“Farg’onaazot”aj korxonasidagi qoplarni markirovkala sh va avtomatik xisobini yuritish

Annotasiya

Maqolada maxsulotlami zamonaviy markirovkalash tizimi texnologiyasini ishlab chiqarish jarayonida qo‘llashning axamiyati, maxsulotlami haridorga yuborilishigacha nazorat qilinishini avtomatlashtirilgan holda amalga oshirish tashkil etilishi ko'rsatilgan. Texnologiyani amaliyotga joriy etish masalalari, dasturiy va texnik sozlashlari asoslari keltirilgan. Tizim joriy etilgan “Farg’onaazot” AJ da xomashyoni qabul qilishdan boshlab, tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo'lgan davrda tovar va materiallar to'g'risidagi ma’lumotlami to'plashni avtomatlashtirish imkonini berdi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
CC BY f
26-29
42

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Hamzayev , D., & Abduraxmonov, S. (2024). “Farg’onaazot”aj korxonasidagi qoplarni markirovkala sh va avtomatik xisobini yuritish. Yangi O‘zbekiston: Fan, ta’lim Va Innovatsiya, 1(1), 26–29. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/new-uzbekistan/article/view/31767
D Hamzayev , “Farg’onaazot” AJ
yetakchi muxandisi tarmoq ma’muri
S Abduraxmonov, Farg’ona politexnika instituti
f-m.f.n.
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada maxsulotlami zamonaviy markirovkalash tizimi texnologiyasini ishlab chiqarish jarayonida qo‘llashning axamiyati, maxsulotlami haridorga yuborilishigacha nazorat qilinishini avtomatlashtirilgan holda amalga oshirish tashkil etilishi ko'rsatilgan. Texnologiyani amaliyotga joriy etish masalalari, dasturiy va texnik sozlashlari asoslari keltirilgan. Tizim joriy etilgan “Farg’onaazot” AJ da xomashyoni qabul qilishdan boshlab, tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo'lgan davrda tovar va materiallar to'g'risidagi ma’lumotlami to'plashni avtomatlashtirish imkonini berdi.


background image

26

to’q tusli bo’z tuproqlarda 1,33-1,86%, jigarrang tuproqlarda esa 2.41-3,04% ni tashkil etishi
aniqlangan[4].

Lalmikor mintaqalar 5 ta yirik geografik okrugga bo’linadi. O’rta Sirdaryo, Zarafshon

,Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg’ona. Har bir geografik okrugda rel’ef bog’liq ravishda
vertikal tuproq-iqlim mintaqalari bo’yicha quyidagicha joylashgan: Tekislik, tekislik qir-adirlik,
tog’ oldi va tog’li mintaqa. Ushbu mintaqalar bir-biridan dengiz sathidan ko’tarilgan sayin nisbiy
namlikning yuqori bo’lishi, havo haroratining pasayishi, sovuqsiz kunlar sonining qisqarib
borishi, tuproq va o’simlik qoplamining o’zgarishi, tuproq unumdorligining oshib borishi va
o’simliklar qoplamining ko’proq bo’lishi bilan farq qiladi [3].

Tuproqdagi oziq moddalar zaxirasi mineral va organik o’g’itlar solish bilan boshqarilib

turiladi. Tuproq gumus va organik moddalarga boy bo’lsa, unumdor yerlardan yaxshi hosil
olinadi. Tuproq unumdorligini saqlash uchun tuproqqa eroziyaga yo’l qo’ymaydigan usullarda
ishlov beriladi, dala ihota o’rmonzorlari barpo qilinadi, daryo va kanallar qirg’oqi
mustahkamlanadi [7].

Foydalanilgan adabiyotlar :

1. Bahodirov M, Rasulov A. Tuproqshunoslik. Darslik. O’qituvchi. 1975-b 327-336.

2. Lavronov G.A. Основные итоги научно-исследовательской работы отдела агротехники //
50 лет научно-исследовательской работы по богарному земледелию. -Ташкент, 1965. –
С.16-30.

