OROL BO‘YI HUDUDLARIDAGI TURLI YOSHDAGI METABOLIK SINDROMLI BEMORLARNI DIAGNOSTIK TAXLILI VA ULARNI PSIXOLOGIYASIDAGI O‘ZGARISHLAR

Abstract

Mazkur maqolada Orol bo‘yi hududlarida yashovchi turli yoshdagi metabolik sindromli bemorlarning diagnostik tahlili va ularning psixologik holatidagi o‘zgarishlar o‘rganilgan. Ekologik muhitning salbiy ta’siri, noto‘g‘ri ovqatlanish, stress va harakatsiz turmush tarzi metabolik sindromning keng tarqalishiga olib kelayotgani aniqlangan. Tadqiqotda yosh guruhlariga ajratilgan holda kasallik simptomlari, asosiy klinik ko‘rsatkichlar va ularning ruhiy-psixologik muammolari tahlil qilingan. Ayniqsa, depressiya, anksiyete va o‘z-o‘zini past baholash holatlari metabolik sindrom bilan bevosita bog‘liqligi qayd etilgan. Muallif tomonidan bu holatlarni yumshatish maqsadida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, psixologik yordam ko‘rsatish va erta diagnostika tadbirlarini kuchaytirish zarurati ta’kidlangan. 

Medicine, pedagogy and technology: theory and practice
Source type: Conferences
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
https://doi.org/10.5281/zenodo.15292552
CC BY f
216-221
18

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Yaqubova , A., Olimova , D., Otaboyeva , F., & Jumaboyeva , A. (2025). OROL BO‘YI HUDUDLARIDAGI TURLI YOSHDAGI METABOLIK SINDROMLI BEMORLARNI DIAGNOSTIK TAXLILI VA ULARNI PSIXOLOGIYASIDAGI O‘ZGARISHLAR . Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 3(4), 216–221. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/mpttp/article/view/84194
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada Orol bo‘yi hududlarida yashovchi turli yoshdagi metabolik sindromli bemorlarning diagnostik tahlili va ularning psixologik holatidagi o‘zgarishlar o‘rganilgan. Ekologik muhitning salbiy ta’siri, noto‘g‘ri ovqatlanish, stress va harakatsiz turmush tarzi metabolik sindromning keng tarqalishiga olib kelayotgani aniqlangan. Tadqiqotda yosh guruhlariga ajratilgan holda kasallik simptomlari, asosiy klinik ko‘rsatkichlar va ularning ruhiy-psixologik muammolari tahlil qilingan. Ayniqsa, depressiya, anksiyete va o‘z-o‘zini past baholash holatlari metabolik sindrom bilan bevosita bog‘liqligi qayd etilgan. Muallif tomonidan bu holatlarni yumshatish maqsadida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, psixologik yordam ko‘rsatish va erta diagnostika tadbirlarini kuchaytirish zarurati ta’kidlangan. 


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 04, Апрель

216

https://universalpublishings.com

OROL BO‘YI HUDUDLARIDAGI TURLI YOSHDAGI METABOLIK

SINDROMLI BEMORLARNI DIAGNOSTIK TAXLILI VA ULARNI

PSIXOLOGIYASIDAGI O‘ZGARISHLAR

Yaqubova Azada Batirovna

Olimova Dano Shakirovna

Otaboyeva Fazilat Hamdam qizi

Jumaboyeva Asal Rashid qizi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali O‘zbekiston, Xorazm viloyati,

