oʻzbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi oʻrtasida imzolangan ilmiy-texnik sohadagi
hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim va 1994-yil 5-yanvardagi ilmiy-texnik hamkorlikka
koʻmaklashuvchi Oʻzbekiston-Hindiston markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi protokol ushbu
aloqalarni to yaqin kunlarimizgacha rivojlantirishning huquqiy asosi boʻlib xizmat qilib keldi.
Lekin bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda ilm-fan va texnika taraqqiyoti nihoyatda
tezlashib ketdi, oʻtgan yillar davomida Hindiston ilm-fan va texnika, axborot texnologiyalari
sohasida ancha jadallashib, kerak boʻlsa jahon mamlakatlarini bu borada oʻzi bilan
hisoblashishga majbur etadigan darajaga erishdi. Undan tashqari bugungi zamonaviy ilm-fan
integrasiyalashuv natijasida rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qoʻyganligi davlatlar
oʻrtasida shu sohadagi hamkorlikni uzviy ravishda olib borishni taqozo etmoqda. Shuning uchun
478
ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 30 sentyabr – 1
oktyabr kunlari Hindistonga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida “Fan, texnika va
innovasiyalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Hindiston
Respublikasi hukumati oʻrtasida bitim” imzolandi. Mazkur bitim asosida tomonlar qishloq
xoʻjaligi va oziq-ovqat ilmi va texnologiyasi, muhandislik fanlari, axborot-kommunikasiya
texnologiyalari, amaliy matematika, ma’lumotlar bilan ishlash toʻgʻrisidagi fan va
texnologiyalar, sogʻliqni saqlash va tibbiy texnologiyalar, materialshunoslik fanlari, hayot fanlari
va biotexnologiya, fizika va astrofizika, energetika, suv, iqlim va tabiiy resurslar, fan,
texnologiyalar va muhandislik sohasida hamkorlik qilishga kelishib olishdi. Undan tashqari, shu
yoʻnalishdagi hamkorlik faoliyatining ustuvor sohalarini aniqlash va bitimning amalga oshirilish
jarayonini kuzatib borish uchun hamkor tomonlar vakillaridan iborat “Qoʻshma qoʻmita”
tuzilishi ham belgilandi [1].
To 2018-yildagi Bitim imzolangunga qadar ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi
aloqalarda anchagina ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 1995-yilda Toshkentda Hindiston–
Oʻzbekiston ilmiy-texnologik markazi tashkil etildi. Uning oldiga ilmiy-texnik hamkorliklarini
rivojlantirish vazifasi qoʻyilgan [2].
Ikki davlat oʻrtasidagi ilmiy-texnik xamkorlikda ustuvor yoʻnalishlar sifatida qishloq
xoʻjaligi, medisina, ekologiya, informatika, kompyuter texnikasi, ishlab chiqarish jarayonlarini
avtomatlashtirish, quyosh energetikasi, lazer texnopogiyasi va boshqa sohalar belgilangan.
Ushbu hamkorlik komileks qoʻshma ilmiy-texnik dastur aniq va muayyan ilmiy-texnik
natijalarni olishni koʻzlovchi, koʻp ilm talab qiluvchi ilgʻor texnologiyalarni oʻrganishga
yoʻnaltirilgan hamda ularning natijalarini Osiyo mintaqasining boshqa mamlakatlariga ham
eksport qilishni oʻz oldiga maqsad qilib olgan.
Quyosh fizikasi ilmiy-tadqiqot birlashmasi Hindiston Milliy aeronavtika laboratoriyasi
hamda tuzlar va dengiz kimyoviy birikmalari Markaziy ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda
quyosh nuri bilan ishlovchi suvni koʻtaruvchi moslamalar yaratish ustida ilmiy tadqiqotlar olib
borishi yoʻlga qoʻyildi.