3. Lavronov G.A. Пшеница в Узбекистане. Тошкент, изд-во «Узбекистан». 1969. –С. 178-
180.

4. Toshqo’ziyev M.M, Shadiyeva N.I. Vliyanie природных и антропогенных факторов на
свойства эродированных почв предгорий бассейна р.Санзар // O’zbekiston tuproqlari va yer
resurslari: ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish: ilmiy-amaliy anjuman materiallari.
14-16 may 2008.-B 85-86 .

5. Tyurin I.V. Органическое вещество почв и его роль в почвообразовании и плодородии.
В.кн. Учение о почвенном гумусе. Москва, Селхозгиз, 1973. -С. 38-64.
6. Shadiyeva N.I. Tog’ va tog’ oldi mintaqasi tuproqlarida gumus hosil bo’lishida o’simlik
qoplamining roli // O’zbekiston biologiya jurnali -Toshkent, 2015 . № 6. –B. 47-49
7.

http://agro.uz

“FARG’ONAAZOT”AJ KORXONASIDAGI QOPLARNI MARKIROVKALASh VA

AVTOMATIK XISOBINI YURITISH

Hamzayev D.I., “Farg’onaazot” AJ, yetakchi muxandisi tarmoq ma’muri.

S.M.Abduraxmonov, f-m.f.n., Farg’ona politexnika instituti.

Annotatsiya:

Maqolada maxsulotlarni zamonaviy markirovkalash tizimi texnologiyasini

ishlab chiqarish jarayonida qo‘llashning axamiyati, maxsulotlarni haridorga yuborilishigacha
nazorat qilinishini avtomatlashtirilgan holda amalga oshirish tashkil etilishi ko‘rsatilgan.
Texnologiyani amaliyotga joriy etish masalalari, dasturiy va texnik sozlashlari asoslari
keltirilgan. Tizim joriy etilgan “Farg’onaazot” AJ da xomashyoni qabul qilishdan boshlab,
tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan davrda tovar va materiallar to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni to‘plashni avtomatlashtirish imkonini berdi.

Kalit so‘zlar:

markirovka, RFID-texnologisi, avtomatik nazorat, dasturiy vosita, texnik

ta’minot, dasturiy ilova.

Ishlab chiqarilgan maxsulotlarni markirovkalash tizimi ishlab chiqarish, transport,

logistika, chorvachilik, parrandachilik, sog‘liqni saqlash, farmasevtika, chakana savdo, va
boshqalar kabi inson faoliyatining turli sohalarida muhim o‘rin tutadi. Bu tizimidan
foydalanishning asosiy sabablari sifatida quydagilarni misol qilishimiz mumkin:


background image

27

- Ishlab chiqarish jarayonida avtomatlashtirish tizimlarini kiritish bilan samaradorlikga

erishish. Markirovkalash tizimi tovarlar va materiallarni tez va oson turini aniqlash va kuzatish
imkonini zaruriyati;

- Markirovkalash tizimlari ishlab chiqarish jarayonining turli bosqichlarida tovarlarning

kelib chiqishi va holatini kuzatish imkoniyati orqali mahsulot tarkibi va sifatini kafolatlash;

- Standartlashtirish. Markirovkalash tizimi mahsulot sifati standartlarini nazorat qilish

bilan sertifikatlashtirish tartib-qoidalarini soddalashtirish;

- Xisob yuritish tizimini avtomatlashtirish. Markirovkalash tizimlaridan foydalanish

inventarizatsiyani nazorat qilish va omborxona va inventarlarni boshqarish uchun ortiqcha
xarajatlarni kamaytirish;

- Maxsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini oldindan prognozlash va klientlarga tayyor

maxsulotlar xaqida oldindan ma’lumotnoma tayyorlash.

- Ishlab chiqarish jarayonida insonning omilini pasaytirish va ish jarayonidagi unig

vaqtini pasaytirish;

- Oshiqcha qog‘oz xujjatlarini ishlab chiqarishdan boshlab haridorga yetib borishgacha

jarayonini optimallashtirish;

- Eski markirovkalash tizimini joriy tizim bilan yangilash bilan moliyaviy sarf xarajatlar

qisqartirildi;

Sanab o‘tilganlar asosida xulosalash mumkmnki, ishlab chiqarish sanoatida maxsulotlarni

markirovkalash jarayonini rivojlantirish va takomillashtirish dolzarb masala.