Urganch shahri,

Al-Xorazmiy ko‘chasi 28-uy Tel: +998 (62) 224-84-84

E-mail:

info@urgfiltma.uz

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Orol bo‘yi hududlarida yashovchi turli yoshdagi

metabolik sindromli bemorlarning diagnostik tahlili va ularning psixologik holatidagi
o‘zgarishlar o‘rganilgan. Ekologik muhitning salbiy ta’siri, noto‘g‘ri ovqatlanish,
stress va harakatsiz turmush tarzi metabolik sindromning keng tarqalishiga olib
kelayotgani aniqlangan. Tadqiqotda yosh guruhlariga ajratilgan holda kasallik
simptomlari, asosiy klinik ko‘rsatkichlar va ularning ruhiy-psixologik muammolari
tahlil qilingan. Ayniqsa, depressiya, anksiyete va o‘z-o‘zini past baholash holatlari
metabolik sindrom bilan bevosita bog‘liqligi qayd etilgan. Muallif tomonidan bu
holatlarni yumshatish maqsadida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, psixologik
yordam ko‘rsatish va erta diagnostika tadbirlarini kuchaytirish zarurati ta’kidlangan.

Kalit so‘zlar:

metabolik sindrom, Orolbo‘yi, psixologik o‘zgarishlar,

diagnostika, depressiya, ekologik omillar.

Tadqiqotning dolzarbligi.

Orolbo‘yi hududi ekologik fojia natijasida yuzaga

kelgan jiddiy sog‘liq muammolari bilan yuzma-yuz kelgan mintaqalardan biridir. Orol
dengizining qurib borishi natijasida havodagi zararli chang va toksik moddalarning
ortishi, ichimlik suvi sifati va gigiyena sharoitlarining yomonlashuvi bu yerda
yashovchi aholining umumiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayni paytda,
ushbu hududda yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va boshqa surunkali
noinfeksion kasalliklarning tarqalish sur’ati yuqori bo‘lib, ularning asosiy omillaridan
biri sifatida metabolik sindrom ko‘rsatib o‘tiladi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 04, Апрель

217

https://universalpublishings.com

Metabolik sindromning faqat jismoniy sog‘liq bilan bog‘liq emas, balki insonning

ruhiy va psixologik holatiga ham chuqur ta’sir ko‘rsatishi dolzarb ilmiy-ijtimoiy
muammolardan biridir. Aholining turli yosh guruhlarida bu sindromning qanday
kechayotgani, simptomlar va psixologik muammolarning yoshga qarab qanday
o‘zgarishini tahlil qilish — zamonaviy tibbiyot va psixologiya fanining muhim
yo‘nalishlaridan biri sanaladi[1].

Ushbu tadqiqotning dolzarbligi shundaki, u Orolbo‘yi mintaqasidagi real

ekologik va ijtimoiy vaziyatda metabolik sindromning tibbiy va psixologik oqibatlarini
o‘rganib, hududiy sog‘liqni saqlash tizimi uchun aniq diagnostik va psixoprofilaktik
tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, tadqiqot natijalari asosida
sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan mahalliy profilaktika dasturlarini
ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi.


Kirish.

Orol dengizining qurib ketishi, shu bilan birga, bu hududda yashovchi

aholi salomatligi uchun bir qator salbiy oqibatlarga olib kelgan. Metabolik sindrom
(MS) — bu yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va boshqa surunkali kasalliklar
rivojlanishiga sabab bo‘ladigan bir qator risk omillarini o‘z ichiga olgan klinik
holatdir[2]. Orol bo‘yi hududlarida aholining sog‘liq holati jiddiy darajada
yomonlashgan va metabolik sindromning tarqalish darajasi tobora ortib bormoqda.

Shuningdek, metabolik sindrom nafaqat jismoniy, balki psixologik jihatdan ham

bemorlarning holatini yomonlashtiradi. Bu ilmiy maqolada Orol bo‘yi hududlaridagi
turli yoshdagi metabolik sindromli bemorlarning diagnostik tahlili, ularning
psixologiyasidagi o‘zgarishlar va bu kasallikni bartaraf etish uchun kerakli chora-
tadbirlar haqida so‘z boradi[3].

Metabolik sindromda bir nechta patologik holatlar to‘plami bo‘lib, ular orasida

yuqori qon bosimi, qondagi xolesterol miqdorining o‘zgarishi, qandli diabetga yaqin
holatlar, qorinda yog‘ning ortishi va boshqa omillar mavjud.

