463
JIZZAX VOHASINING IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIGA MO‘G‘ULLAR
ISTILOSINING TA’SIRI
Saidov Javohir Olimjon o‘g‘li
Jizzax davlat pedagogika universiteti Umumiy tarix kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Chingizxon boshliq mo‘g‘ullarning Xorazmshohlar davlati
tarkibidagi Jizzax vohasiga yurishlarining aholi ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’siri tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar:
Xorazmshohlar, Chingizxon, Jizzax vohasi, Savdo-sotiq, Ustrushona,
Zomin, Chig‘atoy, Xo‘jand.
XIII asr boshi Xorazmshohlar imperiyasi o‘z qudratining cho‘qqisiga chiqqan davr
hisoblanadi. Bu davrda Ustrushona hududlari, xususan, Jizzax vohasi ham Xorazmshohlar
davlati tarkibida edi. Mo‘g‘ullar imperiyasi qo‘shni mamlakatlar hisobiga yanada kengayib
bordi. Bunday sharoitda ikki buyuk imperiya to‘qnashuvi muqarrar bo‘lib qoldi. 1218-yilda
Chingizxon tomonidan Urganch tomon yuborilgan savdo karvonining O‘tror shahri hokimi
Inalxon tomonidan talanishi hamda karvon a’zolarini o‘ldirilishi oqibatida jang boshlanadi [1].
1219-yilning kuzida Chingizxon (1155-1227) o‘z o‘g‘illari Jo‘chi (1182-1227),
Chig‘atoy (1183-1242), O‘qtoy (1186-1241) va uyg‘ur xoni Yediqut, Olmaliq hukmdori
Sig‘noq bilan birga 200 ming qo‘shin bilan Sulton Muhammad (1169-1219) mulkiga
boradi. Chingizxon qo‘shinlari qadimgi yo‘l bo‘ylab Ili daryosidan o‘tib, Shimoliy Farg‘ona
orqali Sirdaryo bo‘yidagi O‘tror shahriga birinchi zarba beradilar va egallaydilar [1:501].
Mazkur yurishlar davrida Jizzax vohasining mo‘g‘ullar qo‘shini tomonidan qay tarzda
zabt etilganligi tarixiy manbalarda aniq qayd etilmagan. Jizzax tarixiga oid ayrim nashrlarda
Jizzaxni zabt etishga boshchilik qilgan Chingizxonning o‘zi tomonidan bosib olingani
tafsilotlari keltirilgan. Jizzax tarixi bo‘yicha tadqiqot olib borgan mualliflar H.Haydarov,
Q.Usmonovlar Jizzax vohasi va unga tutash hududlar zabt etilishi bo‘yicha ma’lumot keltirib,
Oloq nuyon va Suketu-cherbi boshliq qo‘shinlar 1219-yil dekabrda Binokat shahrini egallab,
Ustrushonadagi Xo‘jand shahriga yurish qiladilar. 1220-yilda Xo‘jand egallanib, Ustrushona
hududlari zabt etildi, deya ta’kidlashadi [2].
Ushbu davr ma’lumotlarni tahlil etgan ustrushonashunos olim M.Pardayev Jizzax
vohasining bosib olinishi xususida fikrlarini bildiradi. Xususan, olimning ta’kidlashicha, Jizzax
shahri Buxoro – O‘ror yo‘li bo‘yidagi mudofaa qal’alari tizimiga kirmasligini qayd
etadi. Buxorodan kelayotgan karvonlar Samarqanddan o‘tishda tranzit yo‘li Nurota orqali
Sharqqa, hozirgi Forish tumanidagi Xonbandi to‘g‘oni yaqinidagi karvonsaroyga (qadimgi
Kaltepa arxeologik yodgorligining o‘rni) kelib, so‘ngra Shimolga Sirdaryo chorrahasiga
buriladilar. Dovondan o‘tib, O‘trorga ketishadi [3].