“Farg’onaazot” AJ korxonasida zamonaviy markirovkalash tizimi, RFID (Radio

Frequency Identification) texnologiyasi - radiochastotali identifikatsiyalash tizimidan
foydalanadi. Ushbu texnologiya tovar va yuklarni insonning bevosita ishtirokisiz texnologik
tizim doirasida avtomatik tarzda qayd etish imkonini beradi. Tizimning ishlashi maxsus RFID
(teglari) yorlig‘i va RFID yorlig‘ida saqlangan ma’lumotlarni o‘qiydigan mikroprotsessorli
qurilmalardan foydalanishga asoslangan.

RFID tegi ma’lumotlarni qabul qilish, saqlash va uzatish mikrochipi va antennalarni dan

iborat. RFID teglari turli formalarida bo‘lishi mumkin. RFID(Radio Frequency Identification)
texnologiyasi - radiochastotali identifikatsiyalash tizimi xisoblanadi. Ushbu texnologiya
yordamida tovar va yuklarni insonning bevosita ishtirokisiz texnologik tizim doirasida avtomatik
tarzda qayd etish imkonini beradi. RFID– texnologiyasinig qo‘llanilishi doimiy ravishda
kengayib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida jarayonni avtomatlashtirish imkoniyatini beradi;

Omborlarda – onlayn ravishda tovar va maxsulotni qaerda joylashgani, uni yuklash tizimini

tezlashishiga, inson ominilining ta’sirini kamayishiga va o‘g‘irlikni oldini olishda;

Ishlab chiqarishda – ishlab chiqrilayotgan maxsulotni xisoblash, texnologik operatsiyalarni

nazorat qilish va tayyor maxsulotni markirovkalash;

Savdo soxasida – tovarlarni yetkazib berish va ishlab chiqarishdan savdo peshtaxtagacha

kuzatish va o‘g‘rilikni oldini olish;

Chovachilikda va parrandachilikda – chorvani inventarizatsiya qilish va xisobini olib borish;

Sog‘liqni saqlash va farmasevtika – bemorlani kartatekasini olib borish va dori darmonlarni

inventarizatsiyasi;

Transport va logistikada – Parkovka shlangbaunlarini ishlatishda va tovarlarni

junatmalarida.

Kutubxonalarda - kitoblarni inventarizatsiya qilish va xisob kitobi;

RFID – teglar o‘z navbatida qo‘llanilishiga qarab quidagi shaklda bo‘lishim mumkin:

Stiker shaklida – tovar va maxsulotga yopishtirladigan xolda; Plastik karta shaklda - bank
kartalarida va SKUD tizimida; Keramik shaklda – avtomobil parkovka qilishda keng ishlatidai;
Braslet shaklda – asosan meditsina keng qo‘llaniladi;

RFID teglari turlari haqida. 1) Aktiv - quvvat manbai (batareya) bilan o‘rnatilgan RFID

teglari aktiv deb ataladi; 2) Passiv RFID teglari - o‘z quvvat manbai bo‘lmagan teglar; 3) Yarim
aktiv (yoki yarim passiv) - aktiv va passiv teglarning funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.


background image

28

Xotirasiga qarab: RO (Read Only), WORM (Write Once Read Many), RW (Read and

Write).

Ishlatiladigan chastotalariga qarab: Past chastotali teglar - LF (low frequency): 30-300

kGs. Amaldagi diapazon 125-134,2 kGs. Ular 1 sm dan 20 sm gacha (maxsulotning o‘llchamiga
qarab) masofada ishlaydi. Yuqori chastotali teglar - HF (high frequency): 3-30 MGs. Amaldagi
diapazon - 13,56 MGs. Ular 20 sm dan 2 m gacha (antennaning sezgirligiga qarab) masofada
ishlaydi. HF RFID chiplari NFC (Near Field Communication) chiplariga o‘xshaydi. Ultra yuqori
chastotali - UHF (ultra high frequency): 300 MGs dan 3 GGs gacha. Qo‘llaniladigan diapazon
860-960 MGs. 100 m gacha radiusda.













