13
https://cyberleninka.ru/article/n/analiz-protsessa-sushki-mineralnyh-udobreniy-v-barabannom-
apparate.
3. Ахунбаев А.А. Қуритиш барабанида материалнинг ҳаракат параметрлари. Науч.-техн.
Журнал ФерПИ Фергана 2022 Том 26. №2, 92-99 стр.
4. Алтухов А.В. Методология совершенствования и расчета барабанных сушильных
агрегатов. Дисс.... д.т.н.- Шымкент.: 1999. 298 с.
5. Юнин В.А., Захаров А.М., Кузнецов Н.Н., & Зыков А.В. (2020). Процесс сушки
измельченного растительного материала в барабанной сушилке. Известия
Нижневолжского агроуниверситетского комплекса: наука и высшее профессиональное
образование, (1 (57)), 335-349.
6. GLIKIN, P. G. “Transport of Solids Through Flighted Rotation Drums”. Trans IchemE, v 56,
p. 120-126, 1978.
QUDUQLARNI BURG’ILASHDA AVARIYA HOLATLARINI BARTARAF
ETISHNING TEXNIK USULLARI VA BURG’ILASH SAMARADORLIGIGA TA’SIRI
Allanazarov Bayrambay Rustemovich
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti tayanch doktoranti Navoiy davlat
konchilik va texnologiyalar universiteti
Annotatsiya:
Konchilik korxonalarida burg’ilash jarayonlarini amalga oshirishda yuzaga
kelishi mumkin bo’lgan avariya holatlarining kelib chiqish sabablari va avariya holatlarini
bartaraf etish haqidagi asosiy ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Shuningdek, hozirgi kunga kelib
burg’ilanayotgan quduqlarda avariya holatini bartaraf etishning zamonaviy texnik usullari va
avariya holatining burg’ilash samaradorligiga ta’siri haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar:
Konchilik korxonalari,burg’ilash jarayonlari, quduqlar, avariya holatlari,
bosim, harorat, quvurlar, quvurtutqichlar, magnitli frezerlar.
Hozirgi kunga kelib O’zbekiston Respublikasidagi neft va gaz quduqlarini hosil qiluvchi
konchilik korxonalarida zamonaviy burg‘ilash jarayonlarining texnik sharoiti har xil geologik
sxemalarda rejalashtirish maqsadga muvofiqdir. Konchilik korxonalarida burg’ilanayotgan
quduqlarni chuqurligi oshishi bilan qatlamlarning statik bosimini va qatlam ichidagi haroratini
kо‘tarilishi jarayonlarini hosil qilingan burg’ilangan quduqlarda avariya holatlarini keltirib
chiqarishi mumkin. Avariya holatlari asosan burg’ilangan quduqlarga tushirilgan quvurlar
qatlamlar orasida siqilib qolishi, burg’ilangan quduqlarga tushirilgan quvurlarda neft, gaz,
kondensat, turli xil gazlar aralashmasi, turli xil tuproq zarrachalarining og’irligi ortib ketishi yoki
quvur ichiga tiqilib qolishi kabi jarayonlar yuzaga keltiradi [1]. Burg’ilangan quduqlarda
yemiruvchi muhitning darajasi, burg‘ilash eritmasi tuzilmasining buzilishi, burg’ilanayotgan
quduqlarda о‘zgaruvchan qatlam qalinligi va quduq konstruksiyasining noto’g’ri sxemasi
tuzilganligi orqali hosil qilingan quduqlarda avariyalar sodir bo’lishi ehtimoli juda yuqori
bo’ladi. Konchilik korxonalarida burg‘ilash tizmasining pastki qismining chuqurlikga qarab
davom etishi orqali konchilik korxonalarida burg’ilash jarayonlari murakkab holga kelishi
kuzatiladi. Shu sababli ham ko’pchilik konchilik korxonalarida burg’ilash jarayonlarida yuzaga
keladigan avariya holatlarini bartaraf etishning bir qancha sinalgan usullardan foydalanish
nazarda tutilgan. Burg’ilanayotgan quduqlarning chuqurligi ortishi bilan quvurlarning qisilib
qolish holatlarining oldini olish va avariya kelib chiqqan holatda bartaraf etish choralarini ko’rish
lozim. Konchilik korxonalarida burg’ilash jarayonlarida quvurlarning qisilib qolish holati –
asosan burg’ilanayotgan quduqlarning qurilish sxemasida va uni ishlatishda oldindan kо‘rib
bо‘lmaydigan jarayonlarda quvur tizmasi yo’nalishining yoki burg’ilanayotgan quduqlarda
asboblarini harakatining tо‘xtab qolishi kabi holatlarda sodir bo’ladi [2]. Ayrim burg’ilangan
quduqlarda avariya holati yuzaga kelganda maksimal kuch yuklanganda ham tiklash mumkin
emasligi amaliy ma’lumotlarda o’z tasdig’ini topgan. Afsuski, ayrim holatlarda burg’ilanayotgan
14
quduqlarda jarayon joyida to’xtatiladi, sababi burg’ilangan quduq og’zi avariya holati sabab
yopilib qoladi. Bu quduqni burg’ilash esa juda ko’p energiyaning sarf bo’lishiga olib keladi. Bu
esa burg’ilash samaradorligining kamayishi va konning iqtisodiy holatiga zarar yetkazadi.
