465
3. Pardaev M.Kh., Mo’minova G.I., New Reflections on the Occupation of Jizzakh by the
Mongols. Indonesian
Journal
of
Innovation
Studies,
2019.
-P. 8.
https://doi.org/10.21070/ijins.v8i0.282
4. Bartold V.V. Turkestan in the era of the Mongol invasion. Collected works. T.I. Moskva,
1963.
STILISTIK ILMIY PARADIGMANING SHAKLLANISH TARIXI.
Mahliyo Saydaliyeva.
Qoʻqon davlat pedagogika instituti tadqiqotchi
Annotatsiya:
Stilistika dastlab tilshunoslik va adabiyotshunoslik chorrahasidagi soha
sifatida shakllangan. Mazkur soha bugungi kunda oʻzining qator tadqiqotlar doirasiga ega.
Stilistikaning bugungi rivoji uning tarixini oʻrganishga qiziqish uygʻotishi tabiiy. Mazkur
maqola stilistik ilmiy paradigmaning shakllanish asoslarini tadqiq qiladi.
Kalit soʻzlar:
stilistika, ritorika, funksionalizm, strukturalizm, genesis, Ch.Balli,
R.Yakobson.
Kirish.
Qadimgi davrlardan beri olimlar oʻrtasida aloqa vositasi boʻlgan til va undan
foydalanishga boʻlgan qiziqish hozirgi kunga qadar davom etib ketmoqda.
Til
va undan
foydalanish evaziga oʻz fikrlarini ifodalash masalalari tilshunoslikning dolzarb muammolari
sifatida e’tirof etiladi. Tilshunoslik, hususan, stilistika sohasining paydo boʻlishi til haqidagi
ilmning paydo boʻlishi bilan bogʻliqdir. Muloqot jarayonida tafakkurda shakllangan gʻoya va
fikrlarni ifodalash uchun muayyan tilga xos jamoa ongidagi lisoniy zahiralar tanlangan. Ular
nutq vaziyati va boshqa omillar hisobiga fikrlarni aniq va ravshan ifoda qilish vazifasini
bajargan. Stilistika sohasining paydo boʻlishi fikr ifodasi uchun lisoniy vositalarni tanlash
jarayoni bilan bogʻliqdir. Nutqning ta’sirchan boʻlishi fikr ifodasi uchun xizmat qiladigan lisoniy
vositalarni tanlanishi bilan bogʻliqdir. Shuning uchun ham ritorika sohasi mutaxassislari bu
muammolarga asosiy e’tiborlarini qaratganlar. Yunon ritoriklari notiqlar nutqida qoʻllangan
ta’sirchan, ishontirish kuchiga ega boʻlgan lisoniy vositalarni oʻrganishga qiziqish bildirishlari
natijasida stilistika haqidagi dastlabki tushuncha va qarashlar paydo boʻla boshlagan.
Nazariy asos.
