МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 02, февраль
194
https://universalpublishings.com
QIZIL BO’RICHA (КРАСНАЯ ВОЛЧАНКА)
Xudoyqulov Jonibek Musulmonivich
jonibekxudoyqulov688@gmail.com
Saidov Jasurbek
Annotatsiya:
Ushbu maqolaning maqsadi'' Qizil bo'richa''teri kasaligining
sabablarini aniqlash haqida malumot berish.Bu nomalum idiopatik kasallik bo'lib
antigen antitana komplekisi tufayli tizimlar va organlar shikaslanishi bilan kechuvchi
revmatoidli kasallik hisoblanadi.Bu maqolada ushbu kasallikning qanday
patogenezlari borligi bilan tanishasiz.
Kalit so'zlar:
Qizil bo'richa,Diskoid forma,Sistemali qizil bo'richa,Novoselova
usuli,Simmer-Xargreyvs
usuli,Biettaning
markazdan
qochuvchi
eritemasi,Dissiminallangan klinik shakl.
Kirish:
Vaqtlar o’tishi bilan tibbiyot rivojlana boshladi va bu narsalar inson umr
davomiyligini uzaytira boshladi. Ammo shunday kasalliklar borki hozirgacha nimadan
kelib chiqishi to’liq o’rganilmagan.Shu kasalliklardan biri ‘’Qizil bo’richa’’ kasalligidir.
Bu kasallikning qanday paydo bo’lish sabablari haligacha to’la to’kis aniqlangan emas.
Qizil bo’richa kasalligida ichki organlar va terining biriktiruvchi to'qimalari va tomirlari
jiddiy shikaslanadi. Ayniqsa, terida hosil qilgan klinik manzarasi yaqqol ko'rinib turadi.
Bu kasallikka ctreptokokk va viruslar sabab bo'ladi degan ilmiy farazlar ham mavjud.
Umuman oladigan bo'lsak teri kasalliklari ichida qizil bo’richa 0,25-1% tashkil etadi.Bu
kasallik asosan 20-40 yoshli ayollar o'rtasida ko'p uchraydi. Tarqalishi bo’yicha har
100000 ta aholidan 25-50 nafarida uchraydi.Bu kasallik ko'proq bahor va yoz oylarida
kuzatiladi. Qizil bo'richa bilan og'rigan kasallarning ko'pchiligida quyosh nurlariga va nur
energiyasining boshqa turlariga ortiqcha sezgirlik kuzatiladi. Bu kasallik asosan tashqi
muxit omillari sovuq,quyosh nuri,shamol va harorat keskin o'zgarishlari tasirida
bo'ladigan odamlarda ko'roq uchraydi. Qizil bo’richaning surunkali,o'tkir va o'rtacha o'tkir
kabi xillari mavjud. So'ngi yillarda qizil bo'richa bilan kasallanganlar qonida LE
xujayralari va xujayralar yadrosiga qarshi antitelolarning topilishi uni autoimmun kasallik
deb atalishiga sabab bo'lmoqda. Bu kasallik bazan irsiy tabiatga ega bo'lib nasildan nasilga
dominant tarzda namayon bo'ladi. Bu kasallik bilan og'rigan ayolning 4 ta farzandida ham
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 02, февраль
195
https://universalpublishings.com
vaqt o'tib ushbu kasallik paydo bo'lgan degan malumotlar ham bor bazi adabiyotlarda.
Qizil bo'richa kasalligi o'tkir kechganda bemorning qisqa muddat ichida o'limi bilan
tugaydi. Bu kasallikning klinik belgilarida odam yuzining lunji,burni,peshonasida
dumaloq shakildagi qizil dog’lar paydo bo’ladi.Kasallikning boshlanishida bu dog’lar
po’st tashlamay turadi,ammo bir necha haftadan so’ng po’st tashlay boshlaydi. Ba’zi
hollarda kasallik davolanmasa ham o’z-o’zidan yuqolib ketadi.
Kasallikning
xronik
formasida
faqatgina
yuzda
emas
balki
quloq
suprasida,boshning sochli qismida, ko’krakda, qo’l panjasida ham uchrashi mumkin.
Kasallikning xronik formasida inson qayta-qayta shu kasallik bilan og’rishi mumkin.
Agar qizil bo’richa boshning sochli yuzasida joylashgan bo’lsa usha yerdan soch
chiqmasligiga sabab bo’ladi. Qizil bo’richa o’choqlarining joylashishi yuzga to’g’ri
kelsa odam juda badbashara bo’lib qolishi va bu kasallik bilan uzoq muddat
kurashishiga to’g’ri keladi. Kasallikning o’rtacha xronik formasi kamroq uchrayd. Bu
kasallik formasi bo’g’imlarda og’riq, temperatura ko’tarilishi,badanning yopiq
turadigan qismlarida ham kasallik o’choqlari paydo bo’lishi bilan harakterlanadi.