Jizzax shahri mo‘g‘ullar tomonidan qanday bosib olingan degan masala bo‘yicha
M.Pardayev quyidagicha fikr bildiradi: - “Ibn al-Asir (1160-1233)ning xabar berishicha,
Chingizxon Samarqand qamalida o‘z qo‘shini tarkibidagi qamalgan va asir tushganlarga
mo‘g‘ul harbiy kiyimini kiyishni buyurgan. Bu vaqtda Chig‘atoy va Ugedey O‘trordan
ko‘proq asirlar bilan kelib, Samarqand qamaliga qo‘shiladilar [4]. Movarounnahrning eng
qudratli va boy shahri qamalga qo‘shilishga oshiqayotgan Chingizxonning bu ikki o‘g‘lining
O‘trorga eng yaqin yo‘l Jizzaxning Ilono‘tti darasi orqali kelgani boshqa yo‘l va
marshrutlarga yaqinroqdir. Demak, o‘sha paytda O‘trordan qaytgan mo‘g‘ul qo‘shinlari
Jizzaxga bostirib kirishadi. Juvayniyning yozishicha, mo‘g‘ullar istilosi davrida Oloq-No‘yon
boshchiligidagi besh ming kishilik qo‘shin Banokatga bostirib kirish uchun yuborilgan. To‘rt
kun o‘tgach, shahar mo‘g‘ullarga topshirilgan. Bu mo‘g‘ul otryadining Banokatdan keyingi
harakatlarini tahlil qilib, V.Bartold uning Samarqand qamaliga yordamga kelib
qo‘shilganligini qayd etadi [4:484]. Demak, Oloq-No‘yon boshchiligidagi qo‘shin ham
464
Jizzaxning Ilono‘tti darasi orqali Samarqandga jo‘natilgan va o‘z vaqtida Jizzaxni bosib
olgan. Mo‘g‘ullar istilosi manbalariga ko‘ra, Samarqand zabt etilgandan so‘ng, Chingizxon
Xo‘jandga qo‘shin yuborgan. Juvayniyning yozishicha, qo‘shinlar (yigirma ming mo‘g‘ul,
yellik ming asir) Xo‘jandni qamal qilib, dastlab O‘trorni, keyinroq Buxoro va Samarqandni
zabt etishda qatnashgan” [4:484].
Samarqand bosqinidan so‘ng, dushman qo‘shini Xo‘jand va Farg‘onaga yurish qilib,
Ustrushonaning bir qancha shaharlari – Harakana (G‘allaorol), Dizak (Jizzax), Zomin, Sabat
(Savot), Xovos (Eski Xovos) shaharlarini bosib oladi [3]. Umumiy holatda mo‘g‘ullar bosqini
Jizzax vohasini chetlab o‘tmagan va voha hayotiga salbiy ta’sir etganligini ta’kidlashimiz lozim.
XIII asrda mo‘g‘ullarning Movarounnahrga bostirib kirishi Jizzax vohasining ijtimoiy-iqtisodiy
hayotiga, savdo aloqalariga katta ziyon yetkazdi.
Mo‘g‘ullar bosqini Markaziy Osiyo xalqlariga cheksiz kulfat va fojialar olib keldi.
Movarounnahrning shahar va qishloqlari xarobaga aylantirildi, hunarmandchilik va savdo -
sotiq inqirozga uchradi. Dehqonchilik vohalari dala va vodiylar payhon etildi. Chingizxon
istilosi O‘rta Osiyoning iqtisodiy aloqalari va savdo yo‘llari faoliyati tizimiga salbiy ta’sir
ko‘rsatdi. Asosiy savdo va hunarmandchilik markazlarining vayron etilishi, sug‘orish
inshootlarining izdan chiqarilishi ichki va tashqi bozor uchun mahsulot ishlab chiqarish tizimi
inqirozini keltirib chiqardi. Natijada uzoq yillar Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab iqtisodiy-madaniy
aloqalar to‘xtab qoldi. O‘rta Osiyoning karvon yo‘llaridan harbiy-siyosiy maqsadlarda
foydalanish keng yo‘lga qo‘yildi. Bu davrda Buyuk ipak yo‘lining shimoliy tarmog‘i
faoliyatining ahamiyati oshdi. Buni, mintaqaning shaharsozligidan birmuncha chetda bo‘lgan
shimoliy dasht qismidagi karvon yo‘llari harbiy istilolar davrida kam zarar ko‘rgani bilan
izohlasa bo‘ladi [1:574].