Quduqlarni burg‘ilash jarayonida quvurlarning qisilishda quyidagi xarakterdagi kuchlar ta’sir
qiladi. Bular burg’ilanayotgan quduqlarga tushirilgan quvurlar mexanik kuch ta’sirida burg‘ilash
tizmasining quduq devoriga qisilishi, quvurdagi bosimning kamayib ketishi va quvur tizmasida
hosil bo’lgan bosim kuchlarining о‘zaro ta’siri misol bo’ladi. Tadqiqotlarimizdan olingan
tekshiruv ma’lumotlari shuni kо‘rsatadiki, konlarda quduqlarni burg‘ilash eritmalari normal
sirkulyatsiya qilinganda aniq bir muddatdan sо‘ng qobiq shakllanish jarayoni va uning yuvilish
oralig‘ida dinamik tenglashuv jarayonlari sodir bо‘ladi. Bu natijalarga qaraganda quduqda
burg’ilangan qobiq qalinligi va burg’i asbobi yo’liga suv uzatish tizimi о‘rtasida barqarorlashuv
sodir bо‘ladi. Burg’ilash jarayonlarida bosimlar farqi ta’sirida burg‘ilash eritmalarining tuzilma-
mexanik xossalari ushlanib qolishlarni sodir bо‘lishiga ta’sir qiladi [3]. Burg‘ilash eritmalarining
xossalarini (tarkibini va kimyoviy, fizik xususiyatlarini) boshqarish orqali kuchli о‘tkazuvchan
jinslar oralig‘ida harakat tо‘xtab turganda hamma vaqt ham quduqlarda quvur devorlariga
taqsimlab qolishlarni oldini olib bо‘lmaydi. Quduqlarni burg‘ilash tezligini oshishi bilan (
burg’ilanayotgan quduq devorlarida harorat va bosimni kо‘tarilishi ) bosimlar quduqqa nisbatan
proporsional bosim kuchining oshishi hisobiga ushlanib qolish xavfi kuchayadi.
Burg’ilanayotgan quduq devorida bosimlar farqi (gidrostatik bosim kuchi va qatlam bosimlari
oralig‘ida) keskin o’zgarishi bilan quduq ustunidagi qattiq jinslar, о‘tkazuvchan qatlamlar
(qumtoshlar,shag’allar, ohaktoshlar va turli xil qattiqlikdagi minerallar) va quduq devorlarini
yuqori bosimda siquvchi kuchlarning mavjudligi, quvur og‘irligini normal tashkil etuvchilariga
ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham burg’ilanayotgan quduq devorlarida о‘tkazuvchan
qatlamlarda ushlanib qolishi natijasida avariya holati sodir bо‘ladi. Bunday turdagi qatlamda
burg’ilanayotgan quduq devorida ushlanib qolishlar quvurlar tizmasi aniq vaqt davomida
harakatsiz qoldirilgan taqdirda, bu vaqt oralig’ida quvur sirtiga filtratsiya qatlami (quvurning
tashqi ta’sir himoyasi, masalan, turli xil zarrachalarning, tuproq qatlamlarining quvur devoriga
o’tib ketishi ) yopishadi, keyinchalik sekin asta burg’ilanayotgan quduq devorlarida quvurlarga
nisbatan bosim farqini vujudga keltiradi. Shuningdek, konlarda burg’ilanayotgan quduqlarda
qatlam devorining nurash jarayonlari burg‘ilash davrida gidrodinamik bosimni asosida siklik
о‘zgarishi holatlari bilan uzviy bog‘liq bо‘lib, burg’ilanayotgan quduqlar uzoq vaqt davomida
mustahkamlanmaganligi sababli ham konchilik korxonalarida burg’ilash inshoatlari tog‘ jinslari
burg’ilanayotgan quduqlar devoridagi katta qiymatdagi bosimga bardosh bera olmaydi [4].