Rasm: Qizil bo’richa kasalligining teridagi xronik formasing ko’rinishi.
Qizil bo’richaning xronik (surunkali) xilining quyidagicha klinik ko’rinishlari
mavjud:diskoidli,disseminasiyalangan,Biettning markazdan qochuvchi eritemasi va
Kaposhi-Irgangning chuqur shaklidagi ko’rinishlari mavjud.
Kasallikning sistemali qizil bo’richa formasida bemor birdan xoldan qolishi,
temperaturaning juda baland bo’lishi va tezda davolanmasa o’limga olib borishligi bilan
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 02, февраль
196
https://universalpublishings.com
harakterlanadi. Kasallikning bu formasida odam yuzi,gavdasiva qo’l-oyoqlarida shishib
turgan qizil rangdagi toshmalar toshadi. Sistemali qizil bo’richa eritematozning zo’riqishi
natijasida kelib chiqadi.Sistemali qizil bo’richada ichki a’zolarning ko’pchiligi-yurak,nerv
va qon tomirlar sistemasi, o’pka bazan meda-ichak yo’llari zararlanadi. Bunda
buyraklarning zararlanishi ancha xavfli bo’lib nefrit bilan bir qatorda
vaskulit,polisezorit,artrit,artralgiya,abdominal sindrom,tugunli periartrit va boshqalar
kuzatiladi. Sistemali qizil bo’richa 2-4 yil davom etgandan so’ng o’pka zararlanadi.
Buning natijasida bemorlarda nafas qisishi yoki quruq yo’tal, ko’krakda og’riqlar bo’ladi.
Sistemali qizil bo’richa ko’p belgili kasallik bo’lib, tez rivojlanishi, ikkilamchi infeksiya
qo’shilishi, salbiy oqibatlari bilan boshqa kasalliklardan ajralib turadi. Kasallikning klinik
manzarasida asosan biron belgi ustunlik qiladi. Kasallik ko’pincha bo’g’imlar zararlanishi
bilan boshlanadi.
Bo’g’imlarning zararlanishi-lyupus artrit deb atadi. Sistemali qizil bo’richa bilan
og’rigan bemorlarning deyarli barchasida o’tkir va surunkali artrit kuzatiladi. Ko’pincha
barmoqlar, tizza, to’piq bo’g’imlari shikaslanadi.
Qizil bo’richa hujayralari bir nechta usullar yordamida topiladi:
Novoselova usuli: oldindan natriy oksalat solib qo’yilgan probirkaga bemordan 10 ml
venoz qon olinadi. Qon probirkaga natriy oksalat bilan aralashtirilgandan so’ng 0,5-1 soat
xona haroratiga qoldiriladi. Shu vaqt o’tgandan so’ng unga 3-4 mm li 7-10 ta yumaloq
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 02, февраль
197
https://universalpublishings.com
shishalar solinib rezina tiqin bilan mahkam berkitiladi. So’ngra 30 daqiqa mobaynida qo’l
bilan mayatniksimon chayqatiladi. Shundan so’ng uni to zardob hosil bo’lguniga qadar
xona haroratiga qo’yiladi. Keyin zardob pipetka bilan olnib tsentrifugalanadi. Hosil
bo’lgan tsentrifugat cho’kmasidan bir nechta surtma tayyorlanib, surtma spirt bilan
fiksatsiyalanadi. So’ng Romanovskiy usulida 15-20 daqiqa bo’yaladi.
Simmer-Xargreyvs usuli: toza quruq probirkga bemordan 8-10 ml venoz qon olinib
shu zahoti 30 daqiqa mobaynida 1500 marta aylanadigan tezlikda tsentrifugalandi,
ajralgan zardob esa pipetkada olib tashlanib, qolgan quyuq massasi mayda to’rdan chinni
tayoqcha bilan ezib o’tkaziladi va yana kattaligi 80/10 mm li agglyutinatsion probirkaga
solinib 30 daqiqa tsentrifugalanadi. Shu vaqt o’tkach hosil bo’lgan probirka yuzasidagi
zardob rezina nokcha bilan so’rib olinadi va uning tagidagi cho’kma oqimtir plyonkadan
bir nechta surtmalar tayyorlanadi. Uni esa Romanovskiy usulida 15-20 daqiqa bo’yaladi.
Shunda qizil bo’richa LE-hujayralari o’z xromatin ipchalaridan mahrum bo’lganligi uchun
bir xilda qizil-qoqish yoki qizil-binafsha rangga, leykosit yadrosi tarkibidagi xromatin
ipchalari o’z strukturasini saqlab qolgani uchun to’q binafsha ranga bo’yaladi.Bunda qizil
bo’richa hujayralari orasidan Tarta hujayralarini farqlab olish kerak. Asl qizil bo’richa
hujayralari leykositlar ichida yoki ,,rozetka’’ markazida joylashgan gomogen massa bir
xil tekis bo’yaladi .Sistemali o’tkir qizil bo’richaning 40-95 % da LE- hujayralari topiladi.
