МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 03, Март
226
https://universalpublishings.com
MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY HAYOTI VA UNING “YOSHLARGA
MUROJAAT” MAQOLASI
ЖИЗНЬ МАХМУДХОДЖИ БЕХБУДИ И ЕГО СТАТЬЯ «ОБРАЩЕНИЕ
К МОЛОДЕЖИ»
THE LIFE OF MAHMUDKHOJA BEHBUDI AND HIS ARTICLE
“ADDRESS TO THE YOUTH”
Yodgorova Soliha Obidjon qizi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
islomshunoslik mutaxassisligi 1-bosqich magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, jadidchilik
harakatidagi o‘rni, uning matbuot va ta’lim sohasidagi xizmatlari Behbudiyning
publitsistik faoliyati orqali Turkiston xalqlari orasida ilm-ma’rifatni rivojlantirishga
ulkan hissa qo‘shgani haqida atroflicha ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, uning
“Yoshlarg‘a murojaat” maqolasi tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar: Mahmudxo‘ja Behbudiy, jadidchilik, matbuot, ta’lim, ma’rifat,
Turkiston, milliy uyg‘onish, Yoshlarga murojaat.
Jadidchilik harakatining eng yirik namoyandalaridan biri, ma’rifatparvar,
publitsist, noshir va dramaturg Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875-yil 19-yanvarda
Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog’ida tug’ilgan. Uning otasi Behbudxo‘ja
Solihxo‘ja o‘g’li diniy olim bo‘lib, Ahmad Yassaviy avlodlaridan hisoblanadi.
Behbudiy dastlab otasidan Qur’on ilmini oʻrgangan va qorilik martabasiga
erishgan. Keyinchalik 6-7 yoshlarida togʻasi Muhammad Siddiq qoʻlida oʻqib, savod
chiqargan. 15 yoshida boshqa bir togʻasi Mulla Odil mudarrislik qilgan madrasada
oʻqishini davom ettirib, arab tili gramatikasi, aqida va shariat qonunlari bo‘yicha
bilimlarini mustahkamlagan.
18 yoshida madrasani tamomlab tog’asi qo‘l ostida mirzalik faoliyati bilan
shug’ullanadi. Shar’iy bilimlarni puxta egallagach qozi va mufti lavozimlarini
egallaydi.
1899-1900-yillarda Behbudiy buxorolik do‘sti Hoji Baqo bilan haj safariga
chiqadi. Behbudiy bu safar haqida shunday
deb yozadi:
“1318 sanayi hijriyasi tavofi
Baytullog’a Kavkaz yo‘li ila Istanbul va Misr al-Qohira vositasila borib edim. Muddati
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 03, Март
227
https://universalpublishings.com
safarim sakkiz oydan ziyoda cho‘zilub edi”.
Bu sayohat, dunyo ko‘rish, kezish izsiz
ketmadi. Sayohat Behbudiyning dunyoqarashini, keyingi faoliyatini tubdan o‘zgartirib
yubordi. Bu sayohat uning hayot yo‘lida, kelajakda bo‘ladigan hodisalar, yangiliklarni
boshlab berdi. Behbudiy Turkiston xalqlari turmushidagi qoloqlik, abgor ijtimoiy
ahvol, “jaholat uyi”ga aylangan maktab va madrasa borasidagi qarashlarini tamomila
o‘zgartirib yubordi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda shakllangan jadidchilik harakati
musulmon xalqlarini jaholatdan chiqarib, ilm va taraqqiyot sari yo‘naltirish maqsadida
yuzaga kelgan edi. Behbudiy bu harakatning yetakchi namoyandalaridan biri bo‘lib,
o‘zining maktabini ochishga qaror qiladi. Bu esa o‘sha davr uchun katta islohot edi.
Sayohati davomida uning yangi maktab (usuli jadid) ochish fikri mustahkamlanib
bordi. 1903-yilda birinchi yangi usul maktabini Samarqand yaqinidagi Halvoyi
qishlog‘ida Ajziy, Rajabaminda Abdulqodir Shakuriylar bilan hamkorlikda ochadi. Bu
maktablarda adabiyot, jug’rofiya, islom tarixi, matematika, geografiya, tarix, rus tili va
tabiiy fanlar o‘qitila boshlandi.
Behbudiy Qozon va Ufaga borib u yerdagi yangi usul maktablari bilan
tanishadi, tatar ziyolilari bilan aloqani yo‘lga qo‘yadi. Yangi maktablar uchun
darsliklar tuzishga kirishadi va quyidagi kitoblarni chop ettiradi:
1.
“Risolai asbobi savod” (“Savod chiqarish kitobi”, 1904),
2.
“Risolai jug‘rofiyai umroniy” (“Aholi geografiyasiga kirish”, 1905),
3.
“Muntahabi jug‘rofiyai umumiy” (“Qisqacha umumiy geografiya”, 1906),
4.
“Kitobat ul-atfol” (“Bolalar xati”, 1908),
5.