Fikrni lisoniy vositalar orqali ifodalash murakkab jarayon boʻlib, u muallifning stilistik
imkoniyatlari yordamida amalga oshiriladi. Muallif bu jarayonda mantiqiy va grammatik
tamoyillarga qat’iy rioya qiladi. Har bir fikr ifodasi uchun dastlab mantiqiy tamoyil ustuvorlik
qiladi. Mantiq tizimiga qurilgan fikrlarning lisoniy moddiylashuvi uslubiy tanlovlar orqali
amalga oshiriladi. Inson tafakkuridagi gʻoya va fikrlarni aytish istagi boshlanganidayoq uslubiy
tanlovlar bilan bogʻliq kognitiv jarayonlar ishga tushadi. Matn yoki nutqni shakllanish jarayoni
kognitiv mexanizmlarga bogʻliq boʻlib, bu jarayonda fikrlar ifodasi uchun lisoniy vositalar
tanlovi amalga oshiriladi. Bu haqida ilmiy adabiyotlarda quyidagi fikrlar bildiriladi. “Matn tabiiy
nutq oʻzining moddiylashish bosqichidayoq matnni yoki nutqni yaratish jarayonida ham uslubiy
tanlovlar muhim oʻrin tutadi, hatto bu jarayon beixtiyor amalga oshirilsa ham, chunki bu
tanlovlar matnning tuzilishi va talqin qilinishiga katta ta’sir koʻrsatadi”[1]. Tabiiy
nutq(spontan)ning moddiylashish bosqichi avvalidayoq lisoniy vositalar tanlovi amalga
oshiriladi, har bir fikr va ma’no uchun soʻz va ifoda shakllari tanlanadi. Muallif tomondan
aytilishi zarur boʻlgan fikrlar uchun tanlangan soʻz va ifoda shakli muallifning kommunikativ
maqsadini aniq va ravshan ifoda qilishga xizmat qilishi kerak. Fikr soʻzga mos boʻlishi
barobarida soʻz ham oʻsha fikrni oʻzida toʻliq va mukammal ifodalay olishi zarur. Bu albatta,
muallifning uslubiy tanlovlari orqali amalga oshiriladi.
Sh.Balli.
XX asr boshlarida fransuz tilshunosligida stilistika sohasiga qiziqish yuqori
darajada boʻlgan. Stilistika hatto lingvistikaning sohalari ichida dolzarb va muhim masala
sifatida qaralgan. Shuning uchun ham universitetlarning barcha yoʻnalishlarida alohida maxsus
fan sifatida oʻqitilgan. Odamlar oʻz fikrlariga singdirish auditoriyani egallashi kerak boʻ;lgan,
466
stiliostikani oʻtgan,masdan bu ishlarni amalga oshirib boʻlmagan. ishontirish kuchiga ega boʻlish
uchun stilistik tanlovlar ahamiyatini chuqur oʻzlashtirib borgan. Tilshunoslikning stilistika faniga
shu darajada e’tibor berganlarki, stilistikaga lingvistika fanining gultoji sifatida qaraganlar.
yoʻnalishiga fanning va universitetlarda fan sifatida ham oʻtilgan. Fransuz tilshunosi Sharl
Ballining “Fransuz tili stilistikasi haqida qoʻllanma” [2] asarida stilistikani tilshunoslikning
muhim sohalaridan biri sifatida e’tirof etadi. Bu kitob nashr qilingunga qadar ham Olim Jeneva
universitetidagi oʻqigan ma’ruzalarida ham stilistika haqida muntazam ma’ruzalar qilib boradi.
Uningh ma’ruzalari, nutqlari toʻplam qilib chiqarilganini eslaydi. Asar muqaddimasida muallif:
“Tilning ekspressiv tomonlarini faqat eksperimental tadqiqotlar orqali ochib berish mumkin. Biz
bunga hali tayyor emasmiz, ammo bu asar shu tipdagi tadqiqotlarga yoʻl ochadi, shunday
tadqiqotlarni amalga oshirishga yordam beradi”[2], deb ta’kidlagan edi. Stilistika sohasining
muallifi oʻz ilmiy qarashlarini imkon qadar sodda tilda, barcha uchun tushunarli qilib yozgani
koʻzga tashlanib turadi. Ayni paytda muallif bu asar orqali tillarni stilistik jihatdan oʻrganishva
tadqiqi etishda amaliy natija berishiga ishongan. “Stilistika - oʻzaro bogʻlangan til birliklarining
ta’sir qiymati, tilning ifoda vositalari tizimini shakllantirishga yordam beradigan ekspressiv
birliklarning oʻzaro ta’sirini oʻrganadi”[2], - deb sohaga ta’rif bergan edi olim. Qolaversa,
oʻzidan avvalgi fransuz tilida yozilgan stilistikaga doir qoʻllanmalar deya quyidagi asarlarni ham
aytib oʻtadi: A. Sechehaye “Stilistika va nazariy tilshunoslik”, X. Xultenberg “Roman tillarida
asos va affiksal morfemalar ma’nosini kuchaytirish qoʻshimchalar va qoʻshimchalarning
ma’nosini kuchaytirish”[2]. Dunyo tilshunosligida stilistik a masalalariga bagishlangan
tadqiqotlat SH.Balli dan ham avval mavjud boʻlganini dalillaydi.