1-rasm. Logix POS interfeysi

2-rasm.

Logix ERP dasturiy ta’minti interfeysi

Maxsulotlarni markerlash tizimni korxona shartlaridan kelib chiqib qurildi va sozlanildi.

Korxonada ishlab chiqilgan tayyor mahsulotlarni qoplanish jarayonida maxsus oldtndan
tayyorlab qo‘yilgan yorlig‘ yopishtiriladi. Tayyor maxsulot shu vaqtdan boshlab tizim tarkibiga
kiradi. Maxsulotni keyingi etaplardagi xarakatlari tizim nazoratida bo‘ladi. Xar bir yorliqga ega
bo‘dgan maxsulotlar ma’lumotlar bazasiga avtomatik qayd bo‘ladi. Markirovkalash jarayonini
avtomatlashtirish xodimlarning ish sifatini yaxshilash bilan texnologik jarayonlarning
unumdorligini oshirishga olib keladi. Tizim maxsulotni ishlab chiqarishdan jarayonidan
jo‘natish jarayonigacha avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, mahsulotni
chiqarishda maxsulot har doim ma'lum bir etiketkaga ega bo‘lishi talab qilishini hisobga olish
kerak. Tayyor mahsulot markalash moslamasini boshqarish tizimi nazorati ostida xaridorga yetib
boradi.

Markirovkalash tizimi Logix ERP dasturiy paketi asosida qurilgan. Markirovkalash tizimi

har doim har bir maxsulotning qaerda joylashgani haqida real vaqt rejimida ma’lumot beradi.
Ayni paytda tizim tayyor maxsulot uchun zaruriy hujjatlar yaratadi. Tizimda RFID MOBILE va
RFID POS tizimlaridan foydalangan. Logistika bo‘limidan birlamchi ma’lumotlarning har bir
kiritilishi (hisob-faktura, buyruq-faktura yoki invoys buyurtmasi) bilan RFID POS ma’lumotlari
paydo bo‘ladi va tizimda yangilanadi (3-rasm). Agar zarurat bo‘lsa, onlayn ma’lumot olishi

mumkin. Markirovkalash tizimida
qurilmalardan biri RFID o‘quvchi

3-rasm

RFID MOBILE qurilmasining

yordamida RFID qoplarini skanerlash

jarayoni.


background image

29

qurilmasidir(4-rasm). Yorliqni skanerlaydigan qurilmalar qadoqlangan mahsulotlar haqida
ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, qurilma tizimdagi ma’lumotlarni yangilash
imkoniyatini beradi. Bu jarayonda yana bir imkoniyatini ko‘rsatib o‘tish lozim. Tayyor
mahsulotlarning har bir qadoqlangan qoplari jo‘natilish oxirida chiquvchi mahsulotlarning
umumiy og‘irligi kam yoki ortiqcha bo‘lishi mumkin. Bu ortiqcha vazn yoki kam vazn oxirgi
versiyada umumiy og‘irlikdagi nomuvofiqlikka olib keladi. Bu muammolarni tizim hal qilib,
qadoqlangan mahsulotlar sonini qo‘shadi yoki olib tashlaydi. Skanerlash jarayoni interaktiv
formatda amalga oshiriladi (3-rasm). Bu ma’lumotlarni tekshirish bilan har bir noyob(unikal)
markalash raqamini ko‘rsatadi. Xulosa qilib: “Farg’onaazot” AJ da ishlab chiqarishga qo‘llangan
maxsulotlarni markirovkalash tizimi, moddiy-texnik ta’minot bo‘limi, savdo bo‘limi, qadoqlash
sexi va tayyor mahsulotlarni jo‘natish ishlari takomillashtirib tizimni avtomatlashtiradi. Tizim
joriy etilgandan so‘ng sanab o‘tilgan bo‘limlarning ish samaradorligi 15 foizga oshdi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Сандип Лахири РФИД. Руководство по внедрению = Тҳе РФИД Соурcебоок / Дудников

С.. — Москва: Кудис-Пресс, 2007й. — 312.
2.