Surunkali qizil bo’richada bu kamdan-kam uchraydi.
Rasm: Qizil bo’richa kasalligida LE-hujayralarining mikraskopik ko’rinishi.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 02, февраль
198
https://universalpublishings.com
Biettaning marzdan qochuvchi eritemasi: Surunkali qizil bo’richaning kam
uchraydigan turi bo’lib kasallik belgisi dumaloq oval shaklda, aniq chegarali, shishgan
eritematoz dog’lar ko’rinishida namayon bo’ladi, ular markazdan atrofga giperkeratoz va
atrofiya ko’rinishlarisiz tarqaladigan chegaralangan o’choqlar sifatida namayon bo’ladi.
Bunday o’choqlar yuz soxasida, peshonada, yanoqlarda assimitrik xolda joylashadi,
bemorlar tarafidan uncha ko’p shikoyatlar bo’lmaydi.
Rasm: Surunkali qizil bo’richaning peshona sohasida joylashuvi.
Dissiminallangan klinik shakli: kasallikning bu shaklida ko’p miqdorda
eritemockvamoz o’choqlar ko’rinishida namoyon bo’lib, ularda ayrim vaqtlarda
follikulyar xolatlarda esa bu kuzatilmaydi. Kasallik o’choqlari yuz, boshning sochli qismi,
ko’krak va orqa soxalarida joylashadi. Kasallikning chuqur klinik shaklida teri osti
soxalarida chuqur, to’q qizil rangli, teri osti to’qima soxasi bilan birikkan tugun paydo
bo’lishi bilan tariflanadi.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 02, февраль
199
https://universalpublishings.com
Rasm: Qizil bo’richa kasalligining dissiminallangan klinik shaklining ko’rinishi.
Davosi: Davolash kasallikning xiliga qarab belgilanadi. Xalqasimon qizil bo’richada
bezgakka qarshi vositalar ( rezoxin, xingamin, delagil ) 0,25 gr dan 2 maxal 5-10 kun
buyiriladi. Bu dorilar buyrak usti bezining po’stloq qavatini ishini tezlashtirib,
biriktiruvchi to’qimadagi modda almashinuviga tasir qiladi va fotodesensibilizasiya ro’y
beradi.
Sistemali qizil bo’richada esa glyukokotikoidlarni bezgakka qarshi vositalar bilan
berilsa yaxshi foyda qiladi. Steroidli dorilar bemorning axvoliga qarab va kasallikning
klinik kechishiga qarab beriladi. Shu bilan birga vitaminlar( B1, B2, B6, B15, C ) bilan
davolash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Maxalliy davo vositasida esa gormanal malxamlar, delagil eritmasi ishlatiladi. Quyosh
nuridan saqlanish maqsadida esa ‘’Luch’’, ‘’Vesna’’, ‘’Ot zagara’’ va boshqa
malxamlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Xulosa:
ushbu kasallikdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, har qanday yuqumli
kasallik avj olmasdan uni oldini olishimiz kerak chunki, inson hayotiga va sog’ligiga atrof
muhitga mamlakatimiz taraqqiyotiga jiddiy xavf soladi. Natijasida insonlar turmish
tarziga salbiy tasir ko’rsatadi. Shuning uchun har bir inson shaxsiy gigiyena qoidalariga
amal qilishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Teri va tanosilkasalliklari: dermatovenolog shifokorkar uchun qo’lllanma / C. C.
Arifov- T. : ‘’O’zbekiston milliy ensiklopediyasi’’ Davlat ilmiy nashriyoti, 2010.-504 bet
(1).
Bolalar teri va tanosili kasalliklari: Darslik/ Mannanov A .M., Xaitov Q.N.;
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus talim vazirligi. Toshkent pediatriya
tibbiyot instituti; T.: ‘’Iqtisod-Moliya’’, 2016. 560 b (2).
Teri va tanosil kasalliklari: Med. Bilim yurt. o’quvchilari uchun darslik.-Tuzatilgan va
to’ldirilgan 2- nashri.-T.: Medisina, 1982.-287 b., rasm (3).
O.R.Yuldashev, Sh.G.Djabborova, O.T.Xasanova. Hayot faoliyati xavfsizligi. Darslik-
T.:’’Toshkent-Iqtisodiyot’’,2014.-268 b (4).
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 02, февраль
200
https://universalpublishings.com
Yormatov G’.Yo. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. -T.’’Aloqachi’’,2009.-348
b (5).
Arifov S.S., Eshboyev E.X., ‘’Teri va tanosil kasalliklari’’. ‘’O’zbekiston Milliy
ensikilopediyasi’’. Davlat-ilmiy nashriyoti. Toshkent-1997. 347 b (6).
https://www.amerikaovozi.com/a7new-coronavirus/5257326.html