Burg’ilanayotgan quduqlarda ma’lum chuqurlikda quvur devorida avariya holatini bartaraf etish
uchun quvurtutqichlardan foydalaniladi. Quvurtutqichlarning asosiy vazifasi burg’ilanayotgan
quduq ichida tashqi bosim ta’sir kuchi sababli uzilib qolgan quvurlarni ichki devoridan tutib,
yuqoriga olib chiqishdan iborat bo’lib hisoblanadi.(1-rasm c,d). Ushbu jarayonlarda burg’ilangan
quduq devorlaridan quvur devorlariga tirnalib yopishadigan sangalari mavjud. Sangalar asosan
konusli halqaga о‘rnatilgan va bir o’qqa mahkamlangan holatda bo’ladi. Ular konusli halqaga
siljib quvur devorlariga yopishadi va avariya sodir bo’lgan quvurlarga mustahkamlanadi [5].
Quvurtutqichlarning yuqorisida uni tushiradigan quvurga bog‘lash uchun xizmat qiladigan texnik
uchli ulagich magnitli frezerlar, osti qismi esa qolgan quvur og‘ziga tо‘g‘rilab berish uchun
konussimon yо‘naltiruvchi prujinali korpus va gidravlik tutqichlar bilan jihozlanadi. Konchilik
korxonalarida burg’ilanayotgan quduqlarda magnitli frezerlar asosan quduqdan ferromagnit
xossaga ega bо‘lgan metall qoldiqlari (metall zarrachalari) magnitli frezerlar yordamida chiqarb
tashlashda foydalaniladi. Bu frezerlar asosan ikki xil turda bо‘ladi. Bular (1) faqat magnit kuchi
bilan tutuvchi hamda (2) magnit va qopqoq tutqichli turlarga ajratishimiz mumkin. ( 1-rasm a,b).
Bu turdagi frezerlar bilan noferromagnit buyumlar (burg‘ining tishlari, yengil qotishmali metall
jihozlar) tutish uchun metall ushlagichlar bilan faqat bir marta ishlash tavsiya qilinadi. Asosiy
maqsad burg’ilanayotgan quduq devoridagi avariya holati bartaraf etilgandan so’ng quduq
tubidagi qoldiqlarning hammasini chiqarib olish maqsadida quduq mukammal yuviladi. Agar
metall buyumlar magnit qutbdan 1-2 sm masofada joylashgan bо‘lsa, uni tutqichlar о‘ziga yaxshi
15
tortadi. Burg’ilangan quduq tubida yirik jismlar mavjud bо‘lganda, asosan koronkali frezerlar
qо‘llaniladi. Frezerni kо‘tarishdan oldin uni magnit-frezerga beriladigan bosim ta’siri kuchining
yuklanishi miqdor ko’rsatkichlari 40kN-50 kN oralig’idan oshmaslgi kerak [6].
c
d
1-rasm.
(a,b)- Magnitli frezer tutqich turlari:
1- quvur ulagich, 2- tashqi korpus, 3- zarra
tortuvchi magnit, 4-magnitning pastki qutbi, 5-qopqoq (himoya korpusi).
( c )-Quvurlar
ichidagi tutqich.
1-quvur ulagich, 2- oraliq gayka, 3,6-shponkalar, 4- korpus (himoya qismi) , 5-
tutqich sangasi, 7- konusli halqa, 8-rezina manjeti, 9- konussimon yo‘naltiruvchi tizm.
(d)- Universal tutqichlar.
