TIBIYOT KLASTERINING AVZALIKLARI

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasidagi Islohatlar qanday moliyalashtitishi hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni so‘nggi yillarda jadal sur'atlar bilan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek ushbu islohotlarning asosiy maqsadi mamlakat aholisining salomatligini yaxshilash, sog‘liqni saqlash xizmatlarini yangilash va ularning sifatini oshirishdan iboratligi ham takidlab o‘tilgan.

Medicine, pedagogy and technology: theory and practice
Source type: Conferences
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
https://doi.org/10.5281/zenodo.15092320
CC BY f
251-257
32

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Ismoilova , D., & Panjiyev , Z. (2025). TIBIYOT KLASTERINING AVZALIKLARI. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 3(3), 251–257. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/mpttp/article/view/76865
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus
Medicine, pedagogy and technology: theory and practice

Keywords:

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasidagi Islohatlar qanday moliyalashtitishi hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni so‘nggi yillarda jadal sur'atlar bilan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek ushbu islohotlarning asosiy maqsadi mamlakat aholisining salomatligini yaxshilash, sog‘liqni saqlash xizmatlarini yangilash va ularning sifatini oshirishdan iboratligi ham takidlab o‘tilgan.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 03, Март

251

https://universalpublishings.com

TIBIYOT KLASTERINING AVZALIKLARI

Termiz davlat pedagogika instituti

Tabiiy va aniq fanlar fakulteti

Texnologiya va geografiya kafedrasi

o’qituvchisi

Ismoilova Dilfuza Ibodullayevana

Geografiya ta’lim yo’nalishi

1- bosqich talabasi

Panjiyev Ziyodullo Karim o’g’li

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasidagi

Islohatlar qanday moliyalashtitishi hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasidagi
islohotlarni so‘nggi yillarda jadal sur'atlar bilan amalga oshirilgan ishlar haqida
ma’lumotlar berilgan. Shuningdek ushbu islohotlarning asosiy maqsadi mamlakat
aholisining salomatligini yaxshilash, sog‘liqni saqlash xizmatlarini yangilash va
ularning sifatini oshirishdan iboratligi ham takidlab o‘tilgan.

Kalit so’zlar:

Klaster, shifokor, qishloq vrachlik punktlari, salomatlik, JSST,

Sug’urta, Soliq, Yuridik va jismoniy shaxs, reproduktiv salomatlik, kasallik,
epidemiya, aholi, tibbiy xizmat, tez tibbiy yordam, ekologiya.

Abstract:

This article provides information on how Uzbekistan's health care

reforms are interpreted in the world and the rapid implementation of Uzbekistan's
health care reforms in recent years. It was also noted that the main goal of these reforms
is to improve the health of the country's population, update healthcare services and
increase their quality.

Keywords:

healthcare system reform, medical education, healthcare

infrastructure, telemedicine, prevention and health promotion, international
cooperation

Аннотация:

В данной статье представлена информация о том, как реформы

здравоохранения Узбекистана интерпретируются в мире, а также о быстрой
реализации реформ здравоохранения Узбекистана в последние годы. Также было
отмечено, что основной целью данных реформ является улучшение здоровья
населения страны, обновление медицинских услуг и повышение их качества.
Ключевые слова: реформа системы здравоохранения, медицинское образование,
инфраструктура здравоохранения, телемедицина, профилактика и укрепление
здоровья, международное сотрудничество.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 03, Март

252

https://universalpublishings.com

Ключевые слова:

реформа системы здравоохранения, медицинское

образование, инфраструктура здравоохранения, телемедицина, профилактика и
укрепление здоровья, международное сотрудничество.

Klaster

siyosati

klaster

tarkibiga

kiruvchi

korxonalarning

raqobatbardoshligini oshirish, ularning shakllanishini ragʻbatlantiruvchi institutlarni
rivojlantirish, shuningdek, innovatsiyalarni joriy etishni taʼminlaydigan klasterlar va
klaster tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat va jamoat chora-tadbirlari
va mexanizmlari majmuidir.

Mamlakat yoki mintaqaning klaster siyosati uni amalga oshirishning taʼsiri va

xatarlari nuqtai nazaridan optimallashtirilgan klaster tashabbuslari portfelini qoʻllab-
quvvatlash boʻyicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar sifatida taqdim etilishi
mumkin.

