136
Список использованных источников:
1.
Tapscott D. The digital economy / D. Tapscott – Text: electronic// – 1994. – URL:
https://dontapscott.com/books/the-digital-economy/ (дата обращения 08.11.2020).
2.
Постановление Президента Республики Узбекистан от 28 апреля 2020 года № 4699 «О
мерах по широкому внедрению цифровой экономики и электронного правительства».
3.
Указ Президента Республики Узбекистан №6079 об утверждении стратегии
«Цифровой Узбекистан – 2030» и мер по ее эффективной реализации.
4.
OECD Digital Economy Outlook 2017 (Summary in Polish) // OECD Digital Economy
Outlook 2017. — 2017-10-11
5.
The digital economy, new business models and key features // OECD/G20 Base Erosion and
Profit Shifting Project. — OECD, 2014-09-16. — С. 69–97.
6.
Стратегия развития Нового Узбекистана на 2022-2026 годы: Концепция развития
цифровой экономики Узбекистана на 2020-2025 годы: https://lex.uz/docs/4800661
BOSHQARUV JARAYONLARI VA TIZIMLARINI AVTOMATLASHTIRISH
(O‘ZBEKISTON POCHTASI
AJ MISOLIDA)
Axmadbekov Xokimbek Xasan o‘g‘li
Toshkent davlat texnika universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada pochta aloqasida boshqaruv jarayonlarini tashkil etishda
saralash jarayonlarining o‘rni, jo‘natmani saralash uchun vaqt normasini hisobga olish, bu
borada xorijiy olimlarning fikr-mulohazalar asosida jo‘natmani manzilga yetkazib berishning
o‘ziga xos yo‘llariga to‘xtalib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
avtomatlashtirish, boshqaruv jarayonlari, boshqaruv tizimi, texnik
normalash metodi.
Har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida pochta tizimi juda muhim ahamiyatga
ega. Rivojlanib borayotgan mamlakatimiz uchun samarador pochta tizimini tizimli tashkil qilish
va avtomatlashtirish juda ham muhim omil hisoblanadi.
Bugungi kunda, pochta xizmatlarini ko‘rsatish bozori erkin bo‘lganligi sababli,
Respublikamiz hududida milliy pochta operatori O‘zbekiston pochtasi AJ bilan birga yuzdan
ortiq savdo tuzilmalari (pochta bozorining nodavlat operatorlari DHL, BTS, FedEx, Fargo,
EMU, DMS va boshqalar) mijozlarga pochta xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu nodavlat
tashkilotlarning barchasi mijozlarga sifatli va tezkor xizmat turlarini taqdim etish esa bosh
maqsad qilib olingan.
Xizmat ko‘rsatish sifati operatorning o‘ziga xos xizmatni taqdim etish va undan
foydalanishni osonlashtirish qobiliyatini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Pochta aloqasi
xizmatlarining sifat ko‘rsatkichlari esa pochta aloqasi punktlari va pochta aloqasi tarmoqlari
zichligi va ularning ishlash muddati bilan tavsiflanadi[1].
Global innovatsion indeks 15 ta xalqaro indekslar, 4 ta Jahon iqtisodiyot forumi (World
Economic
Forum)
tomonidan
olib
boriladigan
so‘rovnomalarda
61 ta ko‘rsatkichga tegishli miqdoriy statistik ma’lumotlardan tashkil topgan.
2015-yil holati bo‘yicha o‘rganilganda, respublika ushbu reytingda 141 ta davlat ichida
ma’lumotlarning yetarli darajada emasligi va mavjud statistik ma’lumotlarning eskirganligi
bo‘yicha 4-o‘rinda deb topilganligini inobatga olsak, O‘zbekistonning 2020-yilda ushbu
reytingda aks etishi ham xalqaro maydondagi nufuzini oshirishi zarur[2]. Ushbu jahon
iqtisodiyot forumi (World Economic Forum) tomonidan olib boriladigan so‘rovnoma asosiy
reytingni baholashda ularning sifat ko‘rsatkichlari inobatga olingan.
137
Pochta aloqasi xizmatlarining yangi tuzilmasini shakllantirish “O‘zbekiston pochta” AJ
xizmatining sifati ko‘rsatkichlari va standartlarini Umumjahon pochta ittifoqi tomonidan ko‘zda
tutilgan pochta strategiyasining talablariga muvofiq olib borish uning asosiy vazifasidir.