1, 2, 3—quvurlar tutqich vtulkalari joylashish sxemasi, 4- quvur
ulagich, 5- tutqichli korpus (himoya tutqichi); 6-yo‘naltiruvchi karnay (quvur yo’nalishiga
parallel) ; 7-rezina manjet (qatlam himoyalagich); 8- konusli moslama; 9-karnay tutqichi.
Konchilik korxonalarida burg‘ilash quvurlarini avariya holatlarini muvaffaqiyatli bartaraf qilish
kо‘pincha quvurlarning sinish joyini tezkor aniqlash bilan bog‘liq bo’lib hisoblanadi.
Burg‘ilovchi mutaxasislar burg‘ilash quvurlarida avariya sodir bо‘lganini aniqlash bilan
birgalikda maksimal tezlikda ularni yuqoriga kо‘taradi va avariya sodir bo’lgan qismni o’rganib
chiqadilar. Avariya holatini o’rganib chiqish jarayonlarida burg‘ilash tizmasining singan uchi
kо‘tarib olingandan keyin sirt yuzalari tozalanadi, yuviladi va sinish xarakteri (avariya holati
kelib chiqishiga sabab bo’lgan omillar) aniqlab chiqiladi. Undan keyin esa shamlarning soni
hisoblanadi, Avariya holatiga sabab bo’lgan quvurlarning quduqda qolgan qismi va chuqurlik
aniqlanadi. Keyinchalik avariyani bartaraf qilish tartiblari belgilanadi. Burg’ilanayotgan
quduqdagi avariya ishlarini bartaraf qilish asosan burg’ilash jarayonlari olib borilayotgan
obektda yetakchi muhandis rahbarligida va burg‘ilash ustasi tomonidan olib boriladi. Bu
jarayonlar murakkab ishlarda esa bosh muhandis rahbarlik qiladi. Konchilik korxonalarida
burg’ilash jarayonlari olib borilayotgan quduqqa tutqich asboblarni tushirishdan oldin umumiy
jamlanma jihozlar va tutiladigan qismlarining asosiy о‘lchamlari kо‘rsatilgan texnik sxemasi
tuziladi [7]. Burg‘ilash tizmasining texnik sxemasida quduqlarni tutishda yuvuvchi (shlips)
tutqich, metchik yoki kolokol qо‘llaniladi. Burg‘ilash quvurlari birikmasi asboblar yordamida
tutib olingandan keyin unga sekin asta harakat beriladi va quduq yuvila boshlaydi. Bu asboblar
jamlanmasi yordamida quduqlarning ichida qolgan metall zarrachalarini burg‘ilash quvurlarining
tizimi ushlangandan keyin quduqlarni yuvish va asta-sekin harakat berish imkoniyatiga ega
bо‘ladi. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, konchilik korxonalarda burg’ilash jarayonlarini
amalga oshirishda quduqlarni hosil qilish sxemasini tuzib olish zarur. Burg’ilash jarayonlarida
yuzaga kelgan har bir avariya holatini o’rganib chiqish kerak. Shu tariqa burg’ilash jarayonlarida
yuzaga kelgan avariyalar o’z vaqtida bartaraf etish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Горонович С.Н. и др. «Классификация обьектов разработки нефти и газа для
применения технологий строительства горизонтальных скважин в режиме депрессии на
гибких трубах и схемы их аппаратного обеспечения» Оil Gas Журнал – 1997-№ 5.-С 17-27.
2. Басарыгин Ю.М, Будников В.Ф., Булатов А.М «Теория и практика предупреждения
осложнений и ремонта скважин при их строительстве и эксплуатации». Москва Недра
2000. 1,2, 3 том.
16
3. Горонович С.Н. и др. «Классификация обьектов разработки нефти и газа для
применения технологий строительства горизонтальных скважин в режиме депрессии на
гибких трубах и схемы их аппаратного обеспечения» Оil Gas Журнал – 1997-№ 5.-С 17-27.
4. Zhapbasbayev, U.K., Assilbekov, B.K., Kabdolov, S.Z., Khairov, G.B. Modeling of Reservoir
Process Using the Method of Radial Drilling //Drilling. Оil Gas, Semiannual. – Poland, Krakow,
2007. – Vol. 24, №1. – Р. 328.
5. Raximov A.K., Aminov A.M., Raҳimov A.A. «Burg’ilash muhandislar uchun spravochnik»,
Toshkyent, Voris-Nashriyoti- 2008.