XIII asrda mo‘g‘ullar Jizzax vohasining iqtisodiy hayoti va savdo aloqalariga sezilarli
salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Mo‘g‘ullar o‘z imperiyasi bo‘ylab savdo va madaniy almashinuvni yo‘lga
qo‘ygan bo‘lsa-da, ularning bosib olishlari mahalliy iqtisodni ham izdan chiqardi va savdo
shakllarida sezilarli o‘zgarishlarga olib keldi. Mo‘g‘ullar bosqinining Jizzax vohasiga eng katta
ta’sirlaridan biri uning sug‘orish tizimlari va dehqonchilik yerlarining vayron bo‘lishi edi.
Mo‘g‘ullar Jizzax vohasidagi ko‘plab shahar va qishloqlarni, jumladan, voha markazidagi
Jizzax shahrini vayron qildilar. Bu aholining keskin kamayishiga va iqtisodiy faoliyatning izdan
chiqishiga olib keldi. Mo‘g‘ullar aholi uchun og‘ir soliqlar o‘rnatdilar, bu esa iqtisodiy
qiyinchiliklarni yanada kuchaytirdi. Chig‘atoy xonlari aholidan, jumladan, Jizzax vohasi
ziroatchi dehqon aholisidan hosilning 10/1 ko‘rinishida kalon solig‘i, har yuz bosh chorvadan bir
bosh miqdorida chorvador aholidan qopchur solig‘i, podadan shulen solig‘i, qimiz uchun ming
otdan bir biyani soliq sifatida olishgan. Hunarmand va savdogarlardan mahsulotning 1/30
qismida targ‘u solig‘i olingan [2:60].
Xulosa qilganimizda, Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ullarning dastlabki davrini
Markaziy Osiyo, xususan, Jizzax vohasi uchun salbiy ta’sir etganligi hamda savdo-iqtisodiy
munosabatlar izdan chiqqanligini keltirishimiz mumkin. Bosqingacha Jizzax vohasi Ipak
yo‘lidagi yirik savdo markazi bo‘lgan. Mo‘g‘ullar Jizzax vohasi bilan O‘rta Osiyoning boshqa
hududlari o‘rtasidagi savdo yo‘llarini izdan chiqardilar. Bu savdo-sotiqning qisqarishiga va tovar
taqchilligiga olib keldi. Mo‘g‘ullar ham ko‘plab mohir hunarmand va savdogarlarni o‘z
imperiyasining boshqa hududlariga ko‘chirishga majbur qilganlar, bu esa Jizzax vohasi
xo‘jaligini yanada zaiflashtirgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Sagdullayev A.S. O‘zbekiton tarixi. I kitob Toshkent: Donishmand ziyosi, 2021.
2. Ҳайдаров Ҳ., Усмонов Қ. Жиззах тарихи. Тошкент: ўқитувчи, 2009.
465
3. Pardaev M.Kh., Mo’minova G.I., New Reflections on the Occupation of Jizzakh by the
Mongols. Indonesian
Journal
of
Innovation
Studies,
2019.
-P. 8.
https://doi.org/10.21070/ijins.v8i0.282
4. Bartold V.V. Turkestan in the era of the Mongol invasion. Collected works. T.I. Moskva,
1963.
STILISTIK ILMIY PARADIGMANING SHAKLLANISH TARIXI.
Mahliyo Saydaliyeva.
Qoʻqon davlat pedagogika instituti tadqiqotchi
Annotatsiya:
Stilistika dastlab tilshunoslik va adabiyotshunoslik chorrahasidagi soha
sifatida shakllangan. Mazkur soha bugungi kunda oʻzining qator tadqiqotlar doirasiga ega.
Stilistikaning bugungi rivoji uning tarixini oʻrganishga qiziqish uygʻotishi tabiiy. Mazkur
maqola stilistik ilmiy paradigmaning shakllanish asoslarini tadqiq qiladi.
Kalit soʻzlar:
stilistika, ritorika, funksionalizm, strukturalizm, genesis, Ch.Balli,
R.Yakobson.
Kirish.
Qadimgi davrlardan beri olimlar oʻrtasida aloqa vositasi boʻlgan til va undan
foydalanishga boʻlgan qiziqish hozirgi kunga qadar davom etib ketmoqda.