O‘zbekiston Respublikasining pochta aloqasini rivojlantirish dasturida ishlab chiqarish
jarayonlarini avtomatlashtirish, aloqa xizmatlari bozorining yangi segmentlarini kiritish orqali
milliy operatorning pochta aloqasi tarmog‘ini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish yuqori intensiv texnologik jarayonlarni
ishlab chiqish va ular asosida odamning intensivi bevosita ishtirokisiz texnologik va yordamchi
jarayonlarni bajaruvchi yuqori unumli jihozlarni yaratilgan tadbirlar kompleksi tushuniladi.
Ishlab chiqarish jarayoni avtomatlashtirishdan avval doim mexanizatsiyalashtiriladi.
Avtomatlashtirishda joriy mexanizatsiya avtomatik boshqarish obyekti bo‘lib xizmat qiladi[3].
O‘zbekiston Respublikasida 2020–2024-yillarda pochta aloqasi sohasini rivojlantirish
konsepsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatdan 3 tadan tumanlar
namuna sifatida tanlab olinib, o‘sha tumanlarda pochta aloqasi xizmatlarini rivojlantirish
bo‘yicha alohida yo‘l xaritasini tasdiqlash ko‘zda tutilgan.
Ushbu qaror loyihasini tayyorlash jarayonida ilg‘or xorijiy davlatlarning pochta aloqasi
operatorlarining faoliyati o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, ularning asosiy
yo‘nalishlari bu xat-xabarlar, tezkor pochta jo‘natmalar, onlayn xizmatlar va bank (moliya)
xizmatlari hisoblanishi aniqlandi.
Jumladan, AQShda 71 foiz, Belgiyada 68 foiz, Avstriyada 58 foiz, Buyuk Britaniyada 51
foiz daromadi pochta xizmatlaridan, Yaponiyada 79 foiz, Italiyada 78 foiz va Janubiy Koreyada
55 foiz daromadi moliyaviy xizmatlarni tashkil etadi. Yaponiya, Koreya, Xitoy, AQSh kabi
rivojlangan davlatlar va Rossiya hamda Qozog‘iston davlatlarida bank va sug‘urta xizmatlari
keng joriy etilgan[4].
Ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda hamda zamonaviy axborot
texnologiyalarini va tizimlarni joriy qilish orqali O‘zbekiston pochtasi AJni rivojlantirishning
quyidagi 3 ta asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadga muvofiq:
1. Yozma xat-xabar tashish va kurerlik xizmatlarini rivojlantirish;
2. Elektron tijorat bozoridagi faoliyatini rivojlantirish;
3. Moliyaviy xizmatlar bozoridagi faoliyatini rivojlantirish muhim hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston pochtasi” AJ 2024-yil biznes rejasi B-18
2.O‘zbekiston
Global
innovatsion
indeks
reytingida
93-o‘rinni
egalladi.
https://www.gazeta.uz/uz/2020/09/02/innovation-index/
3.Usmanov A.I. Tursunboyev N.I. Bobonazarov O‘.Q “Mexanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirish asoslari” O‘quv qo‘llanma. Toshkent 2007 B-11.
EKOLOGIK TASHKILOTLARDA PR MATNLARINING QO'LLANILISHI
Gulyamova Muxtabar Abdujabbarovna, O'zJOKU To'g'on va Qudrat Ernazarovlar nomidagi
Jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi katta o'qituvchisi
Annotatsiya:
Jamoatchilik bilan aloqalar (PR) jamoatchilik idrokini shakllantirish va atrof-muhit
muammolari bilan shug'ullanishni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ushbu maqola atrof-
muhitni muhofaza qilish tashkilotlarida PR matnlaridan foydalanishni o'rganadi, ularning
mazmuni, strategiyalari va manfaatdor tomonlar bilan muloqotga ta'sirini tahlil qiladi. PR va
atrof-muhit kommunikatsiyalarining nazariy asoslariga, shuningdek, empirik tadqiqotlarga
tayangan holda, ushbu maqola PR matnlari ekologik xabarlarni etkazish, yordamni safarbar
qilish va barqaror amaliyotlarni himoya qilish uchun qanday ishlatilishini o'rganadi. Bundan