Davlat klaster siyosati, mintaqaviy klaster siyosati va tarmoq klaster siyosatiga

boʻlinadi

Klaster siyosati odatda muayyan korxonalar yoki tarmoqlarni qoʻllab-

quvvatlashga qaratilgan, anʼanaviy „sanoat siyosati“ning muqobili sifatida qaraladi.

Rossiya

Federatsiyasining

Iqtisodiy

rivojlanish

vazirligi

Rossiya

Federatsiyasining klaster siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, ushbu masalada
ijro etuvchi hokimiyat organlarini muvofiqlashtirish va davlat tomonidan qoʻllab-
quvvatlash choralarini shakllantirish uchun javobgardir. Mintaqaviy darajada klaster
siyosati Rossiya Federatsiyasining federal okruglari va sub’ektlarining strategiyasi
doirasida shakllantiriladi va mintaqaviy ijro etuvchi hokimiyat organlari va klasterni
rivojlantirish markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Tarmoqlarda klaster siyosatini
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun tegishli vazirliklar (Rossiya Qishloq xoʻjaligi
vazirligi, Rossiya sanoat vazirligi va boshqalar) mas’uldir. 2010-yildan beri Rossiyada
klasterni rivojlantirish markazlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari
amalga oshirilmoqda. 2012-yilda Rossiya hukumati davlat tomonidan qoʻllab-
quvvatlanadigan innovatsion hududiy klasterlar roʻyxatini tuzdi. Klaster yondashuvi
davlat dasturlarini, federal okruglarning strategiyalarini, Rossiya Federatsiyasi
sub’ektlarining strategiyalarini shakllantirishda qoʻllanadi. Klaster siyosatining asosiy
yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

Klasterlarni institutsional rivojlantirishga koʻmaklashish; korxonalarning

raqobatbardoshligini oshirish va ularning oʻzaro hamkorligi samaradorligini orttirishga


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 03, Март

253

https://universalpublishings.com

qaratilgan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqish; federal
darajada innovatsion hududiy klasterlar roʻyxatini shakllantirish va ularni qoʻllab-
quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; klasterlarni rivojlantirish uchun
qulay shart-sharoitlarni shakllantirishni taʼminlash, shu jumladan, kasb-hunar taʼlimi
tizimi samaradorligini oshirish, korxonalar va taʼlim tashkilotlari oʻrtasidagi
hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish, muhandislik-transport infratuzilmasini,
uy-joy qurilishini rivojlantirishga maqsadli investitsiyalarni yoʻnaltirish. Klaster
siyosati tanqidchilari quyidagilarni taʼkidlaydilar:

Ishlab chiqarishning maʼlum bir hududda klaster doirasida kontsentratsiyasi

mintaqa iqtisodiyotining barqarorligini pasaytiradi, uning diversifikatsiyasini
pasaytiradi;

Maʼlum bir hududda klasterda ishlaydigan odamlarning ustunligi innovatsiyalarni

kamaytiradi, chunki bu koʻp jihatdan sezilarli darajada farq qiladigan bilim va tajribaga
ega boʻlgan odamlarning aloqasi natijasidir; qarama-qarshi yondashuv oʻz-oʻzini qayta
ishlab chiqaradigan guruh fikrini, eski gʻoyalarni, stereotiplarni va yondashuvlarni
takrorlashni keltirib chiqaradi;

Klaster shakllanishini ragʻbatlantirish anʼanaviy sanoat siyosati chora-tadbirlari

bilan bir xil subsidiya hisoblanadi.

Sovet davridan beri maʼlum boʻlgan avtomobil klasteri Samara viloyatida

joylashgan Samara-Tolyatti avtomobil klasteri.

Muvaffaqiyatli rivojlanayotgan klasterning yana bir misoli Kaluga boʻlib, u yerda

avtomobillar va avtokomponentlar ishlab chiqarish klasteri faol rivojlanmoqda, uning
yadrosi Volkswagen, Volvo Truck, PeugeotCitroen alyansi va Mitsubishi Motors
hisoblanadi.

Skolkovo innovatsion markazi Rossiyani modernizatsiya qilishning ustuvor

tarmoqlarida (telekommunikatsiya, tibbiy asbob-uskunalar, energiya samaradorligi,
axborot texnologiyalari va boshqalar) faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun maxsus
iqtisodiy shart-sharoitlarni taʼminlash uchun moʻljallangan, qurilayotgan ilmiy-
texnologik majmuadir.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida klaster siyosatini rivojlantirishga qaratilgan

koʻplab

loyihalar

amalga

oshirilmoqda.