Struktural va funksional maktab
. Ilmiy manbalarda ta’kidlanishicha dunyo
tilshunosligida stilistikaning fan sifatida shakllana boshlashi oʻtgan asrning 20-30-yillariga
toʻgʻri keladi. tilshunoslikda rus formalizmi va praga maktabi vakillari qarashlar stilistika uchun
asos boʻldi. Tilshunoslikda stilistikaning tilshunoslik tarmogʻi sifatida shakllanishiga ta’sir
koʻrsatgan ilmiy tadqiqotning oʻziga xos sohalari paydo boʻlgan edi.
Bu sohalar tilshunoslikda
rus formalizmi va praga maktabi strukturalizmi deb nomlanuvchi ikki oʻzaro bogʻliq tilshunoslik
yoʻnalishlari edi.
Viktor Shklovskiy va Boris Tomashevskiy rus formalizmi ta’limotiga
asoslangan harakatning asosiy vakillari hisoblanadi. struktural maktabda esa Yan Mukarovskiy
va Vilgem Matesius edi. Ikkala harakatni tom ma’noda oʻz tadqiqotlari orqali bogʻlagan
olimlardan biri Roman Yakobson boʻlim, tilshunos 1920-yilda Moskva doirasidan Praga
guruhiga koʻchib oʻtgan. Bu ikki maktabning koʻpgina markaziy gʻoyalari zamonaviy stilistikada
oʻz aksini topdi va bu sohalarni stilistikadagi ikkita eng mustahkam nazariy asos deyish mumkin.
“Bu maktab vakillari tildagi she’riy funksiya tushunchasini diqqat markaziga qoʻydi” [1].
Stilistika lingvistik tarmoq sifatida butun jahon tilshunosligida 20-asr oʻrtalarida eʼtirof va
eʼtibor qozona boshladi. Bu davr stilistikasining rivojlanishini Roman Yakobson va Tzvetan
Todorov kabi olimlar faoliyatiga taqash mumkin.
Rus-amerikalik tilshunos R.Yakobson til va
uslubni oʻrganishga katta hissa qoʻshgan. U adabiy va adabiy boʻlmagan matnlarni ajratish orqali
stilistikaning asosi boʻlgan uslub masalalarini boshlab bergan. Oʻshandan beri stilistika
rivojlanib, tilning uslub, adabiy effekt va nutq nuqtai nazaridan tahlil qilishga asosiy e’tiborni
qaratadigan tilshunoslik sohasiga aylandi. Qolaversa, Roman Yakobson nafaqat taniqli tilshunos
balki adabiyot nazariyotchisi ham edi. Olim she’riyatga alohida e’tibor berib, stilistikada adabiy
asarlar tadqiqiga katta hissa qoʻshgan.
Uning stilistikaga oid asarlari she’riy tilning stilistik
vositalarini tahlil qilish va qadrlashimizga ta’sir koʻrsatdi. U “Lingvistika va poetika”
maqolasida tilning poetik funksiya toʻgʻrisida soʻz yuritadi va tilning poetik funksiyasi
tushunchasini ilmiy hayotgha olib chiqadi. “Poetika asosiy e’tiborni nima soʻzni san’at
darajasiga olib chiqadi? degan savolga javob berishga qaratadi. Shuningdek, huddi rassomchilik
rasm tuzilishi haqidagi soha boʻlganidek, poetika gap qurilishi muammolar bilan shugʻullanadi.
Gap qurilishi haqidagi umumiy bilimlar majmui lingvistika deb atalsa, poetika lingvistikaning
bir qismi” deya sohaga izoh
beradi [3].