Oʻzbekistonlik olimlar turli surunkali kasalliklarni davolashda ishlatiladigan lazer
uskunalarini yaratdilar. Ular Dehli shahridagi (Lala Ram Sarun-Gospital) sil kasalliklari
intstitutida ochilgan lazer jarrohligi markazida oʻzbek va hind mediklari tomonidan samarali
ravishda qoʻllanilmoqda. Shuningdek, ulardan Dehli shaqridaga Choytram-Gospital, Indor kabi
yirik shifoxona va tibbiyot oliygohlarida va Umumhindiston Medisina fanlari institutida ham
keng qoʻllanilmoqda. Oʻzbekistonlik mutaxassislar tomonidan yaratilgan lazer uskunalarini
qoʻllash natijasida yukorida tilga olingan shifoxonalarda 1200 dan ortiq kishi sil kasalidan forigʻ
boʻldi [3:211-212].
"Asil" ilmiy-texnik Markazining olimlari kogʻozning oqligini nazorat qiluvchi moslama
yaratgan. Ushbu moslamani yaratishda ular Hindiston hukumatining Tadqiqotlar va elektronikani
rivojlantirish departamentiga qarashli ilmiy markazdagi hindistonlik olimlarning elektron
sxemalaridan foydalanishdi. Xozirgi kunda mazkur moslama Eroud shahridagi Seshaboy qogʻoz
fabrikasida qoʻllanilmokda. Ikki davlat oʻrtasidagi kelishuvlarga muvofiq, ushbu moslama
Hindistonning bir qator sanoat korxonalariga ham oʻrnatildi. Bundan tashqari issiklik
stansiyalarida yoqilgʻini yoqish samaradorligini oshiruvchi moslamani yaratish hamda kimyo va
toʻqimachilik sohasida qoʻllaniladigan boʻyash texnologiyasining samaradorligini oshirish
boʻyicha hamkorlikda tadqiqotlar olib borilmoqda [3:212].
Shuningdek, zararli chiqindilarni va avtomobillardan chiqadigan gazlarni tekshirish
uchun qoʻllaniladigan uskunalarni ishlab chiqarish borasida ham hamkorlikda ishlar olib
borilmokda. Darvoqye, mazkur uskunaning sensor qismini oʻzbekistonlik mutaxassislar
yaratayotgan boʻlsa, boshqaruv elektronikasini hindistonlik mutaxassislar yaratmokda. Bunday
uskunalarning dastlabki sinovi ham boʻlib oʻtdi, unda mazkur uskuna nihoyatda qulay, oʻta aniq
va ishonchli ekanligi isbotlandi [3:212].
Qoʻshma ilmiy seminar, stajirovka, ilmiy safarlar fan va texnika sohasidaga yutuqlar
bilan oʻzaro oʻrtoklashish borasida nihoyatda muhim rol oʻynaydi. Masalan, 1996-yili
479
Toshkentda ilgʻor texnologiyalar boʻyicha Oʻzbekiston – Hindiston seminari oʻtkazildi, mazkur
seminar ishida har ikki mamlakatdan 50 dan ortiq yetakchi olimlar ishtirok etdi. Mazkur
anjumanda quyosh energetikasi, quyosh nurlanishining yarim oʻtkazgichli qayta xosil
kiluvchilari, quyosh energiyasidan foydalanish uskunalari masalalari muhokama etildi.
Hamkorlikdagi ishlar rejasini ishlab chiqish va ularning bajarilishini muhokama etish uchun
mazkur hamkorlikda ishtirok etuvchi mutaxassislar doimiy ravishda xizmat safariga joʻnatiladi.
1995-yildan buyon Hindistondan 9 delegasiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Oʻz navbatida
Oʻzbekistondan ham shuncha delegasiya Hindistonda boʻlib qaytdi. 1995-1998-yillar mobaynida
Hindistonda kompyuter dasturlari boʻyicha uch nafar mutaxassis, gaz va neft oqimini oʻlchash va
boshqarish texnikasi boʻyicha toʻrt nafar mutaxassis, kompyuter dasturlari tizimi boʻyicha ikki
nafar mutaxassis stajirovkada boʻlib kaytdilar.
1995-yilda OʻzFA san’atshunoslik institutining ikki nafar xodimi Hindistonda oʻtkazilgan
"Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidaga eng qadimgi davrlardan shu kungacha boʻlgan tarixiy va
madaniy aloqalar" nomli ilmiy seminarda ishtirok etish uchun yuborildi. Shu yilning oʻzida
mazkur san’atshunoslik institutida "Markaziy Osiyo san’atida an’anaviylik va novatorlik"
mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. OʻzFA akademigi G.ALugachenkovaning
ma’ruzasida Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi madaniy aloqalarning qadimiy manbalari va
sarchashmalari batafsil yoritib berildi.