Masalan,

Yevropa

klister

observatoriyasi Yevropadagi klasterlarni aniqlash va ularni tahlil qilishni maqsad
qilgan.

O‘zbekistonning har bir viloyatida yirik tibbiy muassasalar asosida “tibbiyot

klasterlari” tashkil etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 03, Март

254

https://universalpublishings.com

saqlash sohasini isloh qilishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi
Qayd etilishicha, Guliston shahridagi Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika
ilmiy markazi filiali va viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasi bir hududda bo‘lib, unga
tutash yoki atrofida 10 ga yaqin tibbiyot muassasasi joylashgan. Ularni viloyat ko‘p
tarmoqli shifoxonasiga yagona boshqaruv asosida birlashtirib, “tibbiyot klasteri”ga
aylantirish, tibbiyot kolleji negizida tibbiyot oliygohini tashkil etish uchun barcha
zaruriy infratuzilma mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi.

“Ushbu tibbiyot muassasalarini viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasiga yagona

boshqaruv asosida birlashtirib, “tibbiyot klasteri”ga aylantirish, tibbiyot kolleji
negizida tibbiyot oliygohini tashkil etish uchun barcha zaruriy infratuzilma mavjud.

Hududlarda tibbiy xizmat ko`rsatish barcha yo`nalishlar bo`yicha bir joyga
mujassamlashtirilishi — ilg`or va samarali amaliyot. Yangi O`zbekistonning
Taraqqiyot strategiyasida bu borada ham ishlar mavjud Xususan: Namangan, Farg`ona,
Sirdaryo, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida tibbiyot klasterlari
tashkil etiladi; Qashqadaryoda bolalar shifoxonasi, tug`ruq kompleksi, skrining
markazi, reproduktiv salomatlik markazi joylashgan mujassam bir kompleks “Ona va
bola” klasteri barpo etiladi. Ushbu klaster bola tug`ilishidan boshlab, to 18 yoshga
to`lgunga qadar bir joyda kompleks tibbiy xizmat olish imkoni yaratiladi.

Chirchiq, Yangiyo`l, Olmaliq, Nurafshon shaharlarida hamda Shayhontahur

tumanida poliklinika va stasionar muassasalarni birlashtirgan holda aholiga tibbiy
xizmat ko`rsatishda qulayliklar yaratiladi.

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida “Guliston tibbiyot klasteri”ning birinchi

bosqichi ish boshladi. U 520 oʻrinli boʻlib, 5 ta davolash muassasasi va viloyat
diagnostika markazi negizida tashkil etildi. Bunda barcha boʻlimlar, diagnostika va
laboratoriya tekshiruvlari markazlashib, bir bino ichida joylashadi. Tibbiyot klasteri
tashkil etilishi orqali davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy etish uchun toʻlaligicha
zamin yaratiladi. Qolaversa, tibbiyotda innovatsiya va biotexnologiya ishlari uchun
yoʻl ochiladi. Tibbiy yordam koʻrsatishning uchinchi darajasida tibbiy xizmat
koʻrsatishning yangi modeli yaratilib, endovaskulyar xirurgiya, kardioxirurgiya,
yuqori texnologik davolash usullari, transplantatsiya xizmatlari tibbiyot klasterida
toʻlaligicha yoʻlga qoʻyiladi.

Bemorni davolashda bir vaqtning oʻzida kardiolog, okulist yoki endikrinolog

maslahati kerak boʻlishi mumkin. Bunda, boshqa davolash muassasasida zarur
mutaxassis koʻrigidan oʻtib, ularni xulosasini olib ovorayu sarson boʻlishi, vaqt


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 03, Март

255

https://universalpublishings.com

sarflashi kerak boʻlardi. Tibbiyot klasterida esa bu kabi ovoragarchiliklarni oldi
olinadi. Bemor “bir tom ostida” barcha zarur muolaja va maslahatlarni olib vaqtini
ham, mablagʻini ham tejaydi.