“Amaliyoti islom” (1908),
6.
“Tarixi islom” (1909).
1908-yilda Shakuriyning Rajabamindagi maktabini Samarqanddagi o‘z
hovlisiga ko‘chirib keltiradi.
Oradan 11 yil o‘tib, 1919-yil 25-martda Behbudiy Qarshi shahrida sirli ravishda
qatl qilinadi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy faoliyatiga nazar tashlanar ekan, u Turkiston o‘lkasida
milliy uyg‘onish g‘oyalarini ilgari surib, nafaqat ta’lim balki matbuot va teatr
sohalarida ham ulkan ishlarni amalga oshirgani ko‘rinadi. Behbudiy xalqni ilm-
ma’rifat bilan tarbiyalashga da’vat qilgan, eski qarashlarni rad etib, yangi usul
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 03, Март
228
https://universalpublishings.com
maktablarini ochish tarafdori bo‘lgan. Uning “Yoshlarg‘a murojaat” maqolasi ana shu
g‘oyalarning yorqin ifodasidir.
Jadidchilik harakatining asosiy maqsadi xalqni savodsizlikdan chiqarish,
zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar bilan tanishtirish, milliy uyg‘onishni
rag‘batlantirish edi. Behbudiy bu borada faqat ta’lim bilan cheklanmay, matbuot va
adabiyot orqali faol targ‘ibot olib borib, matbuot sohasida ham katta iz qoldirgan.
U 1913-yilda “Samarqand” gazetasini, 1914-yilda esa “Oyina” jurnalini tashkil
etib, ularda ko‘plab maqolalar chop etgan. Bu nashrlar orqali u xalqni ilm-ma’rifat sari
undashga harakat qilgan. “Oyina” jurnalida xalqning ijtimoiy-siyosiy hayoti, ta’lim
muammolari va islohotlar haqida maqolalar bosilgan.
U o‘z maqolalarida yoshlarni ilm olishga, zamonaviy kasblarni egallashga
chaqirib,
“millat taraqqiyoti ilm va ma’rifatda”
ekanini ko‘p bora ta’kidlagan. Bu fikr
hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
“Yoshlarg‘a murojaat” maqolasi 1913-yilda yozilgan bo‘lib, “Oyina”
jurnalining 1914-yil 21-sonida chop etilgan. Behbudiy ushbu maqolasida o‘sha
davrdagi Turkiston va Buxorodagi yoshlarni ilm olishga, zamonaviy bilimlarni
egallashga chaqiradi. Uning fikricha, taraqqiyot yo‘lida eng muhim vosita – bu ilm va
ma’rifat bo‘lib, odamlar bilimga qarab jamiyatdagi mavqeini aniqlaydi.
Maqolada u: “
Hamvatanlarimiz molini sotib to‘y qilganidek, siz-da, hatto, lozim
bo‘lganda mulkingizni sotsangizda o‘g‘lingizni zamoncha o‘qumog‘iga sa’y qilsangiz.
To‘yga isrof qilinaturg‘on oqchalarni o‘qumoq yo‘lig‘a sarf qilsangiz!
“ deb ota-
onalarni farzandini to‘yiga pul sarflagandek, ta’lim olishi uchun ham xuddi shunday
sarmoya kiritishlariga chaqirgan.
Bu fikrlar xalqning e’tiborini ilm olish muhimligiga qaratish uchun yozilgan.
Behbudiy o‘z maqolalarida shunchaki shior emas, balki aniq takliflar berib, xalqni
harakat qilishga da’vat etgan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, Mahmudxo‘ja Behbudiy ta’lim tizimini isloh
qilish yo‘lida katta ishlarni amalga oshirdi. Uning asosiy maqsadi eski usul maktablarni
isloh qilish va yangi usul maktablarini tashkil etish edi. U o‘z maktablarida bolalarga
arab yozuvi bilan birga rus tili, tarix, geografiya, matematika kabi zamonaviy fanlarni
o‘rgatgan.
Uning fikricha, xalq taraqqiyoti uchun diniy ta’lim bilan birga dunyoviy va
zamonaviy ta’lim zarur edi. U “xalq o‘z farzandlariga ilmni o‘rgatmasa, kelajakda
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 03, Март
229
https://universalpublishings.com
orqada qoladi” deb hisoblab, bolalarni yoshligidan ilmga oshno qilish tarafdori
bo‘lgan.
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR
1.
Begali Qosimov. Mahmudxo‘ja Behbudiy“. kh-davron.uz. Xurshid Davron
kutubxonasi (2014-yil 19-yanvar).
2.
Zaynobidin Abdirashidov. Jadidlar. Mahmudxo'ja Behbudiy [Matn]: risola./Z.Abdira-
shidov. Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2022.
3.
Маҳмудхўжа Беҳбудий. Ёшларға мурожаат. Тошкент: «Маънавият», 2022.
4.
Ҳожи Муин. Танланган асарлар. Тошкент: Маънавият, 2005.
