МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
336
https://universalpublishings.com
QUTIRISH KASALIGI VA UNING INSONLARGA TA’SIRI
Jo’rayev.D, Tursunov.Q
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Termiz sh, Farovon massivi
43B-uy, e-mail: esadir_74@rambler.ru
Annotatsiya
. Maqolada qutiriish kasaligining insonlarga qaysi yo’llar orqali
yuqishi, qutish kasaligi bilan kasalangan odamning ilk belgilari va uning boshqa
insonlarga tasiri, va kasalangan odamni davolash haqida ma’lumot keltirilgan.
Kalit so‘zlar
: qutirish, neyrotrop virus, qo’riquv, ko’p so’lak oqishi,
tajavuskorlik.
RABIES AND ITS EFFECTS ON HUMANS
Jo’rayev Diyorbek, Tursunov Quvonch
Termez University of Economics and Service, Termez city, Faravan massif, 43B, e-
Abstract.
The article discusses the ways in which rabies is transmitted to
humans, the first signs of a person infected with rabies and its effects on other people,
and the treatment of a sick person. Keywords: rabies, neurotropic virus, fear, excessive
salivation, aggression
Keywords:
rabies, neurotropic virus, fear, hypersalivation, aggression
БЕШЕНСТВО И ЕГО ВЛИЯНИЕ НА ЧЕЛОВЕКА
Джураев Д Турсунов К
Термезский университет экономики и сервиса, г. Термез, массив Фарован
43Б, e-mail: esadir_74@rambler.ru
Аннотация.
В статье описаны пути передачи бешенства человеку,
симптомы заражения человека с ранними симптомами бешенства и его влиянием
на других людей, а также лечением больного человека.
Ключевые
слова:
бешенство,
нейротропный
вирус,
страх,
гиперсаливация, агрессия
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
337
https://universalpublishings.com
•
Kirish:
Quturish
–
neyrotrop
virus
qoʻzgʻatadigan
oʻtkir
nafas
muskullarining spazmi bilan kechadi. Quturish qadimdan maʼlum, uni suvdan
choʻchish kasalligi deb ham atashgan (qarang
). Fransuz olimi Lui Paster
XIX asrning 2-yarmida quturish kasalligiga qarshi
quturishga qarshi tadbirlarni amalga oshiradigan barcha muassasalar Paster stansiyalari
deb yuritila boshlandi. Ularning faoliyati tufayli quturgan hayvon tishlaganidan soʻng
vaqtida emlangan millionlab odamlar hayoti saqlanib qolindi. Qoʻzgʻatuvchisi
quturishning yovvoyi virusi, u nerv hujayralarini tanlab jarohatlaydi. Virus sovuqqa
chidamli, muzlatilganda uzoq saqlanadi. Tashqi muhitda, shuningdek, qaynatilganda,
3-5%
li
tez
nobud
boʻladi.
Kasallikning yashirin davri hayvonlarda 14-16 kun. Shundan keyin bezovtalik,
yirtqichlik, xatti-harakatning oʻzgarishi, koʻp soʻlak ajralishi kuzatiladi. Hayvon hech
narsa ichmay, yemay qoʻyadi. Soʻngra tomir tortishishi, falajlik boshlanib, hayvon
oʻlib qoladi. Odamga quturish virusi kasal hayvon, asosan, it, mushuk va boshqa
jonivorlar tishlaganida yoki soʻlagi teri yuzasiga tushganida yuqadi. Odamda quturish
kasalligining yashirin davri 15 kundan bir necha oygacha (oʻrtacha 20— 30 kun)
davom etadi. Quturgan it boʻyin, yuzni tishlaganda bu davr qisqaroq, oyoqni
tishlaganda uzoqroq boʻladi
•
Etiopatogenezi:
Kasallikning qoʻzgʻatuvchisi rabdoviruslar guruhiga mansub. U koʻpchilik
issiqqonli hayvonlar uchun patogen boʻlib, bemor kasallik klinik belgilari
boshlanishidan 7-8 kun oldin soʻlagi bilan virus chiqara boshlaydi. Shikastlangan teri
orqali kirgandan keyin virus nerv stvollari orqali bosh miyaga etib boradi va unda
shish, qon quyilishi va nerv hujayralarining degeneratsiyasini chaqiradi Virus soʻlak