Guliston tibbiyot klasterining birinchi bosqichida terapiya boʻlimi yangi binoda

ishga tushdi va bu bino eng zamonaviy jihozlar bilan taʼminlandi. Rossiya, Belarus va
Turkiyada malaka oshirib qaytgan, yangi hamda zamonaviy tibbiyot jihozlarini
bemalol ishlata oladigan malakali shifokorlar esa soha samaradorligini yanada
oshiradi.

— Yaratilgan shart-sharoitlar haqida eshitgan ayrim malakali shifokorlarimiz

arab davlatlari, misol uchun Yamandan qaytib oʻzimizda ishlash istagini
bildirishmoqda, 40 yillik tajribamdan kelib chiqib aytadigan boʻlsam, hozirgi
yaratilgan sharoitlar bundan 20 yil avvalgilardan yer bilan osmoncha farqi bor. Juda
ilgarilab ketdik. Bizning tibbiyotdagi eng yaxshi jihatimiz nima bilasizmi? Barcha
bemorlar oʻziga zarur tibbiy yordamni qisqa vaqt oraligʻida olish imkoni bor, boshqa
davlatlardagi kabi bir necha xafta navbat kutib turmaydi". Masalan, zarur hollarda
shoshilinch tibbiy yordam navbatsiz koʻrsatiladi. Rejali kelgan bemorlar esa yoʻllanma
bilan qabul qilinadi. Koʻp narsalarni xorijga solishtirishni yaxshi koʻramiz. Xorijiy
davlatlarda bir necha marta boʻlib, ularning tajribasini oʻrganish jarayonida shunga
guvoh boʻldimki, baʼzi bir operatsiyalar uchun bemorlar 3-5 oygacha navbat kutishadi.

Baʼzida bemorni holati oʻta jiddiy boʻlsa, tezlik bilan jarrohlik amaliyotlarini

oʻtkazamiz yoki boshqa davo choralarini koʻllaymiz. Hozir yuqori texnologik jarrohlik
amaliyotlari ham viloyatda amalga oshirili joriy qilinmoqda. Misol uchun, bir necha
yillar muqaddam faqat chet elda qilingan jarrohliklardan biri endoprotez (son
boʻgʻimidagi kosachaning bosh chanogʻini almashtirish) oʻrnatish uchun hozirda
malakali shifokorlar va maxsus zamonaviy tibbiy qurilmalar oʻzimizda yetarli. Oʻtgan
yil viloyat miqyosida bu kabi 30ta jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Ayni vaqtda bir hisob-kitob qilib koʻrdik. Oʻtgan yil ikki ming nafar bemor

Toshkentga borib davolangan. Bemorlarga qulaylik yaratish, Toshkentga borib-kelish
sarf-xarajatlarini kamaytirish maqsadida hech boʻlmaganda bu kabi bemorlarning 50
foizini oʻzimizda davolashga harakat qilamiz. Kerak boʻlsa, poytaxtdan shifokor
chaqiramiz. Hozir joylardagi mutaxassislar bilan bogʻlanib, jarrohlik amaliyotiga
muhtoj bemorlarni bizga yuborishlarini tushuntirayapmiz. Negaki klasterimiz maxsus
laboratoriyalar va zamonaviy jihozlar bilan jihozlangani bois, imkoniyatlarimiz
kengaymoqda.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 03, Март

256

https://universalpublishings.com

Oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biri tizimga davlat tibbiy sugʻurtasi

mexanizmlarini toʻliq joriy etish. Ana shunda aholining barcha qatlamlariga kerakli
tibbiy yordam koʻrsatish shart-sharoitlari va moliyaviy imkoniyatlari yaratiladi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugungi hududlarga tashrifi avvalida
Termiz shahrida bunyod etilayotgan 300 o‘rinli tibbiyot klasteri qurilishi bilan tanishdi.
Kompleks atrofini obodonlashtirish, yashil zonalar barpo etish, ichki jihozlash
ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