Til
va undan
foydalanish evaziga oʻz fikrlarini ifodalash masalalari tilshunoslikning dolzarb muammolari
sifatida e’tirof etiladi. Tilshunoslik, hususan, stilistika sohasining paydo boʻlishi til haqidagi
ilmning paydo boʻlishi bilan bogʻliqdir. Muloqot jarayonida tafakkurda shakllangan gʻoya va
fikrlarni ifodalash uchun muayyan tilga xos jamoa ongidagi lisoniy zahiralar tanlangan. Ular
nutq vaziyati va boshqa omillar hisobiga fikrlarni aniq va ravshan ifoda qilish vazifasini
bajargan. Stilistika sohasining paydo boʻlishi fikr ifodasi uchun lisoniy vositalarni tanlash
jarayoni bilan bogʻliqdir. Nutqning ta’sirchan boʻlishi fikr ifodasi uchun xizmat qiladigan lisoniy
vositalarni tanlanishi bilan bogʻliqdir. Shuning uchun ham ritorika sohasi mutaxassislari bu
muammolarga asosiy e’tiborlarini qaratganlar. Yunon ritoriklari notiqlar nutqida qoʻllangan
ta’sirchan, ishontirish kuchiga ega boʻlgan lisoniy vositalarni oʻrganishga qiziqish bildirishlari
natijasida stilistika haqidagi dastlabki tushuncha va qarashlar paydo boʻla boshlagan.
Nazariy asos.
Fikrni lisoniy vositalar orqali ifodalash murakkab jarayon boʻlib, u muallifning stilistik
imkoniyatlari yordamida amalga oshiriladi. Muallif bu jarayonda mantiqiy va grammatik
tamoyillarga qat’iy rioya qiladi. Har bir fikr ifodasi uchun dastlab mantiqiy tamoyil ustuvorlik
qiladi. Mantiq tizimiga qurilgan fikrlarning lisoniy moddiylashuvi uslubiy tanlovlar orqali
amalga oshiriladi. Inson tafakkuridagi gʻoya va fikrlarni aytish istagi boshlanganidayoq uslubiy
tanlovlar bilan bogʻliq kognitiv jarayonlar ishga tushadi. Matn yoki nutqni shakllanish jarayoni
kognitiv mexanizmlarga bogʻliq boʻlib, bu jarayonda fikrlar ifodasi uchun lisoniy vositalar
tanlovi amalga oshiriladi. Bu haqida ilmiy adabiyotlarda quyidagi fikrlar bildiriladi. “Matn tabiiy
nutq oʻzining moddiylashish bosqichidayoq matnni yoki nutqni yaratish jarayonida ham uslubiy
tanlovlar muhim oʻrin tutadi, hatto bu jarayon beixtiyor amalga oshirilsa ham, chunki bu
tanlovlar matnning tuzilishi va talqin qilinishiga katta ta’sir koʻrsatadi”[1]. Tabiiy
nutq(spontan)ning moddiylashish bosqichi avvalidayoq lisoniy vositalar tanlovi amalga
oshiriladi, har bir fikr va ma’no uchun soʻz va ifoda shakllari tanlanadi. Muallif tomondan
aytilishi zarur boʻlgan fikrlar uchun tanlangan soʻz va ifoda shakli muallifning kommunikativ
maqsadini aniq va ravshan ifoda qilishga xizmat qilishi kerak. Fikr soʻzga mos boʻlishi
barobarida soʻz ham oʻsha fikrni oʻzida toʻliq va mukammal ifodalay olishi zarur. Bu albatta,
muallifning uslubiy tanlovlari orqali amalga oshiriladi.
Sh.Balli.
XX asr boshlarida fransuz tilshunosligida stilistika sohasiga qiziqish yuqori
darajada boʻlgan. Stilistika hatto lingvistikaning sohalari ichida dolzarb va muhim masala
sifatida qaralgan. Shuning uchun ham universitetlarning barcha yoʻnalishlarida alohida maxsus
fan sifatida oʻqitilgan. Odamlar oʻz fikrlariga singdirish auditoriyani egallashi kerak boʻ;lgan,