М.Ферли. РФИД Смарт Лабелс, 2007й.

3.

Мариан Вонг Ми Ван: «Планирование и взаимодействие механизмов «единого окна» в

АСЕАН», 2014й.
4.

http://shtrih-center.ru/state/rfid_systemy_v_rossii.html.

5.

https://cyberleninka.ru/article/n/isledovanie-i-primenenie-tehnologii-rfid-

radiofrequencyidentification
6.

Путилина М.В «РФИД-технологии в продвижении», Проблемы современной

экономики (Новосибирск) 2014й., 1-4.
7.

Белский В. С., Грибоедова Е. С., сарегородсев К. Д., Чичаева А. А. «Безопасност Рфид-

Систем», , Журнал “Интернатионал Жоурнал оф Опен Информатион Течнологиес”,
2021й.
8.

Гудин М., Зайсев В. «Технология рфид: реалии и перспективы», , “Компоненты и

Технологии», 2003й., 1-2.
9.

Багиров А. И. «РФИД-технология автоматизатсии склада», , «Научный журнал»,

2020й., 2-4.
10.

Куликов М. М., Комиссарова М. А., Назарова И. А. «Перспективы исползования

рфид-технологий в России», Вестник Ростовского государственного экономического
университета (РИНХ), ,
2022й., 3-7.

GAMMA SPECTROMETERS IN NUCLEAR MEDICINE

Himmatov I.F.-Samarkand State University named after Sharof Rashidov

Sergey E.Ulin-

National Research Nuclear University MEPhI (Moscow Engineering Physics

Institute)

Abstract:

This manuscript discusses the application of radiometry in radiation medicine,

focusing on the diverse detectors employed in detecting radiation. The advantages of high-
pressure xenon gamma spectrometers developed by MEPhI researchers are highlighted,
demonstrating their potential superiority in nuclear medicine applications.

Keywords:

Gamma spectrometers, radiation medicine, xenon gamma spectrometers,

energy resolution.

In nuclear medicine, radiometry methods are utilized to measure the intensity of ionizing

radiation traversing a patient's div, discern its energy spectrum, and generate a dynamic three-
dimensional image. Radionuclide medicine employs radiometry for tasks such as qualitative and
quantitative analyses of radionuclides either in a sample (in vitro) or within the patient's div (in
vivo). This includes monitoring shifts in the quality and quantity of radiopharmaceuticals during
certain medical processes, mapping a three-dimensional radiation field around the patient, and

Bibliografik manbalar

Сандип Лахири РФИД. Руководство по внедрению = Тҳе РФИД Соурсебоок / Дудников С.. — Москва: Кудис-Пресс, 2007Й. — 312.

М.Ферли. РФИД Смарт Лабелс, 2007Й.

Мариан Вонг Ми Ван: «Планирование и взаимодействие механизмов «единого окна» в АСЕАН», 2014Й.

http://shtrih-center.ru/state/rfid_systemy_v_rossii.html.

https://cyberleninka.ru/article/n/isledovanie-i-primenenie-tehnologii-rfid-radiofrequencyidentification

Путилина М.В «РФИД-техиологии в продвижении», Проблемы современной экономики (Новосибирск) 2014Й., 1-4.

Белский В. С., Грибоедова Е. С., сарегородсев К. Д., Чичаева А. А. «Безопасност Рфид-Систем», , Журнал “Интернатионал Жоурнал оф Опен Информатион Течнологиес”, 2021Й.

Гудин М., Зайсев В. «Технология рфид: реалии и перспективы», , “Компоненты и Технологии», 2003Й., 1-2.

Багиров А. И. «РФИД-технология автоматизатсии склада», , «Научный журнал», 2020Й., 2-4.

Куликов М. М., Комиссарова М. А., Назарова И. А. «Перспективы исползования рфид-технологий в России», Вестник Ростовского государственного экономического университета (РИНХ),, 2022Й., 3-7.