25
5.
Тожибаев К.Ш., Бешко Н.Ю., Эсанкулов А.С., Батошов А.Р., Азимова Д.Э. Кадастр
флоры Узбекистана: Джизакская област. – Ташкент: Название издателства, 2021.
6
. Бешко Н.Ю. Флора Нуратинского заповедника: дисс.канд.биол.наук. Ташкент, 1999.
LALMIKOR TUPROQLAR VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH
Hayitaliyeva Madina Xudoyor qizi,
Guliston Davlat Universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada , lalmi tuproqlardan samarali foydalanish ,ularni
unumdorligini oshirish haqida ma’lumotlar keltirilgan. Lalmi tuproqlar unumdorligini
oshirishda dukkakli ekinlar yordamida yaxshilash bo’yicha tavsiyalar ko’rsatib o’tilgan.
Kalit sozlar:
Lalmikor tuproqlar, fizik-mexanik xossalar, suv-fizik xossalar, unumdorlik,
mineral va organik o’g’itlar.
Markaziy Osiyoning lalmikor mintaqalarida tarqalgan tuproqlarni o’rganish to’g’risidagi
ma’lumotlar, XIX asrning 50-60 yillarida boshlangan. Respublikamizda keng tarqalgan lalmikor
tuproqlarning xossa-xususiyatlari, unumdorligini belgilovchi asosiy ko’rsatgich, ya’ni gumus
miqdorini saqlash va oshirish bo’yicha ko’plab olimlar A.M Rasulov, M.B Baxodirov, G.A.
Lavranov, X.M. Maxsudov, M.Yu. Yunusov, I. Boboxo’jayev, P.Uzoqov, P.I.Fedotov va
boshqalar turli yillarda tadqiqotlar olib borganlar [5].
Hozirgi kunda O’zbekiston lalmi mintaqasi tuproqlarining xossa va xususiyatlarini
mukammal o’rganish, ularni unumdorligini saqlash va oshirish hozirgi kungi dolzarb
muammolardan biridir.
So’nggi yillarda tog’oldi lalmi tuproqlarning namlik bilan ta’minlanganligi, gumus va
boshqa organik moddalarga kambag’alligi hamda mikrobiologik faolligi past ekanligi
aniqlangan. Keyinchalik ma’lum bo’lishicha, lalmi och tusli bo’z va tipik bo’z tuproqlarning
biogenligi yuqori ekanligi aniqlandi. O’zbekiston lalmi mintaqasi tuproqlarining agrokimyoviy
va agrofizikaviy xossa va xususiyatlarini mukammal o’rganish, ularni unumdorligini saqlash,
hosildorligini oshirish va himoyalash muammolarini bir qator olimlarimiz L.A G’afurova ,I.T
Turopov , P.K. Qo’ziyev, M.M.Toshqo’ziyev, N.I SHadiyeva, A.Adilov, A.J. Ismanov,
G.Mirhaydarova, N.Yu. Abdurahmonov, X.Yusupov, S.Rustamov va bosqalar tatqiq etishgan
[1].
BMT ma’lumoti bo’yicha keyingi 100 yillikda sodir bo’layotgan iqlim o’zgarishlari,
qurg’oqchilik, sahrolanish jarayonlari natijasida tuproq qatlami salbiy kuchlar bosimida
qolayotganini, dunyoning 110 dan ortiq mamlakatlarida tuproqlar tanazzulga uchrab unumdorligi
yo’qotilayotganligi qayd etilgan. Tuproqda to’planadigan gumus miqdori, bir qator omillar va
sharoitlarga bog’liq bo’ladi, biomassa miqdori va sifati, kimyoviy tarkib, muhit, suv-havo,
issiqlik rejimi hamda fizik-mexanik xususiyatlari bilan bog’liq bo’ladi. Gumus tuproq
unumdorligi, g’ovakligi, donadorligi, namligi va havo rejimini yaxshilaydi [2].
Murakkab kimyoviy tarkibida azot saqlovchi yuqori molekular moddalar majmuasi bu-
tuproq gumusidir. So’nngi 15-20 yilda ko’chma chorvachilikda yaylovlardan me’yorda
foydalanmaslik, yirik va mayda shohli chorva mollarini ang’izda ortiqcha boqish va antropogen
ta’sirlar natijasida ozuqa hajmining yo’qolishi-depressiyasi sodir bo’ldi. Yaylovlar depressiyasi
asosan Jizzax, Samarqand , Navoiy, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi
hududlarida kuzatilmoqda
G .A. Lavronov ma’lumotlariga ko’ra, lalmikor maydonlarda gumus miqdori qo’riq
yerlarda 2,5 foiz atrifida bo’lgan bo’lsa yangidan o’zlashtirilgandan so’ng uch yil o’tgach, bu
ko’rsatgich 1,49 foizni tashkil etishi, tuproqqa har yili ishlov berilishi natijasida suv va shamol
eroziyasining kuchayishi hamda o’simliklar o’zlashtira oladigan oziqa moddalarning kamayib
borishi tendensiyasi kuzatilgan [2,3].
