МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
225
https://universalpublishings.com
BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA ILMIY HABARDORLIK
KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Raxmonova Zulayxo Abdumalikovna
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti 2-kurs magistri
Buzrukov. T.O
Email:
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tabiiy
fanlar kafedrasi dots, v.b pedagogika fanlari
bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Annotaysiya:
Maqolada boshlag’ich ta’lim tabiatshunoslik darslarida sinfdan
tashqari ishlar jarayonida bolalarni tabiat bilan tanishtirishda amaliy ishlarni tashkil
etishning samarali metodlari xusisida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar:
amaliy uslublar, retseptor, tajriba, obyekt, operatsiya, ekskursiya,
gerbariy, granit, akvarium, terrarium
МЕТОДИКА ФОРМИРОВАНИЯ КОМПЕТЕНЦИЙ НАУЧНОГО
ЗНАНИЯ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ
Термезский университет экономики и сервиса, 2 курс
Мастер Рахмонова Зулайхо Абдумаликовна
Термезский университет экономики и сервиса
Кафедра наук, доцент и т.д. Педагогические науки
Доктор философских наук (PhD) Бузруков. T.O.
Аннотация:
В статье рассматриваются эффективные методы организации
практической работы по приобщению детей к природе во внеурочной
деятельности на уроках естествознания в начальной школе.
Ключевые слова:
практические методы, рецептор, эксперимент, объект,
операция, экскурсия, гербарий, гранит, аквариум, террариум
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
226
https://universalpublishings.com
METHODOLOGY FOR FORMING SCIENTIFIC AWARENESS
COMPETENCES IN PRIMARY GRADES
Termez University of Economics and Service,
2nd year Master Rakhmonova Zulaykho Abdumalikovna
Termez University of Economics and Service,
Associate Professor of the Department of Natural Sciences,
Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences
Abstract:
The article discusses effective methods of organizing practical work
to introduce children to nature in the process of extracurricular activities in natural
science lessons of primary education.
Keywords:
practical methods, receptor, experiment, object, operation,
excursion, herbarium, granite, aquarium, terrarium
O’quvchilarning bolajak kasbiy sifatlarini shakllantirishda nazariy bilimlar bilan
bir qatorda amaliyot ham muhim orin egallaydi. Tabiiy ilmiy bilimlar uzoq yillar
davomida amaliy faoliyat tufayli qo’lga kiritilgan. Atrof muhitni bilishda, anglashda
ilmiy tajriba, amaliy bilimlar muhim rol o’ynab kelgan va kelmoqda. Ma’lumki,
tabiatshunoslik keng qamrovli moddiy dunyoni rang-barang xususiyatlari, tabiatning
har xil voqea hodisalarini o rganuvchi fan bolib, ilmiy tajriba asosida shakllanadi,
amaliyot esa mazkur fanning poydevori hisoblanadi. Insoniyatni tabiat qonunlari
haqidagi bilimga asoslangan amaliy faoliyati bilish jarayonini, ilm-fan taraqqiyotini
belgilaydi. Amaliyot - haqiqat mezonidir. Bilimlarga ehtiyoj amaliyotda tug’iladi va
ularning to’g’riligi amaliyot orqali tekshiriladi hamda tasdiqlanadi.
Bilim odamlar miyasida oz-ozidan paydo bolmasdan, balki muayyan ish
faoliyatida shakllanadi. Amaliyot insonni tabiat bilan munosabatida asosiy omil bolib,
bu oz navbatida, odamlarning o’zaro munosabnatlari tizimida, ijtimoiy ishlab
chiqarishda muhim rol oynaydi. Amaliyotning asosiy turlari moddiy ishlab chiqarish
va ilmiy tajriba hisoblanadi. Ilmiy - tabiiy amaliyot quyidagi vazifalarni bajaradi [1].
1.