Toshkentdagi Hindiston madaniyat Markazi yoʻnalishi boʻyicha iqtidorli talabalar til
oʻrganishda oʻz malakalarini oshirish, biznes, menejment va iqtisodiyot, adabiyot va
xoreografiya sohasidagi bilimlarini yanada mustahkamlash uchun Hindistonga yuborilmoqda.
Birgina 2000-yilning oʻzida 13 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Hindistonga oʻqishga taklif etildi.
Ular turli oʻquv muassasalarida, hatto oliy oʻquv yurtlari va aspiranturalarda xam oʻqishdi.
Markaz toʻrtta hind tiliga ixtisoslashgan maktab va ikkita lisey xind tili oʻqituvchilarining
Hindistonda oʻz malakalarini oshirib kelishlarini tashkil etdi. Shuningdek, Sharqshunoslik
instituti va Jahon tillari universiteti oʻqituvchilariga metodik yordam koʻrsatdi. Oʻzbekistonning
Hindiston bilan doʻstligi tobora rivojlanib borayotganligini, Hindiston Oʻzbekistonga nihoyatda
katta hurmat va qiziqish bilan qarayotganligini Dexli shahridagi ikki universitetda oʻzbek tili
kafedrasi tashkil etilganligidan ham bilib olish mumkin [4].
1998-yilning may oyida ikki mamlakat ilmiy-texnik hamkorligining ishchi dasturi
imzolandi. Unda qoʻshma dasturlarda ishtirok etuvchi mutaxassis-tadqiqotchilarni tajriba
oʻrganish va ularning tadqiqot natijalarini amalda qoʻllash uchun uzoq muddatli xizmat
safarlariga joʻnatish koʻzda tutilgan [3:213].
2000-yilning mart oyida Hindiston Madaniyat markazida "Hindiston va Markaziy Osiyo"
(Islomdan avvalga davr) mavzusida seminar oʻtkazildi. Ushbu seminarning tashkilotchilari
Hindistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi, Oʻzbekiston Respublikasi FAning san’atshunoslik
instituti va Arxeologiya institutlari boʻldi. Mazkur seminarga Moskva, Sankt-Peterburg,
Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston va Oʻzbekistonning turli
mintaqalaridan olimlar tashrif buyurdi. Seminardan koʻzlangan maqsad tarix va arxeologiya
fanining islom dini kirib kelgunga qadar boʻlgan Osiyodagi hayotga aloqador ayrim koidalarini
qayta koʻrib chiqish, ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlar bilan oʻzaro oʻrtoqlashish, ilmiy
muloqotlarni kengaytirishdan iborat edi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston va Hindiston davlatlari o‘rtasidagi rivojlanib
kelgan turli hamkorlik aloqalari 1991-2019-yillardagi ilm-fan va ta’lim sohasida ham o‘zining
yangi bosqichiga chiqib bormoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. “Фан, техника ва инновациялар соҳасида ҳамкорлик тўғрисида Ўзбекистон
Республикаси Ҳукумати билан Ҳиндистон Республикаси Ҳукумати ўртасида битим”//
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги "Адолат" ҳуқуқий ахборот маркази//
http://lex.uz/docs/4069276?query=%D0%B1%D0%B8%D1%82%D0%B8%D0%BC
2. Халқ сўзи. 1996 й. 15 августь.
480
3. Қирғизбоев А. Ўзбекистон Республикасининг Осиё мамлакатлари билан халқаро
ҳамкорлиги. –Т.: “Фан”, 2004
4. Деловой журнал Узбекистана. 2000 г. 17 августа.
PEDAGOGNING SHAXSIY RIVOJLANISHIDA KREATIVLIK.