R.Yakobsonning stilistika sohasiga bagʻishlangan eng asosiy gʻoyalaridan biri “tilning
poetik vazifasi” haqidagi qarashlari. She’riyatda til avvalo estetik ta’sir vositasi ekanligiga
467
e’tibor qaratadi. Poetik vazifa poetik asarning tovush, ritm, qurilish xususiyatlarini tadqiq orqali,
asar estetikasini ochib beradi.
Shu tariqa she’riyatda til oʻziga xos badiiy asarga aylanadi. Olim
poetik funksiya nima degan savolni mohiyati ogʻzaki nutq bilan bogʻlanadi. oʻz oldiga
qoʻyarkan, verbal suhbatlarda ishtirok etadigan omillarni sistemaga solib ularning poetik
funksiyadagi ekvivalentlarini aniqlaydi.
Poetik funksiya millat adibining asarida qoʻllansa poetic soʻz funksiyasi vujudga keladi.
1.1-rasm.
R.Yakonsonning nasriy asar va ogʻzaki nutqdan kutilgan funksiyani amalga oshiruvchi
vositalarining ekvivalentlik grafigi[3]
Poetik asarlarda inson shaxsi emas, hissiyotlari birinchi qavatda turadi. Yozuvchilar oʻz
kechinmalarini she’r orqali tushuntirishga intilsa, ularni qay darajada idrok etish oʻquvchi
shaxsiyatiga bogʻliq. Adabiy asar ortida turgan va anglash jarayoniga hissa qoʻshuvchi
unsurlardan eng muhimlari deya asar mavzusi, oʻquvchining diqqatini tortish uchun
bajariladigan murojaatlar hamda metatilni hisoblash mumkin. Asar oʻquvchisining e’tiborini
tortish uchun qoʻllaniladigan ritorik soʻroq gaplar, undalmalar, stilistik vositalar murojaat
hisoblanadi. R.Yakobson fikricha metatilni til haqidagi til deydi. Olim metatilga misol tariqasida
quyidagi soʻroq gaplarni keltiradi:
1. Sizni anglamadim, nimani nazarda tutdingiz? (I don’t follow you what do you mean)
2. - The sophomore was plucked.
- But what is plucked?
- Plucked means the same as flunked.
- And flunked?
- To be flunked is to fail in an exam[3].
R.Yakobsonning she’riy asarlar tili tadqiqiga estetik nuqtai nazardan yondashishi keying
davr tilshunoslari, adabiyotshunoslari uchun tilning adabiyotda badiiy shakl sifatidagi rolini
chuqurroq anglashiga hissa qoʻshdi. Qolaversa, uning gʻoyalari badiiy uslubning alohida stil
sifatida oʻrganishida poydevor boʻlib, keyingi davrlar she’riy an’analari, tilning adabiy tanqid
hamda lingvistik tahlil kabi izlanish rivojiga ta’sir koʻrsatdi. Shu tariqa tilshunoslikda uslub
atamasi paydo boʻldi. Sohaning keying rivojida bu atama yanada kengayib, bugungi kunga qadar
takomillashib kelmoqda.
Xulosa.
Stilistikaning shakllanish asoslari qadimiy davrga borib taqaladi. Bu davrda
ritorika ya’ni notiqlik san’atining rivoji stilistik bilimlarning shakllanishiga olib keldi. Ikki soha
468
birgalikda bir-birini toʻldirib bordi. XX asrga kelib fransuz tilshunosligida boshlangan stilistik
tadqiqotlar, uning alohida lingvistik soha sifatida shakllanishiga olib keldi. Sh.Balli bu
harakatning yetakchisi boʻldi, dastlabgi nazariy bilimlarni ishlab chiqdi. Rus formalizmi, praga
strukturalizmi oqimi namoyondalari esa bu bilimlarni yanada ravnaq topishiga hissa qoʻshishdi.