Amaliyot bilish jarayonining rivojlantiruvchi omil. U nazariy bilimlarni
umumlashtirib, ularni hayotiy jarayonlardan ajralishga yol qoymaydi.
2.
Amaliyot bilishning buyurtmasi, ilovasi va maqsadi hamdir.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
227
https://universalpublishings.com
3.
Amaliyot bilish jarayoninig haqiqiy ekanligini ko’rsatuvchi mezondir.
Tabiatshunoslikdagi amaliyot ilmiy ishlab chiqarishning asosiy omili bolib
kelmoqda. Amaliyot nazariyani paydo bo’lishiga, ilmiy shakllanishiga va
rivojlanishiga olib keladi.
Bilishning aniqligi muayyan obekt haqidagi ma’lumotning haqiqat ekanligi bilan
tasdiqlanadi. Ayni paytda, sharoit boshqacha bo’lsa, haqiqat ham boshqacha bolishi
mumkin. Masalan, oddiy sharoit va bosimda suv 100
o
C da qaynaydi. Lekin bosim
o’zgarsa yoki og’ir suv bolsa, u aniq -konkret hisoblanadi.
Ma’lum tizimdagi haqiqat boshqa sharoitda butunlay o’zgarishi mumkin.
G’oyaning amaliyotda tasdiqlanishi haqiqatning asosiy omili hisoblanadi. Amaliy
ishlarga o’rgatish boshlang’ich sinflardan boshlanishi maqsadga muvofiqdir.
Amaliy uslublar o’qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan va yo’naltiriladigan,
o’quvchilar fikrini rivojlantirishga mo’ljallagan so’z, ko’rgazmalilik va amaliy ishning
o’zaro murakkab bog’lanishida bo’lishini ko’rsatadi.
Amaliy uslublar qo’llanilishi o’quvchilar retseptorlari va effektorlarining jadal
faoliyati bilan bog’liq. Amaliy uslublar o’rganilgan materialni chuqur tushunib
yetishga, ko’nikma va malakalar hosil qilishga imkoniyat yaratadi. Amaliy uslublarni
qo’llashga o’quvchilar faoliyatining o’zi, bilim manbai hisoblanadi. Bunday usullar
sirasiga og’zaki, yozma mashqlar, laboratoriya ishlari, maktab yer maydoni, tirik tabiat
burchagida, sinfdan tashqari bajariladigan mashg’ulotlar kiradi.
Amaliy uslublarning turlariga [2]:
1.
Oquvchilarning tarqatma didaktik material bilan turli narsalar yasashi.
2.
Rasm chizishi.
3.
Tabiat obyektlarini tanib olish va aniqlash bo’yicha ishlari.
4.
Hodisalarni kuzatish va qayd qilishlari.
5.
Tajriba o’tkazishlari (tajriba vositasida masalalarni hal qilish) kiradi.
Amaliy ish boshlanishi oldidan qo’yilgan savol, muammo, masalaga o’quvchilar
uning natijalari bilan javob berishlari kerak.
Tabiatshunoslik darslari tanib olish va aniqlash amaliy metodlarining bir turi
bo’lib, tarqalgan o’simliklarni yoki ularning qismlarini farqiga borib, tanib olish
xususiyatlarini o’rgatadi.