bezlariga tushadi va soʻlak orqali tashqi muhitga ajraladi. Quturish maxsus (spetsifik)
ensefalitga oʻxshab kechadi. Bir necha oydan bir yilgacha choʻziluvchi inkubatsion
davrdan (koʻpincha 20-90 kun) keyin boshlanadi. Inkubatsion davrning davomiyligi
infitsirlanish dozasiga va jarohatning joylashuviga (miyaga uzoq yoki yaqinligiga)
bogʻliq. Klinik koʻrinishi:
Inkubatsion davrdan keyin kasallikning prodromal davri (davomiyligi 1-3 kun),
bu vaqtda esa kuzatiladi: tishlangan joy shishadi, tishlangan joyga yaqin joylashgan
nervlarda nevralgiya, umumiy madorsizlik, tana haroratining oshganligi, uyquning
buzilishi. Keyin esa kasallikning avj olish bosqichi boshlanadi: suvdan qoʻrqish, tamoq
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
338
https://universalpublishings.com
va hiqildoq mushaklarining ogʻriqli qisqarishlari, baʼzan suv ichishga harakat
qilganida nafasning toʻxtashi, keyinchalik esa oqayotgan suvni koʻrganda yoki ovozini
eshitganda, yoki suv haqida gapirganda mushaklar qisqarishi. Xurujlar bir necha soniya
davom etadi va soʻnadi. Shu jumladan psixomotor qoʻzgʻalish xurujlari kuzatiladi:
bemorlar agressiv boʻlib qoladilar, baqiradi, mebellarni sindirib odamga xos boʻlmagan
kuchlar ishlatadi.
Diagnostikasi:
Tishlangan jarohatning topilishi yoki hayvon soʻlagining shikastlangan
teriga tushishi katta ahamiyatga ega. Odamda muhim belgilardan biri bu suvdan
qoʻrqish, suv yoki ovqatlarni koʻrganda yutish mushaklarining spazmi yuz
berishi tufayli bemorlar hatto bir stakan suv ham icha olmaydilar. Havoning bir
ozgina harakati ham mushaklar qisqarishiga sabab boʻladi – aerofobiya. Soʻlak
oqishining kuchayishi bunday bemorlarga xos belgilardan boʻlib, soʻlagi ogʻiz
burchagidan doim oqib turadi. Diagnozni laboratoriyada tasdiqlash talab
qilinmaydi.
Bugun o‘zbekistonliklar orasida jonivor boqadiganlar ko‘paygan. Ayniqsa
yoz kunlarida ko‘chada sayr qilib yurgan it yoki mushuklar ham talaygina. Va
ular quturish kasalligining asosiy tarqatuvchisi hisoblanadi. Bu kasallikdan
qanday himoyalanish va davosi haqida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va
jamoat salomatligi qo‘mitasi mutaxassisi Klara Rajabboyeva Kun.uz’ga intervyu
berdi.
Quturish bilan kasallanish bugungi kunda qanchalik ko‘p uchraydi?
– Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, har yili dunyoda 59ming
odam quturishdan vafot etadi. O‘limlarning 95 foizi Afrika va Osiyo davlatlarida sodir
bo‘ladi. Albatta, ularning orasida O‘zbekiston ham bor. O‘zbekiston quturish kasalligi
bo‘yicha tabiiy o‘choqli hudud hisoblanadi. Respublikada kasallik har yili, o‘z vaqtida
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
339
https://universalpublishings.com
antirabik yordam uchun tibbiyot muassasalariga murojaat qilmaslik oqibatida va
sanoqli sonlarda qayd etiladi.
Quturish qanaqa kasallik va qanday yo‘llar bilan yuqadi?
– Quturish (gidrofobiya) – issiqqonli hayvonlarda uchraydigan, neyrotrop virus
qo‘zg‘atadigan, kasallangan hayvonning so‘lagi bilan muloqot natijasida (tishlashi,
tirnashi, so‘laklashi va boshqa muloqotlar) yuqadigan, markaziy asab tizimining
chuqur shikastlanishi bilan kechadigan va bugungi kunda o‘lim bilan yakun topadigan
og‘ir zooantiroponoz, tabiiy o‘choqli o‘ta xavfli yuqumli kasallikdir.
Bu kasallik hatto
kemiruvchilar va ko‘rshapalaklardan
ham tarqalishi
mumkin. Kasallik hayvonlardan hayvonlarga va hayvonlardan odamlarga
yuqadi.