M .M Toshqo’ziyev, N.I Shadiyevalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda Turkiston
tog’ tizmasining tog’ va tog’ oldi xududlarida 1000 dan ortiq o’simlik turlari uchrashi qayd
etilgan, Jizzax viloyatida tarqalgan lalmi jigarrang tuproqlarining gumus miqdori 1,58-1,49%,
26
to’q tusli bo’z tuproqlarda 1,33-1,86%, jigarrang tuproqlarda esa 2.41-3,04% ni tashkil etishi
aniqlangan[4].
Lalmikor mintaqalar 5 ta yirik geografik okrugga bo’linadi. O’rta Sirdaryo, Zarafshon
,Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg’ona. Har bir geografik okrugda rel’ef bog’liq ravishda
vertikal tuproq-iqlim mintaqalari bo’yicha quyidagicha joylashgan: Tekislik, tekislik qir-adirlik,
tog’ oldi va tog’li mintaqa. Ushbu mintaqalar bir-biridan dengiz sathidan ko’tarilgan sayin nisbiy
namlikning yuqori bo’lishi, havo haroratining pasayishi, sovuqsiz kunlar sonining qisqarib
borishi, tuproq va o’simlik qoplamining o’zgarishi, tuproq unumdorligining oshib borishi va
o’simliklar qoplamining ko’proq bo’lishi bilan farq qiladi [3].
Tuproqdagi oziq moddalar zaxirasi mineral va organik o’g’itlar solish bilan boshqarilib
turiladi. Tuproq gumus va organik moddalarga boy bo’lsa, unumdor yerlardan yaxshi hosil
olinadi. Tuproq unumdorligini saqlash uchun tuproqqa eroziyaga yo’l qo’ymaydigan usullarda
ishlov beriladi, dala ihota o’rmonzorlari barpo qilinadi, daryo va kanallar qirg’oqi
mustahkamlanadi [7].
Foydalanilgan adabiyotlar :
1. Bahodirov M, Rasulov A. Tuproqshunoslik. Darslik. O’qituvchi. 1975-b 327-336.
2. Lavronov G.A. Основные итоги научно-исследовательской работы отдела агротехники //
50 лет научно-исследовательской работы по богарному земледелию. -Ташкент, 1965. –
С.16-30.
3. Lavronov G.A. Пшеница в Узбекистане. Тошкент, изд-во «Узбекистан». 1969. –С. 178-
180.
4. Toshqo’ziyev M.M, Shadiyeva N.I. Vliyanie природных и антропогенных факторов на
свойства эродированных почв предгорий бассейна р.Санзар // O’zbekiston tuproqlari va yer
resurslari: ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish: ilmiy-amaliy anjuman materiallari.
14-16 may 2008.-B 85-86 .
5. Tyurin I.V. Органическое вещество почв и его роль в почвообразовании и плодородии.
В.кн. Учение о почвенном гумусе. Москва, Селхозгиз, 1973. -С. 38-64.
6. Shadiyeva N.I. Tog’ va tog’ oldi mintaqasi tuproqlarida gumus hosil bo’lishida o’simlik
qoplamining roli // O’zbekiston biologiya jurnali -Toshkent, 2015 . № 6. –B. 47-49
7.
“FARG’ONAAZOT”AJ KORXONASIDAGI QOPLARNI MARKIROVKALASh VA
AVTOMATIK XISOBINI YURITISH
Hamzayev D.I., “Farg’onaazot” AJ, yetakchi muxandisi tarmoq ma’muri.
S.M.Abduraxmonov, f-m.f.n., Farg’ona politexnika instituti.
Annotatsiya:
Maqolada maxsulotlarni zamonaviy markirovkalash tizimi texnologiyasini
ishlab chiqarish jarayonida qo‘llashning axamiyati, maxsulotlarni haridorga yuborilishigacha
nazorat qilinishini avtomatlashtirilgan holda amalga oshirish tashkil etilishi ko‘rsatilgan.
Texnologiyani amaliyotga joriy etish masalalari, dasturiy va texnik sozlashlari asoslari
keltirilgan. Tizim joriy etilgan “Farg’onaazot” AJ da xomashyoni qabul qilishdan boshlab,
tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan davrda tovar va materiallar to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni to‘plashni avtomatlashtirish imkonini berdi.
Kalit so‘zlar:
markirovka, RFID-texnologisi, avtomatik nazorat, dasturiy vosita, texnik
ta’minot, dasturiy ilova.
Ishlab chiqarilgan maxsulotlarni markirovkalash tizimi ishlab chiqarish, transport,
logistika, chorvachilik, parrandachilik, sog‘liqni saqlash, farmasevtika, chakana savdo, va
boshqalar kabi inson faoliyatining turli sohalarida muhim o‘rin tutadi. Bu tizimidan
foydalanishning asosiy sabablari sifatida quydagilarni misol qilishimiz mumkin:
