Innovatsion yondashuvlar asosida investitsion muhitni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari

Abstract

Ushbu maqolada mintaqada iqtisodiyotda investitsiya muhitining tutgan roli, uning o‘ziga xos xususiyatlari, mavjud imkoniyatlari, innovatsion yondashuvlarga asoslangan holda samarali investitsiya siyosatini amalga oshirish borasida asosida investitsion muhitni shakllantirish va shu orqali takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari yoritilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
CC BY f
468-470
28

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Sattarova, M. (2024). Innovatsion yondashuvlar asosida investitsion muhitni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari. Новый Узбекистан: наука, образование и инновации, 1(1), 468–470. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/new-uzbekistan/article/view/32141
Makhfuza Sattarova, Urgench state university
Independent researcher of Urganch State University, teacher of NTM at Ma'mun University
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada mintaqada iqtisodiyotda investitsiya muhitining tutgan roli, uning o‘ziga xos xususiyatlari, mavjud imkoniyatlari, innovatsion yondashuvlarga asoslangan holda samarali investitsiya siyosatini amalga oshirish borasida asosida investitsion muhitni shakllantirish va shu orqali takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari yoritilgan.


background image

468

birgalikda bir-birini toʻldirib bordi. XX asrga kelib fransuz tilshunosligida boshlangan stilistik
tadqiqotlar, uning alohida lingvistik soha sifatida shakllanishiga olib keldi. Sh.Balli bu
harakatning yetakchisi boʻldi, dastlabgi nazariy bilimlarni ishlab chiqdi. Rus formalizmi, praga
strukturalizmi oqimi namoyondalari esa bu bilimlarni yanada ravnaq topishiga hissa qoʻshishdi.
Bu borada R.Yakobson poetik va adabiy funksiyani oʻzaro farqlashi uslub atamasining dastlabgi
ildizi boʻldi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati:

1. Simpson P. Stylistics: A Resource Book for Students. – United KingdoM: Routledge, 2004.
2. Bally C. Traité de stylistique française. – Германия: C. Winter, 1909.
3. Jacobson R. Linguistics and Poetics: Style in Language. – The M.I.T. Press, 1964.

INNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA INVESTITSION MUHITNI

TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI

Sattarova Mahfuza Dilshodbekovna, Urganch davlat universiteti

mustaqil

izlanuvchisi, Ma’mun Universiteti NTM o‘qituvchisi


Annotatsiya.

Ushbu maqolada mintaqada iqtisodiyotda investitsiya muhitining tutgan roli,

uning o‘ziga xos xususiyatlari, mavjud imkoniyatlari, innovatsion yondashuvlarga asoslangan
holda samarali investitsiya siyosatini amalga oshirish borasida asosida investitsion muhitni
shakllantirish va shu orqali takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar.

Investitsiya, investitsiya siyosati, investitsion muhit, investor, investitsion

jozibadorlik, tahlil, loyiha.

Bugungi kunda mamlakatimiz mintaqalarida ishlab chiqarish munosabatlarini yanada

yaxshilash va takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yangi
O‘zbekistonda qulay investitsion muhitni shakllantirish yo‘nalishlari bo‘yicha aniq maqsadli va
keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan ilgari surilgan Taraqqiyot strategiyasining 26-maqsadida mamlakatimiz mintaqalarida
qulay investitsiya yaratish yuzasidan investitsiyalardan samarali foydalanish hamda eksport
hajmlarini oshirish bo‘yicha “pastdan-yuqoriga” tamoyili asosida, yangi tizimni yo‘lga qo‘yish,
2026-yilgacha xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini amalga oshirish
lozimligi keltirib o‘tilgan [1]

. Shunday ekan, mamlakatimizda

investitsion muhitni

takomillashtirish ustuvor yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi. Investitsion muhitni takomillashtirish
uchun innovatsion yondashuvlar asosida mazkur sohani keng taraqqiy qildirish lozim bo‘ladi. Bu
esa

O‘zbekistonning tadbirkorlik sohasidagi qulay investitsiya muhiti sharoitida investitsiya

loyihalarini chuqur tahlil qilish va investitsiyaviy jozibadorlikni yanada oshirish uchun
moliyaviy rag‘bat va vositalaridan samarali foydalanishni taqozo qiladi.