Bu borada R.Yakobson poetik va adabiy funksiyani oʻzaro farqlashi uslub atamasining dastlabgi
ildizi boʻldi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati:
1. Simpson P. Stylistics: A Resource Book for Students. – United KingdoM: Routledge, 2004.
2. Bally C. Traité de stylistique française. – Германия: C. Winter, 1909.
3. Jacobson R. Linguistics and Poetics: Style in Language. – The M.I.T. Press, 1964.
INNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA INVESTITSION MUHITNI
TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Sattarova Mahfuza Dilshodbekovna, Urganch davlat universiteti
mustaqil
izlanuvchisi, Ma’mun Universiteti NTM o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mintaqada iqtisodiyotda investitsiya muhitining tutgan roli,
uning o‘ziga xos xususiyatlari, mavjud imkoniyatlari, innovatsion yondashuvlarga asoslangan
holda samarali investitsiya siyosatini amalga oshirish borasida asosida investitsion muhitni
shakllantirish va shu orqali takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar.
Investitsiya, investitsiya siyosati, investitsion muhit, investor, investitsion
jozibadorlik, tahlil, loyiha.
Bugungi kunda mamlakatimiz mintaqalarida ishlab chiqarish munosabatlarini yanada
yaxshilash va takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yangi
O‘zbekistonda qulay investitsion muhitni shakllantirish yo‘nalishlari bo‘yicha aniq maqsadli va
keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan ilgari surilgan Taraqqiyot strategiyasining 26-maqsadida mamlakatimiz mintaqalarida
qulay investitsiya yaratish yuzasidan investitsiyalardan samarali foydalanish hamda eksport
hajmlarini oshirish bo‘yicha “pastdan-yuqoriga” tamoyili asosida, yangi tizimni yo‘lga qo‘yish,
2026-yilgacha xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini amalga oshirish
lozimligi keltirib o‘tilgan [1]
. Shunday ekan, mamlakatimizda
investitsion muhitni
takomillashtirish ustuvor yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi. Investitsion muhitni takomillashtirish
uchun innovatsion yondashuvlar asosida mazkur sohani keng taraqqiy qildirish lozim bo‘ladi. Bu
esa
O‘zbekistonning tadbirkorlik sohasidagi qulay investitsiya muhiti sharoitida investitsiya
loyihalarini chuqur tahlil qilish va investitsiyaviy jozibadorlikni yanada oshirish uchun
moliyaviy rag‘bat va vositalaridan samarali foydalanishni taqozo qiladi.
Har qanday investitsion muhitni shakllantirishda tijorat tuzilmasi mavjud bo‘lishining
asosiy maqsadi daromad olish bo‘lib hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish usuli bo‘lib, bu faol
ravishda investitsiya kiritish bo‘lib hisoblanadi. Biroq, investitsiya faqat investitsiya tahlili
o‘tkazilgandan keyin amalga oshirilishi lozim. Bu esa tanlangan investitsiya usulining maqsadga
muvofiqligini aniqlashga imkon beradi. Bu borada mamlakat mintaqalarida samarali investitsion
muhitni shakllantirish uchun chuqur investitsion tahlil amalga oshirilishi lozim. Investitsion
tahlil – investitsion loyihani amalga oshirishga qaratilgan samarali biznes-rejani shakllantirish va
investitsiyalarning maqsadga muvofiqligi darajasini aniqlash uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar
majmuidir. Bu orqali tanlangan investitsiya usulini asoslash imkoni yaratiladi.
qilish jarayoni milliy iqtisodiyotning holatini o‘rganishdan
boshlanadi. Ushbu institutlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan investitsiya loyihalarini amalga
oshirish uchun mamlakatlar iqtisodiyotini tahlil qilishda xalqaro investitsiya va moliya
institutlari o‘rtasida tahlillar amalga oshirilishi lozim. Bu orqali investitsion muhitni baholab
borish maqsadga muvofiqdir.