Taqqoslashdagi farqga borish o’quvchining aniqlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Farq qilish va aniqlash bo’yicha ishlar darslardagina olib borilmaydi, o’qituvchi
tabiatga uyushtiriladigan ekskursiyalarda ham o’simliklarni topish va to’plashni,
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
228
https://universalpublishings.com
namunalar yig’ishni, ularning yoshi, vegetativ usullari, tuproq kesmalari,
moslashishlarini, o’zgaruvchanlikni o’quvchilarning o’zlashtira olish qobiliyatlariga
qarab tanlab berishi kerak. Osimliklar, ular qismlarining shaklini bilib olish bo’yicha
ishlarni o’quvchilar uy vazifasi sifatida bajaradilar. Osimliklarni yoshini tabiatda
nafaqat yillik halqalardan balki osimliklarni yillik shoxlanishiga qarab aniqlash
mumkin. Osimlik bahordan kuzgacha o’sish davriga ega, kuzdan bahorgacha tinim
davri boladi. Bu osimlikning bir yoshi demakdir, ikkinchi yilda yana o sish, shoxlanish
sodir bo ladi. Shoxlanish orasidagi masofa o simlikning bir yoshi hisoblanadi, buni o
quvchilarga tabiatda tushuntirish talab etiladi. O’quvchilar amaliy bilimga ega
bo’ladilar, daraxtlar yoshini kesmasdan turib ham aniqlash mumkinligini bilib
oladilar. Bu ekologik, hamda ilmiy tushunchalarni shakllantiradi.
Tabiatshunoslikni o’qitish metodlari ti/imida amaliy ishlar tabiat haqidagi
bilimlarni o zlashtirishda katta rol o’ynaydi. Amaliy ishlar o’quvchilarni ular faoliyati
jarayonida har xil mehnat operatsiyalariga o’rgatish metodidir. Amaliy ishlarga
o’quvchilarning ekskursiya vaqtida tabiiy materiallar yig’ish, maktab oldi yer
maydonidagi va tirik tabiat burchagidagi o’simliklarni parvarish qilish, gerbariy va
kolleksiyalar tuzish, mulyaj, maket, ko’rgazmali qurollar tayyorlash kabi faoliyat
turlari kiradi.
Birinchi sinfdan boshlab o’quvchilar "Atrofimizdagi olam" darsligini o’qish
jarayonida bevosita kuzatishlar yo’li bilan o’rganadilar. Bu mashg’ulotlarda
oquvchilarning fikrlash faoliyatini tashkil qilishga yordam beruvchi har xil jihozlardan
va avvalo ko’rgazmali qurollardan foydalaniladi. Ko’rgazmali qurollarga tabiiy yoki
haqiqiy ob’ektlar kiradi [3].
Tabiiy qurollar-tabiat jismlaridir. Ular o’rganilayotgan mavzular to’g’risida,
bolalarda tabiat haqida tushunchalar hosil bo’lishiga imkon beradi. Chunki sinfda jonli
tabiatni o’rganish uchun har xil xona o’simliklari hamda o’z joylarining daraxtlari
uchun xos bo’lgan shoxchalar, barglar, gullar, meva va urug’lar bolishi mumkin.
Tabiatshunoslik darslarida tabiat burchagida o’stirilayotgan o’simliklardan,
shuningdek gerbariy va ekskursiyadan olib kelingan o’simliklardan foydalaniladi.
Shuningdek, tabiiy ob’ektlardan hayvonlarni o’rganishda ham foydalansa boladi.
Ko’pgina hayvonlarni bolalarga sinfda (jonli tabiat burchagida) ko’rsatish mumkin
bo’lsa ham ekskursiyalarga afzallik berish kerak boladi, chunki bunda o’quvchilar
faqat ularning tashqi ko’rinishini emas, balki xulq-atvorlari bilan tanishish
imkoniyatiga ega bo’ladilar. Tirik hayvonlar bo’lmaganda ularning chuchelalari
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
229
https://universalpublishings.com
(tulumlari), mulyajlari yoki fotosuratlari va rasmlaridan foydalanish mumkin. Jonsiz
tabiatni o’rganishda ham tabiiy tarqatma materiali, masalan, har xil rangdagi granit,
kvars, dala shipati, loy, qum, kal’sit (bo’r, marmar, ohak, har xil toshko’mir, temir,
mis rudalarining namunalari, shuningdek metallar hamda qotishmalar) temir, cho’yan,
polat, alyuminiy, tuproq namunalari va boshqalar bo’ lish mumkin. O’ quvchilarga
bevosita qabul qilish mumkin bo’lmagan tabiat jismlari va hodisalari to’ g’ risida aniq
va to’gri tasavvurlar hosil qilish uchun ko’rsatiluvchi qurollardan foydalaniladi.