Odamdan odamga va odamlardan hayvonlarga yuqmaydi.
Quturish klinikasining kechishiga qarab, uch davrga bo‘linadi: boshlang‘ich,
qo‘zg‘alish va falaj davrlari.
Kasallikning boshlang‘ich davri
1-3 kun davom etadi.
Alomatlari:
1.Tishlangan joy qichiydi, tortishib og‘riydi, bitgan jarohat va chandiq takroran
yallig‘lanadi.
2.Bemor tushkunlikka tushadi, odamlar bilan muloqotdan qochadi, uyqusi
3.buzilib, ishtahasi bo‘g‘iladi, unda qo‘rquv hissi paydo bo‘ladi, kayfiyati o‘zgarib
turadi, atrofga loqayd bo‘ladi.
4.Tana harorati subfebril bo‘ladi, eshitish va ko‘rish qo‘zg‘atuvchilariga
nisbatan sezgirlik oshadi.
Kasallik boshlangandan 2-3 kun o‘tgach
, bemorda qo‘zg‘alish, ya’ni
kasallikning avj olish davri boshlanadi.
Belgilari:
1.Bemorning tana harorati ko‘tariladi, qon tomirlarining urishi tezlashadi, suvni
ko‘rganda, hattoki suv to‘g‘risida eshitganda yutish muskullari tortishib, qisqarib,
qattiq og‘riydi, ya’ni bemorda gidrofobiya alomati paydo bo‘ladi.
2. Shundan keyin bemorda havodan qo‘rqish (aerofobiya) alomati qo‘shiladi.
Havo harakati yoki bemorni biror-bir narsa bilan yelpiganda (sochiq, qog‘oz va h.),
bemor bo‘g‘iladi, talvasaga tushadi. Xuruj yorug‘likdan (fotofobiya), baland ovoz va
shovqindan ham (akustofobiya) vujudga keladi.
3. Bemorning harorati
+38ºSgacha
ko‘tariladi, ovozi bo‘g‘iladi, badani terlab,
so‘lagi oqadi, hiqichoq tutadi, ko‘z qorachig‘i kengayadi, oyoq-qo‘llari og‘riydi.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
340
https://universalpublishings.com
Ko‘zlari bir narsadan qo‘rqqandek ko‘rinadi. Tomirning tez-tez urishi davom etadi
(taxikardiya), nafas olish yuzaki va tartibsiz bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan bemor chuqur
nafas oladi. Muskullari tortishib, talvasalanish nafas va yutish muskullaridan
boshlanib, keyin barcha muskullarga tarqaladi.
4. Bemorning uyqusi buziladi, o‘z-o‘zini tishlaydi. Es-hushi kirdi-chiqdi bo‘lib
qoladi, keyinchalik bemorning ko‘ziga yo‘q narsalar ko‘rinadi (gallyutsinatsiya), u
alahsiraydi.
Bu davr 2-3 kundan 5-6 kungacha davom etishi mumkin. Qo‘zg‘alish davri
odatda 2-3 kun davom etadi. Kasallikdagi yorqin gidrofobiya, aerofobiya, fotofobiya,
akustofobiya alomatlari boshqa kasalliklarda uchramaydi va bu alomatlar muhim
tashxisiy ahamiyatga ega.
Davolash:Kasallikning belgilari boshlanganidan keyin bemorlarni
qutqarib boʻlmaydi. Davolashning samarali usullari yoʻqligi bemorlar
hayotini qutqarish muammosini tugʻdiradi. Bemorlar ahvolini engillashtirish
uchun simptomatik muolajalardan foydalaniladi. Bemorlarni qorongʻi va tinch
palatalarga joylashtiriladi. Harakat qoʻzgʻalishlarini toʻxtatish uchun sedativ
vositalar buyuriladi,
xurujlari kuraresimon vositalar yordamida bartaraf
qilinadi. Nafas buzilishlarini
va sunʼiy nafas olish apparatiga ulash
bilan bartaraf qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
.
2. Ergashev U.Y.
Xirurgik kasalliklar ToshTA 2020
3. X.B.Saparov, O’ta xafli yuqumli kassaliklar 2019.
4.O’zbekiton Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligining 23.01.2015
yildagi 37-sonli qarori.