Har qanday investitsion muhitni shakllantirishda tijorat tuzilmasi mavjud bo‘lishining

asosiy maqsadi daromad olish bo‘lib hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish usuli bo‘lib, bu faol
ravishda investitsiya kiritish bo‘lib hisoblanadi. Biroq, investitsiya faqat investitsiya tahlili
o‘tkazilgandan keyin amalga oshirilishi lozim. Bu esa tanlangan investitsiya usulining maqsadga
muvofiqligini aniqlashga imkon beradi. Bu borada mamlakat mintaqalarida samarali investitsion
muhitni shakllantirish uchun chuqur investitsion tahlil amalga oshirilishi lozim. Investitsion
tahlil – investitsion loyihani amalga oshirishga qaratilgan samarali biznes-rejani shakllantirish va
investitsiyalarning maqsadga muvofiqligi darajasini aniqlash uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar
majmuidir. Bu orqali tanlangan investitsiya usulini asoslash imkoni yaratiladi.

Investitsiya muhitini tahlil

qilish jarayoni milliy iqtisodiyotning holatini o‘rganishdan

boshlanadi. Ushbu institutlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan investitsiya loyihalarini amalga
oshirish uchun mamlakatlar iqtisodiyotini tahlil qilishda xalqaro investitsiya va moliya
institutlari o‘rtasida tahlillar amalga oshirilishi lozim. Bu orqali investitsion muhitni baholab
borish maqsadga muvofiqdir.


background image

469

Bugungi kunda innovatsion yondashuvlar asosida investitsion muhitni takomillashtirishda

uning unsurlariga alohida e’tibor qaratiladi.

Bu esa investitsion jozibadorlikni oshirish va

investitsion faoliyatni amalga oshirish orqali samarali investitsion muhitni yaratishga imkon
berib, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashga imkon beradi va shu orqali investitsion
jozibadorlikni amalga oshirish darajasini aniqlash mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, investitsiya muhitini shakllantirish va takomillashtirish uchun quyidagi

omillarni hisobga olish lozim:

- ob’ektiv omillarning yaxlit majmui ta’sirida qulay investitsiya muhitini shakllantirish;
- milliy iqtisodiyotda investitsiya muhitini tarmoqlar va hududlarning investitsion muhiti

shaklida amala oshirish;

- investitsiya muhitini institutsional tizimi shaklida keng rivojlantirish;
- iqtisodiyot darajalari va bosqichlarida investitsiya muhitini farqlash;
- mos shart-sharoitlar natijasida turli xavf-xatarlarni oldini olish.
Innovatsion yondashuvlarni asosida innovatsiyalar yotadi. shularni hisobga olib xorazm

viloyatida investitsion muhitni takomillashtirishning muhim yo‘nalishi bo‘lib tuzilgan
investitsiya dasturlari hisoblanadi. Ushbu dasturlar doirasida ishga tushirilgan loyihalar soni
ko‘payib, ulardan foydalanish holatlari kundan-kunda takomillashib bormoqda (1-jadval).

1-jadval. Xorazm viloyatida 2022-2023-yillarda investitsiya dasturi doirasida ishga

tushirilgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot [2]

T/r

Hudud nomi

Shundan:

2022-yil

2023-yil

Loyiha

soni

Qiymati,

mln.so‘m

Ish

o‘rni

Loyiha

soni

Qiymati,

mln.so‘m

Ish

o‘rni

Jami

726

1831912,4

15877

1091

5238080,3

17702

1

Urganch shahri

37

142812,7

736

58

373355,6

1439

2

Xiva shahri

57

120976,6

784

115

604828,9

1263

3

Bog‘ot tumani

86

204671,8

1544

101

480001,3

1279

4

Gurlan tumani

74

209837,2

1483

111

344530,3

1497

5

Qo‘shko‘pir
tumani

69

101235,7

880

64

623759,1

1538

6

Urganch
tumani

40

324984,8

1150

71

405665,8

1135

7

Hazorasp
tumani

64

94481,8

594

116

312022,8

1182

8

Xonqa tumani

79

154394,1

2253

119

363894,0

1841

9

Xiva tumani

67

82930,5

4047

71

232023,6

1414

10 Shovot tumani

65

139311,4

1002

94

733795,8

2642

11

Yangiariq
tumani

37

119770,9

656

58

104083,0

650

12

Yangibozor
tumani

38

120366,3

600

67

301342,6

528

13

Tuproq-qal’a
tumani

13

16138,8

148

46

358777,6

1294

Mazkur 1-jadvalga asosan, viloyat bo‘yicha jami investitsiya loyihalari hajmi 2022-yilda