Metabolik sindrom, asosan, qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari va o‘limga

olib keladigan boshqa patologiyalarning rivojlanishiga olib keladi[4].

Orol bo‘yi hududlarida metabolik sindromning tarqalishi

Orol dengizining qurib ketishi, shuningdek, hududning ekologik muammolari,

aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Orol bo‘yi hududlarida metabolik
sindromning tarqalishi mamlakatimizning boshqa hududlariga nisbatan ancha yuqori.
Bu yerda aholi, asosan, salbiy ekologik sharoitlar, toza ichimlik suvi yetishmovchiligi,


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 04, Апрель

218

https://universalpublishings.com

mehnat va stressga oid yuqori darajadagi yuklar va noto‘g‘ri ovqatlanish kabi omillar
ta’sirida metabolik sindromdan aziyat chekmoqda[3].

Yosh guruhlari bo‘yicha metabolik sindromning tarqalishi

1.

Yoshlar (15-30 yosh):

Orol bo‘yi hududidagi yoshlar orasida metabolik

sindromga uchrash holatlari juda kam, ammo bu yosh guruhida stress va asabiy holatlar
ko‘paymoqda. Yoshlar orasida ortiqcha vazn va dislipidemiya holatlari avj olmoqda,
bu esa kelajakda metabolik sindrom rivojlanish xavfini oshiradi.

2.

O‘rta yoshdagi bemorlar (30-50 yosh):

Ushbu yosh guruhida metabolik

sindrom eng yuqori darajada kuzatiladi. Aholining aksariyati ortiqcha vazndan, qandli
diabet, yuqori qon bosimi va boshqa kasalliklardan aziyat chekmoqda. Ularning
ko‘pchiligi yomon ovqatlanish, kam harakatlilik va stress bilan bog‘liq muammolarga
duch kelmoqda.

3.

Yoshdan ulg‘aygan bemorlar (50 yoshdan yuqori):

Orol bo‘yi hududidagi

qariyalar orasida metabolik sindromning rivojlanishi yuqori darajada. Ularning
aksariyati yurak-qon tomir kasalliklari va diabet bilan bog‘liq muammolarga duch
kelmoqda. Qariyalar orasida fiziologik o‘zgarishlar, bo‘yinning egilishi va
mushaklarning susayishi kabi holatlar ham metabolik sindromning rivojlanishiga
sabab bo‘ladi.

Metabolik sindrom va psixologik o‘zgarishlar.

Metabolik sindrom bilan

kasallangan bemorlar orasida psixologik o‘zgarishlar ham aniq seziladi. Bu
o‘zgarishlar, asosan, quyidagi holatlar bilan bog‘liq:

Orol bo‘yi hududida metabolik sindrom bilan kasallangan bemorlarda depressiya

holatlari ko‘p uchraydi. Xususan, o‘rta va yuqori yoshdagi bemorlarda bu holat jiddiy
ruhiy muammolarga olib keladi. Depressiya metabolik sindromning og‘irligini
kuchaytiradi, chunki bu holat bemorning umumiy salomatligini yomonlashtiradi va
kasallikni davolashni qiyinlashtiradi.

Metabolik sindromga chalingan bemorlar tez-tez tashvishli holatlarni boshdan

kechiradilar. Stress va asabiylik metabolizm jarayonlarini yomonlashtiradi va bu
holatning davomiyligi bemorlar psixologiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.

Metabolik sindromga chalingan bemorlar o‘zlarini jamiyatdan ajratilgan, ortiqcha

vaznli va befoyda deb his qilishadi. Bu o‘zini past baholash, ijtimoiy izolyatsiya va
umumiy ruhiy holatni yanada yomonlashtiradi[4].

Tadqiqot maqsadi.

Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi — Orolbo‘yi

hududlarida yashovchi turli yoshdagi metabolik sindromli bemorlarning diagnostik


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 04, Апрель

219

https://universalpublishings.com

ko‘rsatkichlarini tahlil qilish hamda ularning psixologik holatidagi o‘zgarishlarni
aniqlashdan iborat.