Tabiatshunoslik bo’yicha devoriy o’lkashunoslik suratlaridan, foydalanish mumkin.
Ular tabiatning o’lkashunoslik ob’ektlari to’grisida tasavvur va tushunchalar
shakllantirishga yordam beradi. Sinflarda bosma rasmlari, ularni ifodalovchi matnlari,
o’ quvchilar uchun savol va topshiriqlari bo’lgan "Kuzatishlar kundaliklari"dan
foydalanish zarur.
Tabiatshunoslik materiallarini amaliy o zlashtirishda xarita-sxemalarni chizish
katta o’rin tutadi. Ularni qo’llanish yo’lida (ufq tomonlarini aniqlashda) maktab
hovlisidagi narsalarning joylashishining oddiy rasmini chizish birinchi qadam bo’ladi.
Kartografik tasvirlarni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirishni tekshirish uchun
xaritasxemalardan foydalanish qulay.
O’quvchilarni amaliy bilimlarini sinash maqsadida 4-sinflarda quyidagi
muammoli savollarni o’rtaga tashlash mumkin. Yozning jazirama issig’ida cho’lda
turibsiz. Amaliy kuzatish bilimlaringizga tayanib, turgan joyingizdan orientir olib,
janub tomonni belgilang. Amaliy tabiatni kuzatish natijasida quyidagi faktorlar
asosida janubni aniqlash mumkin: 1) sudralib yuruvchi hayvonlar o’z inini kirish
yo’lini doim janubga qaratadi; 2) qushlar o’z uyasini doimo janub tomonga qo’yadi;
3) osimliklar shoxlari doimo janub tomonga egilgan; 4) osimlik poyasining janub
tomoni doimo yog’onlashgan boladi; 5) barxan qumlar bir uchi shimolda ikkini uchi
esa janubga yotgan boladi. [4]
O quvchilarga har xil narsalarni berib rasm, fotosurat va gugurt qutisi, kubik,
stakan boshqa narsalarni olib chiqib, o’xshashlik farqlarini topishni topshiradi, so’ng
geometrik figuralarni tarqatadi, uni o’quvchilar daftar varag’iga ustiga qo’yib atrofini
qalam bilan qog’ozga chizadilar. Topshiriq bajarilgandan keyin narsaning yuqoridan
ko’rinishini plan deyiladi degan xulosaga olib keladi. Undan keyin stolning plani
chizdiriladi. Agar o’quvchilar narsalarning kattaliliga qiynalsalar tasvirlanadigan
narsani shartli ravishda kichraytirish mumkinligini tushuntiradi. (Masalan 10, 20
marta) Dasturlashtirilgan o’qitish uchun quyidagilar kerak:
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 01, Январь
230
https://universalpublishings.com
-o’quv materialining puxta tahlili, uning qat’iy tanlanish va mantiqiy ketma-
ketlik bo’yicha bo’linishi;
-o’quvchilarning bilim olish faoliyatini tekshirishdagi rahbarlik.
Xulosa qilib aytganda boshlang‘ich sinf darslarida ilmiy habardorlik
kompetensiyalarini shakllantirish uchun turli metodlardan foydalanilsa maqsqdga
muvofiq bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Sharipova, D.P. Xodiyeva, M. K. Shirinov Tabiatshunoslik va uni o’qitish
metodikasi Toshkent, "Barkamol fayz media" nashriyoti, 2018-yil.
2.
M.Nuriddinova. "Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi" Toshkent, O’qituvchi
2005yil
3.
A.Baxronov, Tabiatshunoslik 3-sinf umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun
darslik. T; Cho’lpon NMIU 2012 y.
4.
A.Baxronov Tabiatshunoslik 4-sinf umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun
darslik. T; Sharq NMIU 2011 y.