Soha mutasaddilari kompleksga eng malakali, sohadagi ilg‘or tajribaga ega

shifokorlarni tanlov asosida ishga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar
yuzasidan axborot berishdi. Viloyat rahbari barcha zamonaviy sharoitlarga ega
klasterni tashkil etish bilan ish bitmasligini, uning mazmuniga – sifatli va eng so‘ngi
zamon talablari darajasida tibbiy xizmat ko‘rsata oladigan kadrlar bilan ta’minlash
zarurligini qayd etdi. Shundan so‘ng, viloyat rahbarining hududlarga tashrifi Termiz
tumanida davom etdi. Og‘ir hudud sifatida tanlab olingan, “qizil” toifadagi “Sharof
Rashidov” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Tuman rahbarlari,
kommunal sohadagi viloyat boshqarmalari mutasaddilari mahallada amalga
oshiriladigan ishlarni taqdimot qilishdi. Viloyat rahbari mahalla hududini ko‘zdan
kechirib, mavjud holatni ko‘zdan kechirdi. Aholi bilan muloqot qilib, ularning
muammolarini tingladi. Mas’ullarga aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hal etish
bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respulikasi Ilmiy texnikaviy va tibbitot hujjatlari Markaziy davlat

arxivi . M-372-fond, 1-ro‘yxat , 82-yig‘ma jild, 11-varaq.

2. Karimov I.A. “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobini

o‘rganish bo‘yicha o‘quv uslubiy qo‘llanma –Toshkent: O‘zbekiston, 2012- B 89.

3. Rustamova X.E. Stojarova. N.K. Tibbiyot tarixi. Toshkent2014.191-bet. 3

O‘zbekiston Respulikasi Ilmiy texnikaviy va tibbitot hujjatlari Markaziy davlat arxivi
. M372-fond, 1-ro‘yxat , 82-yig‘ma jild, 11-varaq.

4. Karimov I.A. “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobini

o‘rganish bo‘yicha o‘quv uslubiy qo‘llanma –Toshkent: O‘zbekiston, 2012- B 89. 4.
Rustamova X.E. Stojarova. N.K. Tibbiyot tarixi. Toshkent2014.191-bet.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 03, Март

257

https://universalpublishings.com

5. O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika Qo‘mitasi hisobotlari. 2010 yil. –

B.15

6. O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika Qo‘mitasi

„Распоряжение от 17

ноября 2008 г. N 1662-р с сайта Консультант-плюс“. 2008-yil 18-dekabrda asl
nusxadan arxivlangan.
Qaraldi: 2009-yil 27-fevral.

7.↑ V sootvetstvii s Metodicheskimi rekomendatsiyami Minekonomrazvitiya

Rossii

[sayt ishlamaydi]

8↑ „Invest in Samara“. 2017-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.

Qaraldi: 2017-yil 24-oktyabr.

9↑ Andrey Pushkin. Pravovoy rejim inostrannix investitsiy v Rossiyskoy

Federatsii. — M.: Alpina Pablisher, 2012. — S. 216. — ISBN 978-5-9614-1954-2.

10.↑ „Европейская кластерная обсерватория“. 2012-yil 20-avgustda asl

nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 14-may.

References

O‘zbekiston Respulikasi Ilmiy texnikaviy va tibbitot hujjatlari Markaziy davlat arxivi . M-372-fond, 1-ro‘yxat , 82-yig‘ma jild, 11-varaq.

Karimov I.A. “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobini o‘rganish bo‘yicha o‘quv uslubiy qo‘llanma –Toshkent: O‘zbekiston, 2012- B 89. 3. Rustamova X.E. Stojarova. N.K. Tibbiyot tarixi. Toshkent2014.191-bet.

O‘zbekiston Respulikasi Ilmiy texnikaviy va tibbitot hujjatlari Markaziy davlat arxivi . M372-fond, 1-ro‘yxat , 82-yig‘ma jild, 11-varaq.

Karimov I.A. “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobini o‘rganish bo‘yicha o‘quv uslubiy qo‘llanma –Toshkent: O‘zbekiston, 2012- B 89. 4.Rustamova X.E. Stojarova. N.K. Tibbiyot tarixi. Toshkent2014.191-bet.

O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika Qo‘mitasi hisobotlari. 2010 yil. – B.15

O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika Qo‘mitasi „Распоряжение от 17 ноября 2008 г. N 1662-р с сайта Консультант-плюс“. 2008-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-fevral.

↑ V sootvetstvii s Metodicheskimi rekomendatsiyami Minekonomrazvitiya Rossii[sayt ishlamaydi]

↑ „Invest in Samara“. 2017-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-oktyabr.

↑ Andrey Pushkin. Pravovoy rejim inostrannix investitsiy v Rossiyskoy Federatsii. — M.: Alpina Pablisher, 2012. — S. 216. — ISBN 978-5-9614-1954-2.

↑ „Европейская кластерная обсерватория“. 2012-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 14-may.