6. Сулейманов А.Б., Карапетов К.А., Яшин А.С. Техника и технология капитального
ремонта скважин. М.: Недра,-316 стр.
7. Нифантов В.И. «Технология горизонтального бурения на депрессии с применением
установки гибких шланг» М.: «Нефтегаз» - 2004 - С.187-194.
EKOLOGIK MADANIYAT TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI
Aliyeva Mahfuza Abdujabborovna
Angren Universiteti biologiya fanioʻqituvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada ekologik madaniyat tushunchasi, mohiyati, uning shakllanish shart-
sharoitlari borasida fikr va mulohazalar keltirilgan. Turli tadqiqotchilarning ekologik madaniyat
va uni shakllantirishga doir olib borgan izlanish natijalari va mulohazalari tahliliy bayon
qilingan.
Kalit so‘zlar
: ekologik madaniyat, ekologik ong, ekologik ta’lim, ekologik qadriyat,
ekologik faoliyat, ilmiy-kognitiv munosabat, ruhiy-axloqiy munosabat, amaliy-faol munosabat,
dinamik muvozanat, ibtidoiy madaniyatlar,
Maktab oʻquvchilarining ekologik madaniyatni shakllantirish jarayoni murakkab va nozik
jarayon boʻlib, koʻp jihatdan oʻquvchilarning yosh xususiyatlari va imkoniyatlariga bogʻliq
boʻladi. U insonning tabiiy va ijtimoiy muhiti haqidagi ruhiy va aqliy tarbiyasi birligi asosida
atrof-muhitga, ozodalikka, sogʻlom turmush tarziga nisbatan ilmiy-kognitiv, ruhiy-axloqiy,
amaliy-faol munosabatni shakllantirishga qaratilgan. Chunki faqat ekologik bilimli odamgina
ekologik muammolarni koʻra oladi va ularni bartaraf etishni toʻgʻri tashkil qiladi hamda unda
faol ishtirokchiga aylanadi [1, 2].
Oʻsmirning
atrof-muhitga
munosabati
koʻp
jihatdan
tabiatning
mafkuraviy
konsepsiyasining me'yoriy tomonlari unda shakllantirilgan qadriyatlar tizimi bilan qanchalik
oʻzaro uzviy bogʻlanganligi bilan belgilanadi. Oʻquvchining atrof-muhitga boʻlgan munosabati
darajasi jamiyatdagi ustuvor qadriyatlar, tabiatga munosabatning ijtimoiy ahamiyatga ega
normalari va qoidalari, tashqi tomondan berilgan ekologik ideallarning oʻquvchilar tomonidan
qanchalik darajada idrok etilishi bilan belgilanadi. Tashqi tomondan berilgan normalar va
qoidalarning shaxsning ichki olamiga qabul qilinishi bir qator omillar va shartlar bilan
belgilanadi. Ular orasida oʻsmirning ijtimoiy oʻzaro munosabatlar tizimiga oʻz faoliyati bilan
astoydil qoʻshilishi, ruhiy-irodaviy va boshqa individual xususiyatlari muhim oʻrin tutadi [3].
Odamlar tabiat bilan muloqot qilish, uning qonuniyatlarini anglash jarayonida asta-sekin
oʻzini tutish normalari va qoidalarini oʻrnatib kelgan va tabiatni buzish bilan inson oʻz kelajagini
buzishi mumkinligini tushunib yetgan. Ming yillar davomida xalq an'analari yashash joyini va
Yerdagi barcha hayotiy omillarni saqlashga qaratilgan. Tabiat va uni asrash azaldan turli xalqlar
ijodida muhim oʻrin egallagan. Toʻplangan bilim va koʻnikmalar avloddan-avlodga oʻtib, yerga,
vatanga muhabbat, uni asrab-avaylash zarurati tarbiyalanib kelgan.
Yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida rivojlangan dunyodagi ekologik vaziyat
odamlarning ekologik madaniyatining darajasining pasayishi bilan proporsional holda oʻzgardi,
aniqroq ifodalaganda, ekologik madaniyatni rivojlanishi fan-texnika, turmush tarzining
sivilizatsiyasidan ortda qolib ketdi. Koʻpchilik olimlar, yosh avlodda ekologik madaniyatni