Solijonova Shoiraxon Nu’monjon qizi
Xalqaro Nordik Universiteti magistranti
Annotatsiya:
Hozirgi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar ta’lim sifati va
tuzilmasini takomillashtirishga, ta’lim beruvchilarning kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish
kabi ta’lim sohasidagi zaruratlarga qaratilgan. Ushbu maqolada ta’lim beruvchilarning shaxsiy
rivojlanishida kreativlikning o‘ziga xos xususiyatlari qisqacha yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
kreativlik, kreativ yondashuv, pedagogik kompetentlik, kasbiy rivojlanish
Fan va texnikaning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi natijasida bugungi kunda ilmiy
bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bunday sharoitda, kreativ
salohiyatli pedagog kadrlarga bo‘lgan talablar ortib borib, ularning kasbiy kompetentligini
yuksak darajada bo‘lishini talab etadi.
Hozirgi vaqtda ta’lim sifatini oshirish sohasida milliy loyihalarni amalga oshirishga
bo‘lgan munosabat butun jamoatchilik e’tiborida. Dunyoda innovatsion rivojlanishning global
vazifalaridan biri- insonlarda kreativlikni shakllantirishdir. Bunda yangi g'oyalar ishlab
chiqarish, murakkab jarayonlarda yechim topa bilish, kasbiy faoliyatga ijodiy yondashish,
oqilona tavakkalchilikka bo‘lgan qobiliyat, kasbiy barkamollik kabi harakatlar nazarda tutiladi.
YUNESKO kreativlik tushunchasiga ta'rif berib, "Erkin ijod qilish va kreativlik - sohalar
rivojining asosidir" deb e'tirof etdi.
Jahon miqyosida ta’lim sohasida pedagogining ijodiy fikrlashi va kreativligini
rivojlantirish masalalariga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ta’lim sohasida amalga
oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va erishilgan qator ijobiy o‘zgarishlarga qaramasdan, ta'lim
samaradorligining rivojlanish dinamikasini yanada jadallashtirish, bunda yaratilgan shart-
sharoitlar va imkoniyatlardan samarali foydalanish, professional ta’lim tizimi darajalari uchun
raqobatbardosh mutaxassislarni- bo‘lajak pedagoglarni yetkazib berish eng dolzarb masalalardan
hisoblanadi.
Zamonaviy ta’lim qaysi sohada bo‘lmasin insonga o‘zi va uni o‘rab turuvchi olam haqida
bilim beruvchi, yashashni o‘rgatuvchi, ushbu bilimlar asosida jamiyat taraqqiyoti uchun
egallagan kasbini mukammal bilishga undovchi va rivojlantiruvchi kabi maqsadlarga ega.
Bundan kelib chiqqan holda bilim olish - bu maqsad emas, balki hayotda maqsadga aylangan
strategiyani amalga oshirishga qaratilgan vositadir.
Y.M.Asadovning fikricha, kreativlik salohiyatini eng qimmatli hususiyatlaridan biri uning
innovatsiyani yaratishdagi asosiy rolidir. Innovatsiya - shaxs intellekti mahsuli bo‘lib,
kreativlikni qo‘llash natijasida namoyon bo‘ladi.[1]
G.N.Ibragimovaning tadqiqot ishida kreativlik - shaxsning yaratuvchanlik, ijodkorlik
xislatlarlari bilan bog‘liq ko‘nikmalar majmui bo‘lib, u o‘z ichiga muammolarga nisbatan yuqori
darajadagi sezgirlik, intiutsiya, natijalarni oldindan ko‘ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va
refleksiyani qamrab oladi deb ta’kidlaydi.[2]
A.A.Aripjanova esa kreativlikni o‘rganish bo‘yicha pedagogik faoliyatning o‘ziga
xosliklari va yondashuvlarni inobatga olib, pedagog kadrlarining kreativligini: faoliyatli,
samarali, shaxsiy, muhitga doir, muammoli aspektlarda ko‘rib chiqish lozimligini aniqlagan.[3]
Pedagog kasbining ijodiy sifatlari turli soha vakillari tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, kasbiy
faoliyatdagi ijodkorlik – kreativlikning asosi sifatida talqin etilgan.
“Kreativlik- ta’lim oluvchilarning nostandart fikrlashi natijasida yangi, original g‘oyalarni
yaratishga qaratilgan faoliyati, "kreativ o‘qitish" esa pedagog va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi ijodiy