Tadqiqot orqali metabolik sindromning yoshga qarab qanday kechishini, asosiy

klinik belgilarining intensivligi va u bilan bog‘liq ruhiy salomatlik muammolarini
(depressiya, tashvish holatlari, o‘zini past baholash va boshqalar) aniqlash maqsad
qilingan. Shuningdek, tadqiqot natijalariga tayangan holda, ushbu bemorlar uchun
samarali diagnostik, terapevtik va psixoprofilaktik yondashuvlarni ishlab chiqishga
xizmat qiluvchi ilmiy asoslar yaratish ham ko‘zda tutilgan.

Tadqiqot metodlari.

Ushbu tadqiqotda Orolbo‘yi hududlarida yashovchi 15

yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan metabolik sindromli bemorlar ishtirok etdi. Tadqiqot
davomida bemorlarning umumiy jismoniy va ruhiy salomatligini baholash uchun bir
nechta diagnostik usullardan foydalanildi. Dastlab klinik va laborator tahlillar
o‘tkazilib, bemorlarning tana massasi indeksi, bel atrofi o‘lchami, qon bosimi, qon
glyukozasi, umumiy xolesterin, HDL, LDL va triglitserid darajalari aniqlandi. Bu
ko‘rsatkichlar metabolik sindrom tashxisini aniqlashda asosiy mezonlar sifatida xizmat
qildi. Shuningdek, bemorlarning psixologik holatini o‘rganish uchun bir nechta
standart psixometrik testlardan foydalanildi. Jumladan, depressiya darajasini baholash
uchun Beck depressiya shkalasi, tashvish (anksiyete) holatini aniqlash uchun
Spielberger anksiyete shkalasi, bemorlarning o‘z-o‘zini baholash darajasini aniqlash
uchun esa Rosenberg shkalasi qo‘llanildi. Ushbu testlar bemorlarning yosh toifalariga
qarab alohida tahlil qilindi. Bemorlarning kundalik hayot tarziga, kasallikka bo‘lgan
munosabati va psixologik muammolarini aniqlash maqsadida yarim tuzilgan
intervyular va sotsiologik so‘rovnomalar o‘tkazildi. Olingan barcha ma’lumotlar
Microsoft Excel va SPSS statistik dasturlari yordamida tahlil qilindi, natijalar asosida
klinik va psixologik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanib, korelyatsiya va
regressiv tahlillar bajarildi. Metodlar tanlovi tadqiqot maqsadi va hududdagi real
epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib belgilandi.

Tadqiqot natijalari.

O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Orolbo‘yi

hududlarida metabolik sindromning tarqalishi yuqori bo‘lib, ayniqsa 30 yoshdan
oshgan aholida kasallik alomatlari yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Klinik ko‘rsatkichlar
tahliliga ko‘ra, ishtirokchilarning katta qismida bel atrofi normadan yuqori bo‘lib, tana
massasi indeksi ortiqcha vazn yoki semizlik darajasida ekanligi aniqlandi. Laborator
tahlillar natijasida esa qondagi glyukoza va triglitserid miqdorining oshganligi, HDL
xolesterinning esa past darajada ekanligi kuzatildi. Ayniqsa, 45–60 yoshli guruhda