qiymati 1831912,4 mln.so‘mlik 726 ta loyiha amalga oshirilib, 15877 ta yangi ish o‘rinlari
yaratilgan. 2023-yilda esa qiymati 5238080,3 mln.so‘mlik 1091 ta loyiha amalga oshirilib, 17702
ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. 2023 yilda eng ko‘p investitsion loyiha

Xonqa tumanida (119

ta), Hazorasp tumani (116 ta) va Xiva shahrida (115 ta) amalga oshirilgan. Investitsiya


background image

470

loyihasining eng yuqori qiymati Shovot tumaniga (733795,8

mln.so‘m), Qo‘shko‘pir tumaniga

(623759,1 mln.so‘m) va Xiva shahriga (604828,9 mln.so‘m) to‘g‘ri kelgan. Eng ko‘p ish
o‘rinlari esa Shovot tumanida (2642 ta), Xonqa tumanida (1841 ta) va Qo‘shko‘pir tumanida
(1538 ta) yaratilgan. Ushbi investitsion tahlil investitsiya loyihasining barcha bosqichlari uchun
asos yaratishga imkon beradi.

Investitsion muhitni takomillashtirio‘ tadbirkorlik faoliyati uchun imkon qadar qulay shart-

sharoit yaratishdan iborat. Buning uchun investitsion muhitni baholash lozim bo‘lib, u o‘ziga xos
mezonlar asosida biznes yuritish reytingini aniqlashga imkon beradi. Shuningdek, investitsion
muhit davlat organlari siyosati va harakatlari bilan shakllanadi. U bevosita infratuzilmalarni
yaratish, soliqqa tortish va tartibga solish, mehnat va moliya bozorlari faoliyati, mulk huquqlari
xavfsizligi va davlat boshqaruvi sifatini belgilovchi omillarga ta’sir qiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, investitsion muhitni takomillashtirish uchun quyidagi

yo‘nalishlardagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:

- zarur bo‘lgan investitsiyalar hajmi va tuzilmalarini aniqlash, shular orqali texnologiya,

sanoat, qayta ishlab chiqarish, hududiy joylashuv va mulkchilik shakllarini aniqlash chora-
tadbirlarini amalga oshirish;

- turli sohalar, jumladan, ta’lim, tibbiyot, fan va boshqa sohalarni rivojlantirishga

yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmini oshirish;

- mamlakatni iqtisodiy rivojlantirishning eng samarali va maqsadli yo‘llarini aniqlab olish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni.
Manba:

https://lex.uz/docs/5841063

2. Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari

EFFICIENT APPROACHES FOR INSTRUCTING ENGLISH VERBAL SKILLS IN

A NON-LANGUAGE-FOCUSED UNIVERSITY SETTING

Sattorova Dilnoza

JSPU, Jizzakh, Uzbekistan

Annotation:

Exploring efficient strategies for teaching English speaking skills in secondary

education, this study examines both dialogic and monological speech. Various challenges
encountered in language instruction are identified and analyzed, followed by proposed solutions.
The study delineates the characteristics of effective tasks for speaking development and suggests
a range of exercises aimed at enhancing students' oral communication abilities and fostering
communicative competence, thereby addressing the identified issues.

Key words:

expertise, interaction, higher education, advanced learning

In an age marked by globalization and rapid advancements in science and technology, an

increasing number of individuals are embarking on the study of the English language.
Proficiency in English is indispensable for deepening one's understanding in various domains
including science, technology, business, education, and social interactions. English holds
paramount importance as a lingua franca among educated professionals, who perceive mastery of
this language as vital for success in their careers. The ability to communicate directly with
international counterparts and negotiate without relying on interpreters is particularly valued in
the acquisition of a foreign language.

Consequently, foreign language instruction emphasizes the cultivation of communicative

competence—the capacity to effectively engage in cross-cultural communication. Thus, a
primary objective of educators in higher education is to foster students' communicative abilities,

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. Manba: https://lex.uz/docs/5841063

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari