МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
261
https://universalpublishings.com
SAD’IY SHEROZIYNING HAYOTI PAND-NASIHAT VA
HIKMATGA TO’LA
Ergasheva Maftuna Alisher qizi
Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti Ta’lim- tarbiya
nazariyasi va metodikasi (Boshlang’ich ta’lim) 2- bosqich magistranti
maftunaergasheva398@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqola mazmunida Sa’diy Sheroziyning hayoti, uning
umri davomida ko’rgan kechirganlari, ta’lim tarbiya oid asarlari, g’azal janriga
qo’shgan hissalari hamda pand-nasihatga to’la hikmatli so’zlari haqida so’z
yuritilgan. Shuningdek Sheroziyning ilm yo’lida olib borgan izlanishlari va
kashfiyotlari ham keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlari:
Ma’naviyat, Sharq falsafasi, “Bo’ston” va “Guliston” asarlari,
g’azal, adabiyot, tarbiya, aniq fanlar, ilm, ijod, sayohat, so’z san’ati.
Annotation.
The content of this article talks about the life of Saadi Shirazy,
what he experienced during his life, his works on education, his contributions to
the ghazal genre, and his wise words full of advice. Shirazy's scientific researches
and discoveries were also mentioned.
Key words.
Spirituality, Eastern philosophy, "Bo'ston" and "Gulistan" works,
ghazal, literature, education, exact sciences, science, creativity, travel, speech art.
Аннотация
. Содержание этой статьи рассказывает о жизни Саади
Ширази, о том, что он пережил за свою жизнь, о его работах в сфере
образования, о его вкладе в жанр газели и о его мудрых словах, полных
советов. Были также упомянуты научные исследования и открытия
Ширази.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
262
https://universalpublishings.com
Ключевые слова.
Духовность, восточная философия, произведения
«Бостон» и «Гюлистан», газель, литература, образование, точные науки,
наука, творчество, путешествия, речевое искусство.
KIRISH
Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotini hal qiluvchi
ahamiyat ega. Yosh avlodning, umuman olganda, jamiyat aʼzolarining tarbiyasi
bilan yetarlicha shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkumdir.
Buning uchun yosh avlod moddiy, maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari
darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda
ana shunday moddiy va maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa
jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy tizimiga ega
boʻlishi lozim. Shu bilan bir qatorda Sharq allomalaridan biri, pand-nasihat va
hikmatga to’la bo’lgan asarlari bilan mashhur bo’lgan Sa’diy Sheroziy ham
o’zining asarlarida tarbiyaga alohida ahamiyat qaratgan.
Mashhur fors-tojik shoiri, adibi va mutafakkiri Muslihiddin Saʼdiy Sheroziy
nomini eshitmagan, uning jahon soʼz sanʼati durdonalari qatoridan oʼrin olgan
«Boʼston» va «Guliston» asarlaridan bahramand boʼlmagan adabiyot muxlisi
topilmasa kerak. Sharq xalqlari orasida Shayx Saʼdiy nomi bilan shuhrat
qozongan bu donishmand inson 1203 yili Sheroz shahrida tugʼilgan. Otasi Sheroz
otabegi Saʼd binni Zangiyning mulozimlaridan boʼlgan. Lekin u 10—11
yoshlarida otadan yetim qoladi. Saroy tomonidan nafaqa tayinlangan boʼlsa-da,
oilaning moddiy ahvoli ogʼir edi. Mayda savdogarchilik bilan shugʼullangan
akasining ham bozori tezda kasod boʼladi. Shunga qaramay, bilimga chanqoq
Muslihiddin boshlangʼich maʼlumotni tugʼilgan shahri Sherozda olgach, tahsilni
davom ettirish uchun xalifalik poytaxti, oʼsha davrning eng yirik ilm va
madaniyat markazi boʼlgan Bagʼdodga boradi. Dongdor «Nizomiya» va
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
263
https://universalpublishings.com
«Mustansiriya» madrasalarida kalom, fiqh, tafsir ilmlari, arab tili sarfu nahfi, arab
va fors adabiyoti, Sharq falsafasi, tarix, mantiq, tib xamda boshqa tabiiy va aniq
fanlarni oʼrganadi. Taniqli tasavvuf olimi va faylasuf adib Shahobiddin
Suhravardiy hamda yirik ilohiyot allomasi Аbulfaraj Аbdurahmon ibn Javziy
qoʼlida tahsil oladi. XI asrda saljuqiy sultonlardan bir nechtasiga vazirlik qilgan
mashhur davlat va jamoat arbobi Nizomulmulk asos solgan «Nizomiya»
madrasasi 6 ming talabani oʼz bagʼriga olsa, «Mustansiriya» kutubxonasida 70
ming jilddan ortiq kitob boʼlgan. Bu ikki ulkan madrasaning musulmon
Sharqidagi nufuzini shundan ham bilsa boʼladi. Talabalar orasida, ayniqsa,
zabardast arab shoiri Mutanabbiy sheʼrlariga qiziqish kuchli edi. Bu mutolaalar
keyinchalik Saʼdiy ijodiga kuchli taʼsir koʼrsatdi. U bu yerdagi ilmiy-adabiy
davralarda faol ishtirok etib, bilimining keng va chuqurligi, dalillarining oʼtkir va
asosliligi, voizlik iqtidori tufayli hammaning eʼtiborini oʼziga jalb qilar va bahsu
munozaralarda hamisha gʼolib chiqar edi. Madrasani tutatgan Saʼdiy olgan
bilimlarini amaliyotga qoʼllash oʼrniga, Sharq mamlakatlari boʼylab uzoq yillik
sayohatga otlanadi. Buni ikki sabab bilan asoslash mumkin: birinchisi shoirning
sayohatsevarligi, ikkinchisi - moʼgʼullar tasarrufidagi ulkan hududda ilm-u ijod
uchun osoyishta shart-sharoitning yuqligidir. U goh olim va voiz, goh soʼfiy va
darvesh suratida Eron, Аrabiston, Kichik Osiyo, Misr, Xuroson, Sharqiy
Turkiston kabi mamlakatlarni baʼzida ot-u eshak, baʼzan esa poyi piyoda kezib
chiqadi. Bu sayohatlar 20 yildan ortiq davom etgan. Sayohat davrida Saʼdiyga
karvonni qaroqchilardan himoya qilib, muhorabaga kirishiga ham, turli
joylardagi madrasa va qozixonalarda vaʼz oʼqishiga ham, shayxu soʼfiylar bilan
mubohasa qilishiga ham toʼgʼri kelgan. U Hindistonda ham boʼlib, bir muddat
butxonada istiqomat qilgan, salibchilarga asir tushib, ularning qalʼalarini tuzatish
ishlarida qatnashishga majbur boʼlgan. Bu sayohatlar davomnda Saʼdiy hayot
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
264
https://universalpublishings.com
ilmini chuqur oʼrganib, inson feʼlini butun murakkabligi bilan anglab, oʼz
davrining koʼpni koʼrgan donishmand kishisi boʼlib yetishadi. XIII asrning
oʼrtalarida Sherozga qaytib kelgan shoir dunyo tashvishlaridan oʼzini chetga olib,
shahar chekkasidagi shayx Аbu Аbdulloh Hafif xonaqosida faqirona hayot
kechiradi va 1292 yili vafot etadi. U dafn etilgan bogʼ va maqbara sheʼriyat
ixlosmandlarining ziyoratgohlaridan biri boʼlib, undan kecha-kunduz shoir
muxlislarining qadami arimaydi. Barcha mashhur kishilar kabi Saʼdiy hayoti ham
afsona va rivoyatlarga koʼmilib kettan. Chunonchi, turli manbalarda shoirning
Sharq mamlakatlari boʼylab sayohati 20 yildan 50 yilgacha davom etgani naql
qilinadi. Yoki u juda uzoq 102, 108, hatto 120 yil umr koʼrgani aytiladi. Goʼyo u
oʼz umrini uch qismga taqsim qilib, 30 yilini ilm tahsili, 30 yilini sayohat, 30
yilini ijodga bagʼishlagan emish. (Baʼzi manbalarda 30 oʼrniga, 40 raqami tilga
olinadi.) Bu taxminlarning barchasi Saʼdiyning tarjimai holi haqida yetarli
maʼlumot saqlanib qolmaganligidan. Shuning uchun ham shoir ijodining
tadqiqotchilari uning tarjimai holini asarlari asosida tiklashga harakat qilganlar.
Saʼdiyni gʼazal janrining kashfiyoti va ustodi sifatida ham ulugʼlashadi,
chunki ungacha forsiy she’riyatning yetakchi janrlari qasida, doston, masnaviy,
qitʼa va ruboiy edi. Rudakiy, Sanoiy, Xoqoniy, Jamodiddin va Kamoliddin
Isfahoniylar koʼplab gʼazallar yozgan boʼlsalar da, ular qasida va qitʼa
xarakteriga ega boʼlib, oʼzaro mustaqil alohida baytlardan gʼazal yaratish
anʼanasini Saʼdiy boshlab bergan hisoblanadi. U gʼazalchilik uchun olib borilgan
izlanish va tajribalarni rivojlantirib, gʼazalni takomilga yetkazdi, keyin Xusrav
Dehlaviy, Hasan Dehlaviy, Xoju Kirmoniy kabi zabardast shoirlar uni yanada
taraqqiy ettirib, Hofiz Sheroziyga yetkazdilar, Hofiz esa uni yuksak choʼqqiga
olib chiqdi. Saʼdiy gʼazallari 4 devondan iborat boʼlib, ular «Tayyibot» («Latif
gʼazallar»). «Badoeʼ» («Yangi gʼazallar»), «Xavotim» («Xotima gʼazallar») va
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
265
https://universalpublishings.com
«Gʼazaliyoti qadim») («Eski gʼazallar»)dan iborat. Saʼdiy ikki tilda yoziladigan
sheʼr turi — mulammaʼ (shiru shakar)ning ham asoschisi hisoblanadi. Аrab tilini
yaxshi bilganligidan u arabcha misra va baytlarni forsiy bilan uygʼunlashtirib,
ushbu shaklni ixtiro qilgan. Keyinchalik forsiy-turkiy ibora va misralar vositasida
shiru shakar yozish anʼanasi paydo boʼldi. Saʼdiy tarje’band janrini ham
rivojlantirib, baland poyaga koʼtardi. Undan keyin oʼtgan shoirlar, hatto Hofiz va
Jomiy kabi sheʼr ustodlari ham bu borada unga ergashdilar. Saʼdiy fors-tojik
badiiy nasrining ham asoschisi hisoblanadi. Ungacha faqat maktublar, hujjatlar,
ilmiy va tasavvufiy asarlar, adabiy xarakterdagi tarixiy lavhalargina nasrda
yozilgan. Bundan tashqari, shoirning hayot va inson haqidagi fikrlarini oʼzida
jamlagan «Sohibiya» asari, arabcha va forscha qasidalari, qit’a, ruboiy va fardlari
ham mashhur.
XULOSA
Pand-nasihat, hikmat Saʼdiy asarlarining tak-tomiriga singib ketgan. U
hayotiy voqea hodisalarni turli shakllarda ifodalab, koʼrgan-kechirganlari
yuzasidan xulosa chiqaradi va kishilarni insoniy kamolotta daʼvat etadi, umr
yoʼllaridan qoqilmaslik, adashmaslikka, oʼtkinchi hayotning qadriga yetishga,
bir-birini avaylashga chaqiradi, halol mehnat qilib, osoyishta yashashning
ahamiyatini tushuntiradi, ilm-u hunarning afzalliklarini uqtiradi. Xech narsa
hayotning oʼrnini bosolmagani singari, hayot haqqoniyatiga asoslangan
asarlarning umri ham boqiy boʼladi. Аyni jihatdan, shoir sheʼrlarining har bir
qatoridan hayot nafasi ufurib turadi. Hayotning oʼzi ustozlik qilgan kishi
chinakam donishmand boʼladi. Chunki hayot saboqlari hamisha jonli va aniq
boʼladi. Buning ustiga, hayot degan ustozning dunyosida jild-jild kitoblariga
kirmay qolgan usul va tajribalari ham koʼp. Yillar davomida jild-jild kitoblardan
ololmagan sabogʼingni hayot bir lahzada miyangga joylab qoʼyishi mumkin.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
266
https://universalpublishings.com
Kitobiy ilmlar xotiradan oʼchib ketishi mumkin, lekin hayot saboqlari sira esdan
chiqmaydi. Saʼdiy hikmatlari hayotdan olingani uchun ham asrlar davomida oʼz
qimmatini yoʼqotmay kelayapti va to yer yuzida inson avlodi yashar ekan,
ularning ahamiyati zarracha kamaymaydi, balki ortib boraveradi. Zero, insonning
tabiiy va maʼnaviy intilishlari hamma davrlar va jamiyatlarda ham deyarli bir xil.
Bu she’rlar oʼz zamonining barcha ilmlarini egallagan alloma, dunyo kezgan
donishmand, olam va odam mohiyati ustida bir umr tafakkur yuritgan
mutafakkirning oʼy-fikrlari, falsafiy umumlashmalari, hayotiy xulosalaridir.
Dunyoni mukammal, hayotni toʼkis, insonni barkamol koʼrishni istagan bani
bashar taqdiri uchun masʼul zotning orzu-armonlari, umid-iztiroblari. Saʼdiy
asarlarining tili sodda, uslubi loʼnda, xalqona soʼzlar va obrazli ifodalarga boy,
tashbehu timsollari hayotiy, shsьriy sanʼatlarni mahorat bilan qoʼllaydi, shaklan
goʼzal, mazmunan teran, badiiy yuksak bu asarlarga oʼxshatib yozishga
uringanlar koʼp, lekin hech kim Saʼdiy darajasiga koʼtarilolmagan. Shuning
uchun ham fors-tojik adabiyotshunoslari uning uslubini «sahli mumtaneʼ», yaʼni
«oson u, imkoni yoʼq» deb taʼriflaganlar. Saʼdiy Sheroziyga oʼxshagan jahon
adabiyoti zabardast namoyandalarining durdona asarlariga har bir davrning oʼz
talabi, har bir oʼquvchining oʼz ehtiyoji boʼladi. Bu yangi tarjimalar va nashrlarni
zarur qilib qoʼyadi. Qoʼlingizdagi ushbu ma’lumotlar ana shu talab va extiyoj
natijasi oʼlaroq maydonga keldi. Аgar u taʼbingizga muvofiq tushib, qalbingizda
aks sado bersa, biz oʼz vazifamizni uddalagan boʼlamiz.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
267
https://universalpublishings.com
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.Ergash Ochilov. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2.„Saʼdiy Sheroziy sheʼriyatidan”, T., 1976
3.Shomuhamedov Sh., „Saʼdiy Sheroziy”, T., 1964
4.Shomuhamedov Shoislom. Fors-tojik adabiyoti klassiklari (Sharq adabiyoti
klassiklari haqida suhbatlar). - Toshkent, O’zbadabiynashr, 1963.