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 04, Апрель

220

https://universalpublishings.com

metabolik sindromning to‘liq simptomlari bilan kechayotgan holatlar ko‘pchilikni
tashkil etdi. Psixologik tekshiruvlar natijasida bemorlarning katta qismida depressiya
va anksiyete darajalari o‘rtacha va yuqori darajada ekani qayd etildi. Rosenberg
shkalasi asosida o‘z-o‘zini baholash darajasi past bo‘lgan bemorlar soni sezilarli bo‘ldi,
bu esa metabolik sindromning ruhiy salomatlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatayotganini
anglatadi. Yosh guruhlar bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatdiki, 15–30 yoshli bemorlarda
metabolik sindromning alomatlari kamroq bo‘lsa-da, psixologik jihatdan stress va
xavotir holatlari yuqoriligi sababli risk guruhiga kiradi. 31–50 yoshdagi bemorlar
orasida kasallikning to‘liq klinik ko‘rinishi va psixologik buzilishlar eng yuqori
darajada kuzatildi. 50 yoshdan yuqori bemorlarda esa metabolik sindrom yurak-qon
tomir va endokrin tizim muammolari bilan birgalikda ancha og‘ir kechayotgani
aniqlandi. Statistik tahlillar klinik ko‘rsatkichlar bilan psixologik holatlar o‘rtasida
bevosita bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi. Jumladan, tana massasi indeksi va bel atrofi
kattaligi ortgani sari depressiya darajasi ham oshib borayotganligi kuzatildi.
Natijalarga ko‘ra, metabolik sindromli bemorlar uchun nafaqat jismoniy, balki
psixologik yondashuvni ham o‘z ichiga olgan kompleks davolash muhim ekani
aniqlangan.

Xulosa.

O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Orolbo‘yi hududlarida

metabolik sindromning tarqalishi yuqori bo‘lib, ayniqsa 30 yoshdan oshgan aholi
orasida bu sindromning barcha klinik alomatlari kuzatilmoqda. Ekologik omillar,
noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikning pasayishi va surunkali stress metabolik
sindrom rivojlanishining asosiy sabablaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Bemorlar orasida tana massasi indeksi va bel atrofi kattaligi, qon bosimining
yuqoriligi, glyukoza va lipid almashinuvining buzilishi kabi belgilar keng tarqalgan.
Bundan tashqari, metabolik sindromli bemorlar orasida psixologik muammolar —
depressiya, anksiyete va o‘zini past baholash holatlari yuqori darajada aniqlangan
bo‘lib, bu ularning kasallik bilan kurashish qobiliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.
Tadqiqot metabolik sindromga qarshi kurashishda faqat tibbiy davolash bilan
cheklanmasdan, psixologik yondashuvni ham tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish
zarurligini ko‘rsatadi. Hududda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy
faollikni oshirish, ruhiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan profilaktik
dasturlarni kuchaytirish, shuningdek, erta diagnostika va muntazam monitoring
tizimini yo‘lga qo‘yish orqali metabolik sindromning salbiy oqibatlarini kamaytirish
mumkin.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 04, Апрель

221

https://universalpublishings.com

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

L.M.Abdujabbor o’g’li, “Metabolik sindromda o’pkaning respirator qismining

marfologiyasi.,”

Mod. Educ. Syst. Innov. Teach. Solut.

, vol. 1, no. 5, pp. 247–250,

2025.

2.

S.S.Sobirovna and I. S. Utkurovna, “Faol reproduktiv yoshdagi ayollarda

tuxumdonlar polikistozi turli shakllarining gormonal va metabolik xususiyatlarini
qiyosiy tahlil qilish,” in

Uz Conferences

, 2025, pp. 245–255.

3.

Т.А.Киличева

and

М.М.Алимова,

“Клиническое

течение,

противорецидивная терапия и профилактика острых и хронических
пиелонефритов у детей,”

Актуальные научные исследования в современном мире

,

no. 5–3, pp. 59–61, 2017.

References

L.M.Abdujabbor o’g’li, “Metabolik sindromda o’pkaning respirator qismining marfologiyasi.,” Mod. Educ. Syst. Innov. Teach. Solut., vol. 1, no. 5, pp. 247–250,

S.S.Sobirovna and I. S. Utkurovna, “Faol reproduktiv yoshdagi ayollarda tuxumdonlar polikistozi turli shakllarining gormonal va metabolik xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish,” in Uz Conferences, 2025, pp. 245–255.

Т.А.Киличева and М.М.Алимова, “Клиническое течение, противорецидивная терапия и профилактика острых и хронических пиелонефритов у детей,” Актуальные научные исследования в современном мире, no. 5–3, pp. 59–61, 2017